“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92

 
66
alohida bayon qilinishi mum-kin edi. Bu amalda parlamentni muhim imtiyozlaridan - qirol qonunlariga protest keltirish 
va ularni rad etish huquqlaridan mahrum qildi. 
Qirol hokimiyati va uning muayyan vakolatlari xarakteri haqidagi umumiy tasavvurlar ham o‘zgardi. General 
shtatlarning taklifi bo‘yicha fransuz monarxiyasi ilohiy deb e’lon qilinib, qirol hokimiyatiga esa mu-qaddas deb 
qaraladigan bo‘ldi. Qirolning yangi: "qirol xudoning sahovati" degan rasmiy unvoni joriy etildi. Qirol hokimiyatining 
suvereniteti va cheklanmaganligi haqidagi tasavvurlar batamom o‘rnatildi. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada 
cheklanmagan yoki absolut monarxiya uzil-kesil qaror topgan, mamlakatni boshqarish ishi butunlay va to‘liq qirol 
qo‘liga o‘tgan. Ayniqsa, Ludovik XIV qirollik qilgan (1643-1715) yillar absolut monarxiyaning eng kuchaygan davri 
bo‘ldi. Bu holat Ludovik XIV ning: "Davlat mening o‘zim" degan so‘zlari bilan ham tasdiqlanadi. 
Absolutizm ilohiy huquqqa tayanadi degan qarashlar qirolning shaxsiy hokimiyatchilikka va despotizmga 
asoslanadi degani emas edi. Qirolning imtiyozlari qonuniy tartib doirasidan chetga chiqmasligi lozim edi va "qirol 
Davlat uchun xizmat qiladi" deb hisoblanardi. 
Absolutizm davrida qonun chiqarish ho-kimiyati faqat tanho qirolga tegishli bo‘lib, "bitta qirol, bitta qonun" 
degan tamoyil rasmiylashtirildi. Qirol har qanday davlat yoki cherkovga oid man-sabdor shaxslarni tayinlash huquqiga 
ega edi. Qirol davlat boshqaruvining barcha masalalari bo‘yicha oxirgi, eng so‘nggi instansiya edi. Qirol eng muhim 
tashqi siyosiy masalalarni hal qilgan, davlatning iqtisodiy siyo-satini belgilagan, soliqlar o‘rnatgan, davlat mablag‘larini 
oliy taqsimlovchi sifatida maydonga chiqqan. Uning nomidan sud hokimiyati amalga oshirilardi. 
Absolutizm davrida markaziy davlat organlari o‘sgan va murakkablashgan. 
Biroq  boshqaruvning feodal usullarining o‘zi ham barqaror va aniq davlat 
ma’muriyatini tashkil etishga to‘sqinlik qilgan. Qirol hokimiyati tez-tez o‘z 
xohishicha yangi davlat organlari tuzib turgan, lekin ular keyin uni 
qanoatlantirmasdan qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan. 
XVI asrda davlat kotiblari degan mansabdor shaxslar paydo bo‘ladi. 
Ulardan biri, ayniqsa, qirol yosh, voyaga yetmagan hollarda amalda birinchi ministr funksiyalarini bajarardi. Eski davlat 
mansablari (masalan, 1627 yilda konnetabl mansabi) tu-gatilgan yoki har qanday ahamiyatini yo‘qotgan va oddiy 
serdaromad yen-gil ishlarga aylantirilgan. Faqat kansler  o‘zining ilgarigi qudratini saqlab qolgan va davlat 
boshqaruvida qiroldan keyingi ikkinchi shaxs bo‘lib olgan edi. 
Davlatda ixtisoslashgan markaziy ma’muriyatga ehtiyojning o‘sishi natijasida XIV asrning oxirida davlat 
kotiblarining  roli oshiriladi. Ularga boshqaruvning alohida sohalari (tashqi ishlar, harbiy ishlar, dengiz ishlari va 
mustamlakalar, ichki ishlar) topshiriladiDavlat sekretarlari funksiyalari doirasining kengayishi markaziy apparatning 
tezda o‘sishiga, uning byurokratlashuviga olib keladi. Markaziy boshqaruvida dastlab moliya superintendanti 
(Ludovik XIV davrida u moliya ishlari bo‘yicha Kengash bilan almashtirilgan), so‘ngra Bosh moliya nazoratchisi 
katta rol o‘ynaydi.. 
Qirol huzuridagi maslahatchilik funksiyalarini bajaruvchi qirollik kengashlari tizimi ham bir necha marta isloh 
qilingan. Ludovik XIV 1661 yilda Katta kengash tuzadi. Unga gersoglar va Fransiyaning boshqa perlari, ministrlar, 
davlat kotiblari, kansler, shuningdek, maxsus tayinlan-gan davlat maslahatchilari (bular asosan mantiya dvoryanlardan 
tayinlan-gan) kiritiladi. Tashqi siyosat masalalarini muhokama qilish uchun o‘z tarkibi bo‘yicha ancha tor doiradagi 
kishilardan iborat Yuqori kengash ham chaqirilardi. Unga odatda tashqi ishlar va harbiy ishlar bo‘yicha davlat 
kotiblari, bir qancha davlat maslahatchilari taklif etilardi. Depesh kengashi ichki boshqaruv masalalarini muhokamadan 
o‘tkazib, ma’mu-riyat faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilardi. Moliya masalalari bo‘yicha kengash davlatning 
moliya siyosatini ishlab chiqib, davlat xazinasiga kelib tushadigan yangi mablag‘larni izlardi. 
Joylardagi boshqaruv o‘ta murakkabligi va chal-kashligi bilan ajralib turardi. 
Ba’zi mansablar (masa-lan, balya) bu davrda saqlanib qolgan, lekin ularning roli tobora 
pasaygan. Joylarda juda ko‘p sonli ixtisoslashgan xizmatlar: sud boshqarmasi, moliya 
boshqarmasi, yo‘llarni nazorat qiluvchi boshqar-ma va hokazolar paydo bo‘ladi. Bu 
xizmatlarning hududiy chegaralari va funksiyalari aniq o‘rnatilmagan edi. Bu juda ko‘p 
shikoyatlarni va nizolar-ni keltirib chiqarardi. Mahalliy ma’muriyatning xususiyatlari ko‘pincha qirollikning ba’zi 
qismlarida eski feodal qurilmalar (sobiq senoriylarning chegaralari)ning, cherkov yer egaligining saqlanib qolganligidan 
kelib chiqqan. Shu sababli qirol hokimiyati tomonidan o‘tkazilgan markaz-lashtirish siyosati Fransiyaning butun 
hududiga teng darajada tegmadi. 
 
Bu davrda fransuz qirollari joylarda o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun 1535 yildan provinsiyalarga turli 
vaqtinchalik topshiriqlar bilan komissarlar  jo‘natib turganlar.. XVI asrning ikkinchi yarimida ularga intendantlik 
unvoni berilgan. Ular endilikda faqat nazoratchilar sifatida emas, balki haqiqiy ma'murlar sifatida harakat qila 
boshlaganlar. 
Markazlashtirish shahar boshqaruviga ham tegishli bo‘lgan. Muni-tsipal 
maslahatchilar (eshvenlar) va merlar saylanmaydigan bo‘ldi, ular-ning o‘rniga odatda 
ma’lum haq evaziga qirolning ma'murlari tayinlanardi. Qishloqlarda doimiy qirollik 
ma’muriyati bo‘lmay, eng quyi zvenoda ma’muriy va sud funksiyalari dehqonlarning 
jamoalari va jamoa kengashlari tomonidan amalga oshirilardi. Xazinaga kelib tushadigan 
pul mablag‘larining asosiy manbai soliqlar edi. Soliqlardan talya eng asosiysi hisoblangan. Shuningdek, kapitatsiya - 
jon solig‘i
 
ham katta ahamiyatga ega edi. Bu soliq dastlab Ludovik XIV tomonidan harbiy xarajatlarni qoplash uchun 
joriy etilgandi. Oliy tabaqalar juda katta daromadga ega bo‘lsalar ham, soliqlardan to‘la ozod etilgandi. 
Markaziy 
boshqaruv 
apparatinin
Mahalliy 
boshqaru
Davlat 
moliya


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə