“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92

 
100
Mulk ijarasi shartnomasi juda keng tarqalgandi. U vasiqa tartibida tuzilgan. Shartnoma predmeti ham 
harakatdagi, ham ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin edi. Ijara haqi va mulkdan foydalanish muddati tomon-larning 
kelishuvi bilan belgilanardi. 
Hadya va ayirboshlash shartnomalari faqat 1714 yilgi Farmonda belgilangan doiralarda cheklangandi, ya’ni 
ular ko‘chmas mulklarga taal-luqli emas edi. Bu cheklovlar 1731 yilda bekor qilindi. Yuk tashish shart-nomasi 
monaxlardan tashqari barcha shaxslar tomonidan har qanday hara-katdagi mulklar bo‘yicha tuzilishi mumkin edi. Faqat 
monaxlarga Diniy reglament bo‘yicha begona ashyolarni va pullarni saqlashga olish taqiqlan-gandi. Yukni saqlashga 
olgan shaxs uning butunligini va buzilmasligini saqlashi va egasining birinchi talabi bilan darhol qaytarishi lozim edi. 
Nikoh va oila qonunchiligida Petr I davrida katta o‘zgarishlar qilindi. Avvalo 1714 yilgi 
“Yagona vorislik haqida”gi farmon bilan nikoh yoshi erkaklar uchun - 20 yoshgacha, ayollar uchun 
- 17 yoshgacha ko‘tarildi. 
1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon bo‘yicha meros 
huquqida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Meros qonun bo‘yicha va 
vasiyat 
bo‘yicha 
qoldirilgan. Ko‘chmas mulkni vasiyat qilib qoldirishda meros 
qoldiruvchining erki an-
cha cheklangan edi. U ko‘chmas mulkni o‘g‘illaridan biriga vasiyat qilib 
qoldirishi mumkin edi. 
Boshqa o‘g‘illarga harakatdagi mulklardan hissa ajratilgan. Agar 
o‘g‘illar bo‘lmasa, ko‘chmas mulkka qizlardan biri meros-xo‘r etib tayinlangan. Agar farzandlar bo‘lmasa, u holda 
ko‘chmas mulk faqat meros qoldiruvchi bilan familiyadosh bo‘lgan eng yaqin qarindosh-larga vasiyat qilib qoldirilishi
harakatdagi mulk esa «kimga xohlasa» shunga vasiyat qilinishi mumkin edi. Ayollarga ko‘chmas mulkning vasiyat 
qilinishi qator shartlar bilan cheklangan. Bunda avvalo ayol kishi meros qoldiruvchining familiyasini olgan bo‘lishi 
lozim edi. Agar u buni rad etsa, ko‘chmas mulk davlatga o‘tkazilgan. 
Jinoyat huquqi hukmron tabaqalar qo‘lidagi qurol hisoblangan. U davlatning 
ijtimoiy tuzumini qo‘riqlashda, feodal mulkchilikni va feodal shaxsini himoya qilishda
ekspluatatsiya qilinuvchi omma qarshiligini bostirishda muhim rol o‘yna-gan. Jinoyat 
huquqi, shuningdek, xalq ommasini tutqunlikda ushlab turish-da uni ezish uchun qulay 
imkoniyatlar beruvchi shart-sharoitlar yaratuvchi qudratli omil bo‘lib ham hisoblangan. 
Sudlar jinoiy ishlarni hal qilishda 1649 yilgi Sobor qonunlariga va undan keyingi qonunlarga amal qilardi. 
Jinoyat huquqining ko‘pgina nor-malari o‘sha davrdagi turli farmonlarda ham belgilangan edi. Harbiy arti-kullarda 
jinoyat huquqi normalari tizimga solingan va rivojlantirilgan edi. Garchand unda Umumiy qism mavjud bo‘lmasa ham, 
ammo harakat va jinoiy natija o‘rtasida salbiy bog‘lanish o‘rnatilishi zarurligi haqida, ayb, jazoning maqsad va 
vazifalari, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat haqida gapiriladi. 
Harbiy artikullar 24 ta bob, 209 ta artikul (modda)dan iborat edi. Uning bir qancha moddalariga sharhlar ham 
berilgandi. Shuni ta’kidlash kerakki, sharhlar qonun kuchiga ega bo‘lgan va juda muhim masalalarni o‘z ichiga olgandi. 
Ularda odatda qonunning mohiyati va uni qo‘llash tartibi tushuntiriladi. 
Jazoning asosiy maqsadi qo‘rqitish edi. Qo‘rqi-tish yo‘li bilan mamlakatda 
jinoyatchilikni kamayti-rishga, dvoryanlar sinfi uchun foydali bo‘lgan tartibni himoya 
qilishga harakat qilingan. O‘lim jazolari qo‘rqitish maqsadlarida odatda omma oldida 
amalga oshirilardi. 
Jazoning yana bir maqsadi - o‘ch olish hisoblangan. Odam o‘ldirish uchun - o‘lim jazosi, soxta qasam uchun - 
ikkita barmog‘ini kesish jazosi nazarda tutilgan edi. Jazoning muhim maqsadlaridan biri jinoyatchilarni jamiyatdan 
ajratib qo‘yish hisoblangan. Bu davrda surgun va turmaga qamash, tana a’zolaridan mahrum qilish va tamg‘a bosish 
jazolari keng qo‘llanilgan. 
XVII asrning ikkinchi yarmida tergov jarayonining ahamiyati kuchaytirildi. 1697 
yilgi Farmon bo‘yicha fuqarolik ishlarini hal qilishda ham, jinoiy ishlarni hal qilishda ham 
tergov jarayoni qo‘llaniladigan bo‘ldi. 
Sudlarda o‘zboshimchaliklar hukm surgan, poraxo‘rliklar, sansalor-liklar avjiga 
chiqqan edi. Sud jarayonlari ko‘pincha bir necha yilga cho‘zi-lardi. Ba’zan sud tugaguncha 
uning ishtirokchilari o‘lib ketardi. 
1775 yilgi islohot bo‘yicha ishlarni sudda ko‘rib hal qilishdan daslabki tergovni ajratishga harakat qilingan. 
 
8. Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabat-larning o‘sishi davrida Rossiya davlati va 
huquqi  
(XIX asrning birinchi yarmi) 
 
XIX asrning birinchi yarmi Rossiyada feo-dal tuzumning yemirilishi 
va 
kapitalistik munosa-batlarning kelib chiqishi bilan xarakterlanadi. Rossiyada 
burjua munosa-batlari juda sekinlik bilan rivojlandi. Feodal ishlab chiqarish 
munosabatlari ham mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi, lekin endilikda 
feodal krepostnoylik tuzumining inqirozi ko‘zga yaqqol tashlanib qolgan va kapitalistik uklad mamlakat ekonomika-
siga kirib kelgandi. Qishloq xo‘jaligida ba’zi siljishlarga erishildi: yerni qayta ishlashda mashinalardan foydalanila 
boshlandi, uch dalali tizim ko‘p dalali tizimga almashtirildi, qand lavlagi, paxta ekish ko‘paytirildi, ipakchilik rivojlana 
boshladi. 
Mamlakatda rivojlanayotgan burjua munosabatlariga xo‘jalikning krepostnoylik tizimini moslashtirish 
Oila 
huquqi
 
Meros 
huquqi
 
Jinoyat 
huquqi
 
Jazo 
Jinoyat 
jarayoni
 
Ijtimoiy tuzum
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə