“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92

 
90
munosabatlar ham u tomondan olib borilgan. Taxt katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tardi.  
Buyuk knyaz Boyarlar kengashiga tayanib ish olib borardi. Boyar-lar kengashi maslahatchi organ edi. U yirik 
boyarlar, oliy ruhoniylar: mit-ropolitlar, yepiskoplar va boshqalardan iborat tarkibda edi. Kengashda urush, sulh, boshqa 
davlatlar bilan ittifoq tuzish masalalari hal qilinardi. U qonunlarni muhokama qilar, ba’zi sud funksiyalarini ham amalga 
oshirar, harbiy, ma’muriy, moliyaviy va boshqa masalalarni hal etishda ishtirok etardi. Knyaz yo‘qligida yoki o‘limidan 
keyin Kengash asosiy hokimiyat organi bo‘lib qolardi. Lekin u doimiy organ bo‘lmay, vakolatlari ham aniq 
o‘rnatilmagandi. U knyaz tomonidan vaqti-vaqti bilan chaqirilgan. 
Buyuk knyaz zarur hollarda Veche - shahar aholisining yig‘ilishini ham o‘tkazardi. Vecheda asosan erkaklar 
qatnashardi. Xoloplar va oila boshlig‘iga bo‘ysunuvchilar qatnasha olmasdi. Veche knyazni saylash, tasdiqlash yoki 
ishdan olish, urush va tinchlik, yuqori mansabdor shaxs-larni tayinlash masalalarini hal qilardi. Unda qarorlar 
baqirishlar yo‘li bilan qabul qilingan. Keyinchalik feodalizm rivojlanishi bilan Veche o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. 
Maxsus hollarda knyaz tomonidan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etish uchun 
feodallarning syezdlari chaqirilardi. Syezdlarda knyazlarni saylash va haydash, urush e’lon qilish, tinchlik 
shartnomalarini imzolash, yangi qonunlar chiqarish va boshqa masalalar hal qilinardi. 
Davlat apparati tizimida markazda saroy-votchina boshqaruvi, joylarda esa boqimandalik (kormleniya) 
tizimi mavjud edi. 
Dastlab harbiy boshliqlardan iborat mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar bo‘lgan. Keyin mingboshi harbiy 
boshliqqa aylangan, yuzbo-shi esa shaharning sud-ma’muriy mansabdor shaxsi bo‘lib qolgan. Keyin-chalik 
boshqaruvning songa oid tizimi o‘rniga saroy-votchina boshqaruv tizimi vujudga keladi va buyuk knyaz xo‘jaligida 
saroybon, xazinachi, otboqar singari xizmatchilar shakllanadi. 
Joylarda boshqaruv juda sodda tashkil etilgan. O‘lkalarda mahalliy knyazlardan tashqari noiblar (namestniklar) 
va volost boshqaruvchilari ham mavjud edi. Ular o‘z xizmatlari evaziga aholidan yegulik («korm») olardilar. Shu tariqa 
kormleniya (boqimandalik) tizimi vujudga keladi. 
Armiyani  buyuk knyaz drujinasi  tashkil etgan. Drujinniklar profes-sional jangchilar bo‘lib, ayni vaqtda 
knyazning maslahatchilari ham edi. Yollanma jangchilardan ham foydalanilgan. 
Sud ma’muriy hokimiyatdan ajralmagan edi. Uning tepasida buyuk knyazning o‘zi turardi. Virniklar - odam 
o‘ldirganlik uchun jarimalarni yig‘uvchilar sud ishlarini yuritishga yordam berardi. Votchina sudi mavjud bo‘lib, har bir 
yer egasi o‘ziga qaram kishilarni sud qilishi mumkin edi. Cherkov ham sud organi edi.  
Rusda qonunchilik eng qadimgi vaqtlardan ma’lum. Bundan knyaz Olegning 907 yilda greklar bilan tuzgan 
shartnomasi ham dalolat beradi. 
Rus huquqining eng yirik yodgorligi Rus haqiqati hisoblanadi. Unga quyidagilar kiradi: 
1. Yaroslav haqiqati taxminan XI asrning 30-yillarida tuzilgan. Uning manbalarini odat huquqi, knyazlarning 
qonunchiligi, sud amaliyoti tashkil etadi. 
2. Yaroslavichlar haqiqati esa 1052 yoki 1072 yillarda Kiyevda tuzilgan. Yaroslav haqiqati va Yaroslavichlar 
haqiqati Rus haqiqatining qadimiy matni hisoblanib, qisqa haqiqat deb yuritiladi. 
3. «Mufassal haqiqat» Yaroslav Ustavi va Vladimir Monamax Ustavidan iborat bo‘lib, Monomax davrida 
(1112-1125 yillar) Kiyevda tuzilgan. Uning manbalari: knyazlarning qonunlari va sud amaliyoti hisoblanadi. 
Qadimgi Rusda ustavlar, shartnomalar, knyazlarning yorliqlari, cher-kov ustavlari, podsho huquqining 
to‘plamlari, masalan, darg‘a kitoblari (kormchie knigi) va boshqalar ham bo‘lib, huquq manbalarini tashkil etgan. 
Qadimgi rus qonunchiligi ancha rivojlangan fuqarolik-huquqiy nor-malarni tan oladi. Qonunlarda mulkiy 
munosabatlar keng ifoda etilgan. Mulkni himoya qilish qonunlarning eng asosiy maqsadlaridan biriga aylantirilgan edi. 
«Mufassal haqiqat»ning 72-moddasida yerlar, o‘rmonlar va tomorqa uchastkalari o‘rtasida chegaralar o‘rnatilganligi 
ko‘rsatilib, uni buzganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan. Shu bilan birga harakatdagi mulklarga nisbatan ham mulk 
huquqi o‘rnatilgan edi. 
Majburiyatlar zarar yetkazishdan va shartnomalardan kelib chiqqan. Masalan, birovga tan jarohati yetkazgan 
shaxs jinoiy jarima bilan birga jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun ham, jumladan vrach xizmatlari uchun jarima 
to‘lashi lozim edi. 
Rus haqiqati vasiyat bo‘yicha va qonuniy merosni tartibga soladi. Meros qoldiruvchi faqat o‘z oila a’zolariga 
vasiyat qilishi yoki kimnidir merosdan mahrum qilishi mumkin edi. Uning vasiyati o‘zgarmas hisob-langan. Vasiyat 
bo‘lmasa meros o‘g‘illar o‘rtasida qonuniy tartibda taq-simlangan. Qizlarga sep-sidirg‘a ajratilgan. Eng kenja o‘g‘ilga 
merosdan ko‘proq - umumiy mulkdan o‘z hissasi va uy, tomorqa o‘tgan. O‘g‘illar bo‘lmasa, qizlar merosxo‘r bo‘lgan. 
Faqat boyarlarning qizlari merosxo‘r bo‘lishi mumkin edi. Smerdlarning qizlari meros huquqidan mahrum etilib, faqat 
erga tegmagan bo‘lsa sep-sidirg‘a uchun hissa olardi xolos. Boshqa barcha hollarda meros knyaz foydasiga hal 
qilinardi. 
Jinoyat huquqi borasida Rus huquqining imtiyoz huquqiga ega ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, 
xoloplarning shaxsi va mulki umuman himoya qilinmagan. Ular jinoyat subyekti hisoblanmagan. Qaram dehqonlarning 
shaxsi va mulki erkin kishilarnikiga qaraganda kamroq darajada himoya qilingan. Masalan, Rus haqiqatida ognishanin 
(yuqori tabaqa vakili) yoki knyazlik erkagini o‘ldirganlik uchun aybdor knyaz foydasiga 80 griven, erkin kishini 
o‘ldirganlik uchun esa - 40 griven, smerdni o‘ldirganlik uchun bor-yo‘g‘i 5 griven jarima to‘lashi nazarda tutilgan. 
Rus haqiqati bo‘yicha jinoyat  tushunchasi «ozor yetkazish» sifatida ifoda etilgan. Bunda moddiy, jismoniy 
yoki ma'naviy talofat yetkazish hisobga olinmagan. Jinoyat subyekti feodallar, shaharliklar va dehqonlar bo‘lgan. 
Xoloplar va qullar qilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Ular uchun xo‘jayinlari javob bergan. Rus 
haqiqati bo‘yicha, xolop erkin kishini ursa, erkin kishi xolopni o‘ldirish huquqiga ega edi. Bu qoida knyaz Yaroslav 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə