Дастурлаш асослари


Nutq qilishda e’tiborga olish zarur bo’lgan talablar quyidagilar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə42/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   196
Дастурлаш асослари

Nutq qilishda e’tiborga olish zarur bo’lgan talablar quyidagilar:
Sizga beriladigan vaqtni aniqlashtiring Aniq vaqt belgilanmagan bo’lsa-da, uzun nutq tayyorlash yaramaydi. O’rtacha 5-7 daqiqa, ko’pi bilan 10 daqiqani nazarda tuting. Ma’ruzaning maqsadi va asosiy g’oyasini belgilab oling. SHundan so’ng nutq rejasini tuzing, reja qanchalik batafsil bo’lsa, matnning o’zini yozish shunchalik oson bo’ladi. Ma’ruza ma’noli, mazmundor va mantiqan bir-biriga bog’langan gaplardan iborat bo’lishi lozim.
Auditoriyani e’tiborga oling.
Misol uchun siz iqtisodchi bo’lsangiz va o’z hamkasblaringiz qarshisida
so’zga chiqsangiz, maxsus terminlar ma’nosini tushuntirib o’tirishga hojat
yo’q. Tinglovchilar boshqa kasb egalari bo’lsa, bu, aksincha o’rinli bo’ladi.
Nutq so’zlashni mashq qiling.
Nutq matnini ko’zgu yoki yaqinlaringiz qarshisida o’qib bering, ovozingizni ham sozlab oling. Nima kiyishni o’ylab qo’ying.
Kiyimingiz avvalo, uchrashuv shakliga to’g’ri kelishi kerak. Masalan, ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun klassik uslubda, abiturientlar uchun seminar o’tkazish uchun esa kundalik uslubda kiyinish mumkin.
1. «Shaxs ismi» - muloqot chog’ida sherikka ismi sharifi bilan murojaat etiladi, bunday murojaat e’tiborni bildiradi va o’z navbatida, beixtiyor ijobiy hislarni yuzaga keltiradi.
2. «Ko’ngil oynasi» - muloqot chog’ida kulib turish, ochiq chehralik do’stona munosabat va ezgu niyatlardan darak beradi.
3. «Bebaho so’zlar» - muloqot chog’ida har qanday insonga xush yoqadigan maqtov va xushomadlar borasida ziqnalik qilmaslik kerak.
4. «Sabrli tinglovchi» - suhbatdoshni qiziqish va sabr bilan tinglay
olish.
5. «Oldindan olingan axborot» - muloqot chog’ida suhbatdoshingiz haqida mavjud bilimlardan (xarakteri, temperamenti, qiziqishlari, oilaviy holati va boshqalar to’g’risida) foydalanish.
4. Xatti-harakatlar va nutq ta’sirchanligi.
Notiqlik jarayonida hatti-harakatlar uni boyituvchi ta’sir ahamiyatiga ega bo’ladi. O’rinli harakatlar nutqni oson idrok qilishni ta’minlaydi. Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi5:
- aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan
tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni
bildirish;
-suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham kundirishning samarali yo’lidir.
- o’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo’lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz unda o’z-o’ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz kerak. O’qituvchining ma’ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bo’ladi.
Rahbar savodxon, bilimli keng fikrlovchi bo’lishi lozim. U atrofdagilar bilan doim muomalaga kirib, munosabatda bo’lgani uchun nutki ixcham, ravon, ma’noli, oxangdor muayyan ritm, temp, chastotali bo’lishi axamiyatlidir. Chunki nutqning jarangdorligi, pauza, mantiqiy urg’uga e’tibor berishlik uning ta’sirchanligini oshiradi. Aksincha, mantiqsiz nutq, beratib, uzoq nutq bir xil me’yorda bo’lsa, u tinglovchiga o’z ta’sirini o’tkazmay, rahbar obro’siga putur yetkazadi.
Shuningdek, rahbarda nutqiy qobiliyat bilan birga pertseptiv ya’ni idrok kilish kobiliyati xam shakllangan bo’lishi lozim. Rahbar uchun birinchi va ikkinchi darajali masalalar bo’lishi mumkin emas, u hamma narsaga birdek, e’tiborli, mas’uliyatli bo’lishi lozim.
Rahbarning qisqa vaqt oralig’ida ishlab chiqarish uchastkalari, bo’limlari, a’zolar, yordamchi xodimlarning tashqi qiyofasi, ishga tayyorligi, mehnat faoliyatini tashkil qilishga taxtligi, texnikaning sozligi, kishilarning kayfiyati bo’yicha ma’lumot olish fazilati aynan pertseptsiyada, ya’ni idrok kilishda o’z ifodasini topadi. qisqa vaqt ichida umumiy holat bilan tanishish, ishlab chiqishni qanday asosga qo’yish uchun muayyan negizni yuzaga keltiradi, ayrim oldindan ko’zlangan rejalarga o’zgartirishlar kiritiladi.
Rahbar pedagogning nutq madaniyati ta’lim jarayonini boshqarishda, keng ko’lamli ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirishda hal qiluvchi, g’oyat muhim o’rin tutadi. Pedagog nutqining madaniyligi – uning bilim darajasi, aql-idrokining mantiqiy fikrlashdagi yetukligi bilan bir qatorda ona tilining boyligidan foydalana olishiga ham bog’liq. Til – har bir pedagogning quroli, o’z fikr-munosabatlarining bevosita voqelikka chiqishidir. Donolar ta’kidlaganlaridek, inson aql-zakovati, tafakkuri va ongining eng boy yutuqlari, teran bilimlar, keng miqyosli ilm-fanlar, otashin his-tuyg’ular nutqda ochiq-oydin, jarangdor va jozibador ifodalanmas ekan, tinglovchiga noma’lum bo’lib qolaveradi. Binobarin, rahbar yoki pedagogning notiqlik vazifasi bayon etiladigan fikrlarni o’quvchi, talaba, tinglovchilar bevosita qabul qilishlari uchun ularga qulayligini inobatga olishga erishishdan iborat. Bu esa notiqning o’z fikrini qanday shaklda ifoda qilishiga ham bog’liq. O’zbekistonda yosh avlodni ma’nan yuksak insonlar qilib tarbiyalash davlat miqyosidagi muhim vazifa darajasiga ko’tarildi. Chunki ma’naviyati boy kishilar yashaydigan mamlakat iqtisodiy, siyosiy jihatdan taraqqiy topadi, bunday jamiyatning kuchli bo’lishi ham muqarrardir. Targ’ibot-tashviqot, ta’lim-tarbiyaga daxldor shaxslar, ayniqsa ta’lim muassasalari rahbarlari o’z faoliyatlarida jonkuyar, tashabbuskor hamda ijodkor bo’lishlari bu boradagi ishlarning samarasini ta’minlaydigan yetakchi omillardan sanaladi. Chunki O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov aytganidek, «Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz».
Mamlakatimiz rahbarining «Bu yorug’ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o’ylaymanki, yanglishmagan bo’lamiz» deb aytgan ko’rsatmalari ijtimoiy soha kishilari, xususan, maorif xodimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qilishi lozim. Rahbar nutqi tinglovchilarning his-tuyg’ularini uyg’otadigan, ularni qiziqtiradigan, diqqat-e’tiborini nutq mavzuiga jalb etadigan bo’lishi lozim. Mavzuni tushunarli va ishonarli qilib bayon etish boshqaruvchi muvaffaqiyatining garovidir. Rahbar yoki pedagogning nutq madaniyati egallashida ona tilidan keyingi asosiy o’rinni badiiy adabiyot egallaydi. Adabiyotlar bilan muttasil ishlash va ularni muntazam o’qib borish notiqning so’z boyligini oshirishi, tasvirli ifodalar, badiiy iboralarni ko’proq egallab olishi, xalq orasida keng tarqalgan adabiy til boyliklarini terib, o’zlashtirib olishiga katta yordam beradi. Badiiy adabiyot notiqni maishiy turmush, ijtimoiy hayot bilan o’zi bilganidan ko’ra chuqurroq tanishtiradi, fikrlash miqyosini yanada kengaytiradi, madaniy saviyasini oshiradi, mantiqiy tafakkur salohiyatini boyitadi. Xalq oldida tez-tez so’zga chiqib turuvchi rahbar o’z nutqida badiiy tasvirlardan o’rinli foydalanadi, hayotdagi ayrim voqealar, shaxslarni badiiy adabiyot qahramonlari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi, natijada uning nutqi jonli, hayotiy, ta’sirli bo’ladi. Pedagoglar, maktab rahbarlari uchun ibratli hikmatlardan yana biri shundaki, biror so’z aytishdan avval uning ortidan «keladigan» oqibatini o’ylash zarur. Yaxshi o’ylanmay, oqibatini oldindan chamalamay, ixtiyoriy yoki beixtiyor aytib yuboriladigan so’z haqiqatga xilof bo’lishi, muayyan bir kishining izzat-nafsini yerga urishi, qalbini jarohatlashi mumkin. Mohir pedagog yoki rahbar o’quvchilarning nutq madaniyatini shaxsiy namunasi bilan ham tarbiyalaydi. Masalan, u o’zbek tilining g’oyat boy xazinasidagi so’z javohirlaridan ustalik bilan foydalanish malakasini sayqal toptira oladi; ibratomuz so’zlari, yoqimli iboralari, namunali tashbihlarga boy jumlalari, jarangdor talaffuzi bilan tinglovchilarda ko’nikma, mahorat hosil etadi. Ma’ruzada xalq og’zaki ijodiga mansub hikmatli so’zlar, ruboiy, to’rtlik, qiziq-kiziq iboralardan foydalanish talab etiladi. Badiiy tasvir, qiyoslash, hajviya (yumor) kabilardan o’rinli foydalanish ma’ruzani qiziq qiladi, eshituvchilarni zeriktirmaydi, mudratib, pinakka ketkazib qo’ymaydi, balki ma’naviy hordig’ini chiqaradi. So’zlovchi hamisha so’zlarga torlik, mazmunga kenglik zarurligini unutmasligi lozim. U ko’p va teran fikrlasa, oz gapiradi, chunki oz so’zga ko’p mazmun singdirishga intiladi. Bayon etiladigan masalaning mazmuni avval puxta o’ylab olingan bo’lsa, so’zlar beixtiyor quyilib kelaveradi. Shunda notiq go’yo fikr naqqoshiga aylanadi.
Samarali muloqot asosini tashkil etuvchi rahbarlikka xos xislatlar bizningcha quyidagilarda ko’zga yaqqol tashlanadi:
1. Istiqbolli strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligida.
2. Xodimlar, mehnat resurslarini taqsimlash bo’yicha maqbul va o’z vaqtida qaror qabul qila olishida.
3. Samarali faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga o’z mas’uliyatini oshirishga intilishda.
4. Turli vaziyatlarda ijodiy va ratsional hamda to’g’ri qaror qabul qila olishda.
5. O’z kuchiga va imkoniyatiga cheksiz ishonishda.
6. O’z huquqlarini anglashi va vazifasiga mas’uliyatliligida.
7. Payti kelganda odilona hukum qabul qilishida.
8. Muloqot malakalarini mukammallashtirishiga intilishda.
9. Murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda bashorat qila olishda.
10. Mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarashi va unga butun kuch-g’ayratini safar-
bar etishida.
11. Faoliyati davomida aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilishida, tavakkaldan qo’rqmaydigan va mustaqil fikrga ega xodimlar bilan ishlash xohishining yuqoriligida.
Ushbu boshqaruv ma’nolaridan tashqari rahbar psixologiyasida ijtimoiy, siyosiy va mustaqil boshqaruvni o’zida jam etgan huquqiy yetuklikni o’zida aks ettiradigan botiniy ma’nolarni qanday aniqlash mumkin? Fikr mazmun-mohiyatiga ko’ra ma’no qatlamlarini ajratishda quyidagi uch xususiyat inobatga olinishi lozimligi tushuntiriladi:
1) rahbar faoliyat olib borayotgan davrdagi mavjud an’analar, ya’ni qanday qadriyatlar, an’analar ta’siri ostida boshqaruvchining ijodiy tafakkuri shakllanganligi;
2) rahbarning xodimlaridagi o’z mehnatiga bo’lgan munosabatiga ta’siri;
3) mavjud mafkuraviy voqelik, ya’ni rahbar ijodiy tafakkuri shakllanishiga ta’sir etgan g’oyalar, mafkuralar va boshqalar.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə