“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92

 
79
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI 
(V asr-XVII asrning o‘rtasi) 
 
1. Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari. 
2. Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi (IX-XI asrlar). 
3. Angliyada markazlashgan senorlik monarxiyasi (XI-XII asrlar). 
4. Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning II yarmi-XV asr). 
5. Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi (XVasrning oxiri-XVII asrning     o‘rtasi). 
6. Huquqning asosiy belgilari. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..200.2- qism 
9. H.Muhamedov O’rta asrlarda Angliya davlati va huquqi. T., Adolat.2000  
10. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism 
 
1. Angliya davlatining tashkil topishi va  
rivojlanish bosqichlari 
 
Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga ger-man va skandinav qabilalarning ko‘p sonli 
bosqinchilik yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshla-ridayoq chiqib 
ketgan edi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bir qancha may-da qirolliklarga bo‘lingan "britaniya mustaqilligi" barham 
topdi. V asrning o‘rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g‘arbiy german qabilalari - inglizlar, 
sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu isti-lo qariyb bir asrga - VI asrning ikkinchi yarmigacha cho‘zilib, orol oz-oz-
dan istilo qilinib bordi. Ingliz-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar 
qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning bu-tun 
hududini egallab oldi. VII asrga kelib ingliz-sakslar xrestianlikni qabul qilib, o‘zlarining bir qadar yirikroq yettita 
(geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi – Uesseks, Sesseks, 
Esseks (g‘arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, 
Nortum-briya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g‘arbda yutlar-ning Kent qirolligi edi. 827 yilda 
Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o‘z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona ingliz-sakslar qi-
rolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi. XI asrning boshida ingliz taxti 
daniyaliklar tomonidan egallab olinadi. Daniyaliklar Angliyani Eduard Ispovednik (1042-1066 yillar) to-monidan 
ingliz-sakslar sulolasi qayta tiklangunga qadar boshqardilar. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm istilo 
qilib, shu tariqa Fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo‘lib oladi. Bunda unga, bir tomo-ndan, Rim papasi 
xayrixohlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fransuz qi-roli bevosita ko‘p sonli harbiy qo‘shinlari bilan yordam bergan 
edi. Nor-mandlar hokimiyati kuchayib, markazlashgan davlat barpo qilishga asos solingan. 
O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 1) 
ingliz-sakslarning ilk feodal monar-xiyasi davri (IX-XI asrlar); 2) markazlashgan senorlik monarxiyasi va qirol 
hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; 3) tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning 
ikkinchi yarmi -XV asr); 4) absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri - XVII asrning o‘rtasi). 
 
2. Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi  
(IX-XI asrlar) 
 
German qabilalarining Britaniyadagi feo-dal jamiyatlarining 
shakllanishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Bu ma’lum darajada ingliz-
sakslarning qabilaviy urf-odatlari orolda darhol buzilmaganligi va skandi-
nav 
an’analarining turg‘unlik ta’siri bilan bog‘liq edi. Ular bosib olgan 
mamalakatda nisbatan rivojlangan qishloq xo‘jaligiga duch kelganlar. Shu 
sababli istilodan keyin tez orada ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lib qolgan. Ingliz-sakslar davlati aholisi, 
manbalarning darak berishicha, qadimgi davrlardayoq erk-in, yarim erkin kishilarga va qullarga bo‘lingan edi. 
Franklardagi singari, ingliz-sakslarda ham aholining asosiy ommasi, ingliz-sakslar "haqiqatlari" da ishlatilgan ibora 
bilan aytganda, kyorllardan  - erkin kishilardan iborat edi. Bular mustaqil xo‘jalik yurituvchi jamoachi dehqonlar 
Ingliz-
sakslarning 


 
80
bo‘lib, gayda deb atalgan katta-katta yer uchastkalariga ega edilar (ba’zi qirolliklarda har bir kyorl oilasiga tegishli chek 
yerning miqdori 120 akr, bizning hisobi-mizcha 50 gektarga to‘g‘ri kelardi). Kyorlning vergeldi 200 shilling edi. Urug‘-
qabila zodagonlari - erllar bo‘lib, ular jamiyatning hukmron taba-qasini tashkil etgan. Erllar va kyorllar jamiyatda erkin 
kishilar edi. "Haqiqat-lar"da yuqoridagilardan tashqari, yana letlar yoki uillar tilga olinadi. Bular o‘z ahvoli jihatidan 
frank litlariga o‘xshagan yarim erkin kishilar edi.  
Huquqiy yodgorliklarda, shuningdek, ruhoniylar va qirol ham eslati-ladi. Ularda yepiskopning vergeldi hatto 
qirolning vergeldidan yuqori belgilangan. 
VIII asrda shaxsiy patronat tajribasi tarqala boshladi. Bunda har bir odam o‘ziga homiy (glaford) izlashi lozim 
edi va homiysining roziligisiz undan ketish huquqiga ega emasdi. 
VII-IX asrlardagi yodgorliklarda drujinnik-tanlar alohida tilga olinadi. Drujinnik-tanlar qatoriga erllar ham, 
kyorllar ham kirib, ular qirol foydasiga harbiy xizmat o‘tashlari lozim edi.  
Bu davrda yuqoridagi jarayonlar bilan bir vaqtda hukmronlik va bo‘ysunish munosabatlari ham rivojlanishda 
davom etgan. X asrda o‘zi uchun sudda javob bera olmaydiganlarning hammasiga o‘ziga glaford topish buyurilgan
ya’ni majburiy kommendatsiya joriy etilgan.  
Qirol katta yer egalariga o‘z atrofidagi aholini sud qilish va undan tegishli sud bojlari olish huquqini bergan. 
Bunday xususiy sud qilish huquqi soka deb, xususiy sud qilingan dehqonlar esa sokmenlar deb atalardi.  
XI asrga kelib, tanlarning ham, qaram dehqonlarning ham yerga oid xizmatlari belgilangan. Tanlar qirollik 
hujjatiga asoslangan yerlarga egalik qilish huquqiga ega bo‘lganlar va uchta asosiy majburiyatlarni bajarishlari lozim 
edi.  
Kambag‘allashgan kyorllardan ko‘p sonli qaram dehqonlar tashkil topgan.  
Erdor lordlar manorlar  (bu so‘z ham ingliz-sakslar vaqtida paydo bo‘lgan) deb atalgan o‘z pomestyelarida 
qisman qullar mehnatini, qisman esa krepostnoylar mehnatini ekspluatatsiya qilardilar. Genitlar  xususiy yer egalari 
bo‘lib, qisman qirolga, qisman yonidagi lordlarga soliqlar to‘lab turuvchi erkin dehqonlar edi, geburlar  esa o‘z yeri 
bo‘lmay, pomeshchiklarning yerida dehqonchilik qilib, unga yil bo‘yi har haftada uch-to‘rt kun juda og‘ir barshchina 
o‘tab beruvchi va bundan tashqari, lordga mol, g‘alla, pul shaklida turli soliqlar to‘lab turuvchi dehqonlar edi. Kam yerli 
dehqonlarning yana bir guruhi bo‘lmish kassitlar (kotterlar) ham tilga olinadi, bularning kichik bir parcha yerlari va 
kulbalari bo‘lib, ular evaziga uncha katta bo‘lmagan barshchina majburiyatini o‘tar edilar. 
VIII-IX asrlarda, ayniqsa, X asrda ingliz-sakslarning patriarxal jamoa tartiblari tobora tushkunlik sari yuz tutdi. 
Hali kuchli bo‘lgan qishloq jamoasi bilan bir qatorda katta aristokratik yer egaligi avj oldi.  
Dehqonlarning 
chek 
yeri borgan sari maydalanib bordi. Katta dehqon oilasining ilgarigi o‘rtacha chek yeri - gayda
51
 o‘rniga IX-X asrlarda 
hamma joyda dehqonlarning miqdor jihatidan ancha oz bo‘lgan yangi chek yeri - virgata
52
 uchraydi. 
Daniyaliklarning hujumi dehqonlarning ahvoliga juda yomon ta’sir qiladi.  
Angliya cherkovi katta yer egasi edi. Unga mamlakatdagi butun yerlarning uchdan bir qismigacha tegishli 
bo‘lgan. Shu bilan birga dindor shaxslar umumdavlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilinmagan edilar. 
Umuman olganda, normandlar istilosi arafasida ingliz-sakslar jamiyatining feodallashuvi, feodal yer 
egaligining, vasallik-lenlik ierar-xiyasining rasmiylashishi hali nihoyasiga yetmagandi 
Ingliz-sakslar davlatida davlat hoki-miyatining tashkil etilishi 
ular 
vujudga kel-gan va rasmiylashgan sharoitlar bilan belgi-lanadi. Davlat 
tuzumida urug‘-qabila tashkilotlarining anchagina qoldiqlari saqlanib 
qolgan edi. 
Yagona ingliz-sakslar davlatining tashkil topishi 
daniyaliklarning ikki marotaba bosqiniga qarshi shiddatli kurash sharoitida sodir bo‘ldi va ingliz qiroli Eduard 
Ispovednik davri (1042-1066 yillar)da nihoyasiga yetdi. 
Mamlakatning birlashtirilishiga qadar yagona davlatda har bir kichik qirollikning o‘z qiroli bo‘lgan.  
Davlat tashkil topgandan so‘ng dastlabki bosqichda ingliz-sakslar qirollarining hokimiyati kuchsiz bo‘lgan.  
Qirol harbiy hokimiyat egasi sifatida davlatdagi "tinchlik va xavf-sizlik"ni qo‘riqlab turgan. Qirollik tinchligini 
buzish eng og‘ir jinoyat hisoblangan. Qirol oliy sudya bo‘lgan. Hukmron tabaqalar uchun ancha xavfli jinoiy ishlar 
bevosita qirol sudida ko‘rib, hal etilgan. Bunday hollarda qirol ishlarni vitanlar (donishmandlar) ishtirokida hal qilardi. 
Vitanlar yangi qonunlar ishlab chiqishda ham bevosita qatnashardilar. Ingliz-sakslar davrida qirol hokimiyati ancha 
o‘sgan va mustahkamlangan bo‘lishiga qaramay, qirolga harbiy sarkarda sifatida qarash va taxtni almashtirishda 
saylovlar tamoyili saqlanib qolgan edi.  
Ingliz-sakslar davrida oliy davlat organi - vitanagemot - vitanlar, ya’ni "donishmandlar" kengashi bo‘lgan. Bu 
munosib, "ko‘p mulkli" erkaklar yig‘inida qirol, oliy ruhoniylar, dunyoviy zodagonlar, shuningdek, qirol tomonidan 
shaxsan taklif etilgan qirollik tanlari ishtirok etgan 
Barcha muhim davlat ishlari mazkur yig‘inning "maslahati va roziligi bilan" hal etilardi. Uning asosiy 
funksiyalari - qirollarni saylash va oliy sudni amalga oshirish edi.  
Vitanagemot kompetensiyasi turli davrlarda va turli ingliz-sakslar davlatlarida turlicha bo‘lgan.  
Qirol saroyi mamlakatni boshqarish markaziga, qirolning yaqinlari esa davlatdagi yuqori mansabdor 
shaxslarga aylanib, oqibatda vitanage-motning ahamiyati tobora pasayib bordi. 
Kamerariy  qirollik mol-mulki va moliyasi ahvoliga javob bergan. Marshal  esa qirollik otliq askarlarining 
                                                      
51
 Gayda -  taxminan 120 akrga teng. Akr - 0,4047 gektarga teng yer o`lchovi. 
52
 Virgata – gaydaning to`rtdan bir qismi. 
Ingliz-sakslarning 
davlat tuzumi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə