“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92

 
83
devonxonasidan yuborilgan buyruqlarning asosiy ijrochisi hisoblanardi. 
 
4. Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIII asrning 
 ikkinchi yarmi - XV asr) 
 
XIII asrda mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy kuchlar nisbati markazlashuv va 
butun hokimiyatning monarx qo‘lida tobora kuchli to‘planishi foydasiga o‘zgarib 
boraverdi. 
Baronlar  qirolning bevosita vassallari sifatida o‘z syuzereni oldida ko‘p sonli 
moliyaviy va shaxsiy majburiyatlar o‘tardilar. Agar baronlar o‘z zimmalaridagi bunday 
majburiyatlarni qasddan bajarmasalar, ularning yerlari musodara qilingan. 
Bu davrda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi dehqonlarning  ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Dehqonlarning tabaqalashuvi kuchaydi, shaxsan erkin dehqonlar ommasi yuqori qismining soni o‘sdi. Boyigan 
dehqonlar - frigolderlar  tez-tez ritsarlik unvonini olib turardilar va feodallarning quyi tabaqasiga yaqinlashardilar. 
Ammo frigolderlarning boshqa qismi kam yerli kishilarga aylanib, lordlar tomonidan barshchina to‘lashga (garchi 
villanlarga qaraganda kichikroq masshtabda bo‘lsa ham) majbur qilinar edilar. 
XIII asr Angliyada dehqonlar ommasini eng ko‘p asoratga tushirish davri bo‘ldi. Bu vaqtda ingliz qishlog‘ida 
asosiy siymo hisoblangan villanlar turar joyiga biriktirilgan bo‘lib, haftalik barshchinani (yozgi mavsumda haftada 5 
kungacha) o‘tashga majbur bo‘lgan, lordga nikoh solig‘i
 
va boshqa nohaq soliqlar to‘laydigan, uning sudiga 
bo‘ysundirilgan tamomila krepostnoy kishi edi. XIII asrdagi ingliz dehqoni aslida villanga emas, balki servga o‘xshab 
ketardi. Ingliz yuristlari "Rim huquqi"ni dalil qilib, villanlar Rim qulining bir turi edi, deb ochiq-oydin fikr bildirgan 
edilar. XIII asrda turli manorlarda ko‘plab tartibsizliklarning yuz berishi, dehqonlarning tez-tez qochishlari, butun 
jamoa dehqonlarining lord uchun majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishlari sodir bo‘lganligi bejiz emas. 
Shunday qilib, Angliyada davlatning markazlashish jarayoni (XIII asrda) erkin dehqonlar ommasi barcha 
qatlamlarining o‘sib borishi, ritsarlar, shaharliklar va boyigan dehqonlarning iqtisodiy va huquqiy jihatdan o‘zaro bir-
biriga yaqinlashishi, feodallarning yuqori qismi bilan boshqa qatlamlari o‘rtasidagi farqlarning kuchayishi natijasida 
tezlashdi. Ritsarlar va butun frigrolderlar ommasi iqtisodiy va siyosiy manfaatlarining umumiyligi ularning siyosiy 
ittifoqi o‘rnatilishiga yordam berdi. Ushbu aholi qatlamlarining iqtisodiy va siyosiy rolining o‘sishi, oqibatda, ularning 
siyosiy tan olinishi va kelajakda tashkil etilajak parlamentda ishtirok etishini ta'minladi. 
XIII asrning boshlarida Angliyada feodal davlatning yangi shakli-
tabaqa-vakillik monarxiyasiga o‘tish uchun qulay va ob’yektiv shart-
sharoitlar vujudga keldi. Biroq qirol hokimiyati o‘z mavqeini mustahkamlab, 
hukmron tabaqa vakillarini davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishga 
jalb 
etishni unchalik xohlamasdi. Genrix II ning tashqi siyosatda mag‘lubiyatga 
uchragan avlodlari davrida monarx hokimiyatining haddan oshishi o‘sdi, 
qirol va chinovniklarning ma’muriy va moliyaviy o‘zboshimchaliklari kuchaydi. Shu munosabat bilan Angliyada 
tabaqalarning muhim siyosiy va moliyaviy masalalarni hal etishda qatnashish huquqining tan olinishi kuchli ijtimoiy-
siyosiy ziddiyatlar ostida sodir bo‘ldi. Bu ziddiyatlar markaziy hokimiyat suiiste'-molliklarini cheklashga qaratilgan 
harakat shaklini oldi. Mazkur harakatga baronlar boshchilik qildi.  
1215 yilning yozida Ioann Ersizga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Eng yirik baronlar qo‘zg‘olonga rahbarlik 
qildi. Ammo qo‘zg‘o-longa ko‘pgina ritsarlar, shuningdek, London shahri ham qo‘shildi. Qo‘zg‘olonchilar asir qilib 
olgan Ioann 1215 yil 15 iyulda Erkinliklarning buyuk xartiyasiga imzo chekishga majbur bo‘ldi. 
1215 yildagi Xartiya ma’lum tizimga solinmagan 63 ta moddadan iborat muhim siyosiy, tarixiy-huquqiy hujjat 
bo‘lib, rasman Angliyadagi birinchi konstitutsiyaviy qonun hisoblanadi. U lotin tilida tuzilgan va asosan feodallar 
sinfining manfaatlarini ko‘zda tutuvchi ko‘pdan-ko‘p yon berishlar va imtiyozlarni o‘z ichiga olgan. Xartiyaning barcha 
moddalarini quyidagicha uchta guruhga bo‘lish qabul qilingan: 
1. Aholi turli ijtimoiy guruhlarining moddiy manfaatlariga taalluqli moddalar (1-,2-,9-,13-,15-,18-moddalar). 
2. Angliya qirolligi davlat mexanizmini isloh qiluvchi va "kons-titutsion" deb ataluvchi moddalar (12-,14-,61-
moddalar). 
3. Sud-ma’muriy apparat faoliyati tamoyillarini o‘rnatuvchi mod-dalar (17-, 20-, 21-, 39-, 40-moddalar). 
Xartiya baronlarga va feodallarga o‘z feodlarini meros qilib qoldi-rishni va "odatga ko‘ra" mo‘tadil vassallik 
to‘lovlari to‘lashni ta'minlardi. 
 
 
1258-1267 yillardagi baronlar urushi o‘z siyosiy natijasi bo‘yicha 
juda 
murakkab va muhim bo‘lgan. Ma’lumki, Ioann Yersiz Er-kinliklarning 
buyuk Xartiyasini imzolar ekan, haqiqatda uni bajarmoqchi emas edi. 
Ioann Yersizni o‘zi ichgan qasamiga rioya qilish majburiyatidan xalos 
etgan pa-pa Innokentiy III ham qirol tomoniga o‘tdi. Ioann baronlar bilan 
yangi urushga tayyorlana boshladi, bu urush tez orada boshlandi ham, 
ammo urush harakatlari ayni qizib turgan paytda qirol vafot etdi. Uning 
vorisi – kichik yoshli o‘g‘li Genrix ІІІ (1216-1272 yillar) baronlar 
oligarxiyasi qo‘-lida uzoq vaqtgacha qurol bo‘lib qoldi. Lekin u hatto balog‘atga yetgandan keyin ham mamlakatni 
Ijtimoiy 
tuzumi 
Erkinliklarning 
buyuk 
xartiyasi 
Parlamentning 
vujudga kelishi 
va 
vakolatlarining 


 
84
idora qilishda deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. Lapa-shang va beqaror Genrix III papani va yepiskoplarni, shuningdek, 
fransuz xotini bilan birgalikda Fransiyadan Angliyaga kelgan qarindosh-urug‘lari va ularning do‘stlarini baronlarga 
qarshi qilib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Genrix bu feodallarga saxiylik bilan mansablar va yer-mulklar ulashdi. Bu esa ingliz 
baronlari o‘rtasida qaxr-g‘azab uyg‘otdi. Shaharlar papa kuriyasiga ketayotgan yuqori to‘lovlardan norozi bo‘ldilar. 
Ritsarlar va erkin dehqon-lar qirol amaldorlari va sudlarning suiiste’molliklaridan va baronlarning o‘z yerlarida davom 
ettirayotgan bemaza o‘zboshimchaliklaridan g‘azabla-nardilar. Qirol bundan avvalgi yili mamlakatda hosil yomon 
bo‘lganligiga va ocharchilik yuz berganiga qaramay, shahzoda Edmund (qirolning kenja o‘g‘li)ning Sitsiliya taxtini
57
 
istilo qilishi uchun 1258 yil bahorda baronlar va ritsarlardan ular oladigan daromadlarning to‘rtdan uch qismini to‘lash-
larini talab etdi. Qirolning talabiga javoban, qurollangan va o‘zlariga ko‘p ritsarlarni ergashtirib olgan baronlar saroyga 
kirib keldilar hamda barcha "fransuzlar"ni idora ishlaridan chetlatib, "qirollikda islohotlar" o‘tkazish uchun alohida 
komissiya tayin etishni talab qildilar. Shundan so‘ng, tez orada baronlarning Oksfordda to‘plangan "quturgan 
parlamenti" alohida konstitutsiya -"Oksford proviziyalari"ni  ishlab chiqdi. Bu o‘ziga xos konstitutsiya qirolni 
baronlarning doimiy nazoratiga topshirdi. Unda mam-lakatda butun ijroiya hokimiyat 15 ta baronlardan iborat 
Kengashga o‘tkazilishi nazarda tutildi. Ijroiya Kengash bilan birga muhim masalalarni hal qilish uchun har yili kamida 
uch marta 27 ta a’zodan iborat mag-natlarning Katta kengashi yig‘ilib turishi lozim edi. Shunday qilib, bu baronlarning 
1215 yilda amalga oshmay qolgan o‘z oligarxiyasini o‘rna-tish uchun yangidan qilgan harakati bo‘ldi. 
Dastlabki paytlarda baronlar ritsarlar bilan kelishib harakat qildilar. Ammo baronlar hokimiyatni faqat o‘zlari 
uchun bosib olishga intilayot-ganliklarini, ritsarlar masalasida noaniq va'dalar berish bilan cheklanayot-ganliklarini 
ritsarlar tezda payqadilar. Ritsarlar norozilik bildirdilar. Ular-ning talablari boshqa bir hujjatda - 1259 yilgi 
"Vestminstrlik proviziya-lari" nomli mashhur hujjatda ifodalangan edi. "Vestminstrlik proviziyala-ri" ritsarlarning 
o‘z senorlari - baronlari bilan bo‘ladigan munosabatlarini tartibga solib turardi, shuningdek, qirol sheriflari, 
eschitorlari
58
 va sudya-larining suiiste’molliklarini yo‘qotish to‘g‘risida bir qancha takliflar kirit-di. Biroq, ritsarlarning 
mamlakatning markaziy boshqaruvida ishtirok etish haqidagi talablari qondirilmadi. 
Parlamentning chaqirilishi Angliyada feodal davlat shaklining o‘zga-rishiga, tabaqa-vakillik monarxiyasining 
vujudga kelishiga olib keldi. 
Ammo 1265 yilda Monfor parlamenti qanday tarkibda to‘plangan bo‘lsa, bu parlament ham xuddi shunday 
tarkibda yig‘ildi. Bu parlamentda lordlar, dunyoviy va ruhoniy feodallar, ritsarlar va shaharliklar yig‘ilgan
 
edi. Shu 
paytdan e’tiboran Angliya parlamenti muntazam suratda yig‘iladi-gan bo‘ldi. XIV asrning o‘rtalarigacha ingliz 
tabaqalari birgalikda majlis-lar o‘tkazardilar, 1343 yildan e’tiboran esa ikkita palataga ajraldi. Yuqori palata lordlar 
palatasi  deb atalib, u ruhoniy lordlar, arxiyepiskoplar, ye-piskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va dunyoviy 
lordlar (baron-lar)dan iborat bo‘lardi. Umum palatasi deb atalmish quyi palata graflik-larning vakillari bo‘lgan ritsarlar 
va shaharliklardan iborat edi. Dastlab parlamentni tuzishda saylov senzi bo‘lmagan. Keyinchalik 1430 yilgi Statut 
saylov senzi o‘rnatib, unga ko‘ra, grafliklar majlislarida frigolder-larning ishtirok etib, parlamentga saylanishi uchun 
yiliga 40 shillingdan kam bo‘lmagan daromad olishlari lozim edi. 
Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilib, XIV asrning oxiridan asta-sekin 
impichment protsedurasini joriy etdi. U umum palataning lordlar palatasi oldida mamlakatning oliy sud organi sifatida 
u yoki bu qirol mansabdor shaxsiga qarshi hokimiyatni suiiste’mol qilganlikda ayblov qo‘zg‘atishdan iborat edi. 
Bundan tashqari, parlament-ning u yoki bu suiiste’molliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy deb e’lon qilish huquqi o‘rnatildi. 
Bunda qirol tomonidan tasdiqlanadigan maxsus hujjat chiqarilib, u "podsho g‘azabi haqidagi hujjat" degan nom oldi. 
XIII asr davomida, shuningdek, yangi ijroiya organ - Qirollik kengashining rivojlanishi sodir bo‘ldi. U 
qirolning yaqin maslahat-chilaridan iborat tor doiradagi organ bo‘lib qoldi va o‘z qo‘lida oliy ijro etish va sud 
hokimiyatini to‘pladi. Uning tarkibiga odatda kansler, xazinachi, sudyalar, qirolga ancha yaqin bo‘lgan, asosan ritsarlar 
taba-qasidan chiqqan ministrlar kirardi. Qirolning eng yirik vassallari yig‘ini
 
- Katta kengashi o‘z funksiyalarini 
yo‘qotdi. Bu funksiyalar parlamentga o‘tdi. 
Shunday qilib, parlament tashkil top-gan davridayoq o‘z 
vakolatlarini asta-sekin kengaytirib bordi. Tabaqa-vakillik monar-
xiyasi davrida mahalliy boshqaruvda eski sudlarning va grafliklar 
majlislarining roli juda pasayadi. Ularning funk-siyalari yangi 
mansabdor shaxslarga va yangi turdagi sayyor sudlarga o‘tadi. 
Bularning vakolatlari tobora kengayib boradi. 
Grafliklarning majlislari XIII asr oxiri - XV asrda asosan 
parla-mentga vakillarni va mahalliy mansabdor shaxslarni saylash uchun chaqirilardi. Ular summasi 40 shillinggacha 
bo‘lgan da’volar bo‘yicha nizolarni ko‘rishlari mumkin edi. 
XIII-XIV asrlarda turli darajadagi qirollik sudyalarining soni o‘sdi, ularning ixtisoslashuvi kuchaydi. Shu bilan 
birga ko‘pgina muas-sasalarning sud va ma’muriy funksiyalari hali ajratilmagan edi. Bu davrda Angliyada: Qirol 
kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina sudi oliy sudlar hisoblanardi. 
Fuqarolik  ishlarining rivojlanishi bilan oliy qirollik sudlarining umu-miy tizimidan Lord-kansler sudi ajralib 
chiqadi. U masalalarni "adolat yuzasidan" hal qilardi. Bu sudning faoliyati bilan yangi shakldagi jara-yonning va huquq 
normasi (adolat huquqi)ning vujudga kelishi bog‘liq bo‘lgan. 
                                                      
57
 Papa bu paytda o`zining ikkala Sitsiliya qirolligining senori deb hisoblagan nemis shtaufenlari bilan 
kurash olib borgan va Sitsiliya toj-taxtini egallashni Genrix III ga taklif etgan edi. 
58
 Eschitor - vorissiz tanho yerlarni boshqaruvchi amaldor. 
Mahalliy boshqaruv 
tizimining 
rivojlanishi  va sud 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə