Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/7
tarix24.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   2   3   4   5   6   7
DAVLAT BYUDJETINING IJROSI VA UNING IQTISODIY TAHLILI

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Davlat byudjeti, byudjet munosabatlari va uning taqchilligi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammo bo‘lib, ko‘pchilik iqtisodchi olimlarning izlanishlarining predmeti bo‘lib hisoblangan.
Kurs ishi ob’ekti: Davlat budjeti ijrosini tashkil etishni yoritish.
Kurs ishi predmeti davlat byudjeti va uni moliyalashtirish munosabatlaridir.

I.Bob.Davlat budjeti ijrosini tashkil etish

1.1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish


Davlat byudjetida, Moliya tizimining boshqa bо‘linmalaridan farqli о‘laroq, ikki tuShunchaning tyerminologik qо‘shilishi mav-jud: 1) byudjet – iqtisodiy (Moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) byudjet – mamlakatning asosiy Moliyaviy Rejasi sifatida. Ayrim hollarda Davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning aso-siy Moliyaviy Rejasi sifatida talqin etiladi. Buni tо‘g’ri dyeb e’tirof etib bо‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tyegishli bо‘lgan har qanday Reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bо‘lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlat-ning asosiy Moliyaviy Rejasi Davlat byudjeti (umumdavlat Moliya-si) kategoriyasining namoyon bо‘lish shaklidir. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, davlatning asosiy Moliyaviy Rejasi sifatida byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida byudjetga xos bо‘lgan xusu-siyatlar majmuining namoyon bо‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy Moliyaviy Rejasi sifatida ularning “Davlat byudjeti” dyeb bir xil nomlanishi pryedmyetning mohiyatini о‘zgar-tirmaydi va Davlat byudjetini iqtisodiy (Moliyaviy) kategoriya-larning tarkibidan chiqarishga hyech qanday asos bо‘la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa Shundan iboratki, Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tuShunchaning qо‘shilishini tuShunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga kyeladigan iqtisodiy (Moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi Shu kategoriyaning namoyon bо‘lish shakli sifatida davlatning asosiy Moliyaviy Rejasi.
YAlpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning Moliyaviy instrumyenti (vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyat-larga ham ega. Agar Moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakl-lari о‘zgargan sharoitda va kо‘plab oldi-sotdilar natijasida amal-ga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almaShuvdan ajralgan holda sodir bо‘ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqa-li harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan tо‘liq uzila-di va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat Davlat bYudjye-tidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsim-lash va almaShuv opyerasiyalarining qо‘shilib kyetishi sodir bо‘ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bо‘linmalari va boshqa iqti-sodiy (Moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqa-lar) bilan chambarchas bog’liqlik ham Davlat byudjetiga xos bо‘lgan xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amal-ga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini kо‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
YAlpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat byudjeti orqali taq-simlash, bir vaqtning о‘zida, о‘zaro bog’langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bо‘lgan uch bosqichga egadir:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daro-madlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan kо‘p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taq-simlashning bu uch bosqichlari
bir vaqtning о‘zida va uzluksiz so-dir bо‘lsa-da, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham in-kor etmaydi. Bu bosqichlarni bо‘lish (ajratib olish) va ularni alo-hida-alohida kо‘rib chiqish orqali byudjetli (byudjet orqali) taq-simlashning xarakteri, shakli va myetodlari tо‘g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda Yuridik va jismoniy shaxslarga tyegishli bо‘lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qо‘lida kon-syentrasiyalashtirish (tо‘plash, jamlash, olish) sodir bо‘ladi. Ana Shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’lar-ni tо‘lovchilar о‘rtasida Moliyaviy (byudjet) munosabatlar(i) vu-judga kyeladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (impyerativ-lik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati Shundan iboratki, byudjetga tuShuvchi mablag’lar alohidalashgan (ajratib olingan) bо‘lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan (chyegaralanmagan). Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga – yо‘nalti-rilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mо‘ljallangan fondlarni kristallizasiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tuShunchadan foy-dalaniladi:
1) byudjetga tо‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tuShunchalar bir xil ma’noni anglatadi. CHunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag’larni tо‘lovchilar о‘rtasida vujudga kyeladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zyero, ularning har ikkalasi ham mil-liy daromadning yagona qismiga tyegishlidir. Biroq bu tuShuncha-larning ikki yoqlamalik xarakteriga ega ekanligini ham esdan chiqarmaslik lozim.
Davlat byudjetiga tо‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, tо‘lovchilarning xarajatlaridan iborat bо‘lib, ularning daromadlaridan chyegirilsa-da, bir vaqtning о‘zida, Davlat byudjetida ular davlatning daromadlari sifatida gavda-lanadi. Ana Shundan, taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishti-rokchilar (tomonlar) о‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga kyeladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bо‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada tо‘lovchilar-ning (Yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini (qizi-quvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga tо‘lovlar” va “Davlat byudjetining daromadlari” tuShunchalari Yuqorida kо‘rsatilgan umumiylikka ega bо‘lsalar-da, bir vaqtning о‘zida, ular о‘rtasida ob’yektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga tо‘lovlar xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar yoki tо‘lovchilar Moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan о‘zaro organik bog’liq-likda kо‘riladi; Davlat byudjetida ular daromadlar shaklini ola-di va byudjetning sub’yektlar (xо‘jaliklar) bilan byudjet muno-sabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan о‘zaro bog’-liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy da-romadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va Moliya tizimining turli bо‘linmalarida turli kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Davlat bor ekan Davlat byudjetiga tо‘lovlar ham mavjud bо‘ladi. Lekin byudjetga tо‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qо‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda о‘zga-rib boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga tо‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rolni о‘ynashi, vaqt о‘tishi bilan esa ular о‘z ahamiyatini yо‘qotib, boshqa tо‘lovlar bi-lan almashtirilishi mumkin. Bu esa, о‘z navbatida, “Davlat byudjeti daromadlari” kategoriyasining namoyon bо‘lish shakllarining о‘zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qol-ganligini anglatadi. Dyemak, byudjetga tо‘lovlar kо‘rinishining о‘z-garishi, bir tо‘lovning boshqa biri bilan almashtirilishi bu iq-tisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolYu-siyasidir.
Biroq bundan Moliyaviy va byudjet kategoriyalari qat’iyan ob’yektiv, ularning namoyon bо‘lish shakllari esa sub’yektivdir, dye-gan xulosa chiqarmaslik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish munosabat-larining yetukligi va boshqa omillar, ma’lum darajada, Davlat byudjeti daromadlarining shakllarini ham belgilab beradi. Bo-zor iqtisodiyoti (yoki unga о‘tish) sharoitida eng asosiy iqtisodiy vazifa iqtisodiy taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotning samara-dorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligiga erishish hisob-lansa, bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga tо‘lovlarning shakllari ham о‘zining syezilarli hissasini qо‘shishi kerak.
banklarning kredit resurslarini tо‘ldirish uchun maxsus byudjet assignova-niyalari va boshqalar) uchun juda zarurdir. Bundan tashqari, byudjet hisob-varaqlarida va byudjet tashkilotlarining hisob-varaq-larida bо‘lgan davlat byudjetining vaqtincha bо‘sh mablag’lari qis-qa muddatli kreditlashtirish uchun banklarning kredit resurs-larini tо‘ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit opyerasiyalari daromadlarni shakllantirib, bu narsa ular daromadining bir qismini byudjetga olishda manba bо‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi haqi ham Davlat byudjeti bilan uzviy bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda Davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rolni о‘ynaydi.
Davlat byudjeti mamlakatning Moliya tizimida markaziy о‘rinni egallab, uning barcha bо‘linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yо‘nalish – byudjetga tо‘lovlar va byudjetdan mo-liyalashtirish – orqali amalga oshiriladi.
2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128,460 trln. so‘m (yoki YAIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu esa 2019 yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15,817 trln. so‘mga ko‘proqdir.1

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə