“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


admirali hisoblangan. Qirol xazinachisi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92

 
62
admirali hisoblangan. Qirol xazinachisi davlat arxivi va xazi-naga boshchilik qilgan. Unga kamerger yordam bergan. 
Xazinachining funksiyasi XIII asrda qisqartirilgan edi. 
Qirollik devonxonasiga kansler  rahbarlik qilib, u qirol hujjatlarini tahrirdan o‘tkazib, qirolga imzo uchun 
taqdim etgan, ularga muhr qo‘ygan.. 
Feodal munosabatlarning rivojlanishi qirol vassallari yig‘ini - qirol kuriyasi (curin regis)da o‘z ifodasini 
topadi. XIII asrdan murakkab huquqiy masalalarni hal etish uchun Kuriya majlislariga ko‘pincha legistlar taklif qilina 
boshlagan. 
. Qirollik boshqa-ruvining mahalliy organlari faqat qirol domenlarida tashkil etilgan. 
Yirik senorliklarda o‘zlarining mahalliy boshqaruv tizimi mavjud edi. Qirol chinovniklari 
joylarda juda xilma-xil funksiyalarni amalga oshirishgan. Ularning qo‘lida ma’muriy, harbiy, 
sud, moliyaviy funksiyalar to‘plangan edi. Mahalliy davlat boshqaruvining harakat doirasi 
qirollik domenlarining ko‘payishi va yirik feodal egaliklarning qo‘shilishi darajasiga qarab kengayib borgandi. 
XI asrning o‘rtalaridan qirol o‘z domenida prevo  mansabini joriy etadi. Prevolar 
maxsus okruglar - prevotliklarga tayinlanib, ushbu okrug-larning boshliqlari, qishloqlarda 
ularning yordamchilari - serjantlar,  sha-harlarda - mayorlar  edi. Qirollikka qarashli barcha 
mulklar balyaj deb ataluvchi teng ma’muriy okruglarga bo‘linib, ularga qirollik gubernatorlari 
-  balyalar  boshliq qilib qo‘yildi. Janubda, Langedokda
12
, asosan chegara rayon-larida, balyalar o‘rniga seneshallar 
tayinlanardi. Seneshallarning balyalar-dan farqi, seneshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar 
ekanligida ediFransiyada "tenglar sudi" mavjud bo‘lib, bunga ko‘ra, har bir ozod kishi "o‘ziga teng kishi" tomonidan 
sud qilinishi lozim edi. Bundan faqat servlar mustasno edi, xolos. Ular o‘z senorlari tomonidan sud qilinganlar. Sud 
hokimiyati ma’muriyatdan ajratilmagandi. 
Qirol hokimiyatini kuchaytirishda va markaziy boshqaruvni mustahkamlashda qirol Ludovik IX  Avliyo 
(1226-1270 yilar) tomonidan o‘tkazilgan islohotlar katta rol o‘ynagan. Islohotlar ichida harbiy islohot muhim o‘rin 
tutadi. Bunga ko‘ra, shahar militsiyasi hamda yollanma qo‘shin tuzilgan. Ludovik IX tomonidan o‘tkazilgan ma’muriy 
- sud va moliya islohotlari ham juda katta ahamiyatga ega edi. Ludovik IX davrida Fransiyani idora etuvchi markaziy 
boshqarma tashkil topadi. Qirollik kengashi yoki qirollik kuriyasi XIII asrda feodallar s’yezdidan markaziy byurokratik 
muassasaga aylanib, so‘ng u bir qancha boshqarmalarga bo‘linib ketadi.. Sud ishlarini yurgizuvchi qirollik kuriyasining 
boshqa qismi alohida muassasaga aylanadi. Bu so‘nggi muassasa Parlament (aynan "sud mahmadonalari" kengashi) 
degan maxsus nom oladiQirol amaldorlarining, ayniqsa, sud boshqarmasidagi amaldorlarning katta bir qismi, 
universitetlarda "Rim huquqi"dan ta'lim olgan shaxslar bo‘lib, ular ko‘pincha pastki tabaqadan chiqqan, lekin baland 
martabaga erishganliklari uchun butkul qirolga xizmat qilishga tayyor turgan va unga sodiq kishilar edi. Odatda, ularni 
legistlar  (lotincha Lex-“qonun" so‘zidan kelib chiqqan) deb atardilar. Shunday qilib, sud islohoti natijasida, 
birinchidan, qirol xazinasiga sud jarimalari, poshlinalari sifatida tushadigan yig‘imlarning miqdori oshdi; ikkinchidan, 
sud organlarida kasbiy sudyalar (legistlar)ning ishlashi kengaydi. 
Ludovik IX tanga-chaqa zarb etishda feodallar bilan raqobat qildi. U boshqa gersog va graflarning tanga-chaqa 
pul chiqarish va uni amalda yurgizishini bekor qilmasa ham qirollik tanga-chaqa pulining shu 
gersog va graflar-ning mulklarida o‘zlariniki bilan bab-baravar yurgizilishiga monelik qil-
maslikka o‘z vassallarini majbur etdiShunday qilib, XIII asrda Fransiyaning ijtimoiy va davlat 
tuzumida yuz bergan o‘zgarishlar tabaqa-vakillik monarxiyasining kelib chiqishi uchun zamin 
hozirladi. 
 
3. Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV - XV asrlar) 
 
Bu davrda shaharlarning va tovar ishlab chiqarishning 
yanada o‘sishi nati-jasida shahar aholisi ham son jihatidan, ham 
siyosiy faolligi nuqtai nazaridan o‘sdi. Bu feodallarning an’anaviy 
xo‘jaliklarini, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish shakllarining 
qayta tashkil etilishiga olib keldi. Rivojlangan iqtisodiy 
hududlarda esa shaxsan ozod merosiy yerlar - senzivalar egalari 

dehqonlar mavjud edi. Bunday yer egasi bo‘lgan dehqon - 
senzitariy o‘z xo‘jayiniga yer uchun har yili mustaqil belgilab qo‘yilgan badal to‘lab, ayrim majburiyat-larni bajarardi. 
XIV-XV asrlarda Fransiyada tabaqa tuzumining qayta tashkil etilishi nihoyasiga yetib, natijada Fransiya aholisi 
ruhoniylar, dvoryanlar va barcha ozod kishilar (shaharliklar)dan iborat uchta tabaqaga bo‘linadi. 
Fransiyada ruhoniylar birinchi tabaqa hisoblanardi. Qirol hokimi-yati XIV asrda papalik bilan kurashda juda 
muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Natijada mamlakatdagi barcha dindorlar yagona tabaqaga birlashtirilib, fransuz 
dindorlari bundan buyon qirollik qonunlari asosida yashashlari lo-zimligi tan olindi va fransuz millatining tarkibiy 
qismi sifatida ko‘riladi-gan bo‘ldi. Cherkovning mamlakatni siyosiy birlashtirilishiga va oliy qirol hokimiyatining tan 
olinishiga halaqit qiladigan ba’zi imkoniyatlari chek-lanib, cherkov yurisdiksiyasiga tushadigan shaxslar doirasi 
qisqartiriladi. 
                                                      
12
 Langedok – tor ma'noda Tuluza grafligiga qarashli yer-mulklar demakdir; keng ma'noda Fransiyaning 
butun janubini o`z ichiga olib, bunda yashovchilar shimoliy parijliklar lahjasidan farq qilib, alohida janubiy 
provansal lahjasida so`zlashardi. 
Mahalliy 
boshqaruv
 
Sud
 
Qirollik 
moliyasi
 
XIV-XV asrlarda 
tabaqalar huquqiy 
holatidagi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə