Mavzu: maslahat jarrayonining tuzilishi



Yüklə 262,77 Kb.
səhifə10/10
tarix17.12.2023
ölçüsü262,77 Kb.
#150230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASLAHAT JARRAYONINING TUZILISHI

Psixologik-maslahat o‘tkazishda optimal vaziyat, sharoit quyidagilar hisoblanadi:
1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini yoki mijozni chalg‘ituvchi tovushlar eshitilmasligi kerak. Maslahat olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bo‘lishi kerak.
2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak – eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida 60-70 sm dan to 100-110 sm masofada bir – birining qarshisida o‘tirishlari mumkin.
3. Maslahatni mijoz hech qaerga shoshilmayotgan paytida va o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o‘tkazish.
4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
6. Maslahat o‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin u bevosita maslahatchi va mijoz o‘rtasida bo‘lishi kerak emas. Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani, mijozning ko‘zi tushmagani ma’qul.
7. Maslahat o‘tkaziladigan xonada mijozning e’tiborini tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum bo‘lmasligi kerak. Maslahat o‘tkazish davomida xonada sodir bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.
8. Xonada turgan narsalar yoki sodir bo‘layotgan hodisalar mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otishi kerak. Psixologik maslahatning ma’lum bosqichida xonada past tovushda yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.
Psixologik maslahatni turli ko‘rinishlariga qo‘yiladigan maxsus talablar:
Ko‘rsatib o‘tilgan umumiy talablardan tashqari turli sohalarda psixologik maslahatlar o‘tkazish amaliyotiga bog‘liq maxsus alohida talablar ham mavjud.
Alohida talab intim – shaxsiy doirada psixolog-maslahatchiga va psixologik – maslahatga qo‘yiladi. Bu yerda psixolog-maslahatchi juda sezgir va odobli odam bo‘lishi kerak. Mijoz tomonidan o‘ziga so‘zsiz ishonch uyg‘otishi va turli odamlar bilan intim-shaxsiy munosabatlarda yetarli tajribaga ega bo‘lishi kerak. Psixolog-maslahatchi mijozdan yoshi bir oz kattaroq odam bo‘lgani ma’qul hisoblanadi. Biroq psixolog-maslahatchi va mijoz yoshlari o‘rtasidagi farq juda ham katta bo‘lmasligi kerak. Ularning yoshidagi farq katta bo‘lsa, masalan 20 yosh farq qilsalar, ular boshqa-boshqa avlod odamlari bo‘lib qoladilar. Buning oqibatida ular orasida yoshi sababli tushunmaslik va ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. Bir oz katta yoshdagi odamlar boshqalarga maslahat berish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar va shu bilan birga ularning o‘zlari mijozning yoshida qanday bo‘lganliklarini ham eslaridan chiqarmagan bo‘ladilar. Bunday odamlar yoshidagi farqqa qaramay, odatda bir avlodga mansub bo‘ladilar, shuning uchun osongina til topishadilar.
Intim-shaxsiy masalalar bo‘yicha psixologik-maslahatlarga taalluqli keyingi muhim talabni quyidagicha ifoda etish mumkin:
Mijoz bilan ish olib borayotgan psixolog-maslahatchining o‘zi intim-shaxsiy xususiyatdagi, ayniqsa mijozga maslahat berayotgani kabi keskin, hal etilmagan muammolarga ega bo‘lmasligi kerak. Mana shunday holatlarda u yuqorida aytilgan talablarga amal qila olmaydi va mijozga haqiqatda yordam bera olmaydi. Ularning o‘zlarida komplekslari yoki shaxsiy-intim munosabatlarda muammoli bo‘lgan maslahatchilarga shaxsiy o‘zaro munosabatlarni tuzatish, komplekslarni yo‘qotish ishlari bo‘yicha psixologik-maslahat yoki amaliy psixologik yordam ko‘rsatish tavsiya etilmaydi.
Endi boshlayotgan psixolog-maslahatchilar juda ko‘p duch keladigan ushbu muammoni amaliy hal etishda quyidagi amallar foydali bo‘lishi mumkin: psixologik maslahat o‘tkazish, masalan, intim-shaxsiy xususiyatdagi psixologik maslahat mustaqil amaliyotiga kirishishdan avval psixolog-maslahatchining o‘zi mana shu masala bo‘yicha tajribali hamkasbi maslahatidan o‘tishi ma’qul hisoblanadi. Mana shunda maslahatchining o‘zida hal etilmagan intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolari borligi aniqlansa, u mana shu muammolarini o‘zi hal qilmagunicha boshqalarga ushbu muammo bo‘yicha psixologik – maslahat berishga kirishmasligi kerak bo‘ladi. Mana shu yerda bir ma’lum qoidaga amal qilinadi. Bu umuman muammoga ega bo‘lmagandan ko‘ra, muammoga ega bo‘lib uni yo‘qotgan yaxshiroq deganini anglatadi.
Intim-shaxsiy maslahatning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi yana bir muhim shart bu uni o‘rganishga vaqtning yetarliligidir. Gap shundaki, intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmaydi va ular birinchidan uzoq vaqt o‘rganilishi kerak bo‘lgan va ularni hal etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladigan muammolar qatoriga kiradi.
Birinchidan, bunday muammolarni hal etishda ko‘pincha sinov-xavotir metodida ish olib boriladi va odatda xatolarni tuzatish uchun vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari oldindan muammoni amaliy hal etish uchun qancha vaqt talab etilishini umuman bilib bo‘lmaydi. Bunday muammoni hal etishga kirishuvchi psixolog-maslahatchi birinchidan mijoz bilan ishlar olib borish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, unga yordam so‘rab murojaat etgan odamni oldindan uning muammosini hal etish uchun ancha ko‘p vaqt talab etilishi to‘g‘risida ogohlantirishi kerak. Oldindan talab etiladigan vaqtni taxminan aniqlab olish va bu to‘g‘risida mijozga aytib qo‘yish yaxshi bo‘ladi, bu intim-shaxsiy mavzuda maslahatlardan tashqari maslahatning boshqa turlariga ham taalluqlidir.
Endi oilaviy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish samaradorligining ba’zi maxsus shartlarini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda maslahat berishga kirishishdan avval psixolog birinchi navbatda oila tashkil topishi va oilaviy o‘zaro munosabatlar rivojlanishi umumiy qonuniyatlarini hisobga olib, mijozlarga oqilona va asosli amaliy tavsiyalar berishi uchun mana shu qoidalarni yaxshi bilishi kerak.
Bunday turdagi muhim qoidalar quyidagilar hisoblanadi:

  1. Birinchidan oila endigina tashkil topayotgan paytda (bu birinchi navbatda yosh oilalarga taalluqli) bo‘lajak er-xotinlar odatda bir-birlariga xali to‘la ob’ektiv va beg‘araz xaqqoniy munosabatda bo‘la olmaydilar. Ular ma’lum darajada sub’ektiv bo‘ladilar va bir-birlarini ideallashtiradilar, ustunliklarini oshirib, kamchiliklarini kichraytirib yoki umuman sezmay bir-birlariga munosabatda bo‘ladilar. Mana shu va boshqa bir qator holatlar sababli yosh oilada bir muncha vaqt davomida yosh er-xotinlarning bir-birlarini o‘zaro sevishlari paydo bo‘ladi. Bu vaqt o‘tishi bilan his tuyg‘ular asta pasayishi va odamlarning bir-biriga o‘rganib qolishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari birgalikda hayot kechirishda yoshlar faqat ijobiy bo‘lmagan hayot tajribasiga ega bo‘lib borar ekanlar, bir-birlarini faqat yaxshi tomondan bilib bormaydilar. Gap shundaki, ularda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijobiy tomonlarini ko‘pini avvaldan biladilar, salbiy tomonlarini ular anglab yetmaydilar, yoki erkin namoyon etmaganlar yoki bir-birlaridan yashirganlar.

  2. Ko‘pincha er-xotinlar o‘zaro munosabatlarida vaqtinchalik bir-biridan sovish davri birinchi bolalari tug‘ilgandan keyin, birgalikdagi hayotlari ikkinchi yoki uchinchi yilidan boshlanadi. Bunga sabab bola tug‘ilgandan keyin ona bolasiga ko‘prok e’tibor beradi, vaqt sarflaydi, bunda erining e’tiborli bo‘lishiga talabi ortadi. Biroq keyinchalik taxminan bola 3-4 yoshga to‘lganda yuqorida ko‘rsatilgan sabablar bilan yomonlashgan oiladagi ahvol yana yaxshilanadi. Shuning uchun yosh oilalarda psixologik maslahat o‘tkazish paytida ular o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan holat – bu yoqmaydigan bo‘lsa ham qonuniy ekanligini, uni faqat nizo kabi tushunmaslik kerakligini uqtirish kerak. Aksincha sabr toqat, chidam bilan bir-biriga yon bosish, kelishish kerakligini va tezlikda oilada hammasi yana yaxshi bo‘lib ketishini aytiladi.

  3. Er-xotinlar ularning birgalikdagi hayotlari uchun juda muhim bo‘lgan narsalarda bir-biriga psixologik o‘xshash odamlar bo‘lsalar-da, lekin baribir bir-birlaridan farq qiladilar va bu ertami yoki kechmi ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir masala bo‘yicha oila a’zolarida turlicha fikrlar mavjud bo‘lishi bu chetlanishdan ko‘ra ko‘prok qonuniy hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar ertami-kechmi har qanday oilada yuzaga keladi, mana shu mazmunda yaxshi oilalar yomon oiladan birinchi yaxshi oilada – er-xotinlar bu qarama-qarshiliklarni tezlikda odatiy holat deb qabul qilishga o‘rganib olishlari, ikkinchidan-yomon oilalar-janjal qilishlari va kelishish yo‘lini topa olmasliklari bilan farq qiladilar.

  4. Oilaning har bir a’zosi shaxs sifatida oila a’zosidir va shu bilan birga mustaqil, har doim ham oila bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z manfatlariga ega odamdir. Oila a’zosi sifatida u ma’lum majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak, biroq mustaqil odam sifatida u oilada ma’lum erkinlikka ega bo‘lishi mumkin va kerak.

Yevropa zamonaviy oilalari uchun bir tomondan har bir oila a’zosining oila oldidagi huquq va majburiyatlari go‘yo bir xilda bo‘lib, ikkinchi tomondan ushbu oilaning barcha a’zolari bir xilda huquqlarga va majburiyatlar teng hajmiga ega bo‘lishlari odatiy hisoblanadi. Oilaning bir a’zosi va boshqa a’zolari ixtiyoriy roziliklari bilan ular orasidagi majburiyatlarni turlicha taqsimlanishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin majburiyatlarni taqsimlash har qanday nohaqlik holatlari yoki oila a’zolaridan birining huquqi chegaralanishi odatda oilada keskinlik keltirib chiqaradi va oxir-oqibat uning psixologik yomonlashishiga olib keladi.
Psixologik maslahat o‘tkazayotganda psixolog-maslahatchi e’tiborga olishi kerak bo‘lgan ba’zi umumiy qoidalarda to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha psixologik maslahat o‘tkazish paytida ularning biri tomonida bo‘lish tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik hollarda har qanday muammo yuzaga kelishida deyarli har doim unda ishtirok etuvchi odamlarning barchasi aybdor bo‘ladilar. Bu albatta nizo kelib chiqishida ikkala tomonning aybi bir xil bo‘lishini, ularning ikkalasi ham bir xilda javobgar ekanligini anglatmaydi. Bu faqatgina psixologning bir tomonlama harakat qilishi, er-xotinlarning biri tomonida bo‘lish nizoni yo‘qotishga emas balki, yana keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Nizoning aybdori bo‘lgan er xotinlarning biri buni tushunishi qiyin bo‘ladi. (agarda u tushunganida balki nizo kelib chiqmasdi ham). Boshqacha qilib aytganda, bir tomonni aybdor deb hisoblansa, hech qachon nizoni hal kilishga olib kelmaydi. Ushbu qoida ayniqsa, yuzma-yuz ikkala er-xotinning ishtirokida psixologik maslahat o‘tkazilayotganda juda muhimdir.
Agarda maslahat predmeti ancha katta yoshdagi bir-biriga yaxshi tanish bo‘lmagan katta odamlarning turmush qurishlari yoki bir oilaga birlashishlari sababli psixologdan tavsiya va maslahatlar olish bo‘lsa, bunday holatda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak.
Birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan odamlarda ko‘pincha dezadaptiv deb nomlanuvchi xarakterli xususiyatlari uchraydi. Bunday xususiyatga oilaviy hayotda deyarli har qanday odam uchun moslashish qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi bor nikohdan o‘tayotgan odam buni yaxshi tushunishi va tan olishi kerak bo‘ladi, aks holda birinchi oilasida mavjud bo‘lgan avvalgi muammolari tez orada yana paydo bo‘ladi va avvalgi oilada bo‘lgani kabi yana falokat yoqasiga olib keladi.
Bu haqda psixolog-maslahatchi mijozni ochiq va qattiq ogohlantirishi lozim. Shundan keyin mijoz hohlasa unga faqat o‘z kamchiliklarini anglab yetishgagina emas, balki ularni yo‘qotishga ham yordam beradi.
Keyin esa shu kabi yoki boshqacha kamchiliklar bo‘lajak turmush o‘rtog‘ida ham uchrashi mumkinligini va bunga ham psixologik tayyor bo‘lish kerakligini aytadi.Er-xotinlarning xarakterlaridagi kamchiliklarni tan olish va ularga chidamli (sabrli) munosabatda bo‘lish ikki tomonlama bo‘lishi kerakligini aytib o‘tish kerak. Mana shu mazmunda qayta turmush qurayotgan odamga xa-rakteridagi mavjud kamchilikni u tan olganida va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i xa-rakteridagi kamchilikka rozi bo‘lganidan keyingina turmush qurishni tavsiya etish mumkin. Bo‘lajak er-xotinlarga ulardan biri mavjud kamchilikni ochiq namoyon eta boshlagan holatlar va vaziyatlarda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish va kerakli amaliy harakatlarga o‘rgatish zarur, ya’ni oilaviy hayotdagi tasvirlangan murakkab vaziyatda bir-biriga qanday qilib yordam berishlari mumkinligi tushuntiriladi. Psixolog-maslahatchi tavsiya etgan uslub va vositalar yaxshi o‘zlashtirilib olinsa va maslahat paytida turmush qurayotgan ikki tomon ham namoyish etishlari yaxshi bo‘ladi.
Agarda yosh bo‘lmagan bundan tashqari uzoq vaqt alohida bir o‘zlari yashagan odamlar o‘zaro nikoh tuzayotgan bo‘lsalar, unda bu odamlarni albatta birgalikdagi hayotlarida ularda bir-biriga psixologik mos kelmasligi bilan bog‘lik, birgalikdagi hayot tajribalari yo‘qligi sababli yuzaga keladigan muammolar to‘g‘risida ogohlantirish zarur.
Bunday odamlarga bo‘lajak nikohlari to‘g‘risida psixologik maslahat berayotganda quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Nikoh tuzishdan avval bir-biri bilan odatlari, qarashlari, hayot tarzi bilan mos kelishlari mumkinligini aniqlab olish kerak.
Bunday odamlarga psixologik maslahatlar berish masalan quyidagi reja bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin:

        1. Mijozlar o‘zlarining qaysi shaxsiy sifatlari bilan mos kelmasliklari yoki mos kelishlarini aniqlash maqsadida ularning mumkin bo‘lgan psixologik mosliklarini aniqlovchi metodika yordamida har birini alohida psixologik test sinovlaridan o‘tkazish.

        2. Mijozlarning ikkalasi roziligi bilan ularning psixologiyasi bir xilligini, mosligini va bir-biri bilan mos emasligini aytish.

        3. Bir-biri bilan haqiqatda psixologik mos kelishi uchun ulardan har biri o‘z xulqini o‘zgartirishni hohlaydimi va o‘zgartira olishini aniqlash. (buni yo‘lini mijozga psixolog-maslahatchi aytib berishi mumkin).

        4. Bo‘lajak er-xotinlarning mos ekanliklarini aniqlovchi ijtimoiy – psixologik tajribani bevosita psixologik maslahat xonasida tashkil qilish va o‘tkazish. Bu tajribaning natijalarini ularga aytish.

        5. Mijozlarga ularning mos kelishlari mumkinligini aniqlashlari mumkin bo‘lgan har qanday savol-javob imkoniyatini berish.

        6. Psixologik maslahat yakunlovchi bosqichini o‘tkazish, bunda psixolog-maslahatchi mijozlarga ularning bo‘lajak nikohlari muvaffaqiyatli bo‘lishi bo‘yicha uning kasbiy xulosasini aytadi.

Bu masalada psixolog insonlarga juda odobli bo‘lishi, shu bilan bir vaqtda izchil, prinsipial va kasbiy halol bo‘lishi kerak. Har qanday bo‘lganida ham u er-xotinlarni ogohlantirib qo‘yishi kerak, chunki ular katta odamlar, shuning uchun birgalikdagi hayotlarida shaxsiy munosabatlarida hammasi yaxshi bo‘lishi qiyin, ularning shaxsiy psixologiyalari va xulqlari er-xotinlarning har birini qoniqtira oladigan bo‘lib tez o‘zgarishi mumkin emas. Agarda ular jiddiy qaror qilgan bo‘lsalar, o‘z nikohlari va oilalarini saqlab qolishni hohlasalar, unda albatta bir-birlarini qanday bo‘lsalar shundayligicha qabul qilishlari kerak.
Psixologo-pedagogik maslahatda psixolog-maslahatchining o‘zi pedagogik ma’lumoti bo‘lishi va pedagogika nazariyasi va amaliyotini yaxshi bilishi muhimdir. Turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha shaxsiy tajribasi ham zarur.
Lekin bu ham psixologo-pedagogik maslahatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli emas. Oddiy pedagog, olim psixolog yoki o‘qituvchidan farqli ravishda maslahatchi-psixolog mijozning xulqiga ochiqdan-ochiq salbiy munosabatni namoyon qilish xuquqiga ega emas. Hatto mijoz pedagogik odob va axloq qabul qilingan qoidalarini buzganida ham bu qoidaga amal qilishi zarur.
Psixolog-maslahatchi odob qoidalarini yuqorida muhokama etib, biz u mijozga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini namoyon etishga huquqi yo‘qligini aytib o‘tdik. Bu ayniqsa, maslahat so‘rab murojaat etgan o‘smirlar va ularning ota-onalariga taalluqlidir. Psixolog-maslahatchiga nisbatan ularning munosabatlari har doim ham pedagogik to‘g‘ri va vazmin bo‘lmaydi.
Psixologik-pedagogik masalalar bo‘yicha maslahat berganda psixolog-maslahatchi tavsiyalarini aynan bajarishi kerak bo‘lgan odamlar har doim to‘la va sidqidildan bajarmasliklarini ham hisobga olish zarur.
Masalan, ota-onalarga ko‘pincha aslida o‘z bolalariga tegishli tavsiyalar berishlariga to‘g‘ri keladi, bolalarga esa – ko‘prok ularning ota-onalari xulqiga tegishli maslahatlar beriladi. (katta bolalarning ota-onalari ularga nisbatan pedagogik noto‘g‘ri xulqlariga mumkin bo‘lgan javoblari). Bu holatni e’tiborga olish kerak.
Psixologga o‘smirlar o‘zlari keltirib chiqargan emas, balki ularning atroflaridagi katta odamlar – ota-onalari yoki o‘qituvchilari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar bilan ham murojaat etishlari mumkin. Bunday holatda faqat bolaning o‘zi bilan psixologik-maslahatlar o‘tkazishning o‘zi yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirishga yordam bermaydi.
Birinchidan, o‘smir kattalar bilan munosabatlarda psixolog-maslahatchi bergan tavsiyalarni chuqur tushunib, qabul qilib va amalga oshiradigan yoshda emas.
Ikkinchidan, yuzaga kelgan nosog‘lom vaziyatni tuzatish bo‘yicha tashabbus ulardan emas, balki boladan kelib chiqqan hollarda o‘zining noto‘g‘ri xulqi bilan o‘smir bilan munosabatlarda muammo keltirib chiqaradigan katta yoshli odamlar har doim ham o‘smir fikriga e’tibor bermaydilar. Bu yerda muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun tizimli yoki ko‘p yo‘nalishli deb ataluvchi psixologik-maslahatlar zarur bo‘ladi.
Shunday psixologik maslahatlar o‘tkazilganda nizoli yoki muammoli vaziyatning barcha ishtirokchilari psixolog tomonidan amaliy tavsiyalar oladilar va shu bilan birga odatda ularning har biri kim qanday tavsiyalar olganligini biladilar. Natijada ishtirokchilardan har biri o‘zini va boshqalarni kuzatish bilan bir qatorda boshqalarga olingan tavsiyalarni bajarishga yordam bera oladi. Bu ifoda etilgan qoida psixologo-pedagogik ta’sir ko‘rsatish ob’ekti kichik maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, psixolog-maslahatchidan amaliy tavsiyalarni katta odamlar, ota-onalar, o‘qituvchilar yoki bolani tarbiyalovchilar olayotgan hollaridan tashqari, psixologo-pedagogik masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish ko‘p vaziyatlar uchun umumiy bo‘lib qoladi.
Psixologik-pedagogik maslahat intim-shaxsiy masalalar bo‘yicha maslahat kabi kamdan-kam hollarda bir marotabalik maslahat sifatida o‘tkaziladi, chunki pedagogik jarayon ancha murakkab va olingan tavsiyalar har doim ham darhol istalgan natijalarga olib kelmaydi. Bundan tashqari tavsiyalarni amalga oshirish yo‘lida ko‘pgina psixolog bilan maslahat qilinishi kerak bo‘lgan yangi kutilmagan masalalar, muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
Xulqini pedagogik qayta yo‘naltirish – bu har doim murakkab, xatolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ish, chunki bu ishda inson ongida joylashib qolgan pedagogik noto‘g‘ri tushunchaga duch kelish mumkin.
Endi amaliy masalalar bo‘yicha psixologik maslahatlar o‘tkazish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda barcha boshqa hollarda bo‘lgani kabi psixologik maslahat paytida psixolog mijozga oqilona va samarali tavsiyalar bera olishi uchun mijozga maslahat berayotgan ish bo‘yicha o‘zi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agarda psixolog-maslahatchida maslahat berayotgan ishlari bo‘yicha shaxsiy hayotiy tajribasi bo‘lmasa psixologik-maslahat berishga kirishishdan avval mana shu tajribani egallab olishi kerak.
Ba’zan albatta bu shartni to‘la bajarishga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bir odamning o‘zi barcha kasb va hunarlarni yaxshi bilib olishi mumkin emas. Bunday holatda ma’lum ishlar bo‘yicha bexabar bo‘lib qolmaslik uchun psixolog-maslahatchiga mijozdan u qanday kasb bilan shug‘ullanishini, uning ish faoliyati va uning muammolari xususiyatlarini yaxshilab bilib olish tavsiya etiladi. Bu ishni tortinmasdan, uyalmasdan va ochiq, maslahat eng boshidan mijozga uning kasbini psixolog-maslahatchi yaxshi tushunmasligini aytib amalga oshirish kerak, shu sababli darhol maksimal foydali tavsiyalar bera olmasligini tushuntirishi kerak.
Psixolog maslahatchiga bu ishda maslahat boshida mijozga beradigan quyidagi savollarga javoblar yordam berishi mumkin:
- o‘z ishingiz to‘g‘risida umumiy xususiyatlarni aytib bersangiz.
- Siz aniq nima ish bilan shug‘ullanasiz?
- Siz ish bo‘yicha atrofdagi odamlar bilan odatda qanday amaliy aloqalar va munosabatlarda bo‘lasiz?

  • O‘z ishingizda yaqin amaliy aloqalarda bo‘lgan odamlar bilan sizning shaxsiy munosabatlaringiz qanday?

  • Sizning atrofdagi odamlar ishlari bo‘yicha amalda, rasman va rasman bo‘lmagan qanday bog‘liqligingiz bor?

  • Siz kimga bevosita bo‘ysunasiz?

  • Kimlar sizga shaxsan bo‘ysunadi?

  • Odamlarga ta’sir ko‘rsatishda sizning qanday xizmat, rasmiy va norasmiy imkoniyatlaringiz bor?

  • Ish bo‘yicha hamkasblaringiz sizga qanday ta’sir ko‘rsata oladilar?

  • Sizning mehnat jamoangizda anchadan beri yuzaga kelgan va qattik yoki bir muncha amal qilinadigan qandaydir xulq qoidalari mavjudmi?

  • Agarda shunday qoidalar bo‘lsa ular nimalardan iborat va ularga kimlar ayniqsa qattik amal qiladilar?

Amaliy maslahat o‘tkazish uchun amaliy ish vaziyati juda mos keladi. Unda psixolog maslahatchi mijoz bilan ishlarni samarali olib boradi va ular o‘rtasida amaliy xususiyatli o‘zaro munosabatlar bo‘ladi.
Bu xususan quyidagilarni anglatadi:
Birinchidan, mana shunday maslahatni mijozning bevosita ish joyida va u uchun odatiy ish sharoitlarida o‘tkazilgani juda yaxshi bo‘ladi. Shunda psixolog maslahatchidan olgan tavsiyalarni tushunishi oson bo‘ladi. Shu yerda va hozir tamoyilini amalda bajarish oson bo‘ladi. Maslahatchining o‘ziga esa mijoz bilan odatiy ish muhitida birga bo‘lish mijozni qiynayotgan muammo mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga va uni hal etishning to‘g‘ri yo‘lini topishga yordam beradi.
Ikkinchidan, amaliy maslahat o‘tkazish tajribasida psixolog maslahatchining o‘zi o‘zini ishbilarmon odam kabi tutishi kerak. Shunda mijoz uning shaxsiy namunasida ko‘p narsalarni o‘rganib oladi.
Uchinchidan, psixolog maslahatchining ishbilarmonlik xulqi albatta mijozning unga ishonchini kuchaytiradi, u ham ishbilarmon odam va boshqalardagi bunday sifatni qadrlaydi.
Nihoyat to‘rtinchidan, psixologik maslahat o‘tkazishga amaliy yondoshish maslahat berishni boshlashdan avval mijoz bilan uning shartlari: vaqti, joyi, kutiladigan natijalar, narxi va boshqalar kelishib olinishi kerak.
Yüklə 262,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə