“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Qarang

 
73
darajadagi ritsarlarning vassallari kirgan (3-modda, 2-band).
39
 Oxirgi darajadagi ritsarlar o‘z vassallariga ega 
bo‘lmagan. 
Bu vaqtda Germaniyada o‘lpon to‘laydiganlar tabaqasini asosan dehqonlar tashkil etib, ular XIII asrda ikki 
toifaga: ozod dehqonlar va qaram dehqonlarga bo‘lingan.. Uzoq-uzoq joylarga yurishlar qilish bilan band bo‘lgan 
german feodallari, odatda, xo‘jalik bilan o‘zlari shug‘ullanmay, domenlarini ijaraga (arendaga) berardilar. 
Domenlarning ko‘pchilik qismi yirik bo‘laklarga bo‘linib, so‘ng ijaraga berilardi. O‘rta asr Germaniyasida bunday yirik 
ijara  meyer  ijarasi deb atalardi, chunki hammadan avval sobiq krepostnoy oqsoqollar - meyerlar ijarachi bo‘lardilar. 
Shimoliy-G‘arbiy Germaniyada (Vestfaliya-da) eng ko‘p tarqalgan meyer ijarasi badavlat, qisman qoloq dehqonlar 
tabaqasining tashkil topishiga imkon berdi. Ammo qishloqning boshqa tomonida kam yerli dehqonlar maydonga kelib, 
ular boy hamqishloqlari uchun ishlaydigan batraklarga aylandilar. 
XI-XII asrlarda shaharlar rivojlanib, ozod kishilarning maxsus taba-qasi - shaharliklar paydo bo‘ldi. Ular 
alohida huquqlardan va avtonomiya-dan foydalanishgan. Masalan, ular soliqlarni jamoa bo‘lib to‘lashgan. 
X-XII asrlarda Germaniya nisbatan yagona davlat hisoblangan. Feodalizmning 
kuchsiz rivojlanishi, tashqi xavf va dastlabki german qirollarining faol markazlash-tirish 
siyosati natijasida qirol hokimiyati vaqtincha mustahkam bo‘lib turdi, ilk feodal monarxiyasi 
tashkil 
topdi. Dastlab qirol saylab qo‘yilsa ham, lekin keyinchalik (Otton I davridan) u imperator 
unvonini qo‘lga kiritdi va butun oliy hokimiyat tanho uning qo‘lida to‘plandi. 
Mamlakatda oliy davlat hokimiyatining markazi qirol saroyi bo‘lgan. Bu davrda davlat apparati saroy-votchina 
boshqaruv tizimidan iborat edi. Qirol saroyida qirolning oila a’zolari, ularning xizmatchilari, ministrlari va erkin 
xizmatchilar bo‘lib, ular hukumat apparatini tashkil etardi. Bu xizmatchilar va qirolning shaxsiy xizmatkorlari o‘rtasida 
aniq farqlar yo‘q edi. Ularning vazifalari, funksiyalari qisman qo‘shilib ketgan edi. 
Qirol saroyida cherkov va dunyoviy feodallarning kattagina qismi doimiy xizmatda turardi. Ularning orasida 
ayniqsa  saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, kapellan, saroybon, kansler va boshqalar ajralib turardi. 
Kansler - asosiy mansabdor shaxs bo‘lib, u deyarli barcha bosh-qaruv ishlarini yuritgan. Saroybon  (mayordam) ham 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, saroy ishlarini yuritardi. 
Mamlakatda xizmatchilar tabaqasi ministrlardan iborat tarkibda bo‘lib, ularning funksiyalari faqat saroy 
xizmatlari bilan cheklanmas edi. Madomiki, davlatda boshqa ijroiya hokimiyat organlari bo‘lmagan ekan, ministrlar 
hukumat ishlarini yuritishgan. Asta-sekin ular chinovniklarni ikkinchi o‘ringa siqib chiqara borgan. 
Mamlakatning siyosiy hayotida feodallarning s’yezdlari juda katta rol o‘ynagan. Feodallarning s’yezdlarida 
eng muhim ichki va tashqi siyo-siy masalalar hal qilinardi. Ular mustaqil organ sifatida ba’zan qirollarni hokimiyatdan 
chetlashtirardilar. Ularda qirolning vakolatlari belgilangan, qonunlar chiqarilgan, papa bilan muzokaralar olib borilgan, 
oliy davlat mansabdorlari tayinlangan, lenlar taqdim qilingan va hokazo. Aynan ana shunday feodallarning 
s’yezdlaridan oqibatda reyxstag kelib chiqqan edi. Bunday s’yezdlarda hal qiluvchi kuch eng yirik feodallar - knyazlar 
edi.  
XI asrning boshida qirol huzurida yirik zadogonlar vakilidan iborat kengash - goftag (qirollik kengashi) tashkil 
etilgan. U imperator bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlarini hal qilardi. 
Germaniya  mahalliy boshqaruvi tizimidagi o‘ziga xos hususi-yatlardan biri shunday ediki, bu yerda uzoq 
vaqt davomida alohida qabilaviy gersoglar mavjud bo‘lib turadi. X-XI asrlarda feodal yer egaligining o‘sishi va 
mamlakat aholisining etnik jipslashuvi natijasida ilk feodal tashkilotlar tizimi yemirildi. Gersogliklar yopiq siyosiy 
tashkilotlar bo‘lmish hududiy knyazliklarga aylandi. Knyazlar deyarli to‘la suvere-nitetga ega edi va faqat nomigagina 
qirolga itoat etardilar. Feodallarning knyazlarga aylanishi ularning o‘z hududlari doirasida butun yerlarga nisbatan oliy 
huquqlarining o‘rnatilishi va immunitet va imtiyozlarni qo‘lga kiritishi yo‘li bilan amalga oshirildi. 
XI asr oxiriga kelib monarxiyaning saylov tamoyillari tantana qildi. Qirollar knyazlar tomonidan saylab 
qo‘yiladigan bo‘ldi. Kimda-kim qirolni saylashda ishtirok etmasa, u o‘zini qirol hokimiyatidan mustaqil deb hisoblagan. 
Imperiya  qurolli kuchlari ikkiga: imperiya armiyasi va knyazliklar qo‘shinlari ajralgan. Qirollik 
(imperatorlik) qo‘shini uning vassallari tomo-nidan taqdim qilinadigan jangchilardan iborat edi. Dunyoviy va diniy 
knyazlar tomonidan taqdim qilinadigan jangchilar sonini imperator o‘rnatgan. Shu bilan birga harbiy yurishlarda 
ishtirok etish shartlari feodal odatlar va feodallar s’yezdlarining qarorlari bilan ham belgilangan. 
Armiyaning oliy bosh qo‘mondoni imperator bo‘lgan. Feodallar, shuningdek, imperiya shaharlari qirolga 
harbiy xizmat o‘tash majburiya-tiga ega edilar. Qo‘shinlar feodal egaliklar bo‘yicha joylashtirilgan va feodallar 
qo‘mondonligi ostida bo‘lgan. Bu asosan graflar va yuzboshilar orqali amalga oshirilardi. Og‘ir qurollangan kavaleriya 
(ritsarlar) armiyada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.  
XII asrga qadar mamlakatga tashqaridan hujum bo‘lgan paytlarda dehqonlar ham armiyaga xalq lashkarlari 
sifatida chaqirilib turilardi. Biroq, umuman, Germaniya armiyasi german imperatorlarning «dunyoga hokim bo‘lish» 
rejalarini amalga oshirishlari uchun xizmat qilgan.  
Germaniyaning  sud tizimi korolinglar monarxiyasidan meros qilib olingandi. Imperator oliy sudya 
hisoblangan. Lekin uning sud hokimiyati qisqarib borgan. Knyazlik boshqaruvining shakllana borishi bilan impera-
torning sud hokimiyati qisqarib, dunyoviy va diniy knyazlarning sud hoki-miyati kengayib borgan, sud tizimi tobora 
murakkablashgan va ko‘p bos-qichli xarakter  kasb eta boshlagan. Feodallar dastlab o‘z krepostnoy deh-qonlari ustidan 
sud qilish huquqiga ega edilar. Endi esa ularning yurisdik-siyasi (sud qilish huquqi) ularga qarashli yerlarda yashovchi 
                                                      
39
 Qarang: Хрестоматия по Всеобщей истории государства и права.Т.1./ Под ред. К.И. Батыра и Е.В. 
Поликарповой.-М.:Юристь , 1996.-285-bet. 
Davlat 
tuzum


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə