Mavzu: maslahat jarrayonining tuzilishi


Maslahat berish davomida tajribali va tajribasiz psixolog-maslahatchi xulqining xususiyatlarini taqqoslash



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə9/10
tarix17.12.2023
ölçüsü262,77 Kb.
#150230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI

Maslahat berish davomida tajribali va tajribasiz psixolog-maslahatchi xulqining xususiyatlarini taqqoslash



Xulqining solishtirilayot
gan xususiyatlari

Tajribali psixolog-maslahatchi

Tajribasiz psixolog-maslahatchi




Maslahat maqsadini qo‘yish

Mijozga uning o‘zi ma’lum maqsadlarga erishishiga yordam berishga urinadi.

Mijozning istagini e’tiborga olmay, o‘zining shaxsiy maqsadlarini bajarilishga majburlamoqchi bo‘ladi.


Mijozga taklif etilayotgan tavsiyalarda namoyon bo‘ladigan maslahat berish strategiyasi

Mijozga xulqi turli uslublarini taklif etadi va bu zarur bo‘lsa, mijoz amalga oshirishi kerak bo‘lgan aniq harakatlarni aytadi.

Mijozga faqat xulqi turli uslublarni taklif etadi, hatto mijoz so‘raganda ham deyarli unga aniq maslahatlar va tavsiyalar berishdan bosh tortadi.


Maslahat berish davomida sodir bo‘layotganlarni idrok etish

Har qanday nuqtai-nazarni tushunadi va to‘g‘ri deb qabul qilish va tan olishga hamda unga mos ravishda amaliy harakatlarni amalga oshirishga qodir

Faqatgina bir o‘zi muamo haqida fikrlay oladi, boshqalar fikrlarini tushunish va tan olishga qodir emas


Mijozning ko‘nglidagi gaplarini aytganida nazariy va psixologik yo‘nalish

Turli nazariyalarni tushunadi, qabul qiladi va ular ustida nazariy ishlay oladi, ko‘plab muqobil psixoterapevtik yondoshishlarning foydasini yaxshi tushunadi va yuqori baholaydi

Faqatgina yagona-bir nazariya yoki bir psixoterapevtik yondoshish ustida amaliy ishlay oladi, boshqa nazariya va yondoshishlarni noto‘g‘ri deb tushunadi


Shaxsiy imkoniyatlari va chegaralarini yaxshi tushunadi

O‘zining imkoniyatlari chegaralanganligini tushunadi, o‘zidan tajribali psixolog-maslahatchi nazorati ostida ishlashga rozi, o‘z tajribalari bilan boshqa psixolog-maslahatchilar bilan o‘rtoqlashadi va ularning ish tajribalaridan foydalanishga tayyor.

O‘zining imkoniyatlari chegaralanganligini tushunib yetmaslikka harakat qiladi. Boshqa psixolog-maslahatchilar nazoratida ishlashdan bosh tortadi, sirlari va kasbiy tajribalarini boshqa psixolog-maslahatchilar bilan o‘rtoqlashishni yoqtirmaydi, ularning tajribalaridan o‘z ishida foydalanmaydi


Mijozga ko‘rsatilayotgan ta’sir ko‘rsatishni va mijozning psixolog-maslahatchiga qayta ta’sirini anglab yetish

O‘zining shaxsiy harakatlari mijozga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini va mijozning xulqi o‘z navbatida unga ta’sirini anglab yetadi

O‘zining mijozga va mijozning uning o‘ziga qayta ta’sirini anglab yetmaydi


Suhbat davomida mijozning shaxsiga va uning muammosiga yo‘nalish

Mijozning hissiyotlari va fikrlarini tushunib boradi, unga ortiqcha savol bermaydi.

Mijoz ishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan masalalarga katta e’tibor qaratadi. O‘z navbatida mijozning o‘zini tashvishlartiradi-gan masalalarga e’tibor bermaydi


Mijozning harakatlariga va maslahat berish vaziyatiga qarab harakat qilish

Maslahat o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan turli vaziyatlar va muammolarga qarab to‘g‘ri harakat qiladi

Bir xil vaziyatlarda psixolog maslahatchi to‘g‘ri yo‘l topa olmaydi yoki bunday hollarda bir xilda, bir-biriga o‘xshash, doimiy bir xilda harakat qiladi


Mijozning insoniy qadriyatlarini hurmat qilish

Mijozga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lish.

Mijozni hurmat qilmaydi, unga behurmat muomala qilishi mumkin.


Maslahatlarning maxfiyligi

Mijozga, uning muammosiga va shaxsiy hayotiga taalluqli barcha ma’lumotlarni sir saqlaydi, mijoz to‘g‘risida biror kimga qandaydir ma’lumotni xabar qilish zaruriyati yuzaga kelganida albatta ruxsat so‘raydi

Mijozning ruxsatisiz uning muammosini va faqatgina unga talluqli bo‘lgan muammoni boshqalar bilan muhokama qiladi

Bu aytilganlarga qo‘shimcha qilib psixolog-maslahatchi ega bo‘lishi va mijoz bilan muloqotda u namoyon etishi kerak bo‘lgan sifatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.



  1. Empatiya, hamdardlik, tashvishlanishga qodirligi. Bu qobiliyat boshqa odamning – mijozning ichki dunyosiga chuqur psixologik kirib bora olishi, uni tushunishi, sodir bo‘layotganlarni uning shaxsiy nuqtai-nazariyasini ko‘ra bilishi, dunyoni uning ko‘zi bilan ko‘rishi uning nuqtai-nazaridan to‘g‘ri qabul qila olishi tushuniladi.

  2. Ochiqlik, mijozni tushunishga, uning ichki dunyosiga kirishga intilib psixolog-maslahatchi unga o‘zining shaxsiy his-tuyg‘ularini ochiq aytadi, u tomondan empatik javob uyg‘otadi va shu bilan uni o‘zi uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.

  3. Mijozga hamdardlik, raxmi kelishi hamda mimika, ishoralar yordamida shaxsan g‘amxurligini ifoda etish.

  4. Do‘stonalik, mijozga mehribonlik, emotsional ijobiy munosabatda bo‘lish, uning muammosini hal qilishdan manfaatdorlik va ishtirok etish.

  5. Mijozga baho bermay munosabatda bo‘lish, maslahatchining hatto o‘ziga bu xulq yoqmaydigan bo‘lsa ham o‘z xulqida odob, axloq qoidalariga amal qilish.

  6. Huquqini o‘rgatish, mijozga o‘z maslahatlariga amal qilishni majburlashdan voz kechish.

  7. Mijozga ishonish, uning o‘z muammolarini mustaqil hal qila olishi mumkinligiga ishonch bildirish.

  8. Mijozni faqat o‘z tashvishlaridan qutilishiga, balki uning kechinmalarini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga tayyorligi va intilishi.

  9. O‘zi va mijoz o‘rtasida to‘g‘ri psixologik masofani saqlashni bilish.

  10. Mijozning o‘zini o‘zgartira olishiga ishonchi va qat’iyligini uyg‘otishni bilish.

Empatiya – bu psixolog-maslahatchi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy shaxsiy sifatdir. Bu sifatda odamning boshqa odamni psixologik his etishga va tushunishga, o‘z dunyoqarashini vaqtincha esdan chiqarib uning ko‘zi bilan dunyoga qarashga tayyorligidir. Bu sifatni psixolog-maslahatchi butun maslahat berish jarayoni davomida namoyon etadi va shuning hisobiga mijozni yaxshiroq va chuqurroq tushunadi, unga samarali yordam bera oladi.
Ochiqlik – shaxs sifati bo‘lib, bir necha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Birinchidan, psixolog-maslahatchining shaxs sifatida mijoz uchun ochiq bo‘lishga tayyorligi (lekin mijoz bilan maslahatchi o‘rni almashib va mijoz maslahatchining muammolari to‘g‘risida bilib olib, uning o‘ziga rahmi keladigan, hamdardlik qiladigan darajada emas). Rollarni almashish odatda psixolog-maslahatchi mijozga o‘z muammolarini gapira boshlab, unda maslahatchiga yordam berish istagi paydo bo‘lganida sodir bo‘ladi. Ochiqlik me’yori mijozning sezgisi bilan belgilanadi: agarda u psixolog-maslahatchini ochiq inson deb hisoblasa va uning oldida ochiqlikdan qo‘rqmasa – demak, maslahatchining mijoz oldidagi ochiqlik masalasida hammasi joyida hisoblanadi.
Ikkinchidan, ochiqlik – bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqotda faqat o‘z ustunliklarini emas, balki imkoniyatlarini va kamchiliklarini mijozga tabiiy namoyon etib, qanday bo‘lsa shundayligicha qolishga intilishidir. Ochiq inson bo‘lib psixolog-maslahatchi o‘zining kamchiliklarini mijozga namoyon etib, uni o‘ziga tortish yoki hayron qoldirishni, uning tomonidan hamdardlik yuzaga keltirishni xoxlamaydi, balki maslahatchining o‘zi ham oddiy tirik odam, barcha kabi ekanligini ko‘rsatishni, kamchiliklari ham borligini va maslahat berish jarayonida hayotda unga xos bo‘lmagan rolni o‘ynashga harakat qilmasligini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Uchinchidan, ochiqlik maslahatchining mijozga u bilan har qanday masalalarni muhokama etishga tayyorligini ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Empatiya ochiqlikni keltirib chiqaradi, biri ikkinchisisiz deyarli mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Maslahatchining mijoz to‘g‘risida chin ko‘ngildan qayg‘urishi, psixolog-maslahatchining mijoz to‘g‘risidagi shaxsiy g‘amxo‘rligi ifodasi deb tushuniladi. Bunday g‘amxo‘rlik ham haddan tashqari bo‘lishi kerak emas.
Mijozning psixologik holatiga hayajonlanuvchi ta’sir ko‘rsatmaslik uchun psixolog-maslahatchi mijoz bilan muloqotda haddan tashqari ta’sirchan odam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Do‘stonalik – bu ham maslahatchining muhim psixologik sifati hisoblanadi. Ushbu sifat deyarli yuqorida aytib o‘tilgan barcha shaxs xislatlari bilan aloqador bog‘liq bo‘lsa ham, u o‘zining shaxsiy individual ko‘rinishiga ega. Ularga masalan har qanday vaziyatlarda, nima bo‘lsa ham va mijoz o‘zini qanday tutishiga qaramay psixolog-maslahatchining u bilan do‘stona muloqot usulini saqlab qolishini bildiradi.
Psixologik maslahat amaliyotida psixolog-maslahatchining mijozga baho bermaslik deb ataluvchi munosabati alohida o‘rin egallaydi. Bu nimani anglatishini tushuntirib o‘tamiz. Eng avval – bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqot davomida uning harakatlari va shaxsini to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholamasligi zarur. Uning muammolarini iloji boricha chuqurroq tushunishi va ushbu muammoni hal etishda unga yordam berishdan iborat hisoblanadi.
Maslahat berish – bu psixolog-maslahatchi va mijozlarning – ikkala tomonning shaxs sifatida tengliklari jarayonidir. Ushbu tenglik doimiy hisoblanadi va maslahat berishning barcha bosqichlari uchun taalluqlidir.
Agarda psixolog-maslahatchi haq bo‘lsa, unda maslahatchi uni ishontirishda davom etishi kerak va faqatgina psixologning urinishlariga yengib bo‘lmas qarshilik ko‘rsatgan holdagina to‘xtatish kerak bo‘ladi. Shundan keyin maslahatchi mijoz o‘zi qanday to‘g‘ri deb hisoblasa, shunday harakat kilishga imkon berishi kerak.
Mijozga ishonch – bu insonparvarlik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, psixologik maslahat ko‘riladigan asosdir. Maslahatchining mijozga ishonchi agarda mijozni anglab yetishiga va muammoni hal etish usulini u bilan birga topishga yordam berilsa, o‘z muammosini hal etish usulini u bilan birga topishga yordam berilsa, o‘z muammosini mijoz mustaqil hal qila olishiga ishonchni ko‘zda tutadi. Ishonish psixolog-maslahatchining mijoz fikriga qo‘shilishi, agarda albatta mijoz haq bo‘lsa, o‘z fikridan voz kechib, uning fikrini qabul qilishini ham anglatadi.
Psixolog-maslahatchining mijozni tashvishlardan qutilishiga yordam berishga intilish kabi R. Mey belgilab bergan sakkizinchi sifati alohida e’tiborga loyiq.
Tashvishlanish – bu mijozning o‘z muammosiga va o‘ziga befarq bo‘lmagan munosabatning belgisidir. Agarda mijoz muammosini to‘g‘ri tushunmasa yoki uni hal qilishni to‘g‘ri yo‘lini bilmasa, unda tashvishlari destruktiv rol o‘ynashi mumkin. Hayajonlar, emotsional energiyasi muammoning yechimini to‘g‘ri tanlash va amalga oshirish uchun zarurdir. Demak, psixolog-maslahatchining vazifasi mana shu energiyani saqlab qolish, balki uni konstruktiv, to‘g‘ri yo‘naltirish bu energiyani kuchaytirish kerakdir.
Mijoz bilan munosabatda ma’qul bo‘lgan psixologik masofani tanlashni va saqlashni bilishni quyidagicha tushunish kerak. Maslahatchi ishonch va ochiqlikni saqlab qolgan holatda mijoz bilan muloqot qilishni bilishi kerak. Shu bilan birga psixolog-maslahatchining mijoz bilan munosabatlari yaqin munosabatlarga aylanib ketishi kerak emas. Mijoz shu vaziyatda maslahatchi psixologik jihatdan bir yaqinlashayotganini bir uzoqlashayotganini his etishi kerak emas. Maslahatchining mijoz bilan psixologik yaqinlashishi strategiyasi quyidagicha bo‘lishi kerak: maslahatchi asta-sekinlik bilan mijozga sezdirmagan holda uning uchun yaqin odamga aylanib borishi kerak. Lekin psixolog-maslahatchi keyingi qadam yaqin o‘zaro aloqalarga olib kelishini sezib qolishi bilan darhol to‘xtashi kerak va keyinchalik mijoz bilan hozirgi vaziyatda mavjud bo‘lgan masofani saqlashi kerak. O‘z muammosini hal qila olishiga mijozda ishonch va qat’iylikni uyg‘otish mahorati – bu alohida sifat hisoblanadi. U psixolog-maslahatchining odamni ishontira olish, uqtirish, qo‘llab quvvatlashini bilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Buning uchun mijozga ta’sir ko‘rsatish kerakli verbal va noverbal vositalardan oqilona va mohirona foydalanishni o‘rganib olish kerak.
Yuqorida aytilganlarning barchasi psixolog-maslahatchining mijozga nisbatan ichki qarashlari, munosabati va tashqi xulqiga taalluqlidir. Biroq psixologik-maslahat o‘tkaziladigan vaziyatga, sharoitga maxsus talablar ham bor.

Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə