88
ajratilishiga" ruxsat berardi.
O‘rta asrlarda Angliyada meros qoldirishning qan-daydir
yagona tizimi mavjud emas
edi.
Real mulkning me-ros bo‘yicha o‘tishini maxsus, sekin almashinadigan tartibi shaxsiy
mulkning meros bo‘lib o‘tishidan farq qilgan. "Umumiy huquq" vasiyat bo‘yicha merosni
nazarda tutmaydi. Vasiyat amalda ishonib topshirilgan mulk instituti bilan birga joriy etilgandi.
Vaqt o‘tishi bilan ishonib topshirilgan mulk voyaga yetmaganlar tomonidan qonun bo‘yicha
ham, vasiyat bo‘yicha ham meros qilib olinishi tartibini belgilaydigan bo‘ldi, chunki har ikki holda ham ularning
mulkini boshqarish uchun mulk ishonib topshiriladigan shaxsni tayinlash talab etilardi.
Vasiyat qoldirmagan shaxsning harakatdagi mulklariga dastlabki da’vo qilish huquqi
beva qolgan xotinga
(agar eri o‘lsa) yoki erga (agar xotini o‘lsa) tegishli edi. Bu institut ingliz huquqida curtesy - "iltifot" degan nom olgan.
Angliyada o‘rta asrlar jinoyat huquqi me’yorlari ma’lum darajada sud amaliyoti
bilan yaratilgan. Jinoiy statut huquqi jinoyat huquqining boshqa manbalari orasi-da "umumiy
huquq"ning tegishli me’yorlarini to‘liq yoki biroz o‘zgar-tirilgan ko‘rinishda aks ettirishdan
boshqa narsa emas edi. Bunda qiyin-chiliklar shundan ham kelib chiqardiki,
jinoyat va
fuqarolik huquq buzar-ligi bir-biridan ko‘proq huquqqa xilof xatti-harakatlari tabiati
bo‘yicha ajratilardi. Aynan bitta xatti-harakat ham fuqarolik, ham jinoiy huquq-buzarlik bo‘lishi mumkin edi, chunki
huquq yuqorida ko‘rsatil-ganidek, da’voning har ikkala shakliga va unga mos ravishda fuqarolik (ma’lum huquqlarning
tasdiqlanishi yoki tiklanishiga qaratilgan) yoki jinoiy (hu-quqbuzarlik xatti-harakatini sodir etganlik uchun
huquqbuzarni jazo-lashdan iborat o‘z ob’yektiga ega bo‘lgan) jarayoniga yo‘l qo‘ygan.
Dastlab XIII asrda
feloniya tushunchasi paydo bo‘lgan. Angliya jinoyat huquqida o‘lim jazosi bilan bir qatorda
mulkni musodara qilish nazarda tutilgan barcha jinoyatlar feloniya deb atalgan
77
. Aynan
felony degan iboraning
lug‘aviy ma’nosi ham shundan darak beradi, ya’ni bu ibora fee - feodal egalik va lon - baho degan so‘zlarning
birikmasidan kelib chiqqan.
Misdiminor ilgari fuqarolik tartibida yetkazilgan zararning undirilishiga olib keluvchi huquqbuzarliklardan
asta-sekin rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu guruhga firibgarlik, qalbaki hujjatlar tayyorlash, soxta narsalar yasash kabi
jiddiy jinoyatlarning kiritilishi bilan feloniya va misdiminor o‘rtasidagi qat’iy chegaralar yo‘qolib bordi. Bunga jinoyat
sodir etilganda u yoki bu shakldagi da’voni tanlash imkoniyati ham ko‘maklashgan.
Feloniya haqidagi da’vo
qanoatlantirilgan holda, masalan, badanga shikast yetkazganda jinoyatchi hayoti bilan javob bergan,
agar jabrlanuvchi
huquqlari buzilgani haqida da’vo qilsa, unda bu jinoyat misdiminorga taalluqli bo‘lgan va jinoyatchiga turma yoki
jarima jazosi nazarda tutilgan.
Genrix VIII va Yelizaveta I davrida ko‘plab mana shunday qonunlar chiqarildiki, ular tilanchilar va daydilarga
nisbatan og‘ir jazolar belgila-ganliklari bilan tavsiflanadi. 1530 yildagi qonunga ko‘ra, shunday kishilar birinchi marta
qonga botirib urilgan, ikkinchi marta qulog‘i
qirqilgan, uchinchi marotada esa qatl etilgan. Bunday qonunchilik Angliya
tarixida
"Qonli qonunchilik" nomini oldi.
Jazolarning maqsadlari ingliz feodal huquqi rivojlanishining alohida bosqichlarida o‘zgarib turgan. Dastlab
jazoning asosiy maqsadi jabrlanuvchi va uning qarindoshlarini yetkazilgan zararni undirish bilan qanoatlantirish
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish uchun qo‘rqitish bo‘lib qolgan. Keyingi
maqsadda juda og‘ir jazo turlaridan, masalan, tirik tandan ichak-chavoqlarni sug‘urib olish, o‘lguncha darra bilan
savalash va boshqa shu kabilardan keng foyda-lanilgan. XVII asrda Angliyada 50 ga yaqin jinoyatlar uchun o‘lim jazosi
belgilangan edi. O‘lim jazosi turli shakllarda amalga oshirilgan. Ularning ichida o‘tda kuydirish, osib o‘ldirish, to‘rt
bo‘lakka bo‘lib tashlash, charxpalakka tortib o‘ldirish jazolari keng qo‘llangan. Qirollik tinchligini buzganlik uchun,
cherkovda odam o‘ldirganlik uchun, o‘z xo‘jayinini o‘ldirganlik uchun va turli o‘g‘riliklar sodir etganlik uchun o‘lim
jazosi nazarda tutilgan. Tan jazolari juda xilma-xil jinoyatlar uchun qo‘llanilgan. Bunday jazolarga qo‘llarini,
quloqlarini, burnini va boshqa tana a’zolarini kesish kabilar kirgan. Jazolardan yana bir turi tamg‘a bosish jazosi bo‘lib,
u asosan jinoyatchini sharmanda qilish maqsadini ko‘zlagan. Lekin, o‘rta asrlar ingliz jinoyat huquqida eng ko‘p
tarqalgan jazo jarima bo‘lgan. Bulardan tashqari hukmron tabaqa uchun ro‘zaga amal qilish jazosi ham qo‘llangan.
(Ro‘za xristianlarda: go‘shtli, sutli, tuxumli taomlarni yeyish man qilingan kunlar).
Ingliz-sakslar davlatining dastlabki davrida
sud tekshiruvi jabrlanuvchi
yoki
uning qarindoshlari tashabbusi bilan boshlangan. Davlat va uning organlari
kuchayishi bilan ta’qib qilish funksiyasi ularga o‘tgan.
Angliyada sud jarayonining ayblov xarakteriga ega bo‘lganligi munosabati
bilan bu yerda maxsus mansabdor shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan davlat ayblovi instituti rivojlanmagan.
XIII asrdan professional huquq himoyachilari paydo bo‘lgan. Ular ikki toifaga: baristerlar va solisitorlarga,
yoki attoreylarga bo‘lingan.
77
Feloniya turiga oid jinoyat sodir etganlik uchun mol-mulkning musodara qilinishi faqat XIX asrga kelib
bekor qilingan.
Meros
huqu
Jinoyat
huquqi
Sud
89
O‘RTA ASRLARDA ROSSIYA DAVLATI VA HUQUQI TARIXI (IX ASR-XIX ASRNING O‘RTASI)
1. Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar).
2. Siyosiy tarqoqlik davrida Rusda davlat va huquq (XII-XIV asrlar).
3. Oltin O‘rda davlati va huquqi (XIII-XV asrlar).
4. Markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi va huquqning rivojlanishi.
5. Rossiyada tabaqa-vakillik monarxiyasi (XVI asrning o‘rtalari-XVII asrning o‘rtalari).
6. Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topishi va rivojlanishi (XVII asrning II yarmi-XIX asr boshi).
7. Mutlaq yakka hokimlik davrida Rossiyada huquqning asosiy belgilari.
8. Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabatlarning o‘sishi davrida Rossiya davlati va huquqi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998.
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarihi. Samarqand.1992.
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996.
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996.
6. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ.
7. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ.
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..2003.2- qism
9. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism
1. Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)
VI-VIII asrlar sharqiy slavyanlarda urug‘ ja-moa tuzumining to‘la
yemirilishi va feodal muno-sabatlarning o‘rnatilishi davri bo‘lgan. O‘sha vaqt-da
ijtimoiy tuzumning asosini patriarxal oila jamoasi tashkil etgan. Bundan
qo‘shnichilik qishloq jamoasi o‘sib chiqqan. Bu esa feodalizm rivojlanishi-ning
boshlanishi edi. Alohida oilalar
ajralib chiqib, yakka xo‘jalik yuritish rivojlangan.
Jamoaning haydaladigan yerlari va maydonzorlari alohida oilalar qo‘liga o‘tgan. Faqat o‘rmon boyliklari, suv singarilar
jamoa qo‘li-da qolgan. Bu vaqtda qullar ham bo‘lib, qullik patriarxal, uy xarakterida edi. Qulning mehnati ikkinchi
darajali, yordamchi ahamiyatga ega edi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch qishloq jamoasi edi.
IX asrning II yarmi - X asrning boshida Novgorod knyazi Oleg Novgorod, Kiyev va boshqa slavyan qabilalari
ittifoqlarini o‘z hukmronli-giga bo‘ysundirib, qadimgi Rus davlati yoki Kiyev Rusiga asos soladi. Bu jarayon knyaz
Oleg tomonidan 882 yilda Kiyevning bosib olinishi bilan nihoyasiga yetgan deb hisoblanadi.
IX asrda qadimgi Rusda feodal munosabatlar, ya’ni feodallarning
yerga egaligi
paydo bo‘ladi. Qabila boshliq-lari katta yer egalariga aylanadi. Feodal yer egalariga: knyaz,
boyarlar va ruhoniylar kirardi. Knyaz eng yirik yer egasi bo‘lib, uning yer egaligi jamoa
yerlarini, bo‘sh yerlarni egallab olish orqali kenga-yib bordi.
Boyarlar - urug‘, qabila
ichidan o‘sib chiqqan savdogarlar, ja-moa a’zolari, boy hunarmandlar bo‘lib, asta-sekin
knyazning vassaliga aylangan. Knyaz drujinachilari ham boyarlarga aylandi. Ular xizmat uchun yer olib, tobora boyib
boradilar. Yerga egalikning asosan quyidagi ikki shakli mavjud bo‘lgan: votchina va pojalovaniya (xizmat uchun haq)
tarzida in'om qilingan yerlar.
Mehnatkashlar ommasining
asosiy qismini smerdrlar (feodallar tomonidan asoratga solingan qishloq aholisi)
tashkil etardi.
Zakuplar ham bo‘lib, ular feodallardan kupa - pul summasi yoki natural yordam olib, buning evaziga
unga ishlab berishi lozim edi. Ularning qarz to‘lashi juda og‘ir edi. Agar zakup qochsa, xolopga - qulga aylantirilardi.
Lekin zakupni urish, xoloplikka sotish mumkin emas, uning sudga shikoyat qilish huquqi mavjud edi. Zakupning mulki
ham daxlsiz hisoblanardi.
Qadimgi Rus davlatida
qullar ham bo‘lgan. Ular
xoloplar, chelya-dinlar deb atalgan. Lekin qulning mehnati
uy xarakterida edi. Dehqonlar qarzini o‘z vaqtida to‘lay olmasa, ruxsatsiz uylansa, xo‘jayinini haqorat qilsa xolopga
aylanishi mumkin edi. Qullar umuman huquqsiz bo‘lib, ular uchun xo‘jayini javob berardi.
Kiyev Rusi qat’iy markazlashgan davlat emas edi. U boshqarish shakliga ko‘ra
ilk
feodal monarxiyasi bo‘lib, u syuzerenitet-vassalitet prinsipiga asoslanardi.
Kiyev knyazi
buyuk knyaz hisoblansa ham hokimiyati kuchli emas edi. Joylardagi knyazlar unga, ya’ni
syuzeren knyazga vassal hisoblanardi. Kiyev knyazi va mahalliy knyazlar o‘rtasida krest (xoch,
but)ni o‘pib, qasam ichish orqali shartnomalar tuzilardi. Bunday shartnomalarda katta
knyazlarning huquq va majburiyatlari o‘rnatilardi. Bular: «kichik, vassal knyazlarga har-biy yordam ko‘rsatish, yer
berish va uni himoya qilishdan iborat edi. Vassal syuzerenga quloq solishi, harbiy, iqtisodiy yordam berishi, uni hur-
mat qilishi lozim edi va hokazo. Knyazlararo shartnomalarni buzganlik uchun vassallar yeridan mahrum qilinardi.
Davlat tepasida
buyuk knyaz turgan. U sud, harbiy va qonun chiqarish hokimiyatiga ega edi. Tashqi
Davlatning
tashkil
Ijtimoiy
tuzumi
Davlat
tuzum