Дастурлаш асослари


Ijodiy yondashuvning yetishmasligi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə44/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196
Дастурлаш асослари

6. Ijodiy yondashuvning yetishmasligi. Ijodiy ixtiroga moyilligi bo’lmagan rahbar yangi g’oyalarni taklif etolmaydi, o’zgalarda mehnatga bo’lgan ijodiy yondashuvni uyg’ota olmaydi. Bunday rahbar tajriba, jamoa hayotiga yangilik kiritishdan o’zini chetga oladi yoki yangiliklar ustidan kuladi. Yuksak ijodiylik to’siqni yengib o’tishni va qiyinchilikka bardosh berib maqsadga intilishni taqozo etadi.
7. Xodimlarga ta’sir eta olmaslik. Rahbar o’z qo’li ostidagi xodimlarga ta’sir etishi lozim. Lekin ayrim rahbar o’z xodimlariga suyana olmaydi va buning o’rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday rahbar atrofdagilar bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o’z ichki dunyosini yaxshi ifoda eta olmaydi.
8. Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Rahbar boshqaruv faoliyati samarasi haqida ma’lumotga ega bo’lmas ekan, o’z malakasini shakllantira olmaydi. Boshqaruvga o’z yondashuvini tahlil etolmaydigan rahbar fikr va topshirig’ini ham xodimga tushuntirishi qiyin bo’ladi. Bunday rahbar xodimlari u haqda nima deb o’ylashi bilan qiziqmaydi, o’z xodimlarini tashabbusga chaqirishi mushkul, ayniqsa topshiriqlar berishga qiynaladi.
9. Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodimlarni boshqarish uchun ko’pgina ko’nikmalar zarur bo’lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo’lgan jamoada vaqtni behuda o’tkazish, xodimlarning o’z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday guruhda vazifalar taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda behudalik ko’p, o’zaro munosabatlar esa qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog’lom bo’lmaydi.
10. Xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik. Har bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish xususiyatini o’rgatadi. Xodimning kasbiy qobiliyatini rivojlantira olmaydigan rahbar, o’z jamoasi mehnatini yuksak darajaga olib chiqolmaydi. Bu holda xodim o’z mehnati natijasi haqida rahbardan hech qanday fikr eshitmaydi, rahbarning bahosi va tavsiyasi rasmiy tus oladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə