“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


 Senorlik monarxiyasi (IX-XIII asrlar)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92

 
61
2. Senorlik monarxiyasi (IX-XIII asrlar) 
 
IX-XI asrlarda feodal munosabatlar rivojlanib, hamma yerda hukmron bo‘lib qoldi. XI-
XIII asrlarda feo-dallar tomonidan yerlarning to‘liq egallab olinishi natija-sida erkin dehqonlar yer 
egaligi tugatildi. Natural xo‘jalik hukmronlik qi-lib, feodal senorliklar parokandaligi davom etadi 
va yangi-yangi pomes-telar vujudga kelib, mamlakatning yagonaligiga putur yetadi 
Feodallar o‘zlari egallagan yerlar - senoriylarning hajmiga qarab turli tabaqalarga 
ajralgan. Katta senoriy egalari: gersoglar, graflar, yirik monastirlarning abbatlari, yepiskoplar dastlab o‘zlarini qirol 
bilan teng perlar deb yuritganlar. Ularning vassallari: baronlar, vikontlar, vitsegraflar ikkinchi guruh yer egalari 
hisoblangan. Uchinchi guruhdagi yer egalarini ritsarlar tashkil etgandi. Ana shu uchta toifa feodallar o‘rtasida 
syuzereni-tet-vassalitet munosabatlari mavjud ediSuzerenitet-vassalitet munosabatlari max-sus shartnoma asosida 
rasmiylashtirilardi. Bunda vassal senorga sodiqlik haqida qasam ichib, uning oldida tiz cho‘kadi. Bu ommaj  deb 
atalardi. Senor esa vassalga yer (feod) berib, shu bilan birga ramziy tayoqcha yoki o‘z qo‘lqopini yoki nayzasini ham 
uzatardi. Bu investitura deb atalardi. 
Vassallik shartnomalari tomonlarning majburiyatlarini aniq o‘rnatib qo‘ygandi. Senor vassalga feodni berish 
bilan birga vassalni va unga berilgan yerni himoya qilishi lozim edi. Vassallik shartnomalari dastlab tomonlarning 
hayotligi davrida tu-ziladigan shartnomalar hisoblanib, personal xarakterga ega edi.. 
Agar vassal senorga sodiqlik to‘g‘risidagi qasamini buzsa va o‘z zimmasidagi majburiyatlarini bajarmasa, 
feodni qaytarishi lozim edi.. 
XI asrda jamiyatning feodallashish jarayoni kuchayib, vassallarning vassallari paydo bo‘ladi. Yuqorida 
aytilganidek, eng quyi zvenodagi vas-sallar - ritsarlar (mayda feodallar) edi. 
XII asr o‘rtalarida shaharlar o‘sib, qirolning ahamiyati kuchayadi. Qirollar mamlakatda barcha feodallardan 
sodiqlik haqida qasam olishga va vassal qaramlikdagi egaliklarini tan oldirishga erishadilar. Bu jarayon vassallarning 
vassallari (arer-vassallar)ning bevosita qirol vassallariga aylanishiga olib keladi va bu immediatizatsiya  degan nom 
oladi. 
Feodal titullar va unvonlar meros tariqasida o‘tadi. Shu tariqa, XIII asrdan dvoryanlik tabaqasi o‘zgalar uchun 
yopiladi. 
Feodallarga qaram kishilar servlar va villanlarga bo‘lingan. 
Servlarning huquqiy holati aniq belgilab qo‘yilmagandi. Ularni yer bilan birga va yersiz sotish mumkin edi. 
Ular biror narsalarini sotmoqchi bo‘lsa, albatta buning uchun o‘z xo‘jayinlarining roziligini olishlari lozim edi.  Servlar 
jon sog‘ligi - shevaj, har yillik obrok to‘lash, barshchina ishlarini bajarish, ya’ni haftada uch kun ishlab berish 
majburiyatlariga ega edilar. Servlarning majburiyatlari, odatda, feodal huquqiy odatlar bilan tartibga solingan 
Villanlar  feodalga tegishli yerlarni erkin ushlab turuvchilar hisoblan-ganlar. Villanlar senorga obrok -  tal 
to‘laganlar.. XII asrga qadar villanlar senorga hurmat tariqasida shevaj ham to‘lab turishgan. Villanlar pul bilan ijara 
haqiga o‘xshash yer rentasi - chinsh hamda barcha hosildan bir qismini to‘lab turganlar.. 
Dehqonlar bajaradigan barcha majburiyatlariga yana senorning muhofazalangan huquqi yoki  banalitetlar 
ham qo‘shilgan. Bunga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: dehqonlar faqat senorning pechkasida non yopishlari, tuzni 
faqat senordan sotib olishlari lozim edi va hokazo. Dehqonlar bulardan faqat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir 
qismini berish bilan qutula olishgan. XI-XII asrlarda shaharlar tez o‘sib, shahar aholisi alohida huquqiy holatga ega 
bo‘la bordi. XII asrdan shaharlarning alohida feodallardan mustaqilligi uchun, o‘zini o‘zi boshqarish huquqini qo‘lga 
kiritish uchun kurashi boshlanib ketadi. 

IX-XIII asrlarda Fransiyaning davlat tuzumi senorlik monarxiyasining vujudga 
kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq edi. 
IX-XII asrlarda mamlakatdagi chuqur siyosiy tarqoqlik natijasida qirol hokimiyati 
o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qotadi. Qirol feodallar tomonidan "tenglar orasida 
birinchi" (primus inter pares) sifatida ko‘riladi. Suzerenitet-vassalitet munosabatlariga 
asoslangan bunday feodal davlati shaklini senorlik monarxiyasi deyish mumkin. Unda siyosiy hokimiyat qirol va turli 
darajadagi feodallar o‘rtasida taqsimlangan. Ular bir-biriga syuzerenitet-vassalitet munosabatlari bilan bog‘liq edi. 
IX-XII asrlarda senorlik monarxiyasining tashkil topishi markaziy hokimiyatning zaiflashishini, mamlakat 
ichki birligining buzilishini, tashqi siyosiy ahvolining kuchsizlanishini anglatardi.. 
Senorlik monarxiyasiga faqat siyosiy inqirozning namoyon bo‘lishi sifatida qarash kerak emas. U bevosita 
natural ho‘jalik va yerga feodal mulkchilik bilan bog‘liq munosabatlardan kelib chiqqan. IX-X asrlarda qirol hokimiyati 
kuchsiz edi. Qirol dunyoviy va ruhoniy feodallarning yuqori qismi tomonidan sulola tamoyiliga rioya qilingan holda 
saylanardi 
XII asrdan qirolning mavqei asta-sekin yaxshilanib, ba’zi funksiya-lari ancha faolroq amalga oshirila 
boshlanadi. 
Markaziy boshqaruv organlari  mamlakat-ning siyosiy tarqoqligi va 
qirol hokimiyatining kuchsizligi sharoitlarida tarkibiy jihatdan rasmiy-
lashtirilmagan va aniq o‘rnatilmagan edi. XII asrning oxirigacha qirol 
ma’muriyatida seneshal asosiy rol o‘ynagan. Keyinchalik bu mansab tugatilib, 
harbiy ishlarda seneshaldan keyin konnetabl  - qirol otliq askar-larining 
boshlig‘i turgan. Uning yordamchisi marshal,  XIII asrdan boshlab qirollik 
Ijtimoiy 
tuzumi
 
Davlat 
tuzumi
 
Markaziy  
boshqaruvnin
g tashkil 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə