“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92

 
76
munosabatlardagi qiyinchiliklaridan foydalanib, Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda o‘zining ishtirok etishi 
evaziga dastlabki shartlardan biri sifatida Prussiya qiroli unvonini olgan edi. Brandenburg - Prussiya davlati slavyan 
yerlarini bosib olish yo‘li bilan hamda boshqa nemis knyazliklari hisobiga o‘sib bordi, uning siyosiy sohadagi yutuqlari 
esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan bevosita bog‘langan edi. 

Qirol huzurida Yashirin kengash mavjud bo‘lib, u davlat boshqaruvining oliy organi edi. Biroq, keyinchalik, 
Yashirin kengash uchta mustaqil: tashqi ishlar, adliya va ichki ishlar departamentlariga bo‘linib ketganidan so‘ng oliy 
davlat boshqaruv organi bo‘lmay qoldi.  
Armiya va chinovniklar qirol hokimiyatining tayanchi hisoblanardi. Pruss ma’muriyati chinovniklari 
«nemischa sodiqlik» an’analari ruhida tarbiyalangan edilar. Chinovniklarning xizmatga o‘tishi martabalar haqidagi 
jadval bilan tartibga solinardi. Xizmat mansabini suiste’mol qilish, tartibga rioya etmaslik va buyruqni bajarmaslik 
qattiq jazolanardi. Chinovniklik apparati aniq, uyushqoqlik bilan harakat qilardi. Uning boshqa nemis davlatlari uchun 
namunali hisoblangani ham bejiz emas edi. 
Prussiyada  mahalliy boshqaruv to‘liq markaziy hokimiyatga bo‘ysundirilgan edi, viloyatlarda lantaglar 
saqlanib qolgandi, lekin ular qirol chinovniklari - landatlar nazorati ostiga olingandi. Landatlar - zemstvo kengashlari 
dvoryanlar yig‘inlarida tavsiya qilingan nomzodlar orasidan qirol tomonidan tayinlanadigan dvoryanlardan iborat 
tarkibda edi.  
Prussiyada  sud mahkamasiga juda kam e’tibor berildi. Qirolning so‘zlariga qaraganda, dvoryan 
arzandalaridan armiyaga ham, soliqlar yig‘ishga ham yaramaydigan «kaltafahm mal'unlar» shu mahkamaga yuborilar 
edi. Fridrix-Vilgelm I ning o‘zi sud idoralarida «bilimdonlik o‘rniga kaltak» ishlatish uchun ko‘p mehnat sarf qildi, 
chunki bu tadbir pomeshchiklarning krepostnoylar ustidan hukmronligini mustahkamlashga yordam berar edi. 
Prussiya armiyasi o‘sha vaqtda Yevropadagi eng ko‘p sonli va intizomli edi. Fridrix II (1740-1786 yillar) 
davrida Prussiya armiyasi (186 ming soldat) Yevropada birinchi o‘rinni olishga da’vo qildi, bu armiyani boqish uchun 
13 million taler
46
, ya’ni butun davlat daromadlaridan uchdan ikki qismi ketib turdi. 

XVIII asrda G‘arbiy Yevropada Volter, Russo, Didro, Monteske va 
boshqalarning asarlarida asoslab berilgan ma'rifatparvar-faylasuflar eski ijtimoiy va 
davlat 
tuzumlarini sindirib tashlash zarurligini asoslab bergan edilar. Ma'rifatparvarlik ruhi-
dagi adabiyotlar ta’siri ostida qator davlatlarning hukmdorlari o‘z ijtimoiy va davlat tuzumlarini qisman yangilash 
maqsadlarida ba’zi islohotlar o‘tkazdilar. Ma'rifatparvarlik g‘oyalarining yoyilishi absolutizm davriga to‘g‘ri kelgan edi. 
Monarxlarning cheklanmagan hokimiyati bilan ma'rifat-parvar-faylasuflar tomonidan tavsiya qilingan ba’zi islohotlarni 
amalga oshirishga intilishlarining qo‘shilib ketishi «ma'rifatli absolutizm» siyosati nomini olgan edi. Avstriya 
monarxlari tomonidan olib borilgan siyosat ana shunday «ma'rifatli absolutizm» siyosatining yorqin namunasi bo‘ldi. 
Tabaqa-vakillik monarxiyasining qoldiqlari asosan mahalliy vakolatli muassasalar - lantaglarda yoki seymlarda 
saqlanib kelmoqda edi, bu muassasalarda to‘rtta toifaning («darajaning»): 1) katoliklar cherkovining prelotlaridan iborat 
ruhoniylarning; 2) «xo‘jayinlar», ya’ni oqsuyak feodal aristokratiyaning; 3) «ritsarlar», ya’ni asosiy feodallar 
ommasining va 4) «qirol shaharlari», ya’ni davlat boshlig‘iga bevosita feodal qaram bo‘lgan shahar jamoalarining 
vakillari bor edi. Bu shaharlarga birinchi ikki toifa (ruhoniylar va «xo‘jayinlar») namoyondalari qo‘l ostidagi shaharlar 
ham kirar edi. Krepostnoy dehqonlar yuqorida ko‘rsatilgan toifalardan birortasiga ham kirmay, mutlaqo huquqsiz bir 
ahvolda edilar. Qirolning shaxsan erkin dehqonlari bundan mustasno bo‘lib, ular mahalliy to‘rtinchi toifa - shaharliklar 
tarkibiga kirar edilar. Viloyatlarning boshliqlari - noiblar bo‘lib, ular toifalar tomonidan mahalliy yer egalaridan 
saylanar va qirol tomonidan tasdiqlanar edi. Ko‘pincha bu noiblar haqiqatda markaziy hokimiyatning mahalliy vakili 
bo‘lishdan ko‘ra, ko‘proq viloyat partikulyarizmini umumdavlat muassasalaridan himoya qilar edilar. Markazlashtirish 
kuchaya borgan sari, ayniqsa XVIII asrda, ular markaziy hokimiyatga tobora ko‘proq tobe bo‘la bordilar. 
Avstriyada sud tizimi tartibga solinmagan edi. Son-sanoqsiz sudlar (shahar sudi va zemstvo sudi, Vena shahar 
magistrati, gofmarshal sudi) bo‘lib, ularning ish doirasi qat’iy belgilanmagan edi;  sudda  ko‘riladigan bitta ish 
ko‘pincha bir suddan ikkinchi sudga yuborilaverardi. Birgina shu narsa qat’iy ediki, u ham bo‘lsa, sudlarning pastdan 
turib to yuqorigacha toifaligidir.  
Maktabdagi ta'limga dunyoviy yo‘nalish berildi. Cherkov islohotlari katolik cherkov imtiyozlarini chekladi, 
din erkinligi haqida edikt chiqarildi.  
 
5. O‘rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari 
 
V asrdan XI asrgacha bo‘lgan davrda sharqiy franklarning arxaik «xalq» 
huquqi qabilaviy xarakterga ega edi va uning asosida quyidagi qator prinsiplar: 
urf-
odatlarning muqaddasligi, qarin-dosh-urug‘larning umumiy «diyonati» va 
birgalikdagi javobgarligi, qonli qasos olish (bu asta-sekin pul jarimasi bilan 
almashtirilib borgan), «xudo sudi»ni qo‘llash orqali kollektiv odil sudlovning 
amalga oshirilishi, ya’ni ordaliyaning qo‘llanishi, qasamxo‘rlik va boshqa ramziy 
odatlarning saqlanib qolishi kabi prinsiplar yotardi. 
Germaniyada qirol hokimiyatining vujudga kelishi va so‘ngra uning tamomila zaiflashib ketishi bu yerda butun 
                                                      
46
 Taler – eski nemis kumush tangasi. 
Avstriya
 
Huquq 
manbalariga 
umumiy 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə