Mavzu: maslahat jarrayonining tuzilishi



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə1/10
tarix17.12.2023
ölçüsü262,77 Kb.
#150230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI


MAVZU: MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI
Reja:



  1. Shaxs nazariyasi va konsultatsiya amaliyoti.

  2. Maslahat jarayonining tuzilishi.

  3. Konsultantning konsultatsiya jarayonidagi o‘rni va roli haqida tushuncha.

  4. Psixologik maslahatchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.

  5. Konsultantning kasbiy tayyorgarligi


Tayanch so’z va iboralar: Biogenetik nazariya, rollar nazariyasi, individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir, psixogenetik yondashish, sosiogenetik nazariya


Shaxs nazariyasi va konsultatsiya amaliyoti
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyadan turib yondoshadilar va muammoning mohiyatini yoritishda ham o’ziga xos yondashuvlarga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan. Biologik qonunga ko’ra , shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti (filogenez)ning asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, insonning barcha psixik xususiyatlari, holatlari va o‘ziga xosligi uning biologik tuzilishi bilan bo-liqdir, ularning rivojlanishi esa bevosita biologik qonuniyatlar ta’siri ositida ro‘y beradi. Ular bu borada hayvonlarga tegishli xulq bilan insonlar o‘rtasidagi xulq ko‘rinishlariga chegara qo‘ymaydi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining aksariyati shaxs rivojlanishini asoslashda biologik qonun bo‘lgan – rekaputilyatsiya (filogenezni qisqacha takrorlanishini) qonuniga tayanadilar. Jumladan, biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll ham psixologik taraqqiyotning "rekapitulasiya qonuni"ni shaxs rivojlanishining bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Qayd etish lozim, bu yo‘nalish asosan fiziologlar orasida keng tarqalgan va I. P. Pavlov ham shu asosga tayangan.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir yonalishi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror) odamlar, ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlar - o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizm nazariyasining eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydnazariyasida aks etgan. U shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog’liqdir, degan fikrni asoslashga harakat qiladi va shaxs xususiyatlarining rivojlanishini ham shu omillarga bog‘laydi.
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariya sosiogenetik nazariya hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a'zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi. AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi.
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi. Psixologiyaning irrasional(aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini ta'kidlaydi. Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta'limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Alfred Adler avstraliyalik psixolog bo’lib u shaxsiyat faqatgina ichki va tashqi jarayonga bog’liq va tegishli ekanligiga ishonmagan va qo’shilmagan. Uning aytishicha shaxsga hos eng muhim belgi uning kelib chiqishidir. Masalan, eng katta farzandning boshliqlikka qobiliyatli bo’lishi, o‘rtancha farzandning erkinlik xoxlashi, eng kichigida esa o’zini yolg’iz his qilish va boshqalarni mensimaslik kabilar kuzatilisi. Amerikalik psixolog Gordon Ollport har bir shaxsni alohida o’ziga hos shaxsiyati borligini kashf etgan. U buni isbotlash uchun bevosita psixologiyaga murojaat qilgan. Ollportning fikricha shaxsiyat o’ziga hos 2 xil xususiyat bilan ifodalanadi:
1) Tabiiylikda - bunda shaxsning tabiiy hususiyatlarining roli katta hisoblanadi va u insonning hayot tarzida namoyon bo’ladi.
2) Tasviriy - bunday holatda shaxsning faqat o’zigaginga hos bo’lgan xarakterlari namoyon bo’ladi.
Rus psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning ishlarida o’z aksini topgan. Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta'rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib(D.I.Feldshteyn) va hokazo. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Biz shaxs rivojlanishini o’rganar ekanmiz, asosiy e’tiborni shaxsga ta’sir etuvchi omillar sifatida faqat - biologik va ijtimoiy ta’sirlarga emas, shuningdek shaxsning hayoti davomida rivojlanish jarayoninini ta’minlovchi omillar - o’qish-o’rganish, shaxs motivlari, emotsiyalari va shaxs sog’lig’iga ham qaratish lozim. Shaxsni o‘rganishga bag’ishlangan bugungi tadqiqotlar asosiy e’tiborni shaxsning biologik rivojlanishiga va shaxsning atrof-muhitga bo’lgan munosabatiga qaratadi. Ular shuningdek shaxsga bo’lgan madaniy ta’sir shaxsning boshqalar tomonidan tan olinganlik hissi, shaxs egoizmining shakllanishiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi, ular Freydning asosiy kashfiyoti bo’lgan ongsizlik muammosiga ham katta e’tibor qaratadi.
Jumladan, Z.Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi fikrlari shaxs rivojlanishi borasida muhim ahamiyat kasb etganligi ta’kidlashadi. Freydning psixologik himoya mexnizmlari haqidagi nazariyasining mohiyati quyidagicha: «Har birimiz ijtimoiy guruhlar a’zosi ekanmiz anglaganimiz uchun o’zimizning jinsiy va agressiv mayllarimizni nazoratda tutamiz, ularni ochiq oydin oshkora qilmaymiz. Lekin bazida ego nazoratimizning yo’qolishiga sabab bo’ladi va ana shunda ID va Super Ego orasida ziddiyat yuzaga keladi. Ego o’zini himoya mexanizmlari bilan himoyalaydi. Quyida 7 ta misol keltirilgan:

  1. Repressiya (ongdan chiqarib tashlash) Freydning fikricha barcha himoya mexanizmlari asosida repressiya yotadi.

  2. Regressiya (sustlashish, zaiflashish) - masalan, o’qish davomida uydan uzoqda bo’lgan talabalar o’zlarini noqulay his qilishadilar va o‘qishda sustkashlikka yo‘l qo‘yadilar.

  3. Reaksion formatsiya – ego ongsizlikda qabul qilinmaydigan impulslarini uning teskarisiga o’xshab yaratadi, bunda o’zini munosabatini teskari tarzda ifodalaydi. Masalan, sevib qolgan qiz sevgi obektiga nisbatan sevmayman deb aytgani bilan aslida unga nisbatan qizda “Men uni sevaman” degan munosabat shakllangan bo’ladi.

  4. Proeksiya (vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) – shaxsni ta’qib etuvchi tahlikali impulslarni boshqalarga ko‘chirish. Freydning fikricha o’g’ri hammani o’g’ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o’z impulslarini boshqalarga ko’chirib fikrlaydi.

  5. Ratsionalizatsiya – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini oqlash uchunongliravishdabahonalarto‘qiydi. Buning natijasida haqiqiy sabablarni bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan, imtixondan yiqilgan talaba «Men yaxshi o’qigan edim, lekino’qituvchi menga past baho qo’ydi», - deb o‘zini oqlaydi.

  6. Boshqasiga almashtirish (o‘rnini to‘ldirish) – shaxsning o‘z jinsiy yoki agressiv impulslarini unda impuls hosil qilgan ob’ektga nisbatan ma’qulroq bo‘lgan boshqa ob’ektga ko‘chirish yoki qaratish. Masalan, boshlig’idan jahli chiqqan er xotinidan alamini oladi. Yoki imtihondan o‘ta olmagan talaba o‘z alamini xonadoshi yoki guruhdoshiga sochishi mumkin.

  7. Qarshilik ko’rsatish – masalan, o’layotgan bemor o’z kasalligini rad etadi. Ichkilikkaberilgano’g’liningqilmishlariniota-onatanolmaydi.

TaniqlipsixologolimKarlYungOllportnazariyalarigao’xshabyagonalikkahosbo’lganmulohazavasavollargajavobbergan. Yung ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli bo’ladi
L.N.Tolstoy ro‘parasidagi odamga chuqur ma’noga ega va ajoyib bir fikrni bayon qilgan edi: «... men sizni birinchi marta ko’rib turibman, boshingiz, qo’llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz bichimi ham shunaqa yohud o’zgacha. Buni men ham ko’rib turibman, hamma ham ko’radi. Ammo, agar men ko’nglingizga yo’l topolsam, shu joyga qo’l sola olsam (u bir qo‘lini ro‘parsidagi shaxsning yelkasiga, ikkinchi qo’lini esa ko’ksiga qo’ydi), agar o’sha joyda bor bo’lgan narsani oshkora qila olsam (tashqariga chiqara olsam) men kishini hayajonlantira olaman, ko’ziga yosh oldira olaman, barcha hislarini qo’zg’atib yubora olaman, ko’zga ko’rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko’rsata olaman va u holda men chinakam sa’natkor bo’laman”, degan edi.
Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab berishda o’z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko’ra xulq-atvor shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta’kidlagan. Bu holatda insonlar atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina tushunib yetadi va javob beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to’g’risida savollarga javoblar berilgan.

Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə