“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92

 
108
O‘rta asrlarda Xitoy davlati tarixini davrlarga bo‘lishda hukmron sulolalarning vaqti-vaqti bilan o‘zgarib 
turishini va yirik imperiyalarning tashkil topishini hisobga olish zarur. Bu davrda tez-tez bo‘lib turgan xalq 
qo‘zg‘olonlari davlatning ijtimoiy-sinfiy tuzilishida, shuningdek, siyosiy va huquqiy institutlarida u yoki bu darajada 
o‘zgarishlarga olib kelgan. 
Xitoyda yagona davlatning tashkil topishida ayniqsa Szin davlatining asoschisi Sim Yan islohotlari muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Islohotlarga binoan yerlarning katta qismi imperatorning, ya’ni davlatning mulki deb e’lon 
qilingan. Mustaqil dehqonlar esa davlatning yerlarini ushlab turuv-chilar va buning evaziga soliq to‘lovchilar bo‘lib 
qolgan. Ular turli darajalarga bo‘lingan. Birinchi darajali soliq to‘lovchilar - «chek yerlarni foydalanishga oluvchi» 
(erkaklar uchun 70 mu
129
  ayollar uchun 30 mu) va «soliqqa oid chek yerlar»ni (tegishlicha erkaklar uchun 50 mu, 
ayollar uchun 30 mu) oluvchi 16 yoshdan 60 yoshgacha erkak va ayollar tashkil etadi. Bu yerlardan olinadigan hosil yer 
uchun soliq va to‘lovlar sifatida to‘liq davlatga o‘tkazilgan. Ikkinchi darajali soliq to‘lovchilarga 13 yoshdan 15 
yoshgacha va 61 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan dehqon oila a’zolari kirib, ular chek yerlarning yarmisini olardilar. 
Soliq to‘lash yoshi-ga yetmagan va undan oshgan kishilar hech qanday chek yerlar olmagan. Davlatdan chek yer olgan 
soliq to‘lovchi dehqonlar ishlab berish majburiyatlarini ham o‘taganlar. 
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xitoyda umumiy dehqonlar-ning yarmiga yaqini birovlarning yerlarini 
ishlash hisobiga yashab, xusu-siy mulkdorlar tomonidan ekspluatatsiya qilindi. Dehqonlarning boshqa qismini mustaqil 
mayda ishlab chiqaruvchilarning keng qatlami tashkil etdi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot 
davlatga soliq tarzida berilardi. 
Mayda yer egalarining ommaviy yersizlanishi ijtimoiy portlashlarga, qo‘zg‘olonlarga, urushlarga olib kelardi, 
oqibatda hukmron sulolalar ag‘-darilardi. Natijada dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning an’anaviy tizimi, mustaqil 
dehqon xo‘jaliklarining solishtirma og‘irligi davriy tiklanib bordi. 
IX asr oxiri - X asrning boshlaridagi notinch yillar va kuchli dehqon-lar qo‘zg‘olonlaridan keyin Sun sulolasi 
(X-XIII asrlar) ning o‘rnatilishi bilan ma’lum darajada davlat va yirik xususiy yer egaligining muvozanati-ga erishildi. 
XI asrda Sun amaldori Van Anshining islohotlari ushbu mu-vozanatga yordam berdi. Shu davrda dehqon xo‘jaliklarini 
tiklash va rivoj-lantirishga, yer kadastrini joriy qilish asosida soliq tizimini tartibga keltirishga qaratilgan yangi qonunlar 
qabul qilindi. Ayni vaqtda dehqon xo‘jaliklari sharoitlarini yaxshilash, irrigatsiya inshootlarini qurish va boshqalar 
bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutildi. 
 
4. Xitoyning ijtimoiy tuzumi 
 
Xitoy an’anaviy jamiyatida shaxslar haqidagi masalani huquqning sub’yekti sifatida ko‘rish alohida ijtimoiy 
qatlamlar, tabaqalar, aholi guruhlarining huquqiy holatidagi farqlarni aniqlash bilan chambarchas bog‘liq. Xitoy 
an’anaviy huquqiga shaxs, fuqaro, individning sub’yektiv huquqlari haqidagi yevropacha konsepsiya ma’lum emas. 
Xitoy kodeks-larida va rasmiy hujjatlarida shaxs huquqiy holati «se» (rang) atamasi bilan belgilangan. Bu individning 
muayyan huquq va aniq o‘rnatilgan majbu-riyatlarga ega bo‘lgan u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini anglatadi. 
O‘rta asrlar Xitoyida ijtimoiy farqlar sinfiy farqlarga qaraganda an-cha aniq ko‘zga tashlanib qolgandi. Ular 
faqat alohida tabaqalarning emas, balki turli darajadagi unvonli, martabali chinovniklarning ham huquq va 
majburiyatlarini mustahkamlovchi qonun va an’analar bilan qattiq himoya qilingan. Shuningdek, ularning turmushdagi 
yurish-turishlari, kiyimlarida-gi, marosimlaridagi farqlar ikir-chikirigacha va qat’iy tartibga solingan edi. 
Xitoyning an’anaviy ijtimoiy tuzumi turli davrlarda u yoki bu o‘zga-rishlarni boshidan kechirgan bo‘lishiga 
qaramay, hamma vaqt asosan uchta ijtimoiy guruhga: 1) «oliyjanob kishilar»; 2) «rahmdil, yaxshi kishilar»; 3) «past 
tabaqadan kelib chiqqan kishilar»ga bo‘lingan. 
O‘rta asrlar Xitoyida eski urug‘ aristokratiyasi ma’lum darajada o‘z o‘rnini yangi xizmatchi aristokratiyaga-
mansabdorlarga bo‘shatib bergan. O‘qimishli tabaqaviy guruh-shenshi  qudratli konservativ kuch, markaziy 
hokimiyatning tayanchi, soliq to‘lovchi dehqonlarni an’anaviy ekspluatat-siya qiluvchi bo‘lib qoladi. Shenshi ikki 
toifaga bo‘lingan. Birinchi toifaga bevosita hokimiyatga aloqasi bo‘lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni tashkil 
etgan shaxslar qatlami - hukmdorning yaqinlari, katta amaldorlari va ierarxiyaga asoslangan butun byurokratik davlat 
apparati kirgan. Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bo‘lgan va konfutsiylik ta'limini olgan, lekin mansabga ega 
bo‘lmagan juda ko‘p o‘qimishli kishilar kirgan. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat vakolatlariga ega emasdilar, lekin 
joylarda, jamoa boshqaruvida juda katta rol o‘ynaganlar. Bu esa o‘z navbatida Xitoyda davlat hokimiyatining 
markazlashuviga katta yordam bergan. 
 
5. Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari 
 
Xitoyda qadimgi davrlardayoq yaqqol namoyon bo‘lgan Sharq des-potiyasi belgilari o‘rta asrlarda yanada 
rivojlandi. Bu davrda oliy va ma-halliy boshqaruv organlari tizimining an’anaviy asoslari asosan boshqaruv-ning 
umumma’muriy, nazorat-tekshiruv, sud va harbiy-qo‘mondonlik fun-ksiyalari bo‘yicha taqsimlanishi hisobiga 
mustahkamlandi va takomil-lashdi. Davlat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishi munosabati bilan ushbu tizimning u 
yoki bu bo‘g‘inlari qayta qurildi, ularning vakolatlari va nomlari ham almashtirildi. 
Tan imperiyasining murakkab va yetarlicha qat’iy tuzilgan davlat boshqaruv tizimi tepasida imperator turgan. 
Uning huzurida ancha taniqli mansabdorlardan iborat Davlat kengashi mavjud edi. Davlat kengashi a’zolari orasida 
                                                      
129
 1 mu – 1/16 gektar yer. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə