“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92

 
64
ko‘p soni qirol hujjatlarini tuzar, sud mansablariga tayinlar, qirollik kuriyasida va qirol yo‘qligida qirol kengashida 
raislik qilardi. 
Markazlashtirish jarayonining yanada rivojlanishi bu vaqtda qirollik kuriyasi bazasida tashkil etilgan Katta 
kengash (1314 yildan 1497 yilgacha)ning markaziy boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutganligida o‘z ifodasini topgan 
edi. Mazkur kengashga legistlar, shuningdek, oliy dunyoviy va diniy zodagonlar (shahzodalar, Fransiya perlari, 
arxiyepis-koplar va boshqalar) ning 24 vakili kirardi. Kengash har oyda bir marta chaqirilar, lekin uning vakolatlari 
qat’iy maslahatchilik xarakteriga ega edi. Qirol hokimiyatining mustahkamlanib borishi bilan Kengashning ahamiyati 
pasayib borgan, qirol ko‘proq tor doiradagi yashirin kengash chaqiradigan bo‘lgan. Yashirin kengashga qirol faqat 
o‘zi xohlagan kishilarni taklif etardi. 
Prevo va balyalar ilgari mahalliy ma’muriyatning asosiy organlari bo‘lgan bo‘lsa, XIV asrda ular o‘zlarining 
qator funksiyalarini, jumladan harbiy funksiyalarini yo‘qotgan edi. Bu feodallar tomonidan tuziladigan xalq 
lashkarlarining ahamiyati pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgandi. Ilgari balyalar tomonidan ko‘riladigan ko‘pgina sud ishlari 
endi ular tomonidan tayinlanadigan leytenantlarga o‘tgan. XV asrning oxiridan boshlab qirollar balyajlardagi 
leytenantlarni  bevosita o‘zlari tayinlaydigan bo‘lganlar, balyalar esa oraliqdagi va kuchsiz ma’muriy zvenoga 
aylantirilgan. 
Qirollar mahalliy boshqaruvni markazlashtirishga harakat qilib, yangi - gubernatorlar mansabini joriy 
etganlar. Ba’zi hollarda guber-natorlar qirollik leytenanti unvonini qo‘lga kiritib, sof harbiy funksiyalarga ega 
bo‘lganlar. Boshqa hollarda ular balyajlarga tayinlanib, balyalarni almashtirganlar va keng vakolatlar, jumladan, yangi 
qal'alar qurishni taqiq-lash, xususiy urushlarga yo‘l qo‘ymaslik singari huquqlarga ega bo‘lib olganlar. 
XIV asrda odatda qondosh shahzodalardan va taniqli dvoryanlardan tayinlanadigan general-leytenant degan 
nomdagi mansabdor shaxslar paydo bo‘ladi. Dastlab bu mansab qisqa muddatga va tor vakolatlar bilan ta’sis etilgan. 
Jumladan, ular ba’zi soliqlarni to‘lashdan xalos edilar, afv etish va boshqa vakolatlardan foydalanardilar.   
XV asrda general-leytenantlar soni oshgan va ularning faoliyat ko‘rsatish muddati o‘sgan. Odatda ular bir 
necha balyajlarni yoki XV asr oxiridan provinsiya deb atala boshlangan ma’muriy okrugni idora etganlar. 
Joylardagi markazlashtirish shahar hayotiga ham tegib o‘tgan. Qirollar 
ko‘pincha shaharlarni kommunalar maqomidan mahrum etar, ilga-ri chiqarilgan 
xartiyalarni o‘zgartirar, shaharliklarning huquqlarini cheklar edilar. Davlatning 
barqaror moliyaviy asosining yo‘qligi qirol hokimiyatining umumiy ahvoliga uzoq 
vaqt salbiy ta’sir etgan. Ayniqsa, yuz yillik urush vaqtida bu juda bilingan edi.). 
Bu davrda moliyaviy boshqaruvning ixtisoslashgan organlari vujudga 
keladi. XIV asr boshida qirollikning moliya muassasasi ta’sis etilgan, so‘ngra esa 
qirollik kuriyasidan maxsus hisob palatasi ajralib chiqqan. Hisob palatasi qirolga 
moliya masalalari bo‘yicha maslahatlar bergan, balyalardan kelib tushadigan 
daromadlarni tekshirgan va hokazo. Karl VII davrida Fransiya xazinaga oid maqsadlarda generalliklar  (jeneralite)ga 
bo‘lingan. Boshqaruvning umumiy qayta qurilishi armiyaga ham taalluqli edi. Feodallardan tuziladigan ko‘ngilli 
qo‘shinlar bu vaqtda saqlanib qolgan. Biroq XIV asrdan qirol barcha dvoryanlardan bevosita harbiy xizmat o‘tashni 
talab qila boshlagan. Qirol ma’muriyati cherkov yurisdiksiyasini chek-lab va senorlik yurisdiksiyasini ancha siqib 
qo‘yib, sud ishlarini bir xillashtirish siyosatini o‘tkazgan. Sud tizimi haliyam juda chalkash bo‘lib, sud ma’muriyatdan 
ajratilmagandi. 
Agar Parij parlamenti ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan hujjatda noaniqlikni yoki "Qirollik qonunlari"dan chetga 
chiqishni topsa, u remon-stratsiya (e'tiroz) bildirishi va bunday hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi, 
remonstratsiya faqat qirolning parlament majlisida shaxsan ishtirok etishi vositasi bilan bartaraf etilishi mumkin edi. 
XV asr oxirida parlament o‘zining remonstratsiya huquqidan bir necha marta foydalangan. Bu esa uning boshqa davlat 
organlari orasidagi obro‘yini oshirgan, lekin oxir oqibatda qirol hokimiyati bilan ixtilof chiqishiga olib kelgan. 
 
4. Mutlaq monarxiya davri (XVI-XVIII asrlar) da  
ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari  
 
Fransiyada absolutizmning vujudga kelishi mamlakatning ijtimoiy-
huquqiy tuzilishida chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar, av-valo, 
kapitalistik munosabatlarning tug‘ilishi bilan kelib chiqqan edi. Kapitalizmning 
tarkib topishi sanoatda va savdoda tezroq kechgan, qishloq xo‘jaligida uning 
uchun yerga nisbatan feodal mulkchilik katta to‘siq bo‘lib qolgandi. 
Mamlakatning tabaqaviy tuzumi ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda 
va kapitalizm rivojlanishi ehtiyojlariga qarama-qarshi chiqmoqda edi. XIV asrga kelib fransuz mo-narxiyasi o‘zining 
ilgari mavjud bo‘lgan vakillik muassasalarini tugatgan, lekin o‘zining tabaqaviy tabiatini saqlab qolgandi. 
Davlatda ilgarigidek birinchi tabaqa ruhoniylar  bo‘lgan. Bu vaqtda Fransiyaning 15 million aholisidan 130 
minggi ruhoniylardan iborat edi. Ular barcha yerlarning 1/5 qismini o‘z qo‘llarida ushlab turardi. Mutlaq monarxiya 
davrida ruhoniylarning qirol hokimiyati va dvo-ryanlar bilan aloqasi ancha mustahkam bo‘lib qoldi. 1516 yilda Fransisk 
I (Fransuz I) bilan (1515-1547) papa Lev X o‘rtasida Bolonyada tuzilgan konkordatga ko‘ra, fransuz qiroli barcha 
fransuz yepiskoplarini cherkov lavozimlariga o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi.. 
Fransuz jamiyatining ijtimoiy va siyosiy hayotida hukmron mavqeni dvoryanlar egallaydi. Dvoryanlar bu 
vaqtda taxminan 400 ming kishini tashkil etardi. Davlatda faqat dvoryanlargina feodal pomestelarga egalik qilishi 
Moliyaviy  
boshqaruvnin
g tashkil 
Qurolli  
kuchlarning 
Sud tizimi 
Tabaqalarning 
huquqiy 
holatidagi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə