Davlat byudjeti



Yüklə 104,29 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü104,29 Kb.
#129036
davlat byudjeti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA” FAKULTETI 4-KURS


MMT-80I GURUH TALABASI
XUDOYBERDIYEVA AZIZANING
DAVLAT BYUDJETI” FANIDAN BAJARGAN
JORIY NAZORATI

24-variant
1C 2D 3D 4A 5B
Davlat byudjetini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me‘yoriy asoslarini nimalar tashkil qiladi?
Tartibga solishda asosan foydalaniluvchi manbalarni 2 guruhga va 4 darajaga bo’lish mumkin:
1-guruh. Qonun hujjatlari:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  • O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.

2-guruh. Qonunosti hujjatlar:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari ;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ;

  • Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Tartibga soladigan hujjatlarni darajalarga ajratishda Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi OʻRQ–342-son Qonuniga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin.
1-daraja: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, moliya-byudjet masalalariga bagʻishlangan qonunlar, kodekslar (Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va sh.k.);
2-daraja: O’zbekiston Respublikasi hukumatining (Vazirlar Mahkamasining) moliya-byudjet masalalaridagi qarorlari;
3-daraja: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari, farmoyishlari va moliya-byudjet masalalaridagi boshqa me‘yoriy hujjatlari (nizomlar, yo’riqnomalar, qoidalar);
4-daraja: mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlari (Masalan, tegishli viloyat, tuman (shahar) mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to’g’risidagi Deputatlar Kengashlari va hokimlarining qarorlari).
O’zbekiston respublikasidagi barcha sohalar maxsus shu yo’nalishda ishab chiqilgan qonunlar hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab o’tilgan moddaar orqali tartibga solinadi. Masalan, Konstitutsiyaning 15-bobida davlat byudjeti va uning tuzilishi bilan bog’liq normalar keltirib o’tilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz moliya va pul-kredit tizimiga egaligi, O’zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat ekanligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qilishi belgilab o’tilgan.
2000-yil 14-dekabrdan 2013-yilgacha amalda Byudjet tizimi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda byudjet jarayonini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy-huquqiy hujjat sifatida xizmat qilgan va Byudjet tizimi to’g’risidagi qonun 2004-yil 26 avgustda qabul qilinib 2006-yildan boshlab amal qilib kelgan so’ngra Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda 2013-yil 26-dekabrda O’RQ-360-son O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksida o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan bo’lib, 9 ta bo’lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat.
Yüklə 104,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə