“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92

 
101
maqsadida chor hukumati turli yo‘llar izlay boshladi. Shu maqsadda 1803 yilda «Erkin g‘allakorlar» haqida farmon 
e’lon qilindi. Mazkur farmonga binoan, pomeshchiklarga o‘z xohishlariga ko‘ra, tegishli bitim tuzib, yer haqini to‘lash 
sharti bilan deh-qonlarni yer bilan birga ozod qilishga ijozat berildi. Bunday bitimlarni podsho tasdiqlardi. 
Pomeshchiklarning dehqonlarni erkin g‘allakorlar ha-qidagi farmonda sanab o‘tilgan asoslardan tashqari boshqa 
asoslarda dehqonlarni ozod qilishi taqiqlandi. Pomeshchiklar ozod etgan dehqonlar alohida «erkin g‘allakorlar» 
tabaqasini tashkil qildilar. Farmonga ko‘ra, hammasi bo‘lib bor-yo‘g‘i 47 mingdan salgina ortiq krepostnoy dehqon 
«erkin g‘allakor»larga aylandi, bu esa butun krepostnoy aholining yarim foizidan ham kamrog‘ini tashkil qilardi. 
1816-1819 yillarda Boltiq bo‘yidagi dehqonlarning doimiy g‘alayonlari natijasida dehqonlar krepostnoy 
qaramlikdan ozod qilinsalar ham yer olmadilar. 1842 yilda «Majburiyatli dehqonlar» haqida farmon chiqarilib, unda 
pomeshchiklar dehqonlarni: yer bermay yoki ma’lum miqdorda yer berib pul obroki to‘lash sharti bilan, pomeshchik 
yerlarini ishlab berish sharti bilan va boshqa shartlar bilan ozod qilish huquqini oldilar. Bunday shartlar bilan shaxsiy 
ozodlik olgan dehqonlar majburiyatli dehqonlar deb atala boshlandi. 
XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada feodal tuzum saqlanib qoldi. 
Imperator hokimiyati cheklanmagan edi. Pavel I 1797 yilda taxtni katta 
o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tishi tartibini qayta tikladi. Bu davrda dvoryanlar 
burjuaziya bilan kelishib hokimiyatni yuritishga majbur bo‘ldi-lar. Markaziy davlat muassasalari oliy va bo‘ysunuvchi 
boshqaruv organ-lariga bo‘lindi. 
Oliy boshqaruv organlariga podshoning o‘zi rahbarlik qilardi. Bo‘y-sunuvchi boshqaruv organlari maxsus 
mansabdor shaxslar qo‘lida bo‘lgan va ular podsho nomidan harakat qilib uning topshiriqlarini bajarardi. Bosh-
qaruvning bunday bo‘linishini Speranskiy kiritgan edi. Oliy boshqaruv or-ganiga avvalo 1810 yilda Speranskiy 
tashabbusi bilan tashkil etilgan Dav-lat kengashi kirdi. Davlat kengashi imperatorning maslahatchi organi bo‘-lib, 
podsho tomonidan tayinlanuvchi oliy davlat chinovniklaridan tashkil etildi. Ministrlar ham uning tarkibiga kirdi. Davlat 
kengashining raisi pod-sho yoki uning tomonidan tayinlanuvchi kengash a’zolaridan biri bo‘ldi. 
Imperiyaning ikkinchi oliy boshqaruv organi - Ministrlar komiteti edi. U 1802 yilda barcha ministrlar va 
boshqa markaziy idoralarning rah-barlaridan iborat tarkibda tuzildi. U oliy ma’muriy muassasa sifatida davlat 
apparatining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirgan, qonunlarni sharh-lagan, bir necha idoralar manfaatlariga 
tegishli ishlarni ko‘rib hal qilgan. 
Podsho devonxonasi - oliy boshqaruvning uchinchi organi hisoblan-gan. U XVIII asr oxirida kelib chiqqan. 
Nikolay I podsholigi davrida uning roli juda oshib ketdi. Devonxona to‘rtta doimiy va vaqtinchalik bo‘lin-malarga 
bo‘lindi. 
Saroy va udellar ministrligi to‘rtinchi oliy boshqaruv organi bo‘lib, podsho va podsho xonadoni a’zolariga 
xizmat qilgan. Bo‘ysunuvchi bosh-qaruv organiga Senat, Sinod, hay'atlar, ministrliklar kirgan. 
Senat XVIII asrning II yarmida oliy ma’muriy organdan oliy sud muassasasiga aylandi. XIX asrning boshida 
Senatni yana oliy ma’muriy muassasaga aylantirishga harakat qilindi. Shu munosabat bilan Senatga barcha oliy 
boshqaruv va sud organlari bo‘ysundirildi. Uning vakolatlari faqat podsho tomonidan cheklanardi. 1802 yilda 
ministrliklar tashkil etilishi bilan Senat ministrlar faoliyati ustidan nazorat qilish huquqini oldi. Tez orada Senat yana 
faqat oliy sud organi bo‘lib qoldi. Aleksandr I ning fikricha, Senatning cheklanmagan oliy ma’muriy hokimiyati 
imperator hokimiyatiga zid keladi. 
Sinod XIX asrning birinchi yarmida uncha katta rol o‘ynamadi. 1802 yilda ministrliklar tuzildi. Hay'atlar 
asta-sekin tugatildi. Ishlar ular tomo-nidan kollegial hal qilingan bo‘lsa, ministrliklarda yakka ministr tomoni-dan hal 
qilinardi. Ministrlar katta vakolatlarga ega bo‘lib, bevosita pod-shoga bo‘ysunardilar. 
XIX asrning birinchi yarmida Yekaterina II tomonidan tashkil etilgan mahalliy boshqaruv organlari amalda 
edi. Finlandiya, Boltiq bo‘yi, Sibir, Peterburg va Moskvada mahalliy boshqaruv tepasida bosh-guber-natorlar turgan. 
Bosh-gubernatorlik tarkibiga bir necha gubernalar kirgan. Gubernatorlar ichki ishlar ministrligiga bo‘ysungan. Ba’zi 
gubernalarda fuqarolik gubernatorlari o‘rniga harbiy gubernatorlar tayinlandi. Ba’zan ham fuqarolik, ham harbiy 
gubernatorlar bo‘ldi. 
Politsiya va jandarmeriya. Politsiyani idora etish uchun politsiya ministrligi tashkil etildi. Peterburg va 
Moskvada politsiyaning tepasida politsmeystrlar turardi. Guberna shaharlarining ayrim qismlari (mavzelari) xususiy 
pristavlar tomonidan yuritilardi. Mavze kvartallarga bo‘lingandi. Ularga kvartal nazoratchilari yoki komissarlar 
boshchilik qilardi. 
Harbiy tuzumi. Armiyaga ketadigan katta harajatlarni kamaytirish maqsadida 1816 yilda Rossiyada harbiy 
manzilgohlar tuzila boshlandi. Davlat dehqonlari ularda dehqon xo‘jaligini yuritardi. Harbiy manzilgohlar XIX asrning 
o‘rtalarida tugatiladi. 
Sud organlari. Chor Rossiyasida Senat oliy instantsiyadagi sud edi. 1802 yilda oliy sud boshqaruv 
funksiyasini bajarish uchun Adliya ministrligi tuzildi. XIX asrning birinchi yarmida eski tabaqa sud organlari, ya’ni 
Yekaterina II tomonidan tashkil etilgan dvoryanlar uchun - yuqori zemskiy sudlar, davlat dehqonlari uchun yuqori va 
quyi jazolash organlari va meshchanlar uchun - guberna magistratlari tugatildi. 
Ma’lumki, 1809 yilda Finlandiya  Buyuk knyazligi Rossiyaga qo‘shib olindi. Chor hukumati Finlandiyaga 
uning ilgarigi konstitutsiyasini tasdiqlab, ba’zi avtonomiya huquqini berdi. Rossiya imperatori bir vaqt-ning o‘zida 
Finlandiya buyuk knyazi ham edi. U ijroiya va sud hokimiya-tiga ega edi, qonunlarni tasdiqlardi. Finlandiyaning qonun 
chiqaruvchi or-gani Seym edi. Har bir qonun uning roziligi bilan chiqarilardi yoki bekor qilinardi. 
Vena kongressining qarori bilan 1815 yilda Varshava gersogligining katta qismi Polsha podsholigi nomi bilan 
Rossiyaga o‘tdi. Polshaga Aleksandr I avtonomiya huquqini berdi. Polsha podsholigi konstitutsiya asosida 
Davlat 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə