“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92

 
102
boshqarilardi. Ushbu konstitutsiya bo‘yicha Rossiya imperatori bir vaqtning o‘zida Polshaning ham qiroli hisoblangan. 
Podsho Polshani boshqarish uchun o‘z noibini tayinlardi. Bu yerda ham qonun chiqaruvchi organ Seym bo‘lgan. Seym 
ikki palata: Senat va Elchilar mahkamasidan iborat edi. 
Bu davrda Rossiyada huquqning turli sohalarida ham bir qancha o‘zgarishlar 
ro‘y 
berdi. Shu davr-gacha 1649 yilgi qonunnomadan boshqa kodeks yo‘q edi. 
Qonunnoma qabul qilingandan XIX asrgacha chiqarilgan qonunlar kodifikatsiya 
qilinmagandi. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy sohadagi o‘zgarishlar imperiya 
qonunlarini tizimga solishni talab etdi. Shu sababli 1804 yilda mashhur rus yuristi 
Speranskiy rahbarligida kodifikatsiya komissiyasi tuzildi. Bu komissiya dastlab fuqarolik, jinoyat qonunnoma-larini 
ishlab chiqdi, lekin ulardan hech biri qabul qilinmadi. 
1826 yildan boshlab komissiya imperiya qonunlarini kodifikatsiya qilishga kirishdi. 1830 yilda Rossiya 
imperiyasi qonunlarining to‘la to‘plami chiqarildi. U 46 tomdan iborat edi. To‘plamga 1649 yilgi qonunnomadan 
boshlab undan keyin chiqarilgan qonunlarning deyarli hammasi kiritildi. 
1830 yilda Rossiya imperiyasi qonunlarining to‘plamini tuzishga kirishildi va 1832 yilda Rossiya 
imperiyasi qonunlari to‘plami chiqarildi. Bu 15 tomdan iborat edi. Qonunlar to‘plamiga faqat harakatdagi qonunlar 
kiritildi. Har bir tomga qonunlar sohalar bo‘yicha joylashtirildi. Ushbu 15 tomli qonunlar to‘plami 1835 yil 1 yanvardan 
kuchga kirdi. 
Bu davrda 1845 yilda «Jinoyat va axloq tuzatish jazolari haqidagi Qonunnoma» qabul qilinib, 1846 yil 1 
mayda kuchga kiritildi. Imperiya qonunlari to‘plamining o‘ninchi tomida fuqarolik huquqi institutlaridan egalik qilish
mulk huquqi, birovning mulkiga egalik qilish huquqi, vakolat huquqi kabilar alohida tartibga solindi. 
Qonun egalik qilishni mulk huquqidan ajratdi va egalikni daxlsiz deb belgiladi. Imperiya qonunlariga ko‘ra, 
egalik ikkiga: qonuniy egalik va g‘ayriqonuniy egalikka bo‘lindi. Qonuniy egalik turli vositalar bilan himoya qilindi. 
Boshqa davlatlarning fuqarolariga, boshqa millatdoshlarga, pravoslav bo‘lmaganlarga, ayollarga, dehqonlar va 
shaharliklarga mulkka egalik qilishda qator cheklashlar o‘rnatildi. 
Qonunlar to‘plamiga ko‘ra, faqat cherkovda tuzilgan nikoh qonuniy hisoblangan. Nikoh yoshi erkaklar uchun - 
18 yosh, ayollar uchun - 16 yosh qilib belgilandi. Boshqa dindagilar bilan nikohga kirish mumkin emasdi. Ajralish 
shartlari ilgarigidek saqlanib qoldi. Er-xotinning mulkiy munosabatlari quyidagicha belgilandi: nikohgacha bo‘lgan er-
xotinning mulki ularning o‘zlarida saqlanib qoldi, vorislik huquqi asosida yoki shart-nomalar bo‘yicha keladigan 
mulklar ham erning yoki xotinning o‘z xususiy mulki hisoblandi, er bilan xotining o‘zaro turli shartnomalar tuzishiga 
yo‘l qo‘yildi. 
Cherkovda qayd etilmagan nikohdan bo‘lgan bolalar qonunsiz deb hisoblanib, hamma mulkiy huquqlardan 
mahrum etildi. Oilada otaning hukmronligi belgilandi. Meros huquqi sohasida qonuniy va vasiyat bo‘yi-cha vorislik 
saqlanib qoldi. Aqldan ozgan va o‘zini-o‘zi o‘ldirganlarning vasiyati haqiqiy emas deb topildi. Vasiyatnomani uch kishi 
guvohligida tuzish va uni notarial guvohlantirish belgilandi. Lekin harbiy sharoitlarda, chet el mehmonxonalarida 
tuzilgan vasiyatnomalar qaysi shaklda tuzilga-niga qaramay qonuniy deb hisoblandi. Qonuniy vorislar: o‘g‘illar va 
neva-ralar, ular bo‘lmasa qizlar va qiz nevaralar, ular ham bo‘lmasa, aka-ukalar va jiyanlar, ular ham bo‘lmasa, opa-
singillar va ularning nasllariga o‘tishi tartibida bo‘ldi. Ular ham bo‘lmasa ota-onalar taklif qilinardi. 
Agar 10 yil ichida merosxo‘r topilmasa, mulk vorissiz deb hisobla-nib, u davlatga yoki, agar o‘lgan dvoryanin 
bo‘lsa, guberna dvoryanlariga o‘tadigan bo‘ldi. 
Jinoyat huquqi. Qonunlar to‘plami birinchi kitobining XV tomi jinoyat huquqi normalariga bag‘ishlandi. 
Kitob 11 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, bo‘limlar, boblarga, boblar moddalarga ajratilgan edi. Unda ham-masi bo‘lib 765 ta 
modda mavjud. Ushbu kitobda jinoyat huquqining umumiy va maxsus qismlari birinchi marta ajratib berildi. 
Sud jarayoni bu davrda asosan inkvizitsiya (qiynash, azoblash)ga oid shafqatsizligi bilan ajralib turgan. 
To‘g‘ri, 1801 yilgi Farmon bilan tergov ishlarini yuritishda qiynoqlardan foydalanish taqiqlangandi. Lekin amaliyotda 
ular keng qo‘llanilardi. Qonunlar to‘plamida jinoyat jarayoniga katta e’tibor berilardi. Uning ikkinchi kitobi XV 
tomining 800 tadan ortiq moddalari jinoyat jarayoniga bag‘ishlangandi. 
Huquqning 
rivojlanishi
 


 
103
O‘RTA ASRLARDA SHARQ  
MAMLAKATLARI DAVLATI VA HUQUQI 
 
O‘rta asrlarda sharq mamlakatlari davlati va  
huquqining rivojlanish xususiyatlari 
 
O‘rta asrlarda Sharq jamiyatlarining tadrijiy rivojlanishi Yevropa feodal jamiyatlaridan farqli o‘laroq alohida 
yo‘llar bilan bordi. Sharqda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning an’anaviyligi ushbu rivojlanishning juda 
sekinlik bilan yuz berishiga sabab bo‘ldi. Bu esa ma’lum darajada o‘quv adabiyotlarida keng qo‘llaniladigan feodalizm 
tushunchasining ushbu jamiyatlarga nisbatan ishlatilishini xuddi quldor-chilik tushunchasi singari shartli qilib qo‘yadi. 
Sharqda quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarishda hech qachon muhim rol o‘ynamaydi. 
Lekin qulchilik munosabatlari o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lishda davom etgan. Ayni paytda Yevropa 
feodalizmining ba’zi ijtimoiy institut-lari qadimgi davrda ham, o‘rta asrlarda ham Sharqqa yot (begona) bo‘lmas edi. 
Masalan, qadimgi Xitoyning ilk Chjou davridagi udel tuzumiga asoslangan davlatining markazlashtirilmaganligi 
sharoitidagi ijtimoiy-siyosiy tuzumini esga olish kifoya. 
Yangi davr istoriyagrafiyasida
89
 o‘rta asrlar haqidagi tasavvurlar XVII-XVIII asrlardagi ma'rifat va inqilobiy 
o‘zgarishlar natijasidagi «Yangi tarix» tushunchasi bilan bir qatorda shakllandi. Bunda G‘arbiy Yevropaning yangi 
tarixi uning o‘tmishiga, ya’ni qadimgi antik va o‘rta asrlariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Yangi davr yuqoridagi antik va 
o‘rta asrlar o‘rniga kelgan tadrijiy tarixiy bosqich sifatida qabul qilinadi. Bu uch bosqichli sxema, antik qadimiylik 
quldorchilik bilan, feodalizm esa - o‘rta asrlar bilan bog‘lana boshlangach, tugallangan shakllarni olgan edi. Yangi davr 
istoriyagrafiyasida o‘rta asrlar o‘ziga xos maxsus ijtimoiy-siyosiy tuzum sifatida ko‘riladi. Unga binoan, o‘rta asrlar 
jamiyatining siyosiy tuzilishi markazlashmaganligi va vassalliklenga oid munosabatlar tizimi-ning mavjudligi bilan 
tavsiflanadi. Feodalizm tushunchasi markscha adabiyotlarda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida 
ifodalanib, ishlab chiqarishning maxsus usuli haqidagi ta’limot darajasiga ko‘tariladi. 
O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlari (Hindiston, Xitoy, Arab xalifaligi, Yaponiya)ning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishidagi umumiy belgilarni ajratib olishda shuni ko‘rsatish mumkinki, bu mamlakatlarning birontasi ham kechki 
feodalizm davrida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi sohasida Yevropa mamlakatlari erishgan darajaga 
chiqmagan edi. Sharq mamlakatlari o‘rta asrlarda asosiy Yevropa mamlakatlariga qaraganda sanoat, tovar-pul, bozor 
munosabatlari rivojlanishi jihatidan ancha orqada qolgan edi. O‘rta asrlardagi Yevropa mamlakatlariga birmuncha 
o‘xshash bo‘lgan Yaponiyada esa (Hindiston va Xitoyga nisbatan ertaroq) XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida 
manufaktura ishlab chiqarishi shaklidagi kapitalizm elementlari vujudga kelgandi. O‘rta asrlarda Sharq jamiyat-larining 
juda sekinlik bilan rivojlanish xarakteri ulardagi mustahkam ko‘p ukladlilikni, patriarxal-urug‘chilik, urug‘ 
jamoachiligi, quldorchilik, yarim feodal va boshqa ukladlarning uzoq vaqt mavjud bo‘lib qolishini belgilagan. 
Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bu yerda G‘arbiy Yevropa feodal 
mamlakatlariga xos bo‘lgan davlat shakllarining tashkil topmaganligi bilan belgilanadi. Sharqda o‘z domenlari hududi 
doirasida suveren huquqlarga ega bo‘lgan feodallar-senorlarning o‘ziga xos ittifoqi tarzidagi senorlik monarxiyasi 
shakllan-madi. Davlat boshqaruvining bunday shakli sinflarning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan jamiyatda 
vujudga kelishi mumkin edi. Shuningdek, Sharq shaharining qandaydir biror mustaqilligi yo‘q edi, binobarin o‘z tabaqa 
maqsadlari va manfaatlari uchun kurashuvchi shahar-liklar tabaqasi shakllanmagan jamiyatda tabaqa-vakillik 
monarxiyasining ham tashkil topishi mumkin emas edi. O‘rta asrlardagi Sharq davlatlarida boshqaruvning keng 
tarqalgan shakli merosiy monarxiya bo‘lib qolgan edi. Ularda hukmdor hokimiyatini cheklashning institutsiyaviy 
shakllari qaror topmadi. Shu bilan birga bu davlat shakllari bir-biriga o‘xshash ham bo‘lmadi.  
Sharq jamiyatlari ijtimoiy-siyosiy tuzumining yana bir muhim o‘ziga xos xususiyatini u yoki bu jamiyatning 
hukmron diniy mafkurasi, jamiyat a’zolarining dinga va hokimiyatga nisbatan munosabati belgilaydi. Masa-lan, 
konfutsiylikni o‘rta asrlardagi Xitoy davlati va huquqining hal qiluvchi elementi sifatida e’tirof etganda shuni ta’kidlash 
joizki, uni faqat shartli ravishda din deb atash mumkin. Bu ko‘proq axloqiy-siyosiy ta’limot, falsafiy an’anadir. U 
xitoyliklarning hukmdor - «osmon o‘g‘li» shaxsida muqaddaslashtirilgan, ilohiylashtirilgan hokimiyat haqidagi qa-
dimgi an’anaviy tasavvurlaridan kelib chiqqan edi. Xitoyliklar dinlarga nisbatan (Xitoyda konfutsiylik bilan bir qatorda 
boshqa dinlar: buddizm, daosizm va boshqalar ham tarqalgan edi) faqat ushbu hokimiyat ravnaqi yo‘lida foydalanish 
mumkin bo‘lgan ta’limot sifatida munosabatda bo‘lganlar. Ta’limotga nisbatan bo‘lgani singari dinga ham 
manfaatparast-lik munosabatida bo‘lish, ya’ni uyg‘unlikka erishish yo‘lida dindan tar-biyaning majburlov usullarisiz 
xalqni o‘zgartirishga da'vat qilingan yor-damchi vosita sifatida foydalanish o‘rta asrlar Xitoyida cherkov muas-
sasalarining davlatga bo‘ysunganligi mavqeini belgilardi. 
Arab xalifaligi davlatining va boshqa musulmon dunyosi davlatlari-ning o‘ziga xosligi bevosita ularning 
universal din - islom bilan bog‘liq-ligida edi. Islom ta’limotiga binoan, diniy va dunyoviy hokimiyat bo‘lin-mas 
hisoblanib, bu Qur’onda ham o‘z ifodasini topgan. Bu hokimiyat Allohning cheksiz qudrati, kuchi va bo‘linmasligi 
haqidagi ilohiylash-tirilgan (teokratik) g‘oyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan: «Allohdan boshqa xudo yo‘q va 
Muhammad - uning payg‘ambari». Islom musul-monlar dunyosidagi ijtimoiy tuzumning xarakterini ham, davlat muas-
sasalarini ham, huquqiy institutlarni ham, axloqni ham, bir so‘z bilan aytganda, musulmonlarning butun ma'naviy 
sohasini belgilaydi. Musul-mon jamiyatining diniy-huquqiy asoslariga alohida (maxsus) ijtimoiy tuzum mos keladi. Bu 
ijtimoiy tuzum hukmron sinfning ma’lum darajada qiyofasini o‘zgartirganligi, unvon va imtiyozlarning meros qilib 
                                                      
89
 Istoriyagrafiya – tarix ilmi taraqqiyotini va tarix manbalarini o`rganuvchi fan. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə