Dasturlash asoslari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə22/111
tarix19.12.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#152992
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Dasturlash asoslari

2.1.3.1 Takrorlash

Takrorlash (Repetition) sikli (masalan, while-sikl) dasturlashga muvofiq keladi. Har bir siklning uzilishi mezoniga ega, while-sikl uchun «yuqori» (yuqorigi satr bilan boshqariluvchi sikl) turadi, do–until – sikl uchun «quyi» (quyi satr bilan boshqariluvchi sikl) turadi. Tarkibiy diagrammada uzilishning ushbu mezoni shunga muvofiq «yuqori» yoki «quyi» deb yoziladi.








Mezon noto‘g‘ri ekanmi, takrorlansin




Operator 1

Operator 2

Operator 3

Operator 4

2.7-rasm: Tarkibiy diagrammada yuqorigi satr bilan boshqariladigan tsikl


2.1.3.2 Tanlash

Tanlash (Selection) dasturlashda oddiy tarmoqlanish (if-then-nazorat qiluvchituzilma)ga ham, xodisalarni aniqlash (case-nazoratchituzilma)ga ham mos keladi.



Shart bajarildimi?



HA

YO‘Q

Operator 1

Operator 3

Operator 4

Operator 2

Operator 5

Operator 6

2.8-rasm: Tuzilma diagrammasidagi tarmoqlanish
Keyingi rasm xodisalarni aniqlashni ekran menyusi misolida (1, 2, 3 va 4) bandlardan birini tanlash, keyin esa tegishli dasturiy blokkacha olib borish mumkin.



Dasturiy blok tanlovi uchun ekran menyusini ko‘rsatish




Tanlash (O‘zgaruvchan kiritishda saqlash)




Kiritish(1,2,3,4)da hali tutilib turar ekan, takrorlansin







O‘zgacha







Kiritish













=1

=2

=3

=4

Dasturiy
blok 1

Dasturiy blok 2

Dasturiy blok 3

Dasturiy blok 4




Xato

2.9-rasm. Tarkibiy diagrammada hodisalarni aniqlash

Yuqorida ko‘rsatilgan rasmda shunga e’tibor qilish kerak-ki, quyi satr bilan boshqariladigan tsikl tomonidan avvaliga 1, 2, 3 va 4 bo‘lmagan barcha xato va kiritishlar tutib qolinadi.




2.1.3.3 Operator

Tarkibiy diagrammada oddiy to‘g‘ri burchakda joylashgan bo‘lsa, ular operator yoki jarayon odimi(Inglizcha: Sequence)dir. Operatorni ko‘rsatish qisqa, lo‘nda, shunga qaramay, tushunarli bo‘lishi kerak.


Quyida keltirilgan rasm yana jamoa tangali telefon apparatidan telefon so‘zlashuvi misolini, mazkur tarkibiy diagramma ko‘rinishida (strukturagrammalar (Struktogramm)) takrorlaydi.


Tarkibiy diagramma (Struktogramm) AKT o‘qitishda dasturning mantiqiy o‘tmishini ko‘rsatish uchun eng afzal ko‘riladigan tasvir texnikasidir



Telefon budkasini tark etmaguningcha takrorla




Dastakni olish

Pul tashlash

Raqam terish

Ha


Abonent javob berdimi?
Yo‘q

So‘zlash

Liniya
Ha

bandmi?
Yo‘q

Dastakni qo‘yish

Dastakni qo‘yish

Dastakni qo‘yish

Pulni chiqarib olish

Pulni chiqarib olish

Telefon budkasini tark etish

2 soniya kutish

Telefon budkasini tark etish

2.10-rasm. “Telefon so‘zlashuvi” misoli. Dasturning 2.5-rasmda tarkibiy diagramma qiyofasida ko‘rsatilgan mantiqiy chizmasi (Struktogramm).

2.2. Tavsifning maxsus texnikasi


3.1 bo‘limda taqdim qilingan tavsif texnikalari (Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasi, dasturning mantiqiy chizmasi va tarkibiy diagrammasi) dasturning mantiqiy o‘tishini hujjatlashtiradi va bu bilan bevosita amalga oshishga yoki dasturlashga juda «yaqin». Bu texnikalar ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilayotgan dasturning sifatini ya’ni uning to‘laqonligini va bexatoligini tekshirish uchun unchalik yaroqli emas.


Bu maqsad uchun quyida ko‘rsatilgan usullar xizmat qiladi.


2.2.1 Echimlar jadvali


Echimlar jadvali (Inglizcha: Decision table) – bu masalani tavsiflash usuli bo‘lib, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchiga loyihani tavsiflash uchun xizmat qiladi.


Echimlar jadvalining asosiy g‘oyasi shu bilan belgilanadi-ki, bunda echimning mantiqiy jarayoni „Agar-Unda“ sabab bog‘lanishidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu asosiy g‘oya, ya’ni ma’lum shartlarning bajarilishi u bilan bog‘liq harakatlarni yurgizib yuboradi, echimlar jadvali tarkibini belgilaydi.



Kiritish

Shart qoidalari

Shartlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

O‘ziga xos shartlar






















































































































Harakat qoidalari

Harakatlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

O‘ziga xos harakatlar
























































































2.11-rasm. Echimlar jadvali tuzilishi

Echimlar jadvali 4 kvadratli dekart koordinatali tizimi singari har doim 4 qismdan iborat bo‘ladi. Yuqorigi qismda shartlar (inglizcha: Conditions), quyi qismda harakatlar (inglizcha:Actions) joylashadi. Chap tarafda tegishlicha aniq shart va harakatlar ko‘rsatilgan, o‘ng tarafda esa tegishli echimlar (to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) taqdim qilingan.


Echimlar jadvali uchun eng muhimi shu-ki, shartlar va harakatlar to‘la va aniq ifodalab beriladi. Buni misolda mufassalroq tushuntirish lozim bo‘ladi:
N shahridagi ichimlik omborlaridan biriga chakana savdo olib boruvchi savdogarlardan buyurtma tushadi. Avvalo omborda buyurtirilgan ichimliklar borligini tekshirib ko‘rish kerak. Undan keyin esa tashkilot ixtiyorida haydovchi bilan transport vositasi bormi-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Agar har ikkala shart ham bajarilgan bo‘lsa, unda buyurtma bajarilishi va ichimliklar etkazilishi mumkin bo‘ladi.


Shartlar:

S1: Omborda buyurtirilgan ichimliklar to‘la-to‘kismi?


S2: Tashkilot ixiyorida haydovchi va transport vositasi bormi?


Harakatlar

A: Ekranga chiqadigan ma’lumot: Barcha transport vositalari band va keyingi transport vositasining taskilot ixtiyorida bo‘lish haqidagi ma’lumotlar


A: Ekrahda chiqadigan ma’lumot: buyurtirilgan ichimliklar miqdorining kamligi
A: Hujjat berish



Shartlar

C1

True

True

False

False

C2

True

False

True

False

Harakatlar

A1

0

1

0

1

A2

0

0

1

1

A3

1

0

0

0

2.12-rasm. Echimlar jadvali namunasi

Jadvalning o‘ng qismidagi ma’lumotlar uchun istalgan ifodali belgilar (masalan, 0 «noto‘g‘ri» va 1 «to‘g‘ri» uchun) qo‘llash mumkin.


Ustunlar miqdori shartlar miqdori bilan aniqlanadi va ularning soni bilan bog‘liq holda oshib boradi (chunki shartlarning istisnosiz barcha True/False-kombinatsiyalari tekshirilishi kerak).


2.2.2 HIPO-usuli va boshqa texnikalar


HIPO – dan inglizcha “Hierarchy plus Input-Process-Output” belgi uchun foydalaniladi. «Hierarchie» birinchi qismi – bu organigramma kabi alohida modullarni ko‘rsatadigan mundarija turidir.
Ikkinchi qism – bu diagrammadir, u barcha kiritishlar, jarayonlar va chiqarishlarni ma’lumotlar oqimi bilan birgalikda ko‘rsatkichlar qiyofasida taqdim qiladi.



2.13-rasm: HIPO diagrammasi savdo-sotiq jarayoni misolida


Ob’ekt-munosabatidagi (tipidagi) model (inglizcha: Entity Relationship Diagram) ma’lumotlar manbaini qabul qilish uchun juda muhim tavsif usulidir. Ob’ektlarning (inglizcha: Entities) munosabatlarga (englisch: Relationship) aloqasi o‘rnatiladi. Ob’ekt-munosabat (tipidagi) modeli ma’lumotlar manbai bo‘yicha qo‘llanmada batafsil ko‘rib chiqilgan.
Avtomatlashtirilgan loyihalash va dastur yaratish (CASE Tools) servisi (Computer Aided Software Engineering)) dasturlarga o‘z ishlanmalaridagi mavjud vositalar va hujjatlashtirish bo‘yicha servis yordamida o‘z ishlanmalarini tahlil qilish va rejalashtirishda yordam beradigan dasturiy ta’minotdir. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisi (CASE Tools) dasturiy ta’minot ishlab chiqishni yaxlit ko‘rib chiqadi, ya’ni dasturning blok-chizmasi va mantiqiy chizmasi uchun vositalar bilan chegaralanmaydi, balki loyiha menedjmenti va sifat ta’minoti sohasida ham yordam beradi. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisidan (CASE Tools) jumladan, dasturlash bo‘yicha katta loyihalarda foydalaniladi.


2-bobga oid nazorat savollari



  1. Dasturning mantiqiy sxemasi nima?

  2. Ma’lumotlar oqimining o‘tishi nima?

  3. Yechimlar jadvali nima?

  4. Tarkibiy diagramma nima?


Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə