“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92

 
104
o‘tkazish tizimining yo‘qligi, saylov tizimining mavjud emasligi va hokazolar bilan tavsiflanadi. Musulmon jamiyatida 
rasman hamma teng huquqlidir, ammo ayni paytda teokratik davlat, uning boshlig‘i - xalifa, sulton oldida barcha teng 
darajada huquqsiz hisoblanadi. 


 
105
 O‘RTA ASRLARDA SHARQ  
MAMLAKATLARI DAVLATI.  
 
1.  Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari. 
2.  Ijtimoiy va davlat tuzumi  xususiyatlari. 
3.  O‘rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari. 
4.  Xitoyning ijtimoiy tuzumi. 
5.  Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari. 
6.  Yaponiya davlatining tashkil topishi, shart-sharoitlari, xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari 
7.  Yaponiya jamiyatining tabaqaviy tuzilishi 
8.  Yaponiyaning davlat tuzumi va uning o‘ziga xosligi 
9.  O‘rta asrlarda Hindiston davlatining rivojlanish xususiyatlari va davrlarga bo‘lish masalalari. 
10.  Hindiston ijtimoiy tuzumining xususiyatlari. 
11.  Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История  государство  и  право  зарубежных  стран.  Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., TDYuI..2003.2- qism 
9. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.TDYuI..2005.2- qism 
10. Imom al-Buxoriy. «Hadis». 1997, 2-jild 
 
1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari 
 
VII asrda tashkil topib, XIII asrgacha hukm surgan Arab xalifaligi insoniyat tarixida chuqurroq iz qoldirgan. 
Arab xalifaligining davlat tuzu-mi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy tizimi - musulmon huquqi 
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrika hududlariga tarqalgan. Xusu-san, O‘zbekiston hududida ham VIII asrdan XX 
asrgacha islom dav-latchiligi va musulmon huquqi amalda bo‘lgan. 
Musulmon huquqi hozirgi vaqtda ham Yaqin va O‘rta Sharq hamda Shimoliy Afrikaning qator davlatlarida 
ma’lum darajada harakat qilmoqda. 
Arab xalifaligi tarixini uch davrga ajratish mumkin. 
Birinchi davr  - arablarda davlatning tashkil topishidan to Umaviylar sulolasining hokimiyat tepasiga 
kelishigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi va qarayib 30 yil davom etadi. Bu vaqtda arab davlati tashkil topgan, arab-
larning ijtimoiy va davlat tuzumida ibtidoiy jamoa tuzumining ko‘pgina qoldiqlari, harbiy demokratiya belgilari 
saqlanib qolgan edi. Aynan shu davrdan boshlab Arab xalifaligining o‘ziga xos belgilari - davlat boshlig‘i qo‘lida ham 
dunyoviy, ham diniy hokimiyatning qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. 
Ikkinchi davr - Damashq (Suriya) davri - Umaviylar sulolasining hukmronligi davri (661-750 yillar) bo‘lib, 
bu vaqtda o‘ziga xos despotiya ko‘rinishidagi merosiy xalifa boshchilik qiladigan nisbatan markazlashgan davlat tashkil 
topgan. Xalifa ayni paytda islom dinining ham boshlig‘i hisoblangan. 
Uchinchi davr - Bog‘dod (Eron-Mesopatamiya) davri - Abbosiylar sulolasining idora qilish davri bo‘lib, 750 - 
1055 yillarni o‘z ichiga oladi va xalifalikning turklar tomonidan bosib olinishi bilan tugaydi. 
VI-VII asrlardagi arablarning ijtimoiy tuzumida hali urug‘chilik belgilari kuchli edi. Arablar - ko‘chmanchi 
(badaviy) arablar ham, o‘troq arablar ham juda ko‘p urug‘ va qabilalarga bo‘lingan edi. Xun olish bor edi. Urug‘ning 
boyroq a’zolari qurbsizroq qarindoshlariga iqtisodiy jihat-dan yordam berishi lozim edi. Har bir qabilaning o‘z diniy 
marosimi mav-jud edi. Qabila va urug‘larning boshida shayx va saidlar turib, hokimiyat faqat shularning qo‘lida edi. 
Biroq urug‘chilik tuzumining yemirilish alo-matlari ro‘y bera boshlagan edi. Urug‘-qabila zodagonlari eng yaxshi yay-
lovlarni va dehqonchilik uchun yaroqli uchastkalarni - vohalarni (bunday uchastkalarning o‘zi oz edi) o‘z qo‘liga 
kirgizib olmoqda edi. Zodagon oilalarning ko‘pdan-ko‘p mollari, shuningdek, qullari bor edi. Shayx va saidlar shu 
oilalardan chiqardi. Urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljalarning eng ko‘p qismi bularga ajratilardi. Arablarda urug‘-qabila 
zodagonlaridan tash-qari, ya’ni qabila-urug‘ boshliqlari va oqsoqollaridan tashqari, yana sha-harli savdogar-
sudxo‘rlardan iborat boshqa bir yuqori tabaqa ham avj olib bordi, bu tabaqa ham muayyan bir qabila va urug‘ga kirgan 
bo‘lib, odatda badaviy qabilalarning boshliqlari bilan qattiq bog‘langandi. O‘rta dengiz-dan Hindistonga boradigan 
muhim savdo yo‘li qadimdan Arabistondan o‘tardi. Shu savdo yo‘lida ilk vaqtlardayoq katta-katta savdo punktlari, 
Makka, Yatrib va boshqalar vujudga keldi. Makka shahri ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Arablar o‘rtasida juda 
dong‘i ketgan ibodatxona bo‘l-mish Ka'ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. Makkada shu 


 
106
Ka'ba atrofida har yili katta yarmarka bo‘lib turardi. Makka-ning savdogar-sudxo‘rlardan iborat yuqori tabaqasi 
savdodan katta-katta foyda ko‘rardi. Ular qullarni ekspluatatsiya qilish va qul qilib sotish bilan ham shug‘ullanardilar. 
Shahardagi mayda hunarmandlar ham shu savdo-gar-sudxo‘rlardan hamma vaqt qarzdor bo‘lib, iqtisodiy jihatdan 
ularga qaram edi. 
VI asrning oxiri - VII asrning boshlarida arablar qattiq iqtisodiy va ijtimoiy inqirozga uchradi. Yarim orolning 
aholisi ko‘payib, yer yetishmay qoldi. Oddiy arablar uchun katta madad bo‘lib kelgan karvon savdosi ham tushkunlikka 
uchradi. VI asrda eronlar bilan habashlar o‘rtasida bo‘lgan va uzoq-uzoq davom etgan urushlar natijasida Yaman deyarli 
butunlay xarob va vayron bo‘ldi. Shimoldan janubga va janubdan shimolga tovar olib borish juda ham kamayib ketdi. 
Arablarda ham davlatning tashkil topishining asosiy sababi jamiyat-ning sinflarga ajralishi edi. Bundan 
tashqari, arablar iqtisodiy inqiroz tufayli yangi-yangi hududlarga muhtoj bo‘lib, Eron va Vizantiya yerlariga kirib 
borishga harakat qilganlar. Bu inqiroz arab qabilalarining ittifoqlarga birlashishi jarayonini tezlashtirdi, oqibatda butun 
Arabistonda yagona davlatning tashkil etilishiga olib keldi. 
Mayda arab qabilalarini birlashtirish harakati, ayniqsa, VI asrda ku-chaydi. Bunga urug‘ va qabila zodagonlari 
boshchilik qilardi. Qabilalarni birlashtirish yakka xudoga sig‘inish - monoteizmni targ‘ib qilish shiori ostida o‘tardi. 
Arab xalq ommasining ijtimoiy noroziligi mafkura tarzida, yangi din - islom dinining vujudga kelishida ifodalandi. VII 
asrning bosh-laridan Muhammad (SAV) arab qabilalarini birlashtirish maqsadida islom dinini targ‘ib qila boshlaydi. 
610 yilda u din targ‘ibotchisi (payg‘ambar) sifatida maydonga chiqqandi.  
Shu bilan birga urug‘lar o‘rtasidagi o‘zaro urush-janjallarni to‘xta-tishni ham talab qildi, urug‘larning bir-
biridan qasos olishiga, urug‘ va qa-bilalarning tor qon-qarindoshlik doirasida biqinib yotishiga qarshi chiqdi. Arab 
jamiyatining bundan buyog‘iga rivojlanishiga g‘ov bo‘lgan urug‘chi-lik tuzumining tor doirasiga qarshi olib borilgan bu 
kurash Muhammad-ning ko‘p xudolikdan qaytib, bitta xudoga - Allohga sig‘inish kerak, degan asosiy diniy talabida 
ifodalandi (islom dinining «Lo iloha illalloh, Muham-madun rasululloh» degan asosiy formulasi - «xudo - bir, 
Muhammad uning payg‘ambari», demakdir). Alloh - quraysh qabilasidagi bosh xudoning nomi bo‘lib, Muhammad 
unga butun olam xudosi tusini berdi. Mo‘min musulmonlar «Allohning haqiqiy payg‘ambariga» (Muhammad o‘zini 
shunday deb e’lon qilgan edi) so‘zsiz itoat qilishlari kerak edi. 
Muhammad (SAV) sudxo‘rlikni qattiq qoraladi, har bir kishidan kambag‘allarga yordam berishni, o‘z 
daromadining o‘ndan bir qismini kambag‘allarni boqish uchun ajratishni talab qildi.  
Muhammad (SAV) vujudga keltirgan yangi dinning beshta asosiy qoidasi, ya’ni: 1) bitta xudoga - Allohga 
ishonish, 2) har kuni albatta besh vaqt namozni tark qilmaslik, 3) yilda bir marta ramazon oyida ro‘za tutish, 4) zakot 
(kambag‘allarga ushur) berish va 5) haj qilishdan iborat besh farzi muhim ahamiyatga ega. Muhammad (SAV) qullikni 
qonuniy deb hisobla-di, ko‘p xotin olishga fatvo berdi, savdoga va xususiy mulkchilikka homiy-lik qildi. Shu bilan 
birga yangi din dastlabki vaqtlarda xalq ommasining kayfiyati bilan hisoblashishga har holda majbur bo‘ldi. Zakotning 
farz qilib qo‘yilishi va sudxo‘rlikning birmuncha cheklanishi buning yorqin dalilidir. 
Muhammad (SAV) vafot etgandan keyin, oradan ko‘p o‘tmay, islom bayrog‘i ostiga birlashgan arab qabilalari 
Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, Vizantiya, Eron yerlarini istilo qila boshladi. 
Turli arab qabilalarining birlashtirilishi natijasida yagona arab davlati tashkil topadi. Bu davlat teokratik - 
dinga tayangan davlat bo‘lib, quldorlik tuzumining yemirilishi bilan feodal davlat sifatida paydo bo‘ldi. Muhammad 
(SAV) vafotidan keyin Abubakr (632-634 yil-lar), Umar (634-644 yillar), Usmon (644-656 yillar), Ali (656-661 yillar) 
hukmronlik qilishgan. Bu xalifalar kelib chiqishlari jihatidan Muhammad (SAV)ning qarindoshlari yoki yaqin do‘stlari 
edi. 
Islom ta’limoti bo‘yicha Muhammad (SAV) Allohning yerdagi noibi, unga ummaning yo‘lboshchisi degan 
unvon ham Alloh tomonidan beril-gan. Bundan keyin hech kim Allohning yerdagi noibi bo‘lishi mumkin emas. Undan 
keyin faqat o‘rinbosarlar, merosxo‘rlar, ya’ni xalifalar bo‘li-shi mumkin edi. Yuqoridagi to‘rt xalifa xuddi shunday 
merosxo‘rlar edi. Xalifalar ham dunyoviy, ham diniy hokimiyat boshlig‘i edi. Qonun chiqa-rish, ijro etish, sud 
hokimiyati ham ularga tegishli edi. Ushbu to‘rt xalifalar islomda «xulafo ar-roshidin» («to‘g‘ri yo‘ldan borgan 
xalifalar»), dindor-lar o‘rtasida choryorlar deb atalgan. 
661-685 yillarda Umaviylar Ali tarafdorlari va xorijiylar ustidan g‘a-laba qozonib, hokimiyatni mustahkamlab 
oladilar. Umaviylar qator islo-hotlar o‘tkazadilar. Ular xalifa lavozimini nasliy mulkka aylantirish, davlat xazinasi va 
davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e’lon qilish, yangi oltin, kumush va mis pul chiqarish, harbiy-
dengiz floti tashkil etish va boshqalar bo‘yicha islohotlar o‘tkazadilar. Bu tadbirlar Umaviylar davlatining harbiy-
siyosiy hamda iqtisodiy qudratini oshiradi. Poytaxt Damashqda qoladi. Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga 
aylanadi. Umaviylar davrida arablar sharqda Afg‘oniston, Hindistonning shimoliy qismi, Armaniston, Gruziya, 
Movarounnahr, g‘arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar. 
2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari 
 
Arab xalifaligi ijtimoiy munosabatlarining o‘ziga xos tomoni shunda ediki, unda 
Yevropa mamlakatlaridagi singari tabaqaviy tuzum o‘rnatilmadi. Bu yerda aholi turli 
guruhlari huquqiy holatidagi o‘ziga xos belgi, avvalo, musulmonlar va nomusulmonlar, 
arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil ekanligida edi. 
Shariat bo‘yicha kishining huquqiy layoqati va muomila layoqati islomga e’tiqod 
qilishiga qarab belgilanadi. Musulmonlar musulmon bo‘lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadilar. Hatto qul 
musulmonlar erkin nomusulmonlarga nisbatan imtiyozli huquqlaridan foydalanadilar. Shariat bo‘yicha faqat 
musulmonlar to‘la huquqiy layoqatga ega. Boshqa dindagi-lar - zimmiylar  to‘la huquqiy layoqatga ega emas, deb 
Ijtimoiy 
tuzum
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə