“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92

 
65
mumkin edi. Shuning uchun ularning qo‘lida yerlarning katta qismi (3/5 qismi) to‘plangandi.. Dvoryanlik asosan 
tug‘ilish bo‘yicha ega bo‘linadigan sof shaxsiy huquqiy maqomga aylanadi. voryanlar o‘zlarining dvoryanlik kelib 
chiqishini uch-to‘rt avlodgacha isbotlashlari lozim edi. XII asrda dvoryanlik hujjatlarini qalbakilashtirish hollari 
aniqlangandan so‘ng dvor-yanlik kelib chiqishini nazorat qiluvchi maxsus ma’muriyat ta’sis etiladi. 
Dvoryanlik, shuningdek, maxsus, qirollik hujjati bilan ham berilardi. Bu, qoida bo‘yicha, boy burjualar 
tomonidan davlat apparatida mansablar-ning sotib olinishi bilan bog‘liq edi. Bundan ayniqsa doimo pulga muhtoj bo‘lib 
turgan qirol hokimiyati juda manfaatdor edi. Bunday shaxslar odatda nasliy dvoryanlardan farq qilib, mantiya 
dvoryanlari,  deb atalardi. Eski urug‘ - dvoryanlari (saroy dvoryanlari va unvonli dvoryanlar, provin-siya 
dvoryanlarining yuqori qismi) "qo‘lidan kelmaydigan mansabga minib olgan" bunday mantiya dvoryanlariga nafrat 
bilan qarar edilar. 
Mantiya dvoryanlarining soni XVIII asrning o‘rtalariga kelganda taxminan 4 mingni tashkil etardi. Ularning 
bolalari harbiy xizmat o‘tashlari lozim edi, lekin keyinchalik tegishli xizmatni o‘taganlaridan so‘ng (25 yildan keyin) 
nayzador dvoryan (nasliy dvoryan)ga aylangandi. 
XVI-XVIII asrlarda Fransiya aholisining eng ko‘p qismini uchinchi tabaqa tashkil etardi. Uning tarkibi tobora 
xilma-xil bo‘lib borgan. Unda ijtimoiy va mulkiy darajalanish (tabaqalashuv) kuchayadi. Uchinchi tabaqaning eng quyi 
qismida dehqonlar, hunarmandlar, qora ishchilar, ishsizlar, uning yuqori qismida esa moliyachilar, savdogarlar, sex 
ustalari, notariuslar, advokatlar turardi. Ana shulardan burjuaziya sinfi shakllangan. 
dehqonlarning ko‘pchilik qismini senziva  egalari, ya’ni senorlik yerlarini ushlab turib, turli feodal 
majburiyatlar o‘tovchilar tashkil etardi. Bu vaqtga kelib senzitariylar barshchina ishlaridan to‘liq ozod etilganlar, lekin 
dvoryanlar doimo senz-larni va boshqa yer soliqlarini oshirib borishga harakat qilganlar, shuning-dek, senorning 
dehqonlar yerlarida ov qilish huquqi dehqonlar uchun qo‘shimcha yuk bo‘lib tushgan edi. 
Dehqonlar uchun juda og‘ir bo‘lgan va xonavayron qiladigan ko‘p-dan-ko‘p 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita soliqlar tizimi joriy qilingandi. Qirolning soliq 
yig‘uvchilari bunday soliqlarni ko‘pincha kuch va zo‘rlik yo‘li bilan yig‘ar edilar. 
Kapitalistik uklad rivojlanishining va feo-dalizm yemirilishi boshlanishining muqarrar 
nati-jasi absolutizmning qaror topishi bo‘ladi. Qirolning ichki va tashqi muholiflari 
tugatilgach, yagona ma'naviy va milliy o‘zlikni anglash keng fransuzlar ommasini toj-
taxt atrofida jipslash-tirgach, qirol hokimiyati jamiyatda va davlatda o‘z mavqeini 
juda mustah-kamlab olishga sazovor bo‘lgan..  

 absolutizm  siyosatida  reaksion va avtoritar
14
 belgilar muqarrar paydo bo‘lib, muhim ahamiyat kasb eta 
boshladi. Garchand, qirol hokimiyati o‘zining tub maqsadlari yo‘lida merkantilizm
15
 va proteksionizm
16
 siyosatidan 
foydalangan, kapitalizmning rivojlanishini muqarrar tezlashtirgan bo‘lsa ham, ammo absolutizm hech qachon burjua-
ziya manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan, aksincha u feodal davlatning butun qudratidan 
halokati muqarrar bo‘lgan feodal tuzumni, shuningdek dvoryanlar va ruhoniylarning sinfiy va tabaqa imtiyozlarini 
saqlab qolishda foydalangandi. 
Absolut monarxiya davrida oliy siyosiy hokimiyat butunlay va to‘liq qirolga 
o‘tgan va u hech qanday davlat organi bilan taqsimlanma-gandi. Mutlaq hokimiyatga 
ega bo‘lish uchun qirolga feodallar oligarxiyasi va katolik cherkovning siyosiy 
oppozitsiya-sini bartaraf etishi, tabaqa-vakillik muassasalarini tugatishi, 
markazlashgan byurokratik apparat, doimiy armiya, politsiya ta’sis etishi zarur edi. 
XVI asrda endilikda General shtatlar chaqirilmay qo‘yadi. 1614 yilda 
General shtatlar oxirgi marta chaqirilib, tezda tarqatib yuboriladi va 1789 yilgacha hech qachon chaqirilmaydi. Ba’zi 
vaqtlarda qirol muhim islohot-larning loyihalarini ko‘rib chiqish va moliya masalalarini hal qilish uchun notabllar 
(feodal aslzodalar)ni yig‘ib turardi. XVI asrda (1516 yilgi Bolonya konkordati bo‘yicha va 1598 yilgi Nant edikti 
asosida) qirol Fransiya katolik cherkovini to‘liq o‘ziga bo‘ysundirgandi. 
XVI-XVII asrlarda Parij parlamenti qirol hokimiyatining o‘ziga xos siyosiy muxolifi sifatida maydonga 
chiqadi. Bu vaqtga kelib, u feodal zodagonlarning tayanchiga aylanib, bir necha marta o‘zining remonstrat-siya 
huquqidan foydalangan hamda qirol hujjatlarini rad qilgan (qaytargan) edi. 1667 yilgi qirol ordonansi bilan shunday 
qoida o‘rnatiladiki, bunga ko‘ra, qirol ordonansi chiqqandan so‘ng faqat ma’lum muddat ichida remonstratsiya qilinishi 
mumkin edi va ikkinchi marta (qayta) remonstrat-siyaga yo‘l qo‘yilmasdi. 1668 yilda qirol Ludovik XIV Parij 
parlamentiga kelib, uning arxividan Fronda davridagi, ya’ni XVII asr o‘rtalarida abso-lutizmga qarshi chiqishlarga 
taalluqli barcha protokollarni o‘z qo‘li bilan olib tashlagan. 1673 yilda Ludovik XIV tomonidan shunday qoida o‘rnatil-
diki, parlament endi qirol hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega emas, remonstratsiya esa faqat 
                                                      
14
 Avtoritar – hokimiyat, diktatura, obro` va shu kabilarga ko`r-ko`rona va so`zsiz bo`ysunishga asoslangan 
degani.  
15
 Merkantilizm – XVI – XVII asrlarda savdo burjuaziyasi manfaatlarini aks ettirgan, mamlakat farovonligi 
ishlab chiqarish tufayli emas, tashqi savdo tufayli yuzaga  keladi deb da'vo qilgan iqtisodiy ta'lim; faqat 
foydani  ko`zlash, manfaatparastlik. 
16
 Proteksionizm – lotin tilidan olinib, davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan ximoya qilishga 
qaratilgan iqtisodiy siyosati. Mamlakat sanoatini moliyaviy rag`batlantirish, eksportni rag`batlantirish, importni 
kamaytirish vositasida amalga oshiriladi 
Absolutizmnin
g vujudga 
kelishi  
Qirol 
hokimiyatinin
g kuchayishi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə