Dasturlash asoslari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə26/111
tarix19.12.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#152992
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
Dasturlash asoslari

Bosh modul matni






1-tarmoqmasalaning 3- tarmoq masalaning
spetsifikatsiyasi spetsifikatsiyasi


2-tarmoq masalaning
spetsifikatsiyasi
3.1-rasm. Konstruktiv yondashuv paytida dasturning modulli tuzilmasini shakllantirishning birinchi qadami
D astur (bosh modul)ning spetsifikatsiyasi
(tasnifi)

Bosh modul matni


1-tarmoq masala bosh modulining matni





1-tarmoq masalaning 3-tarmoq masalaning
spetsifikatsiyasi spetsifikatsiyasi


3-tarmoq masala bosh modulining matni





2-tarmoq masalaning
spetsifikatsiyasi

2-tarmoq masala bosh modulining matni






1-tarmoq masala 2-tarmoq masala
spetsifikatsiyasi spetsifikatsiyasi

3.2-rasm. Konstruktiv yondashuv paytida dasturning modulli tuzilmasini shakllantirishning ikkinchi qadami


Dasturni ishlab chiqishdagi arxitektura yondoshuvi yuqorilovchi ishlab chiqishning modifikatsiyasi bo‘lib, bunda dasturning modulli tuzilmasi modulni dasturlash jarayonida shakllanadi. Biroq bunda dasturni ishlab chiqishdan butunlay boshqa maqsad ko‘zlanadi: aniq dasturni ishlab chiqish emas, qo‘llanayotgan dasturlash tili darajasini ko‘tarish. Bu nimani bildiradi? Shuni bildiradiki, berilgan soha uchun har biri shu sohadagi turli masalalarni echishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tipik (namunaviy) funksiyalar ajratiladi hamda spetsifikatsiyalanadi, keyin esa ushbu funksiyalarni bajaradigan dasturiy modullar dasturlanadi. Bunday funksiyalarni ajratish jarayoni berilgan sohadagi masalalarni echish tajribasini to‘plash va umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, odatda avval soddaroq modullar alohida modullar sifatida ajratib olinadi va ishga tushiriladi, keyinchalik esa asta-sekin avval ajratib olingan modullarni qo‘llaydigan modullar paydo bo‘ladi. Bunday modullar to‘plami shunga mo‘ljallab yaratiladiki, berilgan sohadagi u yoki bu dasturni ishlab chiqishda konstruktiv yondoshuv doirasida ushbu modullarning ayrimlarini qo‘llash mumkin bo‘lib qoladi. Bu muayyan dasturni ishlab chiqishga ketadigan mehnat sarflarini avvaldan tayyorlangan va tekshiruvdan o‘tgan quyi sathga mansub modul tuzilmalarini mana shu dasturga ulash yo‘li bilan ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunday tuzilmalar turli xildagi muayyan dasturlarda ko‘p martalab qo‘llanishi mumkin bo‘lganligi uchun, arxitektura jihatdan yondashuv dasturlashda qaytariqlar bilan kurashish yo‘li sifatida olib qaralishi mumkin. Buning bilan bog‘liq holda arxitektura jihatidan yondoshuv doirasida yaratiladigan dasturiy modullar odatda ushbu modullarni parametrlarga sozlash yo‘li bilan ularning qo‘llanishini kuchaytirish uchun parametrlanadi.


Dasturlar tuzilmasini ishlab chiqish usullari



Pasayuvchi usullar



Yuqorilovchi usullar


Klassik yondoshuv



Klassik yondoshuv



Klassik pasayuvchi ishlab chiqish

Klassik yuqorilovchi ishlab chiqish (tavsiya qilinmaydi)



Klassik pasayuvchi ishlab chiqish



Klassik yuqorilovchi ishlab chiqish (tavsiya qilinmaydi)





Arxitekturaviy yondoshuv

Konstruktiv yondoshuv





Konstruktiv ishlab chiqish

Arxitekturaviy ishlab chiqish






Konstruktiv ishlatish

Arxitekturaviy ishlatish







Maqsadga yo‘naltirilgan
konstruktiv ishlatish




3.3-rasm. Dastur tuzilmasini ishlab chiqish usullarining tasnifi

Pasayuvchi ishlab chiqishning klassik usulida ishlab chiqilayotgan dasturning barcha modullarini avval dasturlab olish va shundan so‘nggina ularning pasayuvchi test sinovlaridan o‘tkazilishini boshlash tavsiya etiladiki, bu yana o‘sha sharsharasimon yondoshuvga to‘la mos keladi. Biroq ishlab chiqishning bunday tartibi etarlicha asoslangan bo‘lolmaydi: modullarni test sinovlaridan o‘tkazish va sozlash tobe’ modullar spetsifikatsiyasining o‘zgarishiga va xatto butun dasturning modul tuzilmasining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday holda ayrim modullarni dasturlash befoyda amalga oshirilgan ishga aylanadi. Dasturni ishlab chiqishning boshqa tartibi, nazarimizda, maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Bu usul adabiyotlarda pasayuvchi usul nomi bilan ma’lum bo‘lib, u sharsharasimon yondoshuvning ma’lum bir modifikatsiyasidir. Bu usulda dasturlangan modul, boshqa modulni dasturlashga o‘tmay turiboq, test sinovidan o‘tkaziladi.


Bu usullarning hammasi, o‘z navbatida, daraxtsimon dastur tuzilmasini ishlab chiqish jarayonida uning uzel (modul)lari qanday ketma-ketlikda aylanib chiqilishiga qarab, turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Buni, masalan, qavatma-qavat (keyingi sathga o‘tishdan oldin, bir sathdagi modullarni ishlab chiqish yo‘li bilan) amalga oshirish mumkin. Pasayuvchi ishlab chiqishda dastur daraxtini yana leksikografik tartibda (yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga) aylanib chiqish mumkin. Daraxtni aylanib chiqishning boshqa variantlari ham mavjud. Masalan, konstruktiv yondoshuvda dastur daraxtini aylanib chiqish uchun Fuksman g‘yalariga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Bu g‘yalardan Fuksman o‘zi taklif qilgan vertikal qatlamlash usulida foydalangan. Bunday aylanib chiqish mohiyati quyidagilardan iborat. Konstruktiv yondoshuv doirasida avval dasturning eng sodda varianti uchun zarur bo‘lgan modullar ishlab chiqiladi. Bunda ushbu dastur kirish ma’lumotlarining juda cheklangan to‘plamlari uchungina normal bajarilishi mumkin. Bunday dasturda iqtiboslar (silkalar) mavjud bo‘lgan boshqa modullar o‘rniga bu modullarning imitatorlarigina kiritiladi. Bu imitatorlar asosan bunday xususiy holat chegarasidan chiqish haqida signal berilishini ta’minlaydi. Keyin ushbu dasturga boshqa ayrim modullarning ishlanmalari (jumladan, ayrim mavjud imitatorlar o‘rniga) qo‘shiladi. Bu modullar ishlanmalari kirish ma’lumotlarining boshqa biron to‘plamlari uchun normal ish bajarilishini ta’minlaydi. Bu jarayon ham talabdagi dastur to‘la ishlab chiqilguncha bosqichma-bosqich davom etadi. Shunday qilib, dastur daraxtini aylanib chiqishdan ko‘zlanadigan maqsad normal faoliyat ko‘rsatayotgan dasturning u yoki bu variantining eng qisqa yo‘l bilan ishga tushirilishini amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun ham konstruktiv ishlab chiqishning bunday turi maqsadga yo‘naltirilgan konstruktiv ishlab chiqish usuli nomini oldi. Bu usulning afzal tomoni shundaki, ishlab chiqishning dastlabki bosqichidayoq ishlab chiqilayotgan dasturning ishchi varianti yaratiladi. Psixologik jihatdan bu ishlab chiquvchi mehnatining samaradorligini oshiruvchi doping vazifasini o‘taydi. Shu tufayli bu usul diqqatni o‘ziga jalb qiilish kuchiga ega.
Aytilganlarga yakun yasab, 4.3-rasmda dastur tuzilmasini ishlab chiqish usullarining ko‘rib chiqilgan umumiy tasnifi keltiriladi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə