“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92

 
69
hayotining tabaqaviy korporativ tuzilishining mustah-kamlanishi bilan tarixan bog‘liq edi. Hunarmandchilik sexlari va 
savdo-garlar gildiyalari uchun imtiyozlar nazarda tutuvchi o‘rta asrlar huquqi xususiy tadbirkorlik yo‘liga o‘tib bo‘lmas 
to‘siqlar qo‘yib, shartnoma munosabatlaridagi erkinlikni cheklab qo‘yardi. Fransiyadagi huquqiy tarti-botlar sexlar va 
savdogarlarning savdo faoliyatigagina emas, balki ishlab chiqarishning ichki tizimi va uning texnologiyasiga ham 
taalluqli bo‘ldi. Bu xom ashyo turlari va uni qayta ishlash usullarini, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot turlari va 
tayyor mahsulotlar sifati va hokazolarning batafsil belgilanishida o‘z ifodasini topdi. 
Fransiyada ishlab chiqarish va savdoning davlat tomonidan tartibga solinishi oxir-oqibatda mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanishi uchun ochiq-dan-ochiq to‘sqinlik qila boshlaydi, jamiyatdagi sinfiy ziddiyatlarni kes-kinlashtiradi 
va nihoyat, burjua inqilobini yaqinlashtirgan omillardan biri bo‘lib qoladi. 
Fransiyada nikoh va oila munosabatlari aso-san kanonik (diniy) huquq 
bilan tartibga solinardi. XVI-XVII asrlarda qirol hokimiyati nikoh-oila 
munosabatlariga davlat ta’sirini kuchaytirish maqsadida bir qator farmon-lar 
(ordonanslar) chiqarib, nikoh tuzishga oid cherkov me’yorlaridan che-kindi. 
Nikoh, garchand, ilgarigidek cherkov daftarlarida qayd etilsa ham, endi faqat 
diniy marosim emas, balki fuqarolik holati dalolatnomasi sifatida ham ko‘rila boshlandi. Nikoh tuzishda ota-onaning 
roziligi talab qilinmaydigan eski diniy qoida qayta ko‘rib chiqildi. Endilikda ota-ona xohish-irodasini buzgan farzandlar 
meros huquqidan mahrum etilishi mumkin edi. Bundan tashqari, XVII asrda ota-onalar ularning roziligisiz nikoh tuzgan 
kyure (katolik ruhoniysi) harakati ustidan Parij parlamentiga shikoyat bilan murojaat qilish huquqini oldilar. Bunday 
holda kanonik huquq bo‘yicha nikohni buzish mumkin bo‘lmaganligi sababli, parlament uni noqonuniy tuzilgan deb 
e’lon qilishi mumkin edi, xolos. (Zero, parla-ment nikohni haqiqiy emas deb topa olmasdi). Natijada nikoh yuridik 
oqibatlar chiqarmagan. 
Er-xotinning shaxsiy munosabatlari (erning hukmronligi, xotinning unga so‘zsiz itoat etishi, birgalikda yashash 
va hokazolar) ham kanonik huquq bilan belgilangan edi. Biroq oilada bolalarning ahvoli va er-xotin-ning mulkiy 
munosabatlari mamlakatning shimoliy va janubiy qismlarida turlicha bo‘lgan. 
IX-XI asrlarda Fransiyada asosan ilk o‘rta asrlardagi jinoyatlar va jazolar tizimi 
harakatda davom etgan. Jinoyat alohida shaxslarning manfaatlariga daxl-dor xatti-harakat 
(xususiy ozor yetkazish) sifatida ko‘rilgan. Jazo esa, avvalo, xususiy shaxslarga 
yetkazilgan ziyonni qoplashga qaratilgan bo‘-lib, hali uncha qattiq va shafqatsiz ko‘rinish 
olmagan edi. 
Jazolar  ham xuddi jinoyatlar singari qirollik qonunlari bilan aniq belgilanmagandi. Ularni qo‘llash ko‘p 
hollarda sudlarning xohishiga, ayblanuvchining tabaqaviy ahvoliga bog‘liq edi. Hukmlar xalq oldida oshkora ijro 
etilardi. Bunda mahkumning azob-uqubatlari barcha ishtirok-chilarda qo‘rquv tug‘dirishi maqsadi ko‘zlanardi. O‘lim 
jazosi turli shakl-larda: otga bog‘lab bo‘laklarga bo‘lib tashlash, to‘rtga bo‘lish, yoqib yuborish va boshqa shakllarda 
qo‘llangan. Jazolarning ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani tana a’zolariga shikast yetkazish va tan jazolari (tilini kesish, 
barmoqlarini kesish, qizdirilgan qisqichlar bilan qiynash va bosh-qalar) edi. Turmaga qamash jazosi ham keng qo‘llana 
boshlangan. Bu jazo ilk davrlarda asosan cherkov sudlarida nazarda tutilgan. Asosiy va qo‘shimcha jazo sifatida mol-
mulkni musodara qilish ham qo‘llanilgan. Bu ko‘pincha, ayniqsa, burjuaziyaning katta boyligiga taalluqli bo‘lsa, qirol 
xazinasiga katta foyda keltirib turgan. 
Fransiya jinoyat huquqida o‘rta asrlarga xos bo‘lgan belgi - jazoning og‘irligi jinoyatning xarakteriga tamomila 
mos kelmasligi yaqqol namo-yon bo‘lgan. Ayniqsa, bu qirollik sudlari tomonidan mol-mulkni musodara qilishdagi 
o‘zboshimchaliklarida yanada ko‘proq ko‘zga tashlanar edi. Bu esa o‘z navbatida fransuz burjuaziyasining kuchli 
noroziligini tug‘dirib, XVIII asrda ilg‘or ideologlar tomonidan inqilobdan ilgarigi butun jinoyat huquqi tizimining 
tanqid qilinishiga sabab bo‘ldi. 
XII asrning oxirigacha sud jarayoni ilgari franklarda bo‘lgani kabi 
asosan ayblov xarakterini saqlab qolgan. Sud to‘qnashuvi keng tarqalgan edi. Bu 
ikkala tomonning o‘zaro roziligi bilan yoki tomonlardan biri ikkinchisini 
yolg‘onchilikda ayblagan hollarda amalga oshirilardi. Huquqiy odatlarda sud duelini
32
 o‘tkazish tartibi batafsil ishlab 
chiqilgan edi. 
Senorlik sudlarida dehqonlar ishlarini ko‘rib hal qilishda XI asrdayoq an’anaviy dalillar bilan bir qatorda 
qiynash usuli ham qo‘llanila boshlandi va sud jarayoni o‘zining ilgarigi tortishuvchilik xarakterini yo‘qotgan edi. Bu 
vaqtga kelib cherkov sudlarida hali «rim-katolik» deb nomlangan jarayonning qidiruv (inkvizitsiyaga
33
 oid) shakli 
o‘rnatilgandi. Qidiruv jarayoni XII asrdan boshlab asta-sekin qirollarning va yirik feodallarning sudlarida ham joriy 
etilgandi. XV asrgacha qidiruv va ayblov jarayonlari parallel ravishda amal qilardi. Lekin ayblov jarayoni asta-sekin 
ordaliyalar va sud to‘qnashuvlarining bekor qilinishi bilan yo‘qolib bordi. 
Qidiruv jarayonining birinchi bosqichi surishtiruv, ya’ni jinoyat va jinoyatchi haqidagi dastlabki va yashirin 
ma’lumotlarni yig‘ish edi. Sud ishi qirollik prokurorining ayblovi, shuningdek, ayblanuvchi uchun maz-muni noma’lum 
bo‘lib qolgan chaquvlar va shikoyatlar asosida qo‘zg‘atil-gan. So‘ngra sud tergovchisi yozma dalillar to‘plagan, 
guvohlar va ayblanuvchini so‘roq qilgan, yuzlashtirish o‘tkazgan. Qidiruv jarayonida ayblanuvchining aybdorligi 
                                                      
32
 Dvoryanlarning qilichbozlik yoki to`pponchabozlik bilan o`zaro yakkama-yakka olishuvi. 
33
 Inkvizitsiya – katolik cherkovning asoratiga qarshi kishilarni ta'qib va sud qilish uchun XIII-XIX asrlarda 
ta'sis etilgan sud-politsiya tashkiloti; qiynoq, azoblash degan so`zlardan olingan. 
 
Oila va 
meros 
Jinoyat 
huquqi
 
Sud jarayoni
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə