Davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi. Reja



Yüklə 31,58 Kb.
tarix20.04.2023
ölçüsü31,58 Kb.
#106533
Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya


Davlat dasturida jismoniy tarbiya
masalalarining yoritilishi.


Reja:

1. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam» dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.


2. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlar kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni shakllantirish.
3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Gimnastika turlari va tasnifi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va uning axamiyati. Gimnastika turlari. O’tkazish metodikasi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
1.1 O’zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan talablarini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyurilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlash.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik

  • YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi, Janubiy kareyaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari

  • Korea,Rossiya,Estoniya,Belarus, Buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.

Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat. Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.


Davlat talablari tuzilmasi


Maqsad, vazifa va asosiy tamoillar Asosiy tushunchalar yakuniy qoidalar Rivojlanish sohalari Davlat ta’lablarining tarkibi Kelishilgan tashkilotlar Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari:

  • Tug’ilgandan 3 yoshgacha

  • 3 yoshdan 4 yoshgacha

  • 4 yoshdan 5 yoshgacha

  • 5 yoshdan 6 yoshgacha

  • 6 yoshdan 7 yoshgacha

1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:



  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.



2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.

Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:



  • maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:



  • bolaning noyobligi;

  • “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

  • bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

  • bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.



Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.

Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:



  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

  • bilish jarayonini rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:



  • yirik motorika;

  • mayda motorika;

  • sensomotorika;

  • sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.

“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:



  • “Men” konsepsiyasi;

  • hissiyotlar va ularni boshqarish;

  • ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:



  • intellektual-anglash malakalari;

  • elementar matematik malakalar;

  • tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.

“Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:



Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);

  • erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

  • kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

  • o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);

  • katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

  • maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:



  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

  • bilish jarayonini rivojlanishi;

  • ijodiy rivojlanish.

Sog’lom turmush tarzi bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'nikmalarga ega bo'lish asosida hayotiy faoliyatni yo'lga ko'yish hamda ealomatlikning yuqori darajada bo'lishiga ershshshni ta'minlovchi ijgamoiy hodisadir.
Sog’lom turmush tarzi inson tomonidan turmush sharoitlarini faol o'zlashtirish usuli bo'lib, kun tartibiga rioya qshshsh, faol harakat asosvda organizmni chiniqgarish, sport bilan shug’ullanish, to'la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, udotlinsoniy va milliy kadriyatlar asosida o'z o'zini tarbiyalay olish, zararli odatlardan o'zini tiya olishi demakdir.
Tavsiya etilayotgan ushbu metodik kompleks «Sog’lom turmush tarzini takomillashtirish» oila va uzluksiz ta'lim tizimida talabalardagi salomatlik, «sog’lom turmush tarzi motivatsiya, ehtiyotlik, qiziquvchanlik, sog’lom avlod kelajagini ta'minlashga intiluvchanlik hamda o'z salomatligiga ongli munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni takomillashtirishga qarashgan.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola egallashi lozim bo‘lgan madaniy - gigienik ko‘nikmalarni quyidagi guruhlari ajratiladi:
a) ovkat eyish ko‘nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab chaynash, qoshikdan, sanchikdan, salfetkadan foydalanish va h.k);
b) o‘z tanasini parvarish kilish ko‘nikmalari (yuvinish, soch tarash va h.k);
v) xonada tartibga rioya etish, kiymlardan foydalanish va unga qarash ko‘nikmalari (tez kiyinish va echinish, kiyimlarni tartibli, ozoda saklash va h.k).

Bolalar harakat ko‘nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy mashqlar xam belgilangan:


a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, uloktirish, muvozanatni saqlash mashqlari); umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, safga turish va qayta safga turish;
b) sport mashqlari (suzish, changida yurish, konki uchi shva h.k).
Harakatli o‘yinlar (mazmunli, mazmunsiz sport tarkibiy qismlari bo‘lgan o‘yinlar va boshqalar) ham ko‘rsatilgan, yozgi va qishki davrda uchastkadan tashqariga qilinadigan uzoq sayrlar ko‘zda tutilgan.
Jismoniy tarbiya ishining mazmunini belgilab beruvchi asosiy xujjat «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturidir. U bolalarni izchil harakat malakalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish imkonini beradi, harakatlarning muvofiqliligini rivojlantiradi, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezlik, chidamlilik)ni tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya tizimidagi ishlar xilma-xil vositalar yordamida amalga oshiriladi: gigienik omillar (to‘g‘ri rejim, maqsadga muvofiqovqatlanish, gigienik vaziyat, madaniy-gigienik ko‘nikmalarni shakllantirish, mustahkamlash uchun), jismoniy mashqlar.

3 dan 7 yoshgacha bo’lgan bolaning rivojlanish xaritasi


Bolaning rivojlanish xaritasini to’ldirish uchun kuzatuv uch davrni o’z ichiga oladi: birlamchi (o’quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o’quv yili boshida o’tkaziladi (sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang’ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o’zlashtirish bo’yicha mavjud bo’lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo’llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari xaritasi to’ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o’tkaziladi. Bu monitoringni o’tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to’g’riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko’ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug’ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O’quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o’tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo’yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko’zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o’tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
 kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo’naltirilgan bo’ladi;
 bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
 tarbiyachi bola to’g’risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
 tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.

O’quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o’quv dasturi o’zlashtirilishining sifat darajasi to’g’risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to’xtalib o’tadi (ba’zi metodikalar o’zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo’lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo’lgani va darslarni o’tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo’magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo’ljallangan vazifalar belgilanadi.


Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to’ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo’yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo’yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo’yicha yo’riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o’zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O’quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo’yicha yakuniy kuzatuv o’tkaziladi.
Tezkor-kuch sifati koʻrsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash nazorat mashqi) quyidagicha oʻzgargan: 5-6 yoshli oʻgʻil bolalarda 16,7 sm, qiz bolalarda esa 26,6 sm ga oʻsgan boʻlsa, 6-7 yoshli oʻgʻil bolalar oʻrtasida 12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va oʻgʻil bolalar oʻrtasida koʻrsatilgan natijalar past boʻlishiga qaramasdan, qiz bolalar natijalari oʻgʻil bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning notoʻgʻri tanlanganligi va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e’tibor berilmaganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashgʻulot oldidan aniq vazifalar qoʻyilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat boʻlib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli oʻyinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, tayyorgarligiga, jinsiga mos boʻlishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan boʻlishi shart. Shundagina bolalarda harakat koʻnikmasi hosil boʻlishi va malakaga aylanishiga erishish mumkin.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati zamonaviy usul va shakllarni qoʻllagan holda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan toʻgʻri qoʻyilganligiga bogʻliqdir. Tadqiqotda olingan ma’lumotlarga koʻra, katta guruh bolalarining tezkorlik mashqlarini bajarishga boʻlgan imkoniyatlari yildan-yilga (10,0 soniyadan 6,9 soniyagacha) oshib bordi.
Oʻgʻil bolalarda tezkorlik sifatlari, ya’ni 30m. ga yugurishda koʻrsatilgan natijalar 5-6 yoshlilarda 0,5 soniyaga teng boʻlsa, 6-7 yoshlilar oʻrtasidagi farq 0,9 soniyaga oʻsgan.
Qiz bolalarda esa 0,7; 1,9 soniyaga teng. Bu koʻrsatkichlar bogʻcha yoshdagi bolalar orasida tezkorlik mashqlarini bajarishda oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari bir-biridan unchalik katta farq qilmasligini kuzatildi.
Professor A. N. Livitskiy bergan ma’lumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli bolalarda 30 metrga yugurishning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻgʻil bolalarda 5-6 yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda 5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan ma’lumotlarimizda esa, 10,010,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba oʻtkazishga tayyorlangan 5-7 yoshli bolalarning tezkorlik sifati natijalari nisbatan pastligini koʻrishimiz mumkin (2-jadvalga qarang).
Tajriba va nazorat guruh bolalarining koʻrsatkichlarini taqqoslash tahlili shuni koʻrsatadiki, oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari pedagogik tajribadan soʻng statistik farqli ravishda (2-jadval) (t=2,12,2,31; P<0,05) oʻsdi. Bu esa tajriba guruhidagi oʻgʻil bolalarning natijasi nazorat guruhiga qaraganda 1,1 soniyaga yaxshilanganligini koʻrsatdi va 11,8 %ni tashkil qildi, qiz bolalarda esa 1,2 soniyaga hamda yil davomida 12,9 %ga yaxshilanganligi aniqlandi.
6 yoshli tajriba guruhi oʻgʻil bolalarining koʻrsatgan natijalari 2,1 soniyaga yaxshilangan boʻlsa, bu 29,1 %ni tashkil etdi. Qiz bolalarning koʻrsatkichlari ham 2,1 soniyaga oʻsdi, ya’ni yil boshida olingan natijalarga qaraganda 21,4 %ga ustunligi koʻrindi.
. Maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga to‘g‘ri tanlab qo‘yishni va joylashtirishni ta’minlashlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga o‘rgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qo‘llanmalar: sakrab o‘tish uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, to‘siqlar); sakrab o‘tish paytida o‘yinchoqlarni osib qo‘yishga kerak bo‘ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg‘ib chiqish, balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga mo‘ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda, uncha baland bo‘lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda, zinali arqonlarda, langar cho‘p, arqon, piramida va boshqalarda o‘tkaziladi. Muvozanatni saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi o‘rnatilgan har xil shakldagi to‘nkalar bo‘lishi zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan o‘tish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qo‘yilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol to‘rlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo‘yishga; hatlab o‘tish, tagidan o‘tib yurish uchun arqonlarni osish qulaydir.
Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o‘ziga xos harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa tashlash); juft bo‘lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar cho‘plar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar to‘plamiga tuzilishi bo‘yicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar (lentalar, pirpiraklar, ro‘molchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.
Maxsus tanlangan inventarlar va o‘yinchoqlar muskulning ayrim bo‘limlarini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig‘ma o‘yinchoqlar, mayda o‘ynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qo‘ziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan o‘yinlar) “O‘z rangini topib qo‘y”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan o‘tkaziladigan mashqlar ham foydalidir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Djamilova N.N Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.: 2020.

  2. G.Tulenova. XDujayev.P, Xujayeva. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”.

  3. T.: Ilm ziyo. 2012.

  4. A.N.Normurodov “Jismoniy tarbiya” T.: O‘zbekiston 2011.

  5. Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi” Itstisod-Moliya 2008

Yüklə 31,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə