58
olib boraverardi..
Davlatda qiroldan keyin birinchi mansabdor shaxs yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek,
mayordam yoki boshqacha
so‘z bilan aytganda, saroy meri edi. Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi qirol saroyi – palatsiy-da
markazlashtirilgan edi. Merovinglar va dastlabki Karolinglarning druji-na va xizmatkorlari - ministrlari bo‘lib, ular
qirolning topshirig‘i bilan eng oddiy ma’muriy-moliyaviy va sud funksiyalarini bajarar edilar. Bular:
se-neshal -
qirolning shaxsiy ishlarini yurituvchi va ayni vaqtda butun saroy xizmatchilarini boshqaruvchi mansabdor shaxs;
marshal - otliq askarlar boshlig‘i;
kamerariy-qirol xazinasining boshlig‘i; saroy grafi – qirolning huquqiy masalalar
bo‘yicha maslahatchisi (u asosan sud funksiyalarini bajargan, qirollik sudi tomonidan sud hukmlarining chiqarilishida
ishtirok etgan, sud tortishuvlariga
rahbarlik qilgan, hukmlarning bajarilishini nazo-rat qilgan);
referendariy
(arxikansler) - imperator devonxonasining bosh-lig‘i (u qirol hujjatlarini - ediktlar, diplomlar, kapitulyariy va
boshqalarni tahrir qilgan, rasmiylashtirgan, ularga muhr qo‘yib,
arxivda saqlagan, unga kotiblar va devonxona
bo‘ysungan) va boshqalardan iborat edi.
Bu davrda diniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi
arxikapellana degan mansab vujudga keladi. Bu odatda dindor
shaxs bo‘-lib, unga keyinchalik devonxona ham bo‘ysundirilgan. Endi u farmonlar tayyorlash, ularni saqlash ishlari
bilan shug‘ullangan, uning eng birinchi yordamchisi
kansler edi.
Buyuk Karl zamonida markaziy va mahalliy idora qilish apparati
ancha byurokratlashgan edi
Shunga qaramay, Buyuk Karl imperiyasi qat’iy markazlashgan davlat emas edi..
Franklar davlati okrug (pag)larga, ya’ni graf-liklarga bo‘linib, har bir
pagning tepasida graf (comite) turgan.
Graf odatda yirik yer egalari ichi-dan qirol
tomonidan tayinlangan. U o‘z hududida sud, ma’muriy, moliyaviy, harbiy
vakolatlarni amalga oshirgan.
Paglar, ya’ni grafliklar yuzliklarga bo‘lingan. Yuzliklar
tepasida
yuzboshilar turgan. Grafliklarda moliyaviy organlar sifatida graflar bilan birga
satsebaronlar ham harakat qilganlar. joylarda
tunginlar ham mavjud bo‘lib, ular asosan sud funksiyasini bajarganlar.
Graflar o‘zlariga o‘rinbosarlar va yordamchilar tayinlaganlar. Ular
vikariylar yoki vitse-graflar deb yuritilib,
Karolinglar davrida vikariylarga o‘zlarining hududiy okruglari ajratib berilgan edi.. Ba’zi joylarga (odatda
chegara
tumanlarga) qirol
gersoglar tayinlardi. Gersogning vakolati bir necha (2-12) graflikkacha yoyilgan. Uning asosiy
vazifasi mudofaani tashkil etish va mamlakatni himoya qilish edi.
Karolinglar sulolasi davrida mahalliy idora organlarining ishini tekshirish
uchun har yili ikki kishidan iborat
elchilar tayinlanardi. Ular-ning biri dunyoviy,
ikkinchisi diniy kishilardan iborat ediFranklar davlatida oliy sud
hokimiyati monarxga -
qirolga - imperatorga tegishli edi. Mamlakatda eng ko‘p huquqbuzarlik haqidagi ishlarni
ko‘rib hal qiladigan sud muassasasi - yuzliklar sudi edi..
Buyuk Karl zamonida cherkov sudlari ham paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, aralash tarkibdagi sudlar ham
vujudga keldi.
Franklarda qadimdan mavjud bo‘lgan xalq lashkar-larini dehqonlarning xonavayron
bo‘lishi tufayli chaqirish tobora qiyinlashib bordi. Qo‘shinning hal qiluvchi qismi otliq
askarlar bo‘lib qolgandi. Karl Martell islohoti natijasida benifitsiya olganlar harbiy xizmat
o‘tashlari, qo‘shinni otliq askarlar bilan ta'minlab turishlari lozim edi.
Buyuk Karl davlatning hamma fuqarolaridan jon boshiga harbiy xizmat talab etishni bekor qilib, faqat yer
egalarinigina harbiy xizmatga jalb etdi..
Buyuk Karl zamonida harbiy benifitsiyalar tizimining avj olishi, erkin dehqonlarning zaiflashuvi va
tushkunlikka uchrashi oqibatida deh-qonlar harbiy xizmatni o‘tashga tobora kamroq chaqiriladigan bo‘ldi.. Shunday
qilib, Buyuk Karl qo‘shini haqiqatda uning o‘ziniki bo‘lmay, balki tobora aniqroq tashkil topgan katta feodallar qo‘shini
edi, bu feodal-larning esa juda ko‘p pomestelari bo‘lib, ular joylarda keng siyosiy huquqlarga ega edi, ularning
qaramog‘ida ko‘plab mayda ritsarlar (suvoriylar) bor edi.
4. Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari
Frank qabilalarida davlatchilikning shakllanishi huquqning yaratilishi bilan
birga kechdi. Shu tariqa Franklar davlatida huquqning muhim manbalari sifatida
«varvarlar haqiqatlari» paydo bo‘lgan..
”Varvarlar haqiqatlari” orasida eng qadimgilaridan biri - ”Sali haqi-qati” V
asrning oxiri - VI asrning boshlarida Xlodvig hukmronligi davrida tuzilgan. Boshqa
frank qabilalarining sudebnigi - ”Ripuar haqiqati”ning asosiy qismi VI asrda vujudga keldi, lekin uning to‘liq nashri
VIII asrga taalluqlidir. Alleman va Bavar haqiqatlari VIII asrda paydo bo‘lgan. Sak-son va
Tyuring haqiqatlari esa VIII
asrning oxiri - IX asrning boshlarida vujudga kelgan..
“Sali haqiqati”dan uch va undan ko‘proq asr keyin yozilgan barcha sudebniklar o‘zlarida ancha eskirgan,
qadimiy huquq me’yorlarini saqlab qolish bilan birga, feodal munosabatlar rivojlanishining yangi bosqichini ham aks
ettirgan.”Varvarlar haqiqatlari” mazmunan ingliz-sakslar odat huquqlari yozuvlariga, xususan, Etelbert haqiqatiga (VI
asrdagi), Ine haqiqatiga (690 yilgi), shuningdek, XII-XIV asrlarda tuzilgan skandinav provinsiyalarining sudebniklariga
yaqin edi.
Sudebniklar orasida V asrda ostgotlarning qiroli Teodorix tomonidan yozilgan qonun (edikt)lar to‘plami
Mahalliy
boshqaruvnin
g tashkil
Sud
hokimiyati
Armiya
Huquq
manbalari