Дастурлаш асослари


O’z – o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə39/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   196
Дастурлаш асослари

O’z – o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Boshqarish deganda nimani tushunasiz, unga qanday izoh berasiz?
2. Eng qulay ya'ni optimal boshqarish deganda qanday jarayon tushiniladi?
3. Boshqa insonlarni boshqarish mahorati – bu qanday jarayon?
4. Ta'limni boshqarish qanday yo'llar bilan amalga oshiriladi?
5. Rahbar kishiga qo'yiladigan talablar nimalardan iborat?
6. Strategiya va taktika deganda nimani tushunasiz, unga izoh bering?
7. Strategik boshqaruvning komponentlariga nimalar kiradi?
8. Strategik boshqaruvning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
9. Boshqaruv haqida buyuk mutafakkirlarning qanday fikrlarini bilasiz?
10. Lider va jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar mazmuni.
11. Situativ liderlik muammoli vaziyatda o’z qobiliyatlarini qanday namoyon eta
oladi?
5-mavzu. Boshqaruv muloqoti. Boshqaruv faoliyatida notiqlik mahorati va nutq uslublari.
Reja:
1. Rahbarga xos notiqlik san’ati.
2. Rahbar nutqi va uning boshqaruvdagi o’rni.
3. Nutq uslublari
4. Rahbar mulokotmandligining mazmuni
5. Muloqotmandlikni ekspert va guruhiy baholash metodikalari
6. Muloqotmandlik ifodalanishning determinlashgan omillari
7. Rahbarlik faoliyatida shaxsiyatga yo’nalganlik.
8. Boshqaruv muloqotining xususiyati. Boshqaruvda muloqotga kirishish bosqichlari.
9. Muloqotning noverbal kanallari. Muloqotda proksemik ta’sir.
10. Boshqaruvda kommunikatsiyani cheklovchi omillar.
11. Rasmiy suhbat bosqichlari. Ta’sir ettiruvchi muloqotda NLDning ahamiyati.
12. Markazlashgan va markazlashmagan kommunikatsiya tarmoqlari. Kommunikatsiya rollari.
13. “G’oyaviy yetakchi”, “Aloqachi”, “Chegarachi”. “Rahbar shaxsini aniqlovchi” testlar
Tayanch iboralar: muloqot, nutq, nutq uslublari, notiqlik san’ati, notiqlik mahorati, muloqot turlari, nutq madaniyati, verbal, noverbal, imperatv, ishontirish.
Ta’lim muassasasi rahbarlari, pedagoglarda muomala odobi, xulqi va notiqlik san’ati ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar sirasiga kiradi. Rahbarga xos notiqlik san’ati. Rahbar nutqi va uning boshqaruvdagi o’rni.
Etiket qoidalaridan biri nutq madaniyatidir. Agar rahbar chiroyli
nutq madaniyatiga ega bo’lsa, u avvalombor, o’zining maqsad va o’ylarini,
kelgusi rejalarini boshqalarga yetkaza oladi. U bu bilan kishilarda o’ziga
ishonch uyg’ota oladi, o’z ortidan ergashtira oladi. Kishilar rahbarning o’ziga
emas, uning so’ziga, o’zini tutishiga qarab baho berar ekan, har joyning o’z
so’zini topib gapirish rahbar uchun muhim xususiyat va fazilat bo’lib
qolaveradi. Siyosiy arbobning va har qanday rahbarlik lavozimini egallagan
kishining faoliyati ham notiqlik faoliyati bilan chambarchas bog’liq, chunki
siyosiy arbob (davlat rahbari, u yoki bu partiya yetakchisi va sh.k o’z siyosiy
platformasi, ma’lum: mafkurasi, ijtimoiy konsepsiyasini bayon etish orqali
odamlarni o’ziga tarafdor qiladi.
Siyosiy arbob uchun odamlarga xoh yozma, xoh og’zaki shaklda murojaat
etib, ularni o’z fikrlariga inontirish, biron-bir narsaga da’vat etish
birlamchi ahamiyatga ega. Bu borada qadim yunon faylasufi Aflotun shunday
degan edi: "Mening imonim komilki, agar istalgan shaharga notiq va tabib
kelsa va Xalq yig’ini yoki boshqa biron majlisda ulardan qay birini tabib
etib saylash haqida bahs boshlansa, tabibga hech kim e’tibor ham qilmasdi va
so’zning qudratidan foydalanishni bilgan kishiga ovoz berishar edi, u buni
istasa bas... Notiq har qanday raqibga qarshi istalgan masalada bahs yuritishga va ommani har qanday mutaxassisdan ko’ra tezroq inontirishga
qodir"
. Aflotunning mazkur fikri naqadar asosli ekanligiga tarixdan
ko’plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, XV asrda yashab o’tgan,
Alisher Navoiy zamondoshi Voiz Irshod so’z qudratidan mohirona
foydalanib, ko’plab murakkab diplomatik masalalarni hal eta olgan.
Xususan, tarixnavis Ali Safiyning dalolat berishicha, Husayn Boyqaro
Sheroz shohi huzuriga muhim davlat ishi yuzasidan muzokara uchun Voiz
Irshodni yuborgan. Mavlono Irshod topshiriqni shu darajada mohirlik
bilan ado etgan ekanki, Sheroz shohi unga o’z fuqarolari oldida va’z
qilgandan so’ng javob berishini aytgan. Irshod minbarga chiqib ehtiros
bilan nutq so’zlaganda, masjidi jome’ga yig’ilganlar butun vujudi bilan
va’zga mahliyo bo’lib, ho’ng-ho’ng yig’lay boshlaganlar. Eng muhimi, Irshod o’z
davrining mohir diplomati darajasiga ko’tarilib, notiqlik san’ati bilan
ikki muxolif davlat orasida nizolarni bartaraf eta olgan va ular o’rtasida do’stona, madaniy aloqalarni qaror topishiga katta hissa qo’shgan. Tug’ma notiqlik iste’dodiga ega bo’lgan va bu iste’dodini maxsus bilim olib rivojlantirgan siyosiy arboblar odamlar orasida mashhurlik kasb etib, katta siyosiy nufuzga ega bo’lganlar. Bunday siyosiy arboblar faoliyatini kuzatish shuni ayon etadiki, ular professional notiq sifatida
notiqlik san’atining bir qator qoidalariga rioya etadilar. Xususan, ular odamlarga kutgan va eshitishni istagan narsalar haqida gapiradilar, shuning uchun ularni tinglayotgan konkret tinglovchilarning mentalitetidan kelib chiqib, odatda turli masalalar haqida gapiradilar. Bu esa nutqning o’rinli bo’lishi haqidagi notiqlik san’ati tamoyiliga mos keladi. Darhaqiqat, notiq nutqi shunchaki turli manbalardan olingan ma’lumotlarning oddiy yig’indisi emas, balki ijodiy mehnat samarasi bo’lgan o’ziga xos san’at asaridir. Unda notiq o’z fikrini qaysi odamlar oldida, qanday sharoitda bayon etayotganini e’tiborga olgan holda shularga mos da-lil, asoslarni, vaziyatga muvofiq so’z va ohang tanlaydi. Rahbarning kasb notiqligi bir qator ichki psixologik maqsad-muddaolarga intilish natijasida shakllanadigan xususiyatlarga ega. Notiq nutq orqali erishish mumkin bo’lgan (istagan) maqsadlarni o’z oldiga qo’yar ekan, rahbar (yetakchi)ning ham o’z maqsadlari doirasi mavjud. Maqsadlar doirasi deganda, kishi nutq orqali erishmoqchi bo’lgan natija, ehtiyoj sezgan narsa(lar) anglashiladi, ya’ni bu uning o’z oldiga qo’ygan va hal etmoqchi bo’lgan muammolaridir. Bu muammoni qay darajada hal eta olishi uning notiqlik mahoratiga bog’liq. Rahbarning kasb notiqligi bir qator ichki psixologik maqsad-muddaolarga intilish natijasida shakllanadigan xususiyatlarga ega. Notiq
nutq orqali erishish mumkin bo’lgan (istagan) maqsadlarni o’z oldiga qo’yar
ekan, rahbar (yetakchi)ning ham o’z maqsadlari doirasi mavjud. Maqsadlar
doirasi deganda, kishi nutq orqali erishmoqchi bo’lgan natija, ehtiyoj sezgan
narsa(lar) anglashiladi, ya’ni bu uning o’z oldiga qo’ygan va hal etmoqchi
bo’lgan muammolaridir. Bu muammoni qay darajada hal eta olishi uning
notiqlik mahoratiga bog’liq. Rahbar, siyosiy arbob biron-bir majlis yoki yig’in-da nutq so’zlaydimi, saylov kompaniyasi davrida saylovchilar bilan uchrashuvda gapiradimi, turli odamlar bilan suhbat quradimi, muxbirlarga intervyu beradimi yoki OAVda
chiqish qiladimi, u, avvalo, o’z g’oyalari, fikrlari, siyosatini yoqlaydigan tarafdorlarni jamlashga harakat qiladi. Ayni shu o’rinda insonga xos intilishlarning jiddiy omili yashiringan bo’lib, unga biroz to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Rahbarlik og’ir yumush. Uni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi o’zi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib ko’rsatish darkor.
Nutqiy muloqotga kirishgan kishining maqsadlari doirasini umumlashgan holda quyidagilar bilan belgilish mumkin 1) o’zga(lar)ga, muayyan jamoaga o’z g’oya va fikrlarini etkazish orqali hamfikrlar doirasini kengaytirish; 2) ma’naviy (ruhiy) hayotini uzaytirish orqali hayotda iz qoldirish; 3) hukmronlikka bo’lgan intilishni amalga oshirish 4) shartnomaga asosan o’z hizmat doirasida muayyan (siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy) masalani hal etish; 5) e’tibor qozonish; 6) jamiyatda tutgan baland mavqeini saqlab qolish va x.k. Albatta, notiq (nutqiy muloqotga kirishgan kishi) turli holat va vaziyatlarda turli maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi. Ammo maqsadlar doirasi kishi nutq orqali amalga oshirmoqchi bo’lgan, o’z oldiga qo’ygan hal etmoqchi bo’lgan masaladir. Bu masalaning qay darajada hal etilishi uning notiqlik mahorati bog’liq. Notiq mahorati esa auditoriya (suhbatdosh) qarab ko’tarilgan masala va qo’yilgan maqsadga muvofiq shakl va usullarni tanlay olish qobiliyati bilan belgilanadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə