95
ataluvchi shikoyati bilan boshlangan. Arznoma odatda og‘zaki beril-gan. Sud arznomani olgandan keyin javobgarni
sudga olib kelish chora-larini ko‘rgan. Javobgarni kafil bo‘lganlar sudga olib kelganlar.
Javobgar sudga kelmasa
muhokamasiz yutqazgan. Bunda da’vogarga «sudsiz yorliq» berilgan. Agar da’vogar sudga kelmasa ish tugatilgan.
Sud poshlinalari ham o‘rnatilgandi. Da’vogar da’vo summasining 6 foizini sudyaga - boyarga to‘lashi lozim
edi. Bundan tashqari dyakka ham alohida haq to‘langan.
5. Rossiyada tabaqa-vakillik monarxiyasi
(XVI asrning o‘rtalari-XVII asrning o‘rtalari)
XVI asrning oxirlaridan dehqonlarni krepostnoylashtirish borasida hal qiluvchi qadam qo‘yildi. Maxsus
farmon bilan «taqiqlangan yillar» joriy qilindi. Bu davrda dehqonlarning o‘z yerlaridan ketishi taqiqlandi. 1597 yil
oxirida esa «tayin yillar» belgilash to‘g‘risida farmon chiqarildi. Unga binoan o‘z pomeshchigidan qochib ketgan va
ro‘yxat daftariga kiritilgan dehqonlarni qidirib topishning 5 yillik muddati o‘rnatildi va bu tartib 1649 yilgacha saqlanib
qoldi. Bu holat boyarlarga - yirik votchin-niklarga dehqonlarni o‘z tomonlariga og‘dirish imkoniyatini berardi. 1649
yilgi Sobor qonunlari "tayin yillar" ni bekor qilib, dehqonlarning krepostnoylashtirilishini batamom oxiriga yetkazdi.
Endilikda dehqonlarni qidirib topish muddatsiz bo‘lib qoldi.
Bu davrda
feodal munosabatlar
juda taraqqiy etib, dehqonlarning
krepostnoylashtirilishi oxiriga yetkazildi. Xo‘jalikning barshchina tizimi rivojlandi.
Dehqonlar barshchinadan tashqari qator boshqa maj-buriyatlarni ham o‘tardilar.
Oprichnina. U Ivan IV tomonidan joriy etildi. Bu «oprich», «boshqa»,
«alohida» so‘zidan olingan bo‘lib, alohida meros mulk degan ma’noni anglatadi.
Davlat oprichnina va zemshchinadan iborat ikki qismga bo‘lindi. Oprichninaga yirik
boyarlarning votchinalari, Moskva janubidagi yerlar kiritildi. Markazlashtirishning
dushmani bo‘lgan sobiq knyazlar va boyarlar bu yerlardan haydalib, ularning
mulklari pomeshchiklarga, oprichninadagi
harbiy xizmat egalariga bo‘lib berildi. Haydalgan boyarlarga zemshchinadan yer berilgan. Xoinlikda ayblangan
boyarlarning mulki tortib olindi.
Feodallarga qaram aholi. Dehqonlar ilgarigidek qora so‘qachi (maj-buriyatli) va xususiy egalikdagi
dehqonlarga bo‘linadi. Livoniya urushi va oprichnina dehqon xo‘jaliklarini vayron qildi. Dehqonlar o‘z
yerlarini, xo‘-
jayinlarini tashlab, yaxshi yerlar izlab ommaviy qochib keta boshladilar. Buning oldini olish maqsadida krepostnoylik
o‘rnatildi.
XVI asr o‘rtasida Rossiyada ilk feodal monar-xiyasi o‘rniga tabaqa-
vakillik monarxiyasi keldi.
Tabaqa-vakillik monarxiyasining kelib chiqishiga sabab, samoderja-vie
o‘rnatishga harakat qilgan, lekin hokimiyatni Boyarlar dumasi bilan bo‘lib olishga majbur bo‘lgan monarx
hokimiyatining nisbatan kuchsizligi bo‘ldi. Chorizmning Boyarlar dumasiga qarshi o‘laroq, davlat boshqaruvi-ga
dvoryanlarni va shaharliklarning yuqori qismini jalb etish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Oprichnina
shunga olib keldiki, u dastlab boyarlar aristokratiyasini kuchsizlantirdi va podsho hokimiyatini
mustahkamladi. Lekin, ayni vaqtda oprichnina terrori ishlab chiqaruvchi kuchlarni juda izdan chiqardi. Oprichnina
dvoryanlarni siyosiy yuksaltirdi. Biroq, Boyarlar dumasining davlat hokimiyatining oliy organi sifatidagi ahamiyatini
tugata olmadi.
Bu davrning o‘ziga xos organi Zemstvo (Umum-davlat) soborlari edi. Ularning
chaqirilishiga asosiy sa-bab sinfiy kurashning keskinlashishi bo‘ldi. Shunday paytlarda
davlat boshqaruviga faqat boyarlarnigina emas,
shuningdek dvoryanlarni, posad aholisini,
ba’zan hatto davlat dehqonlarini, o‘qchi askarlar, kazaklar (bular 1613 yilgi Zemstvo
soborida qatnashgan edilar)ni ham jalb qilishga to‘g‘ri keldi.
Zemstvo soborlari sinfiy kurash juda keskinlashgan paytlarda tinch-lik, urush,
interventlarni haydash, iqtisodiy
vayronagarchiliklarni bartaraf qilish uchun mablag‘lar qidirish haqidagi masalalarni hal etish uchun chaqirilardi.
XVI asrning o‘rtasidan markaziy davlat boshqaruv organlari -
prikaz (mahkama) tizimi yanada taraqqiy etdi
va uzil-kesil qaror topdi. Ayniqsa, XVII asrda keng tarmoqli mahkamalar tizimi tashkil etildi. Bu davrda davlat
mexanizmi juda murakkablashdi.
Ma’lumki, dastlab o‘qchilarga rahbarlik qiluvchi
O‘qchilik mahka-masi tuzilgan, shuningdek, yomon kishilar
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi
Qaroqchilik mahkamasi va taftish organi bo‘lgan
Arz-shikoyat mahka-masi tashkil
etilgandi. Boyarlar va dvoryanlardan iborat otliqlarning shax-siy tarkibi
Razryad mahkamasi tomonidan yuritilardi.
Mahkama xizmat-larga tayinlash, mansablarga o‘rnashish hollarining hammasini qayd etib turardi. Shuningdek, kazak
qo‘shinlarini
Kazachiy mahkama yuritardi.
Xizmatchi dvoryanlarning pomeste yer egaligini yurituvchi
Pomeste mahkamasi ham mavjud edi. U
dvoryanlarning harbiy xizmatlari evaziga pomeste bilan ta'minlanishini
kuzatib turar, ya’ni bularni o‘rnatilgan
normalarda bo‘lishini nazorat qilardi. Mahkama yerlarni ro‘yxatga olish, chet el bosqinchiligi davrida
pomeshchiklarning buzilgan huquqlarini tiklash ishlarini amalga oshirgan, dehqonlarning pomestelardan qochishiga
qarshi faol kurash olib borgan. Uning apparatida maxsus izquvarlari bo‘lib, ular qochoq dehqonlarni izlash bilan
shug‘ullanganlar. Mahkamada ko‘p sonli dyaklar va ularning yordamchilari ham bo‘lgan.
XVII
asr oxirida sud mahkamalari tizimi tashkil etiladi. Moskva, Vladimir, Dmitrov, Qozon mahkamalari va
boshqalar shunday mahkama-lar edi. Ular oliy sud organlari funksiyalarini bajarar, bevosita ancha muhim va murakkab
Ijtimoiy
tuzumdagi
o`zgarishla
Davlat
Zemstvo
soborlar