100
Mulk ijarasi shartnomasi juda keng tarqalgandi. U vasiqa tartibida tuzilgan. Shartnoma
predmeti ham
harakatdagi, ham ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin edi. Ijara haqi va mulkdan foydalanish muddati tomon-larning
kelishuvi bilan belgilanardi.
Hadya va
ayirboshlash shartnomalari faqat 1714 yilgi Farmonda belgilangan doiralarda cheklangandi, ya’ni
ular ko‘chmas mulklarga taal-luqli emas edi. Bu cheklovlar 1731 yilda bekor qilindi. Yuk tashish
shart-nomasi
monaxlardan tashqari barcha shaxslar tomonidan har qanday hara-katdagi mulklar bo‘yicha tuzilishi mumkin edi. Faqat
monaxlarga Diniy reglament bo‘yicha begona ashyolarni va pullarni saqlashga olish taqiqlan-gandi. Yukni saqlashga
olgan shaxs uning butunligini va buzilmasligini saqlashi va egasining birinchi talabi bilan darhol qaytarishi lozim edi.
Nikoh va oila qonunchiligida Petr I davrida katta o‘zgarishlar qilindi. Avvalo 1714 yilgi
“Yagona vorislik haqida”gi farmon bilan nikoh yoshi erkaklar uchun - 20 yoshgacha, ayollar uchun
- 17 yoshgacha ko‘tarildi.
1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon bo‘yicha meros
huquqida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Meros qonun bo‘yicha va
vasiyat
bo‘yicha
qoldirilgan. Ko‘chmas mulkni vasiyat qilib qoldirishda meros
qoldiruvchining erki an-
cha cheklangan edi. U ko‘chmas mulkni o‘g‘illaridan biriga vasiyat qilib
qoldirishi mumkin edi.
Boshqa o‘g‘illarga harakatdagi mulklardan hissa ajratilgan. Agar
o‘g‘illar bo‘lmasa, ko‘chmas mulkka qizlardan biri meros-xo‘r etib tayinlangan. Agar farzandlar bo‘lmasa, u holda
ko‘chmas mulk faqat meros qoldiruvchi bilan familiyadosh bo‘lgan eng yaqin qarindosh-larga
vasiyat qilib qoldirilishi,
harakatdagi mulk esa «kimga xohlasa» shunga vasiyat qilinishi mumkin edi. Ayollarga ko‘chmas mulkning vasiyat
qilinishi qator shartlar bilan cheklangan. Bunda avvalo ayol kishi meros qoldiruvchining familiyasini olgan bo‘lishi
lozim edi. Agar u buni rad etsa, ko‘chmas mulk davlatga o‘tkazilgan.
Jinoyat huquqi hukmron tabaqalar qo‘lidagi qurol hisoblangan. U davlatning
ijtimoiy tuzumini qo‘riqlashda, feodal mulkchilikni va feodal
shaxsini himoya qilishda,
ekspluatatsiya qilinuvchi omma qarshiligini bostirishda muhim rol o‘yna-gan. Jinoyat
huquqi, shuningdek, xalq ommasini tutqunlikda ushlab turish-da uni ezish uchun qulay
imkoniyatlar beruvchi shart-sharoitlar yaratuvchi qudratli omil bo‘lib ham hisoblangan.
Sudlar jinoiy ishlarni hal qilishda 1649 yilgi Sobor qonunlariga va undan keyingi qonunlarga amal qilardi.
Jinoyat huquqining ko‘pgina nor-malari o‘sha davrdagi turli farmonlarda ham belgilangan edi. Harbiy arti-kullarda
jinoyat huquqi normalari tizimga solingan va rivojlantirilgan edi. Garchand unda Umumiy qism mavjud bo‘lmasa ham,
ammo harakat va jinoiy natija o‘rtasida salbiy bog‘lanish o‘rnatilishi zarurligi haqida, ayb, jazoning maqsad va
vazifalari, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat haqida gapiriladi.
Harbiy artikullar 24 ta bob, 209 ta artikul (modda)dan iborat edi. Uning bir qancha moddalariga
sharhlar ham
berilgandi. Shuni ta’kidlash kerakki, sharhlar qonun kuchiga ega bo‘lgan va juda muhim masalalarni o‘z ichiga olgandi.
Ularda odatda qonunning mohiyati va uni qo‘llash tartibi tushuntiriladi.
Jazoning asosiy maqsadi qo‘rqitish edi. Qo‘rqi-tish yo‘li bilan mamlakatda
jinoyatchilikni kamayti-rishga, dvoryanlar sinfi uchun foydali bo‘lgan tartibni himoya
qilishga harakat qilingan. O‘lim jazolari qo‘rqitish maqsadlarida odatda omma oldida
amalga oshirilardi.
Jazoning yana bir maqsadi - o‘ch olish hisoblangan. Odam o‘ldirish uchun - o‘lim jazosi, soxta qasam uchun -
ikkita barmog‘ini kesish jazosi nazarda tutilgan edi. Jazoning muhim maqsadlaridan biri
jinoyatchilarni jamiyatdan
ajratib qo‘yish hisoblangan. Bu davrda surgun va turmaga qamash, tana a’zolaridan mahrum qilish va tamg‘a bosish
jazolari keng qo‘llanilgan.
XVII asrning ikkinchi yarmida tergov jarayonining ahamiyati kuchaytirildi. 1697
yilgi Farmon bo‘yicha fuqarolik ishlarini hal qilishda ham, jinoiy
ishlarni hal qilishda ham
tergov jarayoni qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Sudlarda o‘zboshimchaliklar hukm surgan, poraxo‘rliklar, sansalor-liklar avjiga
chiqqan edi. Sud jarayonlari ko‘pincha bir necha yilga cho‘zi-lardi. Ba’zan sud tugaguncha
uning ishtirokchilari o‘lib ketardi.
1775 yilgi islohot bo‘yicha ishlarni sudda ko‘rib hal qilishdan daslabki tergovni ajratishga harakat qilingan.
8. Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabat-larning o‘sishi davrida Rossiya davlati va
huquqi
(XIX asrning birinchi yarmi)
XIX asrning birinchi yarmi Rossiyada feo-dal
tuzumning yemirilishi
va
kapitalistik munosa-batlarning kelib chiqishi bilan xarakterlanadi. Rossiyada
burjua munosa-batlari juda sekinlik bilan rivojlandi. Feodal ishlab chiqarish
munosabatlari ham mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga to‘sqinlik
qilmoqda edi, lekin endilikda
feodal krepostnoylik tuzumining inqirozi ko‘zga yaqqol tashlanib qolgan va kapitalistik uklad mamlakat ekonomika-
siga kirib kelgandi. Qishloq xo‘jaligida ba’zi siljishlarga erishildi: yerni qayta ishlashda mashinalardan foydalanila
boshlandi, uch dalali tizim ko‘p
dalali tizimga almashtirildi, qand lavlagi, paxta ekish ko‘paytirildi, ipakchilik rivojlana
boshladi.
Mamlakatda rivojlanayotgan burjua munosabatlariga xo‘jalikning krepostnoylik tizimini moslashtirish
Oila
huquqi
Meros
huquqi
Jinoyat
huquqi
Jazo
Jinoyat
jarayoni
Ijtimoiy tuzum