“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


Novopodryadchiklar (yangi ijarachilar)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92

 
94
Novopodryadchiklar (yangi ijarachilar) ham mavjud edi. Ular ko‘pincha boshqa feodallardan qochib kelgan 
dehqonlar edi. Yangi ijarachi dehqonlar davlat majburiyatlaridan, ba’zi feodal majburiyatlaridan ham ozod qilingan edi. 
Ular odatda votchinnik yoki pomeshchikdan yor-dam yoki pul qarz olib turar va qarzlarini to‘lab bo‘lganlaridan so‘ng 
bosh-qa feodallarga o‘tib ishlash huquqiga ega bo‘lar edilar. Agar novo-podryadchik bir yerda ko‘p yil yashab qolsa, u 
starojiletsga aylanardi. 
Qaram kishilarning yana bir guruhini serebrenniklar tashkil etgan. Bular feodallardan «serebro» (kumush), 
ya’ni qarzga pul olib, unga ishlab berishlari lozim bo‘lgan dehqonlar edi. Foizlar juda yuqori bo‘lganligi uchun ularning 
qarzlarini to‘lashi juda og‘ir bo‘lgan. Serebrennik qarzini to‘lamagunicha xo‘jayinidan keta olmasdi.  
Qaram kishilarning alohida guruhini polovniklar  tashkil etardi. Ular buyuk knyaz yerlarida o‘z ot-ulovlari 
bilan ishlab, hosilning yarmini xo‘jayiniga berishi lozim bo‘lgan yeri yo‘q kambag‘al dehqonlar edi. 
XV asr oxirida bobillar paydo bo‘ldi. Ular feodallardan turar joy, ba’zan yer olib ishlaydigan dehqonlar edi. 
Ularning yerlaridan soliq olinmasdi. Ular qishloq jamoasiga bog‘liq dehqonlar edi. 
Bu davrda xoloplarning ba’zilari feodallarga aylangan, ba’zilari yerga biriktirildi, ba’zilari erkinlikka 
chiqarildi. Albatta, xoloplar ham saqla O‘rta asrlarda Hindiston huquqining asosiy belgilari.nib qoldi. O‘zini 
xoloplikka sotish uchrab turardi. Xoloplar va dehqonlar orasidagi farq juda kamaygan edi. Shaharlarda knyaz 
hokimiyati vakillari, savdogarlar va hunarmandlar yashardi. 
Moskva davlati ilk feodal monarxiyasi bo‘lib qolaverdi. Dastlab syuzerenitet-
vassallitet munosabatlari mavjud edi. Keyinchalik markaz va joylar o‘rtasidagi munosabatlar 
immunitet yorliqlariga va shartnomalarga asoslanardi. Udel knyazlari buyuk knyazlardan 
xizmatlar evaziga yorliqlar olib unga bo‘ysunardi. 
Davlat boshlig‘i buyuk knyaz hisoblangan. U katta huquqlarga ega bo‘lib, qonunlar 
chiqarar, davlat boshqaruviga rahbarlik qilar, sud vako-latlariga ega edi. Uning hokimiyati vaqt o‘tishi bilan kuchayib 
bordi. 
Davlatning muhim organi Boyarlar dumasi hisoblangan. U Qadimgi Rusdagi Kengashdan o‘sib chiqqan. 
Boyarlar dumasining vakolatlari bu-yuk knyaz vakolatlariga mos tushgan. Lekin bu holat hech qayerda 
rasmiylashtirilmagan edi. Buyuk knyaz Boyarlar dumasi bilan hisob-lashishi shart emas edi. Biroq, uning barcha 
qarorlari boyarlar tomonidan ma'qullanmasa, hayotga tadbiq qilinmasdi. Vaqt o‘tishi bilan buyuk knyaz Boyarlar 
dumasini o‘ziga bo‘ysundirdi. 
Feodallar syezdlari ham xuddi ilgarigidek chaqirilib turardi. Ilgarigi saroy-votchina boshqaruvi o‘rniga asta-
sekin yangi prikaz (mahkama) boshqaruvi  vujudga keladi. Avvalo saroy-votchina boshqaruvi murak-kablashtirilib, 
saroy chinlari doimiy xizmatga aylantirildi. XV asrning II yarmidan mahkama tizimi kelib chiqa boshlab, XVI asrning 
II yarmida rasmiylashtirildi. Shu vaqtdan boshlab «prikaz» atamasi ham o‘rnatildi. 
Rus davlati uyezdlarga bo‘linib, ular stanlarga, stanlar volostlarga bo‘lindi. Biroq xali bir xildagi ma’muriy-
hududiy birlik to‘liq ishlab chi-qilmagandi. Ba’zi joylarda yerliklar (udellar) ham saqlanib qolgandi. Harbiy okruglar, 
gublar, sud okruglari ham saqlanib qoldi. 
Rus haqiqati huquqning asosiy manbai bo‘lib qo-laverdi. Odat huquqi ham 
harakatda edi. Markazlash-tirish maqsadida ustav yorliqlari ham chiqarildi. Bu 
davrning eng muhim huquq yodgorligi 1497 yilgi Sudebnik (Qonun-noma) edi. U Rus 
davlatining yagona sud amaliyotini joriy qildi, yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soldi, mayda va o‘rta feodallar – dvoryan-lar va boyarlarning bolalarining maydonga 
chiqishini rasmiylashtirdi. Ayniqsa, u dehqonlarni yoppasiga krepostnoylashtirishni boshlab berdi. Chunki unda Yuriy 
kuni joriy qilingan edi. 
Bu davrda mustaqil jamoa yer egaliklari deyarli yo‘qolib ketgan 
edi. Jamoa yerlari votchinniklar va pomeshchiklar qo‘liga o‘tadi, knyazlik 
yer egaligi mustahkamlanadi, votchina egasi unga deyarli chek-lanmagan 
huquqlarda egalik qiladi. U votchinaga egalik qilish, undan foydalanish va 
uni tasarruf qilish, ya’ni sotish, hadya qilish, meros qilib o‘tkazish 
huquqiga ega edi. Shu bilan birga votchina shartli yer egaligi edi. Chunki knyaz o‘zidan ketgan vassalning yerini 
qaytarib olishi mumkin edi. 
1497 yilgi Qonunnoma shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga 
Rus 
haqiqatiga qaraganda kam o‘rin ajratdi.  
1497 yilgi Qonunnoma Rus haqiqatiga qaraganda 
zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni ancha 
aniq ko‘rsatib 
beradi. 
Bunda kam o‘zgarishlar yuz 
berdi. Lekin Qonunnoma meros huquqida ancha umumiy 
va aniq normalar o‘rnatgan.  
Bu davrda jinoyat huquqi ancha taraqqiy qildi. Bu 1497 yilgi Qonunnomaning 
chiqarilishi bilan bog‘liq edi. Unda jinoyatga ancha aniq tushuncha berildi. Davlat yoki 
hukmron sinfga tajovuz qiluvchi har qanday harakatlarga jinoyat deb tu-shunilgan. Jinoyat 
atamasini qo‘llab Qonunnoma Pskov sud yorlig‘idan farq qiladi. Unda «yomon ish» (lixoe 
delo-yomon, yovuz ish) jinoyat deb tushunilgan. 
Bu davrda tortishuvchilik jarayoni yanada rivojlan-di va sud ish yuritishining 
yangi shakli - qidiruv paydo bo‘ldi. Tortishuv jarayonida ish da’vogarning arznoma deb 
Davlat 
tuzumi
 
Huquq 
manbalari
 
Mulk huquqining 
tartibga solinishi
 
Majburiyat 
huquqi
 
Meros 
huquqi
 
Jinoyat 
huquqi
 
Sud 
jarayoni
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə