Дастурлаш асослари


Ta’sirchan nutq so’zlash maromi. Nutq uslublari



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə40/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196
Дастурлаш асослари

2.Ta’sirchan nutq so’zlash maromi. Nutq uslublari.
Nutqda maqsadga erishish usullari uch katta guruhga bo’linadi.
1. Imperativ - nutqiy ta’sirning kuchga tayangan usuli. Bu usul avtoritar nutqning asosini tashkil etadi (buyruq, qo’rqitish, shaxsiyatta tegish va sh.k
2. Inontirish - demokratik nutq asosini tashkil etadi va asoslash orqali o’z qarash va nuqtai nazarni o’zga odam ongiga singdirish (isbotlash, tushuntirish, yo’naltirish va sh.k.)
3. Moyillik uyg’otish - liberal nutqning asosini tashkil etadi va axborot olish istagi bilan bog’liq (bahs-munozara, so’roqlash va sh.k.).
Tinglovchi(lar) ongining turli aspektlariga ta’sir o’tkazishga muvofiq tarzda nutq yo’nalishi samaradorlikni oshirishning turli jihatlariga qaratilishi mumkin:
1. Hissiyotni uyg’otish.
2. Diqqatni jalb etish.
3. Bilim tarqatish.
4. Xohish-istak uyg’otish.
5. Harakatga da’vat etish.
6. Ko’nikmalarni shakllantirish.
Nutq turlari ko’p. Xususan, ularni bir martali va davomiy turlarga bo’lish mumkin. Aristotel navbatida bir martalik nutqlarni maslahat (kelajakka oid), sud (o’tmishta oid) va ifodaviy (o’tmsh va kelajak o’rtasidagi bog’lanish haqidagi) turlarga bo’ladi.
Bular qatoriga yana dialogga asoslangan nutq turlari (suhbat, baho, munozara va h.k.)ni kiritish mumkin. Davomiy nutqlar notiqning bir auditoriya oldida bir yo’nalishdagi mavzuda ko’p marotaba chiqishi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi nutqlarni, diniy mavzudagi va’zlarni hamda targ’ibot-tashviqotni o’z ichiga oladi.
Ta’sirchan nutq so’zlash maromi
1. Hissiyotni uyg’otish;
2. Diqqatni jalb qilish;
3. Bilim tarqatish;
4. Xohish-istak uyg’otish;
5. Harakatga da’vat qilish;
6. Ko’nikmalarni shakllantirish.
Insonning kundalik kommunikatsiyasi jarayonida so’zlar 7%ni, tovush ohangi - 38%, nutqsiz munosabat - 53% ni tashkil etadi.
Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:
1. Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatiladigan
ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlar hisoblanadi. Nutq so’zlashuv
o’zaro muloqot jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar hisoblanadi.
Monologik nutqda ham dialogik nutqda ham kishi o’zidagi barcha so’zlar
zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib sherigiga ta’sir
ko’rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko’chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gachata’sir qilarkan.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə