85
Sud ishlarini yuritishda qasamxo‘r maslahatchilarning katta va kichik jyurilari muhim rol o‘ynardi.
Katta yoki
ayblovchi jyuri ayblovchi qasamxo‘r maslahatchilarning sayyor sudlar tomonidan so‘roq qilinishi protsedurasi
munosabati bilan rasmiylashgan. U sudga berish organi bo‘lib qolgan. Katta jyurining bor-yo‘g‘i 23 ta a’zosi bo‘lgan.
12 ta jyuri a’zosi-ning yagona fikri gumon qilinuvchiga nisbatan ayblov hujjatining tasdiq-lanishi uchun kifoya qilardi.
Kichik jyuri 12 ta qasamxo‘r maslahatchilardan iborat tuziladigan ingliz sudining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Bu jyuri a’zolari ishlarning mazmunan ko‘rib chiqilishida ishtirok etib, qasamxo‘rlarning yagona fikrini talab qiluvchi
verdikt (hukm) chiqarardi. 1239 yilgi qonun bo‘yicha qasamxo‘rlar uchun yillik daromadning 40 shillinggi
miqdorida
mulkiy senz o‘rnatiladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabaqa-vakillik monar-xiyasi davrida Angliyaning sud tizimi
xilma-xil sudlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
5. Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy
tuzumi (XV asrning oxiri - XVII asrning o‘rtasi)
Angliyada absolut monarxiya boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, feodalizmning inqirozi va kapitalistik
ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi davrida o‘rnatilgandi. Shu bilan birga ingliz absolutizmi o‘ziga xos
qator xususiyatlariga ham ega edi. Shunday o‘ziga xos xusu-siyatlariga qarab ingliz absolutizmi adabiyotlarda
"tugallanmagan" degan nom olgan. Angliyada o‘tgan davrga xos eski siyosiy institutlarning
saqlanib qolganligi,
shuningdek, fransuz klassik absolutizmiga o‘xshash ba’zi yangi elementlarning yo‘qligi absolutizmning
"tugallanmaganligi"ni, to‘liq ko‘rinishda namoyon bo‘lmaganligini tavsiflaydi.
Ingliz absolut monarxiyasining asosiy xususiyati shundan iborat edi-ki, Angliyada kuchli qirol hokimiyati
bilan bir qatorda parlament ham fao-liyat ko‘rsatishda davom etgan.
Ingliz absolutizmi XV asrning oxiridan XVII asrning o‘rtasigacha bo‘lgan davrda hukm surdi.
XIV-XV asrlar mobaynida Angliyaning iqti-sodi va ijtimoiy
tuzumida
absolutizmning qaror topishiga shart-sharoitlar yaratuvchi muhim o‘zga-rishlar
sodir bo‘ldi.
XV asrning oxiriga kelib ingliz dehqonlari ikkita asosiy guruh –
frigolderlar va
kopigolderlarga bo‘linadi. Kopigolderlar - ilgarigi kre-postnoy
dehqonlarning avlodlari frigolderlardan farqli o‘laroq, feodallar foydasiga qator
natural va pul majburiyatlari o‘tashda davom etardi. Ular-ning yer uchastkalariga nisbatan
huquqlari manorlik sudlari
qarorlarining nusxa (kopiya)lariga asoslanardi.
Dehqonlar va shahar kambag‘allarini tutqinlikda ushlab turish va qarshiliklarini bostirish uchun Angliya
hukmron doiralari byurokratik boshqaruv apparatiga asoslangan kuchli davlat mashinasini tashkil qiladi.
Absolut monarxiya davrida Angliyada hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari
qirol, Yashirin kengash va
parlament edi.
Biroq, bu davrda Angliyada real hokimiyat
qirolning qo‘lida to‘p-langandi. U ko‘p
sonli va faqat o‘ziga bo‘ysunadigan organlar orqali qonun chiqarish, ijro etish va oliy sud
hokimiyatini amalga oshirardi.
Yashirin kengash bundan oldingi davrda vujudga kelgan, lekin absolut monarxiya
davrida batamom
rasmiylashgan edi. U davlatning oliy mansabdor shaxslari:
lord-kansler, lord-xazinachi, qirolning shaxsiy muhrini
saqlovchi lord va boshqalardan iborat edi.
Mamlakatdagi oliy cherkov organi
Yuqori komissiya bo‘lgan. Uning tarkibiga ruhoniy shaxslar bilan bir
qatorda Yashirin kengash a’zo-lari va boshqa mansabdor shaxslar ham kirardi. Komissiyaning vakolatlari juda katta edi.
U qirol hokimiyatning cherkov ishlarida ustunligi haqidagi qonunlarning buzilishini, "diniy va cherkov xarakteridagi
tartibsizliklar" bilan bog‘liq ishlarni tekshirardi. Komissiyaning asosiy vazifasi reformat-siya
qilingan cherkovning
dushmanlari - katoliklar va protestantlarning ancha radikal va demokratik tarafdorlariga qarshi kurashish edi. Komis-
siyaning har qanday uchta a’zosi, agar ularning orasidan bittasi yepiskop bo‘lsa, cherkovga kelmaydigan shaxslarni
jazoga tortish, bid'atlarni to‘xta-tish, pastorlarni almashtirish huquqiga ega edi. Yuqori komissiya yuqori-dagilar bilan
birga juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qator dunyoviy ish-larni - Londondagi daydilar haqidagi, senzura haqidagi va
hokazo ishlarni ham yuritardi. Reformatsiya qilingan cherkov tuzilishi jihatidan ham, ibo-dat sohasida ham
katolitsizmning qator belgilarini saqlab qolgani holda qi-rol hokimiyatining ilohiy kelib chiqqanligini targ‘ib qilishni
o‘z vazifa-laridan biri qilib olgan organga aylandi.
Absolutizmning o‘rnatilishi bilan
mahalliy boshqaruv organlari tizimi ancha uyg‘un bo‘lib qoldi, ularning
markaziy hokimiyat organlariga bog‘liqligi o‘sdi. Bu davrda mahalliy boshqaruvdagi asosiy o‘zgarishlar
lord-leytenant
mansabining ta'sis qilinishida va mahalliy birlik - cherkov prixodi (qavmi) ning ma’muriy rasmiylashtirilishida o‘z
ifodasini topdi. Lord-leytenant bevosita qirol tomonidan graflikka tayinlanib, mahalliy ko‘ngilli qo‘shinlarga boshchilik
qilardi hamda murosaga keltiruvchi sudyalar va kons-tebllar faoliyatiga rahbarlik qilardi.
Absolutizm davrida markaziy Vestministrlik sudlarining,
shu jum-ladan, Haqiqat sudi va Admiralteystvo
61
oliy
sudining tuzilishi va yuris-diksiyasi batamom rasmiylashadi. Biroq, ular bilan bir qatorda Yulduz palatasi va "isyonchi"
grafliklarda sud kengashlari kabi favqulodda sudlar tashkil etildi.
Yulduz palatasi Yashirin kengashning maxsus
bo‘linmasi sifatida qirol hokimiyatining dushmanlariga qarshi (dastlab - bo‘ysun-magan feodallarga qarshi) kurashish
61
Angliyada va Chor Rossiyada harbiy flot boshqarmasi.
Ijtimoiy
tuzumdagi
o`zgarishlar
Davlat
tuzumi