65
mumkin edi. Shuning uchun ularning qo‘lida yerlarning katta qismi (3/5 qismi) to‘plangandi.. Dvoryanlik asosan
tug‘ilish bo‘yicha ega bo‘linadigan sof shaxsiy huquqiy maqomga aylanadi. voryanlar o‘zlarining dvoryanlik kelib
chiqishini uch-to‘rt avlodgacha isbotlashlari lozim edi. XII asrda dvoryanlik hujjatlarini qalbakilashtirish hollari
aniqlangandan so‘ng dvor-yanlik kelib chiqishini nazorat qiluvchi maxsus ma’muriyat ta’sis etiladi.
Dvoryanlik,
shuningdek, maxsus, qirollik hujjati bilan ham berilardi. Bu, qoida bo‘yicha, boy burjualar
tomonidan davlat apparatida mansablar-ning sotib olinishi bilan bog‘liq edi. Bundan ayniqsa doimo pulga muhtoj bo‘lib
turgan qirol hokimiyati juda manfaatdor edi. Bunday shaxslar odatda nasliy dvoryanlardan farq qilib,
mantiya
dvoryanlari, deb atalardi. Eski urug‘ - dvoryanlari (saroy dvoryanlari va unvonli dvoryanlar, provin-siya
dvoryanlarining yuqori qismi) "qo‘lidan kelmaydigan mansabga minib olgan" bunday mantiya dvoryanlariga nafrat
bilan qarar edilar.
Mantiya dvoryanlarining soni XVIII asrning o‘rtalariga kelganda taxminan 4 mingni tashkil etardi.
Ularning
bolalari harbiy xizmat o‘tashlari lozim edi, lekin keyinchalik tegishli xizmatni o‘taganlaridan so‘ng (25 yildan keyin)
nayzador dvoryan (nasliy dvoryan)ga aylangandi.
XVI-XVIII asrlarda Fransiya aholisining eng ko‘p qismini
uchinchi tabaqa tashkil etardi. Uning tarkibi tobora
xilma-xil bo‘lib borgan. Unda ijtimoiy va mulkiy darajalanish (tabaqalashuv) kuchayadi. Uchinchi tabaqaning eng quyi
qismida dehqonlar, hunarmandlar, qora ishchilar, ishsizlar, uning yuqori qismida esa moliyachilar, savdogarlar, sex
ustalari, notariuslar, advokatlar turardi. Ana shulardan burjuaziya sinfi shakllangan.
dehqonlarning ko‘pchilik qismini
senziva egalari, ya’ni senorlik yerlarini
ushlab turib, turli feodal
majburiyatlar o‘tovchilar tashkil etardi. Bu vaqtga kelib
senzitariylar barshchina ishlaridan to‘liq ozod etilganlar, lekin
dvoryanlar doimo senz-larni va boshqa yer soliqlarini oshirib borishga harakat qilganlar, shuning-dek, senorning
dehqonlar yerlarida ov qilish huquqi dehqonlar uchun qo‘shimcha yuk bo‘lib tushgan edi.
Dehqonlar uchun juda og‘ir bo‘lgan va xonavayron qiladigan ko‘p-dan-ko‘p
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita soliqlar tizimi joriy qilingandi.
Qirolning soliq
yig‘uvchilari bunday soliqlarni ko‘pincha kuch va zo‘rlik yo‘li bilan yig‘ar edilar.
Kapitalistik uklad rivojlanishining va feo-dalizm yemirilishi boshlanishining muqarrar
nati-jasi absolutizmning qaror topishi bo‘ladi. Qirolning ichki va tashqi muholiflari
tugatilgach, yagona ma'naviy va milliy o‘zlikni anglash keng fransuzlar ommasini toj-
taxt atrofida jipslash-tirgach, qirol hokimiyati jamiyatda va davlatda o‘z mavqeini
juda mustah-kamlab olishga sazovor bo‘lgan..
.
absolutizm siyosatida reaksion va avtoritar
14
belgilar muqarrar paydo bo‘lib, muhim ahamiyat kasb eta
boshladi.
Garchand, qirol hokimiyati o‘zining tub maqsadlari yo‘lida merkantilizm
15
va proteksionizm
16
siyosatidan
foydalangan, kapitalizmning rivojlanishini muqarrar tezlashtirgan bo‘lsa ham, ammo absolutizm hech qachon burjua-
ziya manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan, aksincha u feodal davlatning butun qudratidan
halokati muqarrar bo‘lgan feodal tuzumni, shuningdek dvoryanlar va ruhoniylarning sinfiy va tabaqa imtiyozlarini
saqlab qolishda foydalangandi.
Absolut monarxiya davrida oliy siyosiy hokimiyat butunlay va to‘liq qirolga
o‘tgan va u hech qanday davlat organi bilan taqsimlanma-gandi. Mutlaq hokimiyatga
ega bo‘lish uchun qirolga feodallar oligarxiyasi va katolik cherkovning siyosiy
oppozitsiya-sini bartaraf etishi, tabaqa-vakillik muassasalarini tugatishi,
markazlashgan
byurokratik apparat, doimiy armiya, politsiya ta’sis etishi zarur edi.
XVI asrda endilikda General shtatlar chaqirilmay qo‘yadi. 1614 yilda
General shtatlar oxirgi marta chaqirilib, tezda tarqatib yuboriladi va 1789 yilgacha hech qachon chaqirilmaydi. Ba’zi
vaqtlarda qirol muhim islohot-larning loyihalarini ko‘rib chiqish va moliya masalalarini hal qilish uchun notabllar
(feodal aslzodalar)ni yig‘ib turardi. XVI asrda (1516 yilgi Bolonya konkordati bo‘yicha va 1598 yilgi Nant edikti
asosida) qirol Fransiya katolik cherkovini to‘liq o‘ziga bo‘ysundirgandi.
XVI-XVII asrlarda Parij parlamenti qirol hokimiyatining o‘ziga xos siyosiy muxolifi sifatida maydonga
chiqadi. Bu vaqtga kelib, u feodal zodagonlarning tayanchiga aylanib, bir necha marta o‘zining remonstrat-siya
huquqidan foydalangan hamda qirol hujjatlarini rad qilgan (qaytargan) edi. 1667 yilgi qirol ordonansi bilan shunday
qoida o‘rnatiladiki, bunga ko‘ra, qirol ordonansi chiqqandan so‘ng faqat ma’lum muddat ichida
remonstratsiya qilinishi
mumkin edi va ikkinchi marta (qayta) remonstrat-siyaga yo‘l qo‘yilmasdi. 1668 yilda qirol Ludovik XIV Parij
parlamentiga kelib, uning arxividan Fronda davridagi, ya’ni XVII asr o‘rtalarida abso-lutizmga qarshi chiqishlarga
taalluqli barcha protokollarni o‘z qo‘li bilan olib tashlagan. 1673 yilda Ludovik XIV tomonidan shunday qoida o‘rnatil-
diki, parlament endi qirol hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega emas,
remonstratsiya esa faqat
14
Avtoritar – hokimiyat, diktatura, obro` va shu kabilarga ko`r-ko`rona va so`zsiz bo`ysunishga asoslangan
degani.
15
Merkantilizm – XVI – XVII asrlarda savdo burjuaziyasi manfaatlarini aks ettirgan, mamlakat farovonligi
ishlab chiqarish
tufayli emas, tashqi savdo tufayli yuzaga keladi deb da'vo qilgan iqtisodiy ta'lim; faqat
foydani ko`zlash, manfaatparastlik.
16
Proteksionizm – lotin tilidan olinib, davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan ximoya qilishga
qaratilgan iqtisodiy siyosati. Mamlakat sanoatini moliyaviy rag`batlantirish, eksportni rag`batlantirish, importni
kamaytirish vositasida amalga oshiriladi
Absolutizmnin
g vujudga
kelishi
Qirol
hokimiyatinin
g kuchayishi