98
dehqonlarni pomeshchiklar
soti-shi, hadya qilishi, almashtirishi, garovga qo‘yishi mumkin edi. Ularning zimmasidagi
obrok va barshchinalarning miqdorini pomeshchiklarning o‘zlari belgilardilar. Pomeshchiklar bularni sud qilish,
jazolash huquqiga ega edilar.
Bu davrda Rossiya boshqarish shakliga ko‘-ra, mutlaq monarxiya
(samoderjavie) davlati bo‘-lib qolgan edi. Bunda
oliy hokimiyat butunlay va
bo‘linmasdan podshoga tegishli bo‘lgan. Lekin bu jarayon birdaniga yuz bermadi.
XVII asrning II yarmida hali Boyarlar dumasi mavjud bo‘lsa ham, lekin ilgarigi ahamiyati-ni yo‘qotgan edi.
Boshqaruvda ilgarigidek nasliy boyarlar muhim rol o‘y-nardi, joylarda dvoryanlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
saqlanib qolgandi, cherkov davlatga to‘liq bo‘ysundirilmagan edi. XVIII asrning bi-rinchi yarmida Petr I davrida
samoderjaviyening yanada rivojlanishi va mustahkamlanishi, tabaqa-vakillik organlari qoldiqlarining tugatilishi sodir
bo‘ldi.
Oliy hokimiyat va boshqaruv organlari. Imperator. Shimoliy urushdan keyin Rossiya qudratli davlat bo‘lib
qoldi. 1721 yilda Senat Petr I ni imperator va hokimi mutlaq deb e’lon qildi. Shu vaqtdan boshlab Ros-siya imperiya
deb yuritila boshladi. Imperator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, qonun chiqarish, ijro etish huquqi faqat unga
tegishli edi. Barcha davlat boshqaruvi unga bo‘ysundi. Imperator sud hokimiyatining boshlig‘i hisoblanib,
sudlarning
barcha qaror va hukmlari uning nomidan chiqarilardi. Oliy cherkov hokimiyati ham unga tegishli bo‘lib qoldi.
Imperator bu hokimiyatni maxsus ta’sis etilgan Sinod orqali amalga oshirardi. Rus provaslav cherkovi boshlig‘i-
patriarx mansabi tugatildi. Petr I taxtga voris qilib xohlagan kishisini tanlashi mumkin edi.
Senat. 1711 yilda Petr I Prut yurishiga keta turib, davlatni boshqarish uchun o‘z yaqinlaridan iborat Senatni
tashkil etdi. Petr I Prut yurishidan qaytgach, Senat doimiy hukumat organiga aylantirildi. Uning tarkibiga imperator
tomonidan tayinlangan 9 ta senator va ober-sekretar kiritildi. 1718 yilda kollegiyalar tashkil etilishi bilan ularning
prezidentlari ham Senat tarkibiga kiritildi. Keyin 1722 yilda uchta asosiy kollegiyalar:
tashqi ishlar, harbiy va flot
kollegiyalarining prezidentlaridan tashqari boshqa kollegiyalarning prezidentlari senat tarkibidan chiqarildi. Shu
vaqtdan boshlab Senat kollegiya faoliyati ustidan ham nazorat qilib turadigan bo‘ldi.
1711 yilda nazorat funksiyasini amalga oshirish uchun
ober-fiskal mansabi, 1723 yildan esa
bosh-fiskal
mansabi ta’sis etildi. Unga kolle-giyalardagi, provinsiyalardagi va shaharlardagi fiskallar bo‘ysundirilgan. Fiskallarning
funksiyasiga mansabdor shaxslarning suiiste’molliklarini yashirincha aniqlash, davlat xazinasi manfaatlarini himoya
qilish, jinoyat-chilik bilan kurash olib borish kabilar kirardi. Biroq tez orada fiskallarning o‘zi suiiste’molliklarga,
poraxo‘rlikka berilib ketadilar. Shu sababli Petr I ning vorislari fiskallik institutini tugatadilar.
1722 yilda
prokuratura tashkil etildi. Unga bosh prokuror va uning yordamchisi - ober prokuror boshchilik
qilardi. Ularga kollegiyalardagi va dvoryanlarning provinsial sudlaridagi prokurorlar bo‘ysundirildi.
1720 yilda
Senat huzurida bosh-reketmeystr mansabi ta'sis etildi. U kollegiya va boshqa markaziy
muassasalarning noto‘g‘ri qarorlari va sansalorliklari ustidan shikoyatlarni qabul qilar va ko‘rib chiqardi. Bu haqdagi
ishlar podshoga ma’lum qilinar va shundan so‘ng ular bo‘yicha oxirgi qaror chiqarilardi. Bosh-reketmeystrlik mansabi
1763 yilda Senatning qayta tashkil etilishi bilan tugatildi.
Bundan
tashqari, Senatga bevosita
geroldmeystr-dvoryanlar tabaqa-si ishlarini yurituvchi mansabdor shaxs
ham bo‘ysungan. U dvoryanlarni hisobga olish, ularning xizmat o‘tashini hisobga olish, davlat mansablariga
tayinlanishini hisobga olish va hokazo ishlar bilan shug‘ullangan.
1731 yilda Senat huzurida
Yashirin qidiruv ishlari devonxonasi tuziladi. U davlat jinoyatlarini tergov qilardi.
1762 yilda bu organ tugatil-gan, lekin tez orada Senatning
yashirin maxfiy ekspeditsiyasi ta’sis etilib, u muhim siyosiy
jinoyatlarni, jumladan, Pugachov, Radishchev va bosh-qalarning ishlarini tergov qilish bilan shug‘ullangan.
Oliy maxfiy kengash. Bu davlat organi 1726 yilda Petrning tul xotini Yekaterina I tomonidan ta’sis etildi.
Uning tarkibiga imperatorning 7 ta eng yaqin kishilari kiritildi. Kengash juda muhim ichki va tashqi siyosat
masalalarini
hal qilardi. Hatto imperator barcha muhim qonunlarni Oliy maxfiy kengash roziligi bilan chiqarishi lozim edi. Bu
Kengashga Senat va Sinod ham bo‘ysungan. Bosh prokuror mansabi tugatilgan.
1731 yilda Anna Ivanovna uch ta ministrdan iborat
Ministrlar Kabineti ta’sis etadi. Lekin 10 yil o‘tgach, uni
Yelizaveta Petrovna tugatadi va Senatning ilgarigi ahamiyatini tiklaydi. Yelizaveta Petrovna 1756 yilda maslahatchi
organ -
Yuqori saroy konferensiyasi ta’sis etib, unga tashqi siyosat va qurolli kuchlarni tashkil etish masalalari bilan
shug‘ullanishni topshiradi. Undan keyin ham imperatorlar huzurida turli maslahatchi
organlar tashkil etilgan, lekin ular
mustaqil bo‘lmagan.
Kollegiyalar. Petr mahkama tizimini tugatib, uning o‘rniga kolle-giyalar ta’sis etgan. O‘sha vaqtda hammasi
bo‘lib 12 ta kollegiya mavjud edi. Ulardan uchtasi: harbiy, flot va tashqi ishlar kollegiyalari asosiylari edi.
Uchta kollegiya moliyaviy kollegiyalar bo‘lgan: 1)
kamer-kollegiya davlat daromadlari bilan shug‘ullangan;
2)
shtats-kontor-kollegiya davlat harajatlarini hal qilgan; 3)
revizion-kollegiya davlat mablag‘larini harajat qilish va
daromadlarini kelib tushishi ustidan nazorat qilgan.
Uchta kollegiya savdo-sanoat kollegiyalari hisoblangan:1)
berg-kollegiya tog‘ va metallurgiya sanoatini
yuritgan; 2)
manifaktur-kollegiya yirik
sanoatga rahbarlik qilgan; 3)
kommerts-kollegiya savdo masalalari bilan
(ko‘proq tashqi savdo bilan) shug‘ullangan.
Bosh magistrat - shaharlarni boshqarib, kollegiya huquqlariga ega bo‘lgan. Sinod kollegiyalar ichida muhim
o‘rin tutgan. Kollegiyalar mah-kamalardan farq qilib, bu yerda davlat boshqaruv masalalari aniq taqsim-lab qo‘yilgan
edi. Bundan tashqari, kollegiyalar yagona tizimga ega edi. Ularning har birini prezidenti, vitse-prezidenti, to‘rttadan
maslahatchisi, to‘rttadan asessori hamda devonxonasi mavjud edi. Bular har kuni yig‘ilib turardi. Barcha qarorlar
ovozga qo‘yilib, ko‘pchilik ovoz bilan hal qili-nardi (mahkamalarda esa yakka boshliq hal qilardi).
Davlat tuzumi