Dasturlash asoslari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə18/111
tarix19.12.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#152992
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Dasturlash asoslari

1.3.4. Modellarni qiyoslash

Klassik kaskad modelining asosiy kamchiligi fazalarning “yuqoridan pastga” qat’iy ketma-ketlikdan iboratdir. Bu quyidagilarga sabab bo‘ladi:



  • Keyingi soddalashtirishlarning imkoni bo‘lmaydi;

  • Ishlab chiqishning uzoq davri;

  • Turli “tillar” mavjud bo‘lganda ixtisoslashtirilgan reja va dizayn o‘rtasidagi tez-tez uzilish.

Faqat spiral model (Prototyping) va V-model fazalarining keskin izchilligiga (ketma-ketligida) barham beradi. Bundan tashqari, teskari aloqa mexanizmi va nazorat mexanzmlari, shuningdek, foydalanuvchini ishlab chiqish jarayoniga muntazam jalb qilinishi sababli ancha balandroq moslanuvchanlik, sifat va aniqlik taqdim qilinadi.
Shunga qaramay, klassik kaskad model bemalol o‘zini oqlagan, chunki uning fazalari boshqa modellarda yana paydo bo‘lishi va Forward Engineeringda ayniqsa yaxshi “ishlab berishi” mumkin.
Bundan dasturiy ta’minot ishlab chiqishda foydalaniladigan model bo‘yicha quyidagi tavsiya kelib chiqadi.
Klassik “kaskad” model qisman dasturiy ta’minot ishlab chiqishda va kichkina va sodda loyihalarda boshlovchilar uchun to‘g‘ri keladi. Spiral model (Prototyping) kaskad modelning keyingi rivojlanishi bo‘lib u ko‘proq ochiq loyihalarda qo‘llanishi kerak. V-model sanoatdan va jamoat huquqiy boshqaruvidan loyihada qatnashuvchilarning katta miqdori bilan yirik loyihalarda qo‘llanadi.
1.3.5. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishning taxminiy stsenariysi

Bugun AKT sohasida masalalar ko‘pincha yaxlitlik nuqtai-nazaridan stsenariylar ko‘rinishida aniqlanadi. Bu amalda qo‘llashga juda yaqinlashtiradi, chunki masalalarning qo‘yilishi ko‘proq, masalan dasturlash bo‘yicha, iqtisodiyot bo‘yicha va elektronika bo‘yicha mutaxassislar hamkorligini talab qiladigan kompleks sohani qamrab oladi. Buning uchun maxsus ifoda “vaziyat topshirig‘i” sifatida namoyon bo‘ladi.


Vaziyatlarning bundan keyingi bayonidan ushbu darslikda masala va misollarning qo‘yilishi uchun berib boriladigan amaliy topshiriqlarda ham har doim foydalanib boriladi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə