“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92

 
72
8.  German qirolliklari absolutizm davri (XVII-XVIII asrlar). 
Biroq, davlat va huquq tarixi fanida ba’zi olimlar o‘rta asrlarda Germaniya davlati tarixini boshqacharoq tarzda 
ham davrlarga bo‘lib o‘rganadilar. Jumladan, moskvalik huquqshunos olim S.V.Chirkin uni quyidagicha ikkita katta 
davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: 
1. Germaniya imperiyasi doirasida nisbatan markazlashgan ilk feodal monarxiyasi davlatining tashkil topishi 
va rivojlanishi davri (X-XII asrlar). 
2.  Germaniyada hududiy tarqoqlik va german knyazliklari - dav-latlarining rivojlanishi davri (XIII asr-XIX 
asrning boshi)
36

Bizningcha, o‘rta asrlarda Yevropa davlatlari rivojlanishining umu-miy qonuniyatlarini, xususan ularda 
monarxiyaning rivojlanish bosqich-larini hisobga olganda Germaniya davlati tarixini yuqoridagicha uch davrga bo‘lib 
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
 
2. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining 
muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar) 
 
Ma’lumki, Germaniyada X asrlarda xuddi Fransiyadagi 
singari bir necha musta-qil davlatlar (viloyatlar) tashkil topib, ular 
faqat rasmiy jihatdangina qirol hokimiyatini tan olar edi. Zero, qirollar 
bu vaqtda hali urug‘doshlik tuzumi davridan beri odat huquqi asosida 
saylanib qo‘yilar edi. Faqat Otton I davri (936-973 yillar)dan boshlab 
bu tartib o‘zgargan. Otton I otasi Genrix I ning qirol hokimiyatini 
mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. U, dastavval boshqa 
gersoglar ustidan nazoratni kuchaytirdi, buning uchun nikoh va 
boshqa qarindoshlik aloqalaridan foydalandi. Qirol ta’sirini butun mamlakatga yoyishning ikkinchi bir usuli yepiskoplik 
tizimi bo‘ldi. Otton cherkov bilan do‘stona aloqa bog‘ladi. U yepiskoplarga keng miqyosda immunitet huquqlar berdi 
va ularga juda ko‘plab yerlar ulashdi. Shu bilan birga, u yepiskoplarni ham o‘zi tayinlardi. Cherkov yerlaridan 
keladigan daromadlardan qirol xazinasiga ko‘pdan-ko‘p hissalar ajratildi. Shunday qilib, Germaniyada cherkov 
manfaatlari bilan davlat manfaatlari bir-biriga chatishib ketdi. Germaniyaning turli viloyatlaridagi yepiskoplar mahalliy 
knyazlarga-gersoglarga e’tibor bermay, bevosita qirolga bo‘ysun-dilar. Shu bilan bir vaqtda yepiskoplarning qirolga 
tobeligi ularning Rim papasiga deyarli bo‘ysunmay qo‘yishiga olib keldi. 
Otton I Rim feodallarini bostirib, papani taxtga o‘tkazdi. Bun-ga minnatdorchilik 
bildirib papa 962 yilning boshida Ottonga imperatorlik tojini kiygizdi. Shunday qilib, yangi 
«imperiya tiklandi». Shu narsa xarak-terliki, ilgari Karl Buyuk bo‘lgani singari, bu safar 
Otton ham Rim impera-tori deb e’lon qilindi. German imperatorlari aslida ana shu vaqtdan 
e’tiboran dunyoga hukmronlikni da’vo qila boshlaganlar. Hatto ayrim huquqshunoslar ger-
man imperatorlarini «jahon hukmronlari» deb atab, bunday da’voni naza-riy jihatdan asoslashga harakat qilganlar. X-
XII asrlarda Germaniya iqtisodiy jihatdan Yevropa mamlakatlari ichida qoloq davlatlardan biri edi. Bu yerda feodal 
munosabatlar Fransiyaga nisbatan ancha kech - XI asrdan rivojlana boshladi. Feodalizmning rivojlanishi turli german 
gersoglik-larida juda notekis suratda kechdi. Ayni paytda urug‘doshlik tuzumining qol-diqlari mustahkam saqlanib 
qoldi.  
Germaniyaning ko‘p sonli urushlar olib borishi harbiylar - ritsarlar tabaqasining jipslashuviga ko‘maklashgan. 
Ritsarlarning yuqori qismini turli xil nasliy va xizmatchi aristokratik elementlar tashkil etgan. Ulardan birinchisi 
gersoglar - qabilaviy knyazlar bo‘lib, yirik yer egalariga aylan-gan edilar. Ikkinchi turkumdagi yirik yer egalari asosan 
mansabdor aristo-kratlar - graflar darajasidagi shaxslar bo‘lib, ular ma’muriy okruglarda (grafliklarda) muhim 
dunyoviy va cherkov mansablarini o‘z qo‘lida to‘p-lagan edilar. Shuningdek, qirol chinovniklari - fogtlar ham yirik yer 
egala-ri bo‘lib, ular cherkov votchinalarida harbiy va sud funksiyalarini amalga oshirardilar. Germaniya jamiyatining 
feodallasha borishi bilan XI-XII asr-lar bo‘sag‘asida bu yuqori tabaqalarning jipslashuvi yuz berdi. Ular endi-likda 
kuchli markaziy hokimiyatdan manfaatdor bo‘lmagan va ajralib chi-qishga intilayotgan kuchlarning qudratli ittifoqini 
tashkil eta bordilar. Ularning hududiy knyazlar tabaqasiga qo‘shilib ketishi sodir bo‘ldi. Unga yirik cherkov magnatlari 
- «cherkovlarning knyazlari» ham kiradi. Ruho-niy va dunyoviy knyazlarning maxsus tabaqasi XIII asrning o‘rtasiga 
kelib batamom rasmiylashdi. 

Davlatdagi barcha boshqaruv va harbiy ishlar ritsarlar qo‘lida to‘pla-nib bordi, XIII asrga kelib ritsarlik yopiq 
tabaqaga aylandi va nasldan-naslga meros tariqasida o‘ta boshladi. Ritsarlar o‘zlarining mol-mulki, mansabiga qarab 
rang (martaba, daraja)larga bo‘lindi. Masalan, Saksoniya viloyati sharqiy qismining odat huquqi to‘plami - «Sakson 
zertsalosi»da (XIII asrning 20-yillarida tuzilgan) xuddi shunday yettita harbiy darajalar (ranglar) ajratib ko‘rsatilgan. 
Unga ko‘ra, birinchi darajada qirol (impera-tor) turgan, ikkinchi darajaga imperatorning vassallari - oliy martabali 
ruhoniylar (yepiskoplar, abbatlar), uchinchi darajaga imperatorning bevo-sita dunyoviy vassallari - knyazlar, graflar, 
gersoglar, markgraflar, land-graflar, to‘rtinchi darajaga knyazlarning vassallari, beshinchi darajaga «ozod janoblar» - 
graflarning vassallari, oltinchi darajaga «ozod janob-lar»ning vassallari va nihoyat, yettinchi darajaga oltinchi 
                                                      
36
 Qarang: История государства и права зарубежных стран.Часть 1. Учебник для вузов/ Под ред. 
проф. Крашенинниковой Н.А. и проф. Жидкова О.А.-М.:Издательство НОРМА, 1996.-240-bet. 
“German millatining 
muqaddas Rim 
imperiyasi” ning 
tashkil topishi
 
Ijtimoiy 
tuzumi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə