“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92

 
85
Sud ishlarini yuritishda qasamxo‘r maslahatchilarning katta va kichik jyurilari muhim rol o‘ynardi. Katta yoki 
ayblovchi jyuri ayblovchi qasamxo‘r maslahatchilarning sayyor sudlar tomonidan so‘roq qilinishi protsedurasi 
munosabati bilan rasmiylashgan. U sudga berish organi bo‘lib qolgan. Katta jyurining bor-yo‘g‘i 23 ta a’zosi bo‘lgan. 
12 ta jyuri a’zosi-ning yagona fikri gumon qilinuvchiga nisbatan ayblov hujjatining tasdiq-lanishi uchun kifoya qilardi. 
Kichik jyuri 12 ta qasamxo‘r maslahatchilardan iborat tuziladigan ingliz sudining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 
Bu jyuri a’zolari ishlarning mazmunan ko‘rib chiqilishida ishtirok etib, qasamxo‘rlarning yagona fikrini talab qiluvchi 
verdikt (hukm) chiqarardi. 1239 yilgi qonun bo‘yicha qasamxo‘rlar uchun yillik daromadning 40 shillinggi miqdorida 
mulkiy senz o‘rnatiladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabaqa-vakillik monar-xiyasi davrida Angliyaning sud tizimi 
xilma-xil sudlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
 
5. Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy 
 tuzumi (XV asrning oxiri - XVII asrning o‘rtasi) 
 
Angliyada absolut monarxiya boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, feodalizmning inqirozi va kapitalistik 
ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi davrida o‘rnatilgandi. Shu bilan birga ingliz absolutizmi o‘ziga xos 
qator xususiyatlariga ham ega edi. Shunday o‘ziga xos xusu-siyatlariga qarab ingliz absolutizmi adabiyotlarda 
"tugallanmagan" degan nom olgan. Angliyada o‘tgan davrga xos eski siyosiy institutlarning saqlanib qolganligi
shuningdek, fransuz klassik absolutizmiga o‘xshash ba’zi yangi elementlarning yo‘qligi absolutizmning 
"tugallanmaganligi"ni, to‘liq ko‘rinishda namoyon bo‘lmaganligini tavsiflaydi. 
Ingliz absolut monarxiyasining asosiy xususiyati shundan iborat edi-ki, Angliyada kuchli qirol hokimiyati 
bilan bir qatorda parlament ham fao-liyat ko‘rsatishda davom etgan.  
Ingliz absolutizmi XV asrning oxiridan XVII asrning o‘rtasigacha bo‘lgan davrda hukm surdi. 
XIV-XV asrlar mobaynida Angliyaning iqti-sodi va ijtimoiy tuzumida 
absolutizmning qaror topishiga shart-sharoitlar yaratuvchi muhim o‘zga-rishlar 
sodir bo‘ldi. 
XV asrning oxiriga kelib ingliz dehqonlari ikkita asosiy guruh – 
frigolderlar  va  kopigolderlarga  bo‘linadi. Kopigolderlar - ilgarigi kre-postnoy 
dehqonlarning avlodlari frigolderlardan farqli o‘laroq, feodallar foydasiga qator 
natural va pul majburiyatlari o‘tashda davom etardi. Ular-ning yer uchastkalariga nisbatan huquqlari manorlik sudlari 
qarorlarining nusxa (kopiya)lariga asoslanardi. 
Dehqonlar va shahar kambag‘allarini tutqinlikda ushlab turish va qarshiliklarini bostirish uchun Angliya 
hukmron doiralari byurokratik boshqaruv apparatiga asoslangan kuchli davlat mashinasini tashkil qiladi. 
Absolut monarxiya davrida Angliyada hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari 
qirol, Yashirin kengash va parlament edi. 
Biroq, bu davrda Angliyada real hokimiyat qirolning qo‘lida to‘p-langandi. U ko‘p 
sonli va faqat o‘ziga bo‘ysunadigan organlar orqali qonun chiqarish, ijro etish va oliy sud 
hokimiyatini amalga oshirardi. 
Yashirin kengash bundan oldingi davrda vujudga kelgan, lekin absolut monarxiya davrida batamom 
rasmiylashgan edi. U davlatning oliy mansabdor shaxslari: lord-kansler, lord-xazinachi, qirolning shaxsiy muhrini 
saqlovchi lord va boshqalardan iborat edi. 
Mamlakatdagi oliy cherkov organi Yuqori komissiya bo‘lgan. Uning tarkibiga ruhoniy shaxslar bilan bir 
qatorda Yashirin kengash a’zo-lari va boshqa mansabdor shaxslar ham kirardi. Komissiyaning vakolatlari juda katta edi. 
U qirol hokimiyatning cherkov ishlarida ustunligi haqidagi qonunlarning buzilishini, "diniy va cherkov xarakteridagi 
tartibsizliklar" bilan bog‘liq ishlarni tekshirardi. Komissiyaning asosiy vazifasi reformat-siya qilingan cherkovning 
dushmanlari - katoliklar va protestantlarning ancha radikal va demokratik tarafdorlariga qarshi kurashish edi. Komis-
siyaning har qanday uchta a’zosi, agar ularning orasidan bittasi yepiskop bo‘lsa, cherkovga kelmaydigan shaxslarni 
jazoga tortish, bid'atlarni to‘xta-tish, pastorlarni almashtirish huquqiga ega edi. Yuqori komissiya yuqori-dagilar bilan 
birga juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qator dunyoviy ish-larni - Londondagi daydilar haqidagi, senzura haqidagi va 
hokazo ishlarni ham yuritardi. Reformatsiya qilingan cherkov tuzilishi jihatidan ham, ibo-dat sohasida ham 
katolitsizmning qator belgilarini saqlab qolgani holda qi-rol hokimiyatining ilohiy kelib chiqqanligini targ‘ib qilishni 
o‘z vazifa-laridan biri qilib olgan organga aylandi. 
Absolutizmning o‘rnatilishi bilan mahalliy boshqaruv organlari tizimi ancha uyg‘un bo‘lib qoldi, ularning 
markaziy hokimiyat organlariga bog‘liqligi o‘sdi. Bu davrda mahalliy boshqaruvdagi asosiy o‘zgarishlar lord-leytenant 
mansabining ta'sis qilinishida va mahalliy birlik - cherkov prixodi (qavmi) ning ma’muriy rasmiylashtirilishida o‘z 
ifodasini topdi. Lord-leytenant bevosita qirol tomonidan graflikka tayinlanib, mahalliy ko‘ngilli qo‘shinlarga boshchilik 
qilardi hamda murosaga keltiruvchi sudyalar va kons-tebllar faoliyatiga rahbarlik qilardi. 
Absolutizm davrida markaziy Vestministrlik sudlarining, shu jum-ladan, Haqiqat sudi va Admiralteystvo
61
 oliy 
sudining tuzilishi va yuris-diksiyasi batamom rasmiylashadi. Biroq, ular bilan bir qatorda Yulduz palatasi va "isyonchi" 
grafliklarda sud kengashlari kabi favqulodda sudlar tashkil etildi. Yulduz palatasi Yashirin kengashning maxsus 
bo‘linmasi sifatida qirol hokimiyatining dushmanlariga qarshi (dastlab - bo‘ysun-magan feodallarga qarshi) kurashish 
                                                      
61
 Angliyada va Chor Rossiyada harbiy flot boshqarmasi. 
Ijtimoiy 
tuzumdagi 
o`zgarishlar
 
Davlat 
tuzumi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə