55
FRANKLAR DAVLATI VA HUQUQI
(V asr - IX asrning birinchi yarmi)
1
Franklar davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari.
2
Franklar davlatining ijtimoiy tuzumi.
3
Franklarning davlat tuzumi.
4
Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998.
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarihi. Samarqand.1992.
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996.
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996.
6. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ.
7. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ.
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..2005. 2- qism
9. H.Muhamedov O’rta asrlarda franklar davlati va huquqi. T., Adolat.2000
10. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005. 2- qism
1. Franklar davlatining tashkil topishi va
taraqqiyot bosqichlari
German qabilalari II-IV asr o‘rtalarida o‘zlarining ishlab chiqarish kuchlarini ancha rivojlantirdilar.
Varvarlarning aholisi tobora ko‘payib borayotganligi sababli yer masalasi juda keskin masala bo‘lib qoldi.
German jamiyatining tobora ko‘proq tabaqalanib borishi – zoda-gonlarning ajralib chiqishi, ularga qaram
bo‘lgan kishilar sonining ko‘payishi va hokazolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta-katta ittifoq-larga birlashuvi
jarayoni ham yuz bermoqda edi. Quyi Reynda ham birlashuv jarayoni vujudga kelayotgan edi. Quyi Reynda hamda
Yutlan-diya yarim orolida ingliz-saks qabilalari birlashmasi; O‘rta Reynda frank qabilalari ittifoqi; Yuqori Reynda
allemanlar ittifoqi; Elbada va Elbaning narigi
tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi.
Bundan ilgariroq gotlarning ikkita ittifoqi - vestgotlar ittifoqi va ostgotlar ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri
Dunay va Qora dengiz bo‘yi hududida ko‘p qabilali davlat tashkil qilgan edi.
IV asrning oxirlaridan boshlab va, ayniqsa, V asrda varvarlar yoppasiga Rim imperiyasi hududiga qarab yo‘l
olib, uni asta-sekin istilo qila boshladilar. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning hamma-sini o‘z ichiga olgan bu
davrni tarixchilar odatda Xalqlarning buyuk ko‘-chishi davri deb ataydilar.
V asr oxiriga kelib germanlar G‘arbiy Rim imperiyasi hududiga: vandallar
Shimoliy Afrikaga, vestgotlar
(G‘arbiy gotlar) Ispaniyaga, ost-gotlar (sharqiy gotlar) Italiyaga, franklar Galliyaga, inglizlar bilan sakslar Britaniyaga
joylashdilar. Germanlar shu joylarda o‘z davlatlarini barpo qildilar.
Rim imperiyasi hududida tuzilgan varvar qirolliklari ichida eng kattasi va kuchlisi franklar qirolligi edi.
Franklarning o‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota-bobolari Tatsitning
asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, xamavlar, sukabrlar, batavlar va boshqa nomlar bilan atalgan. ”Frank” degan
nom (bu so‘zni ”jasur”, ”erkin” deb tarjima qilishadi) III asrning o‘rtalaridagina paydo bo‘lib,
qandaydir bitta qabila
emas, balki Reynning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir guruh german qabi-lalariga taalluqli umumiy bir nom
edi, bu qabilalar dastlab Reyn daryosining o‘ng qirg‘og‘ida yashardilar. O‘sha vaqtda-yoq ular katta-katta ikki guruhga
bo‘lingan bo‘lib, bir guruhi (ular Reyn-ning quyi oqimida yashardilar) dengiz bo‘yi franklari yoki sali franklari deb
(lotincha ”salum” - dengiz so‘zidan), ikkinchi guruhi Reynning o‘rta oqimida (har ikki qirg‘oqda) yashagan franklar -
qirg‘oq franklari yoki ripuar franklari deb (lotincha “ripa”- qirg‘oq so‘zidan) atalar edi. Bulardan eng kuchlisi sali
franklari bo‘lib, ular Galliyaning G’arbiga qarab bordilar.
Franklar milodning IV asrlarida Rim imperiyasining Galliya viloya-tiga ko‘chib kela boshlagan. V asrda
G‘arbiy Rim imperiyasining ag‘dari-lishi bilan franklar uning hududida o‘z qirolliklarini barpo etib, o‘z hudud-larini
kengaytirib boradilar.
Franklar bosib olgan yerlarni boshqarish uchun boshqaruv organlari tashkil etishlari zarur bo‘lib qoldi.
Lashkarboshining hokimiyatini ku-chaytirish zaruriyati kelib chiqadi. Oddiy lashkarboshi endi haqiqiy yakka hokimga -
qirolga aylana boradi. Qirol urug‘doshlik tuzumi sharoitidagi urug‘ jamoalariga tegishli mol-mulklarni o‘ziniki qilib ola
boshlaydi.
Sali franklarining Merovinglar sulolasiga mansub qiroli Xlodvigning podsholik tarixi (481-511yillar) franklar
hayotida ro‘y bergan katta-katta o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
90-yillarning o‘rtasida Xlodvig va uning drujinasi tomonidan, keyinroq esa oddiy
franklar va ularning oila
a’zolari tomonidan xristianlik-ning qabul qilinishi Franklar qirolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. Xlodvig qol-gan barcha sali va ripuar qirollarini sekin-asta qira borib, juda katta yangi qirollikning yakkayu
yagona qiroli bo‘lib oldi, u (Reynning narigi tomonidagi yerlardan tashqari) Galliyaning to‘rtdan uch qismini o‘z ichiga
56
olar edi.
Merovinglar sulolasi deb nom chiqargan Xlodvig sulolasi o‘zaro urushlar natijasida zaiflashib bordi.
Qirol davlat yerlarining tobora tarkana qilishi, o‘z askarlariga taqsimlayverishi natijasida uning hokimiyati
kuchsizlanib, yer egalarining (yer magnatlarining) hokimiyati kuchayib ketdi.
VII-VIII asrlarda Merovinglar faqat nomigagina qirol bo‘lib, ular-ning haqiqiy hokimiyati yo‘q edi.
Davlatni boshqarishda mayordamlar - saroy boshqaruvchilari hal qiluvchi rol o‘ynay boshladilar. Ayniqsa,
mamlakatni siyosiy jihatdan qayta birlashtirishda mayordam Karl Martell (”To‘qmoq”) hal qiluvchi o‘rin tutdi. U 715
yildan 741 yilgacha
mam-lakatni idora etib, qirol hokimiyatini mustahkamlash borasida juda katta ishlar qilgan, bir
qancha islohotlar o‘tkazgandi. Natijada qirol hokimiyati ancha kuchaydi va mamlakatning qurolli kuchlari
mustahkamlandi.
751 yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida Pipin frank qiroli deb e’lon qilindi. Shu vaqtdan
boshlab yangi sulola - Korolinglar sulolasiga asos solindi. Pipin o‘z siyosati bilan frank qirolligining ravnaqi uchun
zamin tayyorladi. Uning o‘g‘li Buyuk Karl davrida Franklar davlati imperiyaga aylandi.
Buyuk Karl Karolinglar sulolasining eng atoqli namoyandasi edi (sulola ham uning nomi bilan atalgan). U 46
yil (768-814 yillar) hukm-ronlik qildi. Buyuk Karl katta sarkarda va istilochi edi. Tarkib topayotgan Franklar davlati
Buyuk Karl davrida juda katta agressiv siyosat yurgizildi. Juda ko‘p joylarni istilo qilib, Buyuk Karl ulkan va qudratli
davlatga bosh-liq bo‘ldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin G‘arbiy Yevropada Buyuk Karl davlatidek katta davlat
dunyoga kelmagan edi: bu davlat franklardan tashqari o‘nlab boshqa qabila va xalqlarni o‘z ichiga olgandi.
800 yilda Buyuk Karl Rimda bo‘lgan vaqtida papa unga ”rimliklar imperatori” tojini kiydirdi va
shu tariqa Bu-
yuk Karl imperator deb e’lon qilindi. Ammo bu uncha mustahkam imperi-ya emas edi. 814 yilda Buyuk Karl 72
yoshida vafot etganidan so‘ng uning imperiyasi uzoq umr ko‘rmadi. Bu ilk o‘rta asr harbiy-feodal monarxiyasi bo‘lib,
unda chinakam markazlashuv uchun yetarli darajada iqtisodiy baza yo‘q edi. Natural xo‘jalik hukmronligi, ayrim
viloyat va tumanlarning va hatto, ayrim pomestelarning ham biqiqligi, shaharlar va savdoning kam rivojlanganligi
imperiyaning muqarrar tarzda parchalanib ketishiga sabab bo‘ldi.
843 yilgi Verden shartnomasiga ko‘ra Franklar davlati bo‘linib ketdi va Galliya (Fransiya), Bovariya va
boshqa yerlar imperiyadan ajralib chiq-di.
Shunday qilib, franklarning bosqinchilik urushlari ularda davlatning tashkil topish jarayonini tezlashtirdi.
Franklarda davlat tashkil topishining asosiy sabablari erkin jamoaning yemirilishi, uning sinfiy tabaqalanishi bo‘ldi.
Franklar davlati boshqarish shakli bo‘yicha ilk feodal monarxiyasi edi.
Franklar davlati o‘z rivojlanishida ikkita asosiy bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich V asrning
oxiridan VII
asrning oxirigacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa VIII asrdan IX asrning o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi.
2. Franklar davlatining ijtimoiy tuzumi
Franklarning V asr oxiri - VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi haqida o‘sha davrning muhim huquqiy
yodgorligi -”Sali haqiqati”-”Lex Salia” (500-yil atrofida yozilgan) anchagina ma’lumotlar beradi. ”Sali haqi-qati”ga
asoslanib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Franklar xo‘jaligida chorvachilik (ayniqsa, cho‘chqa boqish) ham katta rol o‘ynagan. ”Sali haqiqati”da yana
baliqchilik, asalarichilik, bog‘-dorchilik va dehqonchilikka oid bo‘lgan asosiy hunarlar to‘g‘risida ham gapiriladi.
Darhaqiqat, franklarda yer o‘sha vaqtda xususiy mulk emas edi. Yer jamoa tashkilotining mulki bo‘lib, ayrim frank o‘z
yer uchastka-sidan ma’lum shartlar asosida foydalanardi, xolos.
Bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to‘la huquqli a’zosi, jamoa
yerining egasi, yirik yer egasiga qaram bo‘lmagan mustaqil, erkin dehqon edi.
Jamiyatning feodallashish jarayoni Vasrning oxirlaridan boshlanib, taraqqiy eta bordi. Asta-sekin yer egalari
paydo bo‘ldi va mahalliy aholiga nisbatan siyosiy hokimiyatga ega bo‘lib bordi. Erkin franklar
qaram dehqonlarga
aylandi.
VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Bu vaqtda yer bemalol qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin bo‘lgan xususiy mulkka aylanadi, ya’ni mulkdor uni o‘z
xohishi bilan sotar, alish-tirar, sotib olar, boshqa birovga taqdim qilar yoki vasiyat qilib qoldirardi.
Xlodvigning vorislari qirol yerlarini benefitsiy (aynan tarjimasi: ”xayr”, ”saxovat”) tarzida o‘z drujinachilariga
bo‘lib berdilar, bular asta-sekin votchinachi - katta yer egalariga aylanib borar va yerlarini meros ta-riqasida o‘z
bolalariga qoldirardilar. Cherkov ham qirol xazinasidan (qirol yer fondidan) in'om (donatio) tariqasida ko‘p yer oldi.
Cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok to‘lab turish yoki barshchina o‘tash
sharti bilan
umrbod foydalanishga berardi, bu yer uchastkasi prekariy deb atalardi.
Prekariy olgan dehqonning o‘z yeri ham prekariyga aylanib, asta-sekin cherkov yer egaligining mulki-ga
qo‘shilib ketardi.
Lekin shu narsani aytib o‘tish kerakki, erkin dehqonlarning yo‘qolib borish jarayoni VI va VII asrlarda
Franklar davlatining hamma viloyat-larida bir xil bo‘lgan emas.
Davlat hokimiyati yirik yer egalari qo‘liga o‘tib borgan. Yirik yer egalari dastlab qirol hisobiga soliq yig‘ib,
uning nomidan sud qilgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘zlari nomidan sud qilib, o‘z foydalariga soliq yig‘a boshlaganlar. Bu
huquqni qirol ba’zan immunitet yorlig‘i bilan mustah-kamlab berardi.
VI asrdan boshlab immuni-tet yorliqlarini berish juda keng tarqaladi. Immunitet yorlig‘i sifatida olingan