Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili


-rasm. Davlat byujeti daromadlari 1.2. Davlat budjeti g`azna ijrosining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/7
tarix24.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT BYUDJETINING IJROSI VA UNING IQTISODIY TAHLILI


1-rasm. Davlat byujeti daromadlari

1.2. Davlat budjeti g`azna ijrosining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari.


2020 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln so‘mni, xarajatlari esa 64,8 trln so‘mni tashkil etib, defitsit 6,7 trln so‘mga teng bo‘ldi.





2-rasm. Daromad manbalari turkumlanishi

2020 yil yanvar-iyun oylari O‘zbekistonda 6,7 trln so‘mlik Davlat byudjeti defitsiti bilan yakunlandi. Bu haqda Moliya vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi. Byudjet daromadlari Qayd etilishicha, O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi daromadlari 58,157 trln so‘mga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi. Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga ko‘p mablag‘ tushirilishiga erishildi.


«Iqtisodiy faollikning pasayishi va koronavirus pandemiyasi davrida berilgan soliq imtiyozlari sababli II chorakda soliq daromadlarining pasayishiga qaramasdan, jami soliq tushumlari miqdori I yarim yillikda o‘sdi», — deyiladi sharhda.
Daromadlarning 19,739 trln so‘mi (jami daromadlarning 33,9 foizi) bevosita soliqlar, 21,510 trln so‘mi (37 foizi) bilvosita soliqlar, 9,695 trln so‘mi (16,7 foizi) resurs to‘lovlari va mulk solig‘i va 7,211 trln so‘mi (12,4 foizi) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi.2

3-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari

Shu bilan birga, hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12,870 trln so‘mни tashkil etgani qayd etildi.


Xabarga ko‘ra, Davlat byudjetining birinchi yarim yillik xarajatlari esa 64,878 trln so‘mни yoki YAIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi. Shundan mahalliy byudjetlarning xarajatlari 20,203 trln so‘mга teng bo‘ldi. Hisobot davrida Davlat byudjeti defitsiti 6,721 trln so‘mni tashkil etdi.

«Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng ko‘p ulushga (53,4%) ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34,665 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi», — deyiladi xabarda.


Davlat byudjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bо‘linmalari sin-gari, ikki xil
funksiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mo-hiyati namoyon bо‘ladi. Bu
narsa davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol kо‘rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsim-lash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatga ega bо‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari (byudjetga tо‘lovlar) mil-liy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana Shu ulush qismlarga bо‘linadi va kо‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni Moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yо‘naltiriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə