“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92

 
74
barcha aholiga tarqaldi. Germaniyada «tenglar sudi» tamoyili asosida harakat qiluvchi tabaqa sudlari: knyazlik, graflik, 
sheffen sudlari va boshqalar mavjud edi. Feodallarning sudlari oliy va quyi pog‘onaga bo‘lingan. Shu-ningdek, cherkov 
sudlari ham mavjud edi. Shaharlar ham o‘z yurisdik-siyasiga ega bo‘lgan. Feodallarga qaram bo‘lgan shaharlarda sud 
senorlar-ning vakillari qo‘lida edi. Erkinlik xartiyalarini qo‘lga kiritgan shaharlarda esa shahar huquqi normalari asosida 
harakat qiluvchi shahar sudlari ayni vaqtda shahar huquqining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. 
Germaniyada joylarda o‘zini o‘zi sud qilish va mushtumzo‘rlar sudi keng tarqalgan edi. Vassallar o‘z nizolarini qurol 
yo‘li bilan hal qilishlari mumkin edi. 1285 yilda Fridrix II o‘zini o‘zi sud qilishni faqat sud qaroridan qanoatlanmagan 
taqdirdagina qonuniy ekanligini o‘rnatdi. 
 
3. Germaniyada kurfyuristlar oligarxiyasi va  
tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII-XVII asrlar)da 
 ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o‘zgarishlar 
 
XIII-XIV asrlardan Germaniya iqtisodiy yuksa-la boshladi. Ishlab 
chiqaruvchi kuchlar ko‘zga ko‘ri-narli darajada o‘sdi. Ayni zamonda, Germaniyada 
shaharlarning rivojlanishi bu asrlarda juda avj oldi. Savdo-sanoat taraqqiy eta 
boshladi. Biroq, mamlakatda tovar xo‘jaligi rivojlana boshlanishiga qaramay, 
Germaniya har qalay tarqoq va qoloq feodal mamlakat bo‘lib qolmoqda edi.. 
Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi davrida joylarda knyazlar-ning 
mavqei juda oshib ketdi va ular imperatordan deyarli mustaqil bo‘lib qoldilar. O‘rta hol dvoryanlar kamayib ketdi. 
Ularning bir qismi knyazlar-ning mavqeigacha ko‘tarildi, bir qismi xonavayron bo‘ldi, boshqa bir qismi knyazlarga 
yoki imperatorga feodal qaramlikka tushib qoldi. 
O‘q otish qurolining paydo bo‘lishi va harbiy ishlarning takomillashib borishi natijasida ritsarlar 
(chavandozlar)ning ilgarigi ahamiyati yo‘qoldi. Feodallar tabaqasining o‘zgalar uchun bekiqligiga chek qo‘yildi. 
Ruhoniylar holatida ham katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Shahar aholisi ancha tabaqalashib ketdi. 
Dehqonlarning ahvoli juda yomonlashdi. 

Bu davrda nemis shaharlari uch turga: 1) ilgari bevosita qirolning vassallari bo‘lgan imperiya shaharlari; 2) 
soliqlar to‘lamaydigan va to‘la o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaharlar; 3) knyazliklardagi va statusi 
knyazlar tomonidan belgilanadigan shaharlarga bo‘lingan. Shaharlarning aholisi o‘z ijtimoiy tarkibi bo‘yicha bir xil 
emasdi. Shahar aholisining yuqori qatlamlari - patritsiatni savdogarlar va yer egalari tash-kil etgan. Ulardan keyingi 
pog‘onada hunarmandlar turgan. Eng quyi zvo-nada esa plebeylar ommasi: shogirdlar, mardikorlar, yollanib 
ishlaydigan kishilar bo‘lgan. 
Qishloq xo‘jaligiga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi nati-jasida Germaniyaning ijtimoiy tuzumida 
muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo, dehqonlarning krepostnoy qaramligi kuchsizlanganligida o‘z ifodasini topdi.  
XIII-XV asrlarda Germaniyaning siyosiy tuzumi Fransiya va Angliyanikidan 
farqli o‘laroq, tarqoqligi va imperator hokimiyatining zaifligi bilan xarakterlanadi. Bu 
vaqtda Germaniya siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lib, ko‘pgina mustaqil feadal knyazliklarga 
bo‘linib ketgan edi. 
Shu tariqa bu davrda knyazlarning hokimiyati kuchayib, imperator hokimiyati 
zaiflashib ketdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik kelib chiqdi. 
. Kurfyurstlar imperatorni saylash huquqigagina emas, balki uni taxtdan ag‘darib tashlash huquqiga ham ega 
edilar. Bu, keyinchalik, 1356 yilgi «Oltin bulla»da ham yanada mustah-kamlandi. «Oltin bulla» kurfyurstlarni o‘z 
knyazlik mulklarida tamomila suveren hokimlik huquqlariga egadirlar, deb tan olgan edi. 
Bu davrda imperatordan tashqari yana ikkita imperiya muassasasi - reyxstag va imperiya sudi mavjud edi. 
Imperator hokimiyati juda kuchsiz edi. Imperator doimiy umum-imperiya mablag‘ va vositalariga ega 
emasdi. Unda hech qanday real hoki-miyat: na umumimperiya qo‘shini, na umumimperiya soliqlari, na marka-ziy sud 
va ma’muriy apparat bor edi. Ilk feodal qirolliklarda bo‘lganidek, imperator o‘ziga teng boshqa yirik feodallar o‘rtasida 
avvalgicha birinchi feodal, qirolni saylash va yiqitish huquqiga ega bo‘lgan knyazlar kon-federatsiyasining boshlig‘i 
bo‘lib qolaverdi. 
, Germaniya ko‘p davlatlardan (knyazliklardan) iborat edi. Har bir alohida davlatda ham bir qancha tabaqalar 
(dindorlar, ritsarlar va shaharliklar) hamda tabaqa-vakillik organlari - lantaglar vujudga kelgan edi. Lantaglar 
knyazliklarda knyazlarning hokimiyatini biroz cheklab turgan. Ba’zi knyazliklarda mazkur tabaqalar majlislariga 
(lantaglarga) erkin dehqonlarning vakillari ham kirar edi. Lantaglarda odatda tabaqalar uchta palatani tashkil etganlar
lekin ba’zi yerlarda palatalar ikkita bo‘lgan - ruhoniylar va dvoryanlar birgalikda majlislar o‘tkazishgan. Vakillar o‘z 
saylovchilaridan majburiy mandatlar xarakteriga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar (instruksiyalar) olishardi. Agar vakillar 
bunday instruksiyalardan u yoki bu masalani hal etish uchun ko‘rsatmalar topa olmasalar, u holda yana o‘z 
saylovchilariga tegishlicha ko‘rsatmalar olish uchun murojaat qilardilar. 
Germaniyada tabaqa-vakillik monar-xiyasi butun imperiya miqyosida emas, alohida knyazliklar doirasida 
rivojlangan. 
Ijtimoiy 
tuzumdagi 
o`zgarishlar
 
Davlat 
tuzumi
 


 
75
Germaniyada  shaharlar katta rol o‘ynagan. Shaharni boshqarish 
uning huquqiy holati bilan belgilangan. Imperiya shaharlari ancha katta 
mustaqillikdan foydalanganlar. Erkin shaharlar imperiya shaharlariga yaqin 
huquqiy holatga ega edi. Knyazliklarning shaharlari kam huquq-lardan 
foydalanganFranklar imperiyasining yemirilishi va feodalizmning rivojlanishi yer egalarining pomestyelarida feodal 
sudlarning tuzilishiga olib keldi. Feodal sudlar bilan bir qatorda cherkov sudlari ham mavjud edi. Bunday sudlarning 
yurisdiksiyasi ma’lum doiradagi kishilarga (ruhoniylar va ba’zi darajadagi dunyoviy kishilarga) hamda ma’lum 
darajadagi ishlarga (nikohlar, diniy vasiyatlar va boshqalar haqidagi ishlarga) tadbiq qilingan. 
Uchinchi xil ko‘rinishdagi sudlarni shahar sudlari tashkil etgan. Shahar sudlarining tuzilishi alohida 
shaharlarda turlicha bo‘lgan. Ba’zi shaharlarda sud sudyalar va maslahatchi-sheffenlar tomonidan, boshqa shaharlarda 
esa shahar kengashlari tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘pchi-lik shaharlarda sudyalarni shahar jamoasi saylardi. 
Knyazlik hokimiyatining mustahkamlanishi bilan knyazlikda oliy sud tashkil etilgan. Okrug boshqaruvchilari -
atamanlar ham sud funksiya-lariga ega bo‘lishgan. Bundan tashqari, okruglarda turli-tuman kompetensiyalarga ega 
bo‘lgan quyi sudlar ham mavjud edi. 
Vestfaliyada femlar sudi deb nomlanadigan maxsus sudlovlilik keng tarqalgan edi. Bu yerda erkin aholining 
keng qatlamlari saqlanib qolgan bo‘lib, oqibatda sud ishlari «erkin graflar» va «erkin sheffenlar» tomonidan amalga 
oshirilardi. Ular bunday vakolatni feodal knyazlardan emas, bevosita imperatordan olar edilar.  
Sud ishlari asosan ochiq majlislarda o‘tkazilgan. Lekin maxsus hollarda uning majlislari yopiq bo‘lgan. Ba’zi 
sud ishlari bo‘yicha tergov harakatlari ham olib borilar edi. Hukm odatda ayblanuvchini sudga cha-qirmay chiqarilardi. 
Femlar sudlarida ko‘pincha o‘lim jazosi tayinlanardi. Hukm sud a’zolaridan bittasi tomonidan ijro etilgan. Bunday 
sudlar Vestfaliya bilan birga boshqa german davlatlarida ham paydo bo‘lgan edi. 
 
4. «Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVIII  
asrlarda) Germaniya 
 
XIV va XV asrlarda nemis sanoati bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu 
vaqtda 
sanoatda hali asosan sex tuzumi ustunlik qilardi. Ammo kon sanoatida ancha chuqur 
shaxtalar ishga solinishi munosabati bilan manfaktura usuli tobora kengroq yoyilib bordi. 
To‘qimachilik sanoatida shahar atrofidagi va qishloq joylaridagi sexlar bilan bir qatorda 
korchalon kapitalistcha ishlaydigan xonaki «tarqoq» mafaktura tizimi rivojlanib bordi. Ba’zi joylarda markazlashgan 
mafaktura ham uchrab turardi. XV asrda va XVI asr boshlarida Germaniya xalqaro savdo-sotiq ishlarida katta rol 
o‘ynadi. XVI asr boshlarida Germaniyada juda katta bank-sudxo‘rlik firmalari bor edi; bu firmalarning bir qism 
mablag‘lari ishlab chiqarishda (ko‘proq kon sanoatida) band bo‘lsa, bir qismini ular imperatorga va katta knyazlarga 
qarzga berardilar. 
Umuman, XV asrning oxiri - XVI asrning birinchi yarmi Germaniya-ning iqtisodiy yuksalish davri bo‘ldi. 
Biroq, bu yerdagi iqtisodiy yuksalish Angliya va Fransiyaga qaraganda boshqacharoq bo‘lgan. Germaniyaning bironta 
ham shahari, masalan, Angliyadagi Londonga o‘xshab, mamla-katning xo‘jalik markaziga aylanmadi. Germaniya 
iqtisodiy jihatdan juda notekis taraqqiy qilmoqda edi. Juda yaxshi taraqqiy qilgan viloyatlar va okruglar bilan bir 
qatorda mamlakatning markazida mayda tovar sex tuzumi hukm surardi. Bu yerda juda tor doirada savdo olib 
boradigan, chet el savdosida ishtirok etish u yoqda tursin, hatto Germaniyaning boshqa rayonlari bilan mol 
ayirboshlashdan mutlaqo chetda turgan qoloq viloyat-lar ham bor edi. Bu vaqtda Angliya va Fransiyada savdo va 
sanoatning rivojlanishi mamlakatning markazlashuviga olib keldi. Germaniyada esa bu jarayon alohida knyazlik 
doirasida yuz berdi va siyosiy tarqoqlikning yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. Germaniya absolutizmining 
o‘ziga xos xususiyati ham ana shu bilan tavsiflanadi. Germaniyada absolutizm umumimperiya miqyosida emas, XVII 
asrda har bir german davlatida o‘rnatilgan edi. Bu «knyazlik absolutizmi» degan nom olgan.  
Germaniyada absolyut monarxiyaning kelib chiqishiga XVI-XVII asrlarda bo‘lib o‘tgan yirik voqealar: keng 
antikatolikchilik harakati, 1524-1525 yillardagi dehqonlar urushi va 1618-1648 yillardagi 30 yillik urush shart-sharoitlar 
yaratgan edi. XVI asrning ikkinchi yarmidagi refor-matsiya
45
 Germaniyani har jihatdan ajratib tashlash bilan birga yana 
bir mazhabga asos soldi. Germaniya protestant (shimol) va katolik (janub) qismlarga bo‘linib ketdi. 
Shunday qilib, XVII asrda german knyazliklarida absolutizm o‘rnatilgan va u o‘zining qator xususiyatlari bilan 
boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlari, jumladan, Angliya va Fransiyadagi absolut monarxiyalardan farq qilgan. 
Birinchidan, Germaniyada absolutizm tabaqa-vakillik monar-xiyasi singari butun imperiya miqyosida emas, alohida 
knyazliklar doirasi-da vujudga keldi. Ikkinchidan, Germaniyadagi knyazlik absolutizmi feodal reaksiyaning to‘la 
tantana qilishi, uning burjua harakati ustidan g‘alabasi va kuchsiz nemis burjuaziyasining knyazlar tomonidan 
bo‘ysundirilishi ifodasi bo‘ldi. Bu vaqtda boshqa mamlakatlarda absolutizmning o‘rnati-lishi dvoryanlar va 
burjaziyaning kuchlari vaqtincha barobar bo‘lib turishi natijasi bo‘lgan edi. 
Ko‘pdan-ko‘p german davlatlari orasida ulardan ikkita eng yirigi - Prussiya va Avstriya XVII-XVIII 
asrlardayoq Yevropa tarixida ancha katta rol o‘ynadi. 
XVIII asrga kelganda german davlatlari orasida eng kuchaygani Brandenburg markgrafligi edi. U 1701 yilda 
Prussiya qirolligiga aylandi. Shu yili Brandenburg kurfyuristi Fridrix III (1688-1713 yillar) imperiya-ning xalqaro 
                                                      
45
 Reformatsiya – XVI asrda G`arbiy Yevropada katolik cherkovi va papa hokimiyatiga qarshi olib 
borgan diniy shakldagi ijtimoiy siyosiy harakat. 
Sud tuzilishi
 
Prussi


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə