“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


Mahalliy boshqaruv organlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92

 
99
Mahalliy boshqaruv organlari. Mahalliy boshqaruv sohasida islohotlar 1702 yilda boshlangan. Petr I 
uyezdlardagi guba o‘zini o‘zi boshqarishni tugatib, uning funksiyalarini voevodaga beradi. Har bir uyezdda voevodalar 
huzurida 2-4 tadan dvoryanlardan iborat dvoryanlar kengashi tashkil etiladi. 
Shahar islohoti. Petr I shahar islohoti ham o‘tkazdi. Bundan maqsad shaharlarda savdo va sanoatni 
rivojlantirish edi. Shu maqsadda savdogarlar huquqi kengaytirildi. 1699 yilda barcha shaharlarda burmistrlik yoki 
zemstvo mahkamalari ta’sis etildi. Ular o‘lponlar, soliqlar yig‘ish bilan shug‘ullanar, shuningdek, sud funksiyalarini 
amalga oshirardilar. 
1720 yilda kollegiyalar tashkil qilinishi munosabati bilan Bosh magistrat ta’sis etiladi. Burmistrlik palatasi 
tugatiladi. Burmistrlik mahkamalari o‘rniga magistratlar tuziladi. Ular savdo va sanoatni rivojlantirish, maktablar 
tashkil etish haqida g‘amxo‘rlik qilganlar, moliyaviy faoliyat yuritganlar. Petr I o‘limidan keyin Bosh magistrat 
tugatilib, shahar magistratlari mahalliy ma’muriyatga bo‘ysundirildi. 
Yekaterina II 1785 yilda shaharlarga huquq va imtiyozlar haqida yorliq chiqaradi. Bunga ko‘ra, shaharning har 
bir 6 ta razryadidan shahar yig‘ini saylanadi. Shahar yig‘ini esa Umumiy shahar dumasini, umumiy shahar dumasi - 
doimiy organ - 6 kishilik duma saylaydi. 
Politsiya boshqaruv organlari. XVII-XVIII asrlarda voevodalar, Moskvada esa - zemstvo ishlari mahkamasi 
politsiyachilik funksiyasini baja-rardi. Guberniya islohotlaridan so‘ng esa bu funksiya gubernatorlar va komendantlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 1718 yilda Petrburgda politsmeystrlar ishi bo‘yicha bosh devonxona tashkil etildi. Uning 
tepasida bosh politsmeystr turardi. Keyinroq bunday muassasa Moskvada ham tuzilgan. XVIII asrning II yarmida yangi 
politsiya organlari tashkil topdi. 
7. Absolut monarxiya davrida Rossiyada huquqning 
 asosiy belgilari 
 
Bu davrning asosiy huquq manbalarini davlat to-monidan farmonlar, 
reglamentlar, ustavlar, mani-festlar shaklida chiqarilgan qonunlar tashkil etgan. 
Farmonlar davlat faoliyatining eng muhim va juda xilma-xil tomonla-riga 
taalluqli edi. Masalan, 1714 yil 18 martdagi «Yagona vorislik haqida»gi farmon, 1722 
yilgi «Rutbalar jadvali», 1723 yil 5 noyabrdagi «Sud shakli haqida»gi farmon bilan 
tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. 
Reglamentlar  davlat boshqaruv organlarining tashkil etilishi tartibi va faoliyat tartibini belgilovchi 
hujjatlardir. Bularga, masalan, 1720 yil 29 fevraldagi Kollegiyalarning bosh reglamenti, 1721 yil 16 yanvardagi Bosh 
magistratga reglament, 1721 yil 29 yanvardagi Diniy reglament misol bo‘la oladi. 
Ustavlar davlat faoliyatining ma’lum sohaga taalluqli huquq norma-larini birlashtiruvchi qonunlar to‘plamidir. 
1729 yilgi Veksellar haqidagi ustav, 1781 yilgi Savdo haqidagi ustav, 1782 yilgi Axloq-odob ustavi ana shunday 
qonunlar to‘plamlari jumlasiga kiradi. 1716 yilgi Harbiy ustav armiya faoliyatini tartibga soluvchi normalardan iborat 
edi. 
Imperatorlar alohida, tantanali va muhim hollarda manifestlar chiqa-rishgan. 1762 yilgi «Butun Rossiya 
dvoryanlariga erkinliklar va ozodliklar berish haqida»gi Manifest shular jumlasidandir. 
Bu vaqtga kelib pomeste va votchinani huquqiy jihatdan tenglashtirish bo‘yicha uzoq davom etgan jara-yon 
nihoyasiga yetadi. 1714 yil 23 martda chaqirilgan «Harakatdagi va harakatsiz mulklarni meros qilib qoldirish tartibi 
haqida» gi («Yagona vorislik haqida»gi) Farmon bilan dvoryanlarning yerga egalik huquqi ancha 
kengaytirildi, votchina va pomestelar uchun yagona huquqiy rejim o‘rnatildi. Votchina va pomestelar 
ko‘chmas mulk deb atala boshlan-di. Dvoryanlarning iqtisodiy mavqeini mustahkamlash maqsadida 
ko‘ch-mas mulkni garovga qo‘yish va odatda sotish taqiqlandi. Uni faqat istisno tartibida «zarurat 
bo‘yicha», muhtojlikdan va yuqori poshlina to‘lash sharti bilan sotish mumkin edi. Yer egaliklari 
bo‘linib ketishining oldini olish maqsadida ko‘chmas mulk meros bo‘yicha faqat o‘g‘illardan biriga o‘tka-zilardi. 
Merosxo‘rlar 40 yil mobaynida ko‘chmas mulkni qaytarib sotib olish huquqiga ega edilar. 
Sanoat va savdoning rivojlanishi, tovar-pul mu-nosabatlarining yanada 
taraqqiy etishi majburiyat hu-quqining rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Pudrat, 
yetkazib berish, saqlab berish, sheriklik, qarz, shaxsiy ijara, oldi-sotdi, ayirboshlash, 
hadya, mulk ijarasi shartnomalari keng tarqaldi. 
Amaliyotda shirkat shartnomasi keng tarqalgan. 1698 yilgi Far-mondayoq 
«savdo kishilariga boshqa davlatlarning kompaniyalaridagi sin-gari savdo qilishga» ruxsat etilgan edi. Shirkat 
shartnomalari ham savdo, ham sanoat korxonalari tashkil etish maqsadlarida tuzilardi. Davlat sherik-chilikni har 
tomonlama rag‘batlantirgan, lekin Manufaktura va Kommerts-kollegiyalari orqali ular faoliyatini nazorat ham qilardi. 
Pudrat shartnomasi binolar qurish hamda ta'mirlashda va boshqa-larda mumkin bo‘lgan barcha turli-tuman 
ishlarni ishlab chiqish uchun tu-zilgan. Yetkazib berish shartnomasini tuzishda davlat uchun kafillik muhim edi. Sanoat 
va savdoning rivojlanishi shaxsiy ijara shartnomasining keng qo‘llanishiga olib kelardi. Shubhasiz, feodalizm 
sharoitlarida uni qo‘llash cheklangandi. Kishilarni faqat uy xizmatlariga emas, balki deh-qonchilik, hunarmandchilik, 
zavod ishlariga, savdo va sanoatga ham yol-lash mumkin edi. Krepostnoy dehqonlar o‘z pomeshchiklarining yozma 
rasmiylashtirilgan ruxsati bo‘yicha yollanib ishlashi mumkin edi. Bunday ruxsatnomalarda dehqonlarning qancha 
muddatga qo‘yib yuborilganligi ham ko‘rsatilardi. Voyaga yetmagan bolalar va xotin faqat ota yoki erning ruxsati bilan 
yollanib ishlashi mumkin edi. Oddiy askarlarga faqat boshliq-larining ruxsati bo‘yicha va xizmatga ziyon keltirmasdan 
yollanib ishlash-ga ruxsat etilgan. 
Huquq 
manbalari
 
Mulk 
huqu
Majburiyat 
huquqi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə