“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92

 
86
quroli bo‘lgan. Unda sud ishlarini yuritish asosan inkvizitsiya
62
 xarakteriga ega bo‘lgan, qarorlar esa sudya-larning 
xohishi bo‘yicha chiqarilgan. Oqibatda Yulduz palatasi senzorning va qasamxo‘rlar tomonidan verdiktlar 
chiqarilishining to‘g‘riligi ustidan nazorat qiluvchi organ funksiyalarini bajaradigan bo‘lib qolgan. Yashirin kengashga 
bo‘ysunuvchi sud kengashlari Angliyaning "ijtimoiy tinchlik" tez-tez buziladigan tumanlari (Uels, Shotlandiya)da 
tuzildi. 
Armiya tashkil etishning asosiy tamoyillari uncha o‘zgarmadi. Absolut monarxiya o‘rnatilishi davrida Genrix 
VII (1485-1509 yillar) eski aristokra-tiyaning harbiy qudratini batamom sindirish maqsadida feodallarning o‘z 
ofitserlariga ega bo‘lishini taqiqlovchi qonun chiqargan va artilleriya qu-rollaridan foydalanishda toj-taxtning monopol 
huquqini o‘rnatgan. 
Yirik feodallar qurolli kuchlarining yo‘q qilinishi armiyada doimiy qirollik qo‘shinining tashkil etilishiga olib 
kelmadi. Qal'alarning soqchilari va qirollik gvardiyasi kam sonli bo‘lib qolaverdi. Quruqlikdagi armiya militsiya 
otryadlari ko‘rinishidagi ko‘ngillilar qo‘shiniga asoslanishda da-vom etdi. Angliya davlati orolda joylashganligi sababli 
o‘z hududini himoya qilish uchun kuchli dengiz flotiga muhtoj edi. Harbiy flot Angliya-ning qurolli kuchlari asosi
dengizlarda hukmronlik qilish va boshqa hududlarni mustamlakaga aylantirish quroli bo‘lib qoldi. 
 
6. Huquqning asosiy belgilari 
 
Angliya feodal huquqi o‘zining murak-kabligi, chalkashligi, 
ustamonlik bilan qilin-ganligi (kazuistikligi) bilan ajralib turardi. Bu 
ushbu huquqning rim
 
hu-quqi, rim huquqi g‘oyalarining ta'sirisiz, 
alohida yo‘llar bilan shakllanishi bilan bog‘liq edi. 
XV asrdagi normand istilosiga qadar Angliyada huquqning asosiy manbalari odatlar va qirollik qonunlari 
hisoblangan. Ingliz-sakslar davlati-da huquqning asosiy manbai sifatida odat huquqi va uning to‘plamlari - Etelbert 
sudnomasi, Ine qonunlari, Buyuk Alfred sudnomasi, Etelstan va Knut qonunlari yetakchi rol o‘ynardi. Bulardan tashqari 
Xlotar (673-685 yillar) va Edrik (685-686 yillar), Eduard Katta (899-925 yillar), Edmund (939-946 yillar), Edgar (959-
975 yillar), Etelred II (979-1014 yillar) va boshqalarning qonunlari ham ingliz-sakslar davlatida huquqning muhim 
manbalari bo‘lgan edi. 
Genrix II davrida (XII asrda) qirollik sayyor sudlarining doimiy ra-vishdagi faoliyati bilan mamlakat 
"umumiy huquqi" (Common law)ning tashkil topishi bog‘liq edi. Ilk feodal monarxiyasi davrida Angliya qirollari 
juda ko‘plab assizalar, konstitutsiyalar chiqargan bo‘lsalar ham, lekin yan-gi huquqiy qoidalarni yaratishda eng katta 
rolni sayyor sudyalar o‘ynagan. Sayyor sudyalar normand va ingliz-sakslar odat huquqlaridan butun Ang-liya uchun 
yagona umumiy huquqni yaratdilar. Umumiy huquq sud pretsedenti huquqi ham deyiladi, chunki u qonunchilikdagi 
kamchilik natijasida vujudga kelgan sud qarorlari sifatida ham tashkil topdi. 
Sayyor sudlar mahalliy odat huquqi me’yorlarini birxillashtira bosh-laganlar va qirollik devonxonasi 
yordamida "umumiy huquq" yarata bor-ganlar. Qirollik devonxonasi odatda jabrlanuvchi tomonlarning arizalari 
bo‘yicha maxsus buyruqlar (writ) chiqarardi. Bunday arizalarda biror kimsani ranjitgan odamga yoki sherifga talab 
qo‘yilib, uni bajarish va shikoyatchining buzilgan huquqini tiklash haqidagi da’volar o‘z aksini topar edi. Bunday 
arizalar bo‘yicha dastlab qirollik devonxonasi maxsus buyruqlar chiqargan bo‘lsa, keyinchalik maxsus sud buyruqlari 
chiqarila boshlanadi. Sud buyruqlarida bevosita biror kimsani xafa qilgan odamga murojaat qilinib, "Vestminstrda 
bizning oldimizda yoki sudyalarimiz oldi-da" hozir bo‘lib, shikoyatga javob berish, ya’ni boshqa shaxsning huqu-qlari 
buzilganligini rad etish yoki tan olish haqida talab qo‘yilar edi. 
Bunga avvalo yer haqidagi fuqarolik da’volarini yagona usulda ko‘-rishni o‘rnatuvchi Genrix II ning assizalari 
yordam berdi. Ushbu assizalar ichida yerga huquqiy unvon o‘rnatish haqidagi da’voning maxsus shaklini nazarda 
tutuvchi "Buyuk assiza", shuningdek, egalik bilan bog‘liq bo‘lgan qator assizalar: "O‘tmishdoshining o‘limi haqida"gi 
(erkin egalikdagi yerlarning merosxo‘rlarga o‘tkazilishi haqidagi), "Yangi istilo haqida"gi ("yangi istilolar" yo‘li bilan 
qirolning domen yer egaligining cherkov ruho-niysi o‘rniga o‘z nomzodini qo‘yish huquqi haqidagi) assizalar ancha 
mashhur edi. Ikkita yirik assizalar - 1166 yilgi Klarendon va 1176 yilgi Nortgempton assizalari sayyor sudyalarga 
yo‘riqnomalar shaklida chiqarilgan edi. 
«Umumiy huquq» shakllanishining ilk bosqichida qirollik buyruqlari har bir alohida holat bo‘yicha chiqarilib 
turganligi sababli XIII asrning boshiga kelganda ularning soni shunchalik ko‘payib ketgan ediki, ularni tartibga solish 
juda qiyin
 
bo‘lib qolgandi. Shu munosabat bilan XII asrda "umumiy huquq" bo‘yicha o‘ziga xos ma’lumotnomalar - 
buyruqlar ro‘yxatlari (reestrlari) chiqarila boshlanadi. Bunday reestrlarda buyruqlar da’volar namunalari 
ko‘rinishida, qat’iy yuridik shaklda yozib qo‘yila-digan bo‘ldi. 
Tomonlar shu vaqtdan boshlab o‘z huquqlarini erkin asoslay olmay-digan bo‘ldi. Endi ular ushbu da’volar 
namunalariga tayanishlari lozim edi. Bu esa buyruqlar tizimining rivojlanmay bir joyda qotib qolishiga, da’vo 
talablarining yangi shakllari ko‘payishini qisqarishiga olib kelishi kerak edi. Shunday bo‘ldi ham. Agar lord-kansler 
qirollik devonxonasi-ning boshlig‘i sifatida o‘z tashabbusi bilan qandaydir buyruq chiqarsa, sudyalar ko‘pincha uni 
qo‘llashdan voz kechardi. Yangi buyruqlar chiqarishning cheklanishi yirik feodallar (baronlar)ning qirol bilan kurashi 
keskinlashgan davrda, 1258 yilgi Oksford proviziyalarida o‘z aksini topdi. 
Sud ishlari materiallarining e’lon qilinishi bilan birga sud pretsedenti  nazariyasi ham shakllandi. Qirollik 
                                                      
62
 Inkvizitsiya sudi – shafqatsiz, zolimlarcha, vahshiylarcha, yovuz, qiynash, azoblashga asoslangan 
sud. 
Huquq manbalari 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə