“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92

 
81
qo‘mondoni hisoblangan. Qirollik kapelanlari davlatning devonxona ishlarini yuritganlar. 
Ingliz-sakslar qirollarining armiyasi drujinachilar va xalq lashkarlari (fyrd) dan 
tuzilgan.  
Buyuk Alfred armiyada islohotlar o‘tkazgan.  
Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik (shire) 
bo‘lgan. Taxminan o‘sha vaqtda mamlakat hududi, asosan harbiy maqsadlarda 
32 ta katta graflikka (okrugga) bo‘lingan edi. Grafliklar tepasida eldormenlar 
turgan. Eldormenlar qirol tomonidan vitanlar bilan kelishib, mahalliy feodallar 
orasidan tayinlanardi. Eldormen va uning uyi qirollik himoyasi osti-da edi. 
Eldormen asosan graflik yig‘iniga va uning qurolli kuchlariga rah-barlik 
qilardi. Grafliklardagi sud jarimalarining bir qismi eldormenlarga xizmat vazifalarini ado etganligi uchun mukofot 
tariqasida kelib tushardi. Eldormenlar faqat qirol va grafliklar manfaatlarining rasman ifoda etuvchi vakillari bo‘lishgan. 
Shu sababli ingliz-sakslar qirollari grafliklarga o‘zlari-ning shaxsiy vakillari - sheriflarini
53
 tayinlab qo‘ya boshladilar. 
Sheriflar dastlab faqat qirol xazinasi foydasiga pul yig‘ish
 
bilan shug‘ullanardilar. X asrdan boshlab, qirol 
hokimiyatining kuchayishi bilan sheriflar eldormen-larning birinchi yordamchilariga aylantirilganlar va graflikni 
boshqarish-ning asosiy iplarini o‘z qo‘llariga olganlar.  
Graflikdagi  muhim  organ  graflik yig‘ini
 
- folkmot 
bo‘lgan. U X asr oxiridan boshlab sherif tomonidan bir yilda ikki marta chaqirilib turgan. Folkmot tarkibiga eldormen, 
sherif, graflikning yepiskopi, barcha yer egalari va har bir qishloq jamoasidan oqsoqol, ruhoniy va to‘rttadan aholining 
hurmatga loyiq kishisi kirgan. Grafliklar yig‘inlarida asosan muhim mahalliy ishlar, jinoiy va fuqarolik sud ishlari 
ko‘rib hal qilingan.  
Ingliz-sakslar davlatlaridagi grafliklar yuzliklarga bo‘lingan. Yuzlik tepasida yuzboshi  turgan. Yuzboshi 
yuzlik yig‘inida saylab qo‘yilgan. Yuzlik yig‘inlari (yuzboshilar majlislari) oyda bir marta to‘plangan. Ular-da oqsoqol, 
ruhoniy, har bir qishloq jamoasidan to‘rttadan eng hurmatli dehqonlar va okrugning barcha yer egalari ishtirok etgan. 
Yuzliklar yig‘inlarida jinoiy va fuqarolik masalalari bo‘yicha sud ishlari ko‘rib hal qilingan.  
Ingliz-sakslar davlatining eng quyi zvenodagi ma’muriy-hududiy birligi qishloq (tun) jamoasi bo‘lgan. 
Jamoa yig‘ini
 
- galimot qishloq-ning yuqori organi edi. Jamoa tepasida saylab qo‘yiladigan qishloq oqsoqoli 
(tungerefa) turgan. 
Politsiyalik maqsadlarida jamoa o‘nta tomorqaga - oilaga bo‘lingan. Jinoyat sodir etilgan hollarda ana shu 
o‘nta tomorqa a’zolariga jinoyatchini ushlab, hokimiyatga topshirish majburiyati yuklangan.  
Ingliz-sakslar davlatlari yashagan davrda shaharlar  vujudga keldi. Shaharlar asosan qirollik yerlarida 
joylashgan edi.  
Shaharlar va portlar o‘zlarining xalq yig‘inlariga ega bo‘lganlar.  
O‘nliklar, yuzliklar va grafliklar aniq o‘rnatilgan ierarxiya (bosqich-ma-bosqich bo‘ysunish) tizimi asosida 
tashkil etilmagan edi.  
Biroq, grafliklarda sherif lavozimining ta’sis etilishi shuni ko‘rsatadiki, ingliz-sakslar davridayoq joylarda 
markazlashtirilgan byurokratik boshqaruv, qirolga hisob beradigan va qirol buyruqlari asosida harakat qiladigan ma’-
muriy okruglarning mansabdor shaxslar tomonidan bosh-qarilishi joriy qilina boshlagan. 
Ingliz-sakslar davrida ko‘p jinoiy va fuqarolik ishlari grafliklar va 
yuzliklarning yig‘inlarida ko‘rib, hal qilingan.  
Ingliz-sakslar qirollari tomonidan o‘z feodallariga berilgan immunitet 
yorliqlari yer egalariga qaram dehqonlar ustidan keng sud hokimiyatini berar edi.  
Davlatda oliy sud qirol sudi bo‘lgan.  
Sud hokimiyatining yer egalari va qirol chinovniklari qo‘lida to‘planishi natijasida sudlar 
krepostnoylashtirilgan dehqonlar ommasiga qarshi kurash quroliga aylantirilgan edi. 
 
3. Angliyada markazlashgan senorlik monarxiyasi 
(XI-XII asrlar) 
 
Angliyaning Vilgelm boshchiligida normandlar tomonidan istilo qilinishi (1066 
yil) ingliz jamiyati feodallashuvining chuqurlashishiga olib kelgan. 
Normand istilosidan keyin Angliya feodal xo‘jaligining asosini manor tashkil 
etgan. Manor - alohida feodalning yer egaliklari yig‘indisi
 
bo‘lgan. Manordagi dehqon 
o‘z lordi tomonidan sud qilinib, uning ahvoli manordagi urf-odatlar bilan belgilangan. 
Yuzliklar sudining yarmidan ko‘pi manor sudlariga - feodallarning xususiy kuriyalariga aylantirilgan. Shular bilan bir 
qatorda, Vilgelm Fotix o‘z mavqei va ingliz siyosiy an’analaridan foydalanib, davlatni markazlashtirish va qirol 
hokimiyatini mustahkamlash siyosatini olib borgan. 
Soliq siyosatini muvaffaqiyatli olib borish va mamlakat aholisining ijtimoiy tarkibini aniqlash maqsadida 1086 
yilda mamlakatdagi barcha yer-lar va aholi ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatga olish natijasida tuzilgan varaqa-lar xalq 
orasida "Dahshatli sud kitobi" deb atalgan. Qirol xazinasi yer egaligining hajmi to‘g‘risida endi aniq ma’lumotlarga 
ega ekan, aholi ro‘y-xati hukumatga "Daniya puli" deb atalgan eski yer solig‘ini ko‘paytirilgan miqyosda undirish 
                                                      
53
 «Sherif» so`zi ikki so`z: gerefa («oqsoqol») va shir (ingliz – sakcha graflik nomi) – «shayr» - «gerefa» 
so`zlarining qo`shilishidan kelib chiqqan. 
Armiya
 
Hokimiyat va 
boshqaruvning 
mahalliy 
Sud 
hokimiyati
 
Ijtimoiy 
tuzum
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə