Дастурлаш асослари


Professor E.G’oziyev muloqotmandlik ifodalanishning determinlashgan omillarini to’rt asosiy guruhga ajratdi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə48/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   196
Дастурлаш асослари

Professor E.G’oziyev muloqotmandlik ifodalanishning determinlashgan omillarini to’rt asosiy guruhga ajratdi:

                  1. jamoaga jamiyat tomonidan beriladigan maqsad va vazifalarni aniqlovchi ishlab chiqarish xususiyatlari;

                  2. jamoadagi alohida shaxslar va rahbarlikning ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflari;

                  3. rahbar shaxsining ijtimoiy-tipologik xislatlari

                  4. rahbar bilan ijrochilar orasidagi muomalaning shart-sharoitlari va yaqqol vaziyatlarining xususiyatlari

Teskari ta’sir ko’rsatish muammosining dastlabki tadqiqoti ham o’ta yuksak muloqotdoshlikka, teskari bog’liklikning samaradorligini tushuntirishga qaratilishi lozimligini ko’rsatadi.
Ma’lumotlarga binoan jamoa a’zolarida rahbarlar bilan muomalaga kirishishning muayyan darajasiga nisbatan ijtimoiy psixologik ustanovkalar hukm surish mumkinligi aniqlandi. Shuningdek, ijrochilar bilan yuqori darajadagi muloqotmand rahbarlarning o’zaro ta’sir ko’rsatishida «blokirovka mexanizmi» ishlab chiqilar ekan. Bunda optimallikdan yiroq vaziyatlarda muomala yo’nalishi kuzatiladi. Bunda ruhiy holatlarda ijrochilar bilan rahbarning o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari hisobiga muomala blokirovkalash amalga oshiriladi. Va bu hol o’ta quyi darajadagi muloqotmand rahbarlar uchun ham xususiyatlidir.
Rahbar faoliyatining yuksak samaradorligiga erishish ham quyi, ham yuqori muloqotmandlikka taalluqli menejerlarda uchraydi.
Boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda ishni aniqlashtirish jarayonida ijrochilar bilan rahbarlarning o’zaro ta’sir o’tkazish va faol muomalaga kirishuvchanlik bilan tavsiflanadi. Menejmentlik qarorini qabul qilish obdon tashkillashtirish jamoaning hamkorlik faoliyatiga tayyorlash xatti-harakatining va tashkiliy chora-tadbirlarning sifati bilan aniqlanadi va belgilanadi.
Empirik ma’lumotlarimizning tahliliga binoan turlicha ishlab chiqarish sanoat korxonalarida, rahbarlar guruhida, har xil jinslar o’rtasida ahamiyatli, qiymatli tafovut yo’q, ekanligi namoyon bo’ldi. Rahbarlik stajiga yosh xususiyatiga qarab rahbarlik guruhiga statistika ahamiyatli farqli mavjudligi o’rnatiladi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda E.G’oziyev ayrim xulosalar chiqarishga harakat qiladi.

  1. - menejer shaxsini integral va ochiq tizim sifatida qarash mumkin, chunki unda bir qator o’zgarishlar yuzaga keladi va rivojlanish amalga oshadi;

  2. - boshqa odamlar bilan muomalada va menejmentlik faoliyatida, menejer shaxsining uzluksiz rivojlanishi, kamoloti jarayonida, metodlar, usullari almashishda rahbarlikda yuksak samaralarga erishi mumkin;

  3. - menejer tomonidan yangi fazilatlarni egallash natijasida ba’zi bir xislatlarni yo’qotish tufayli rahbarlik uslublari o’zaro almashadi.

Shuning uchun tashkilotga va muassasaga rahbarlikda shaxs muloqotmandligining roli muhim ahamiyatga egadir.
O’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlik rahbarlik uslubini egallashga puxta negiz hozirlaydi. Tashkilot faoliyatini takomillashtirish, jinslikni yuksaltirish, samaradorlikni oshirish imkoniyati yetarli darajada bo’lishi, menejer nufuzi uchun yetarli emas. Har sohada fikr almashish va qo’l ostidagilarga tavsiya berish salohiyati unga qo’shimcha obro’-e’tibor keltiradi.
Xulosa, menejerning turli-tuman toifalari, ishlash uslublari mavjud bo’lib, ularning har qaysisidan unumli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanish jamoa a’zolari o’rtasida shaxslararo munosabatni yuksaklikka ko’taradi va iliq ruhiy muhitni shakllantiradi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə