“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92

 
98
dehqonlarni pomeshchiklar soti-shi, hadya qilishi, almashtirishi, garovga qo‘yishi mumkin edi. Ularning zimmasidagi 
obrok va barshchinalarning miqdorini pomeshchiklarning o‘zlari belgilardilar. Pomeshchiklar bularni sud qilish, 
jazolash huquqiga ega edilar. 
Bu davrda Rossiya boshqarish shakliga ko‘-ra, mutlaq monarxiya 
(samoderjavie) davlati bo‘-lib qolgan edi. Bunda oliy hokimiyat butunlay va 
bo‘linmasdan podshoga tegishli bo‘lgan. Lekin bu jarayon birdaniga yuz bermadi. 
XVII asrning II yarmida hali Boyarlar dumasi mavjud bo‘lsa ham, lekin ilgarigi ahamiyati-ni yo‘qotgan edi. 
Boshqaruvda ilgarigidek nasliy boyarlar muhim rol o‘y-nardi, joylarda dvoryanlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
saqlanib qolgandi, cherkov davlatga to‘liq bo‘ysundirilmagan edi. XVIII asrning bi-rinchi yarmida Petr I davrida 
samoderjaviyening yanada rivojlanishi va mustahkamlanishi, tabaqa-vakillik organlari qoldiqlarining tugatilishi sodir 
bo‘ldi. 
Oliy hokimiyat va boshqaruv organlari. Imperator. Shimoliy urushdan keyin Rossiya qudratli davlat bo‘lib 
qoldi. 1721 yilda Senat Petr I ni imperator va hokimi mutlaq deb e’lon qildi. Shu vaqtdan boshlab Ros-siya imperiya 
deb yuritila boshladi. Imperator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, qonun chiqarish, ijro etish huquqi faqat unga 
tegishli edi. Barcha davlat boshqaruvi unga bo‘ysundi. Imperator sud hokimiyatining boshlig‘i hisoblanib, sudlarning 
barcha qaror va hukmlari uning nomidan chiqarilardi. Oliy cherkov hokimiyati ham unga tegishli bo‘lib qoldi. 
Imperator bu hokimiyatni maxsus ta’sis etilgan Sinod orqali amalga oshirardi. Rus provaslav cherkovi boshlig‘i- 
patriarx mansabi tugatildi. Petr I taxtga voris qilib xohlagan kishisini tanlashi mumkin edi.  
Senat. 1711 yilda Petr I Prut yurishiga keta turib, davlatni boshqarish uchun o‘z yaqinlaridan iborat Senatni 
tashkil etdi. Petr I Prut yurishidan qaytgach, Senat doimiy hukumat organiga aylantirildi. Uning tarkibiga imperator 
tomonidan tayinlangan 9 ta senator va ober-sekretar kiritildi. 1718 yilda kollegiyalar tashkil etilishi bilan ularning 
prezidentlari ham Senat tarkibiga kiritildi. Keyin 1722 yilda uchta asosiy kollegiyalar: tashqi ishlar, harbiy va flot 
kollegiyalarining prezidentlaridan tashqari boshqa kollegiyalarning prezidentlari senat tarkibidan chiqarildi. Shu 
vaqtdan boshlab Senat kollegiya faoliyati ustidan ham nazorat qilib turadigan bo‘ldi. 
1711 yilda nazorat funksiyasini amalga oshirish uchun ober-fiskal mansabi, 1723 yildan esa bosh-fiskal 
mansabi ta’sis etildi. Unga kolle-giyalardagi, provinsiyalardagi va shaharlardagi fiskallar bo‘ysundirilgan. Fiskallarning 
funksiyasiga mansabdor shaxslarning suiiste’molliklarini yashirincha aniqlash, davlat xazinasi manfaatlarini himoya 
qilish, jinoyat-chilik bilan kurash olib borish kabilar kirardi. Biroq tez orada fiskallarning o‘zi suiiste’molliklarga, 
poraxo‘rlikka berilib ketadilar. Shu sababli Petr I ning vorislari fiskallik institutini tugatadilar. 
1722 yilda prokuratura tashkil etildi. Unga bosh prokuror va uning yordamchisi - ober prokuror boshchilik 
qilardi. Ularga kollegiyalardagi va dvoryanlarning provinsial sudlaridagi prokurorlar bo‘ysundirildi. 
1720 yilda Senat huzurida bosh-reketmeystr mansabi ta'sis etildi. U kollegiya va boshqa markaziy 
muassasalarning noto‘g‘ri qarorlari va sansalorliklari ustidan shikoyatlarni qabul qilar va ko‘rib chiqardi. Bu haqdagi 
ishlar podshoga ma’lum qilinar va shundan so‘ng ular bo‘yicha oxirgi qaror chiqarilardi. Bosh-reketmeystrlik mansabi 
1763 yilda Senatning qayta tashkil etilishi bilan tugatildi. 
Bundan tashqari, Senatga bevosita geroldmeystr-dvoryanlar tabaqa-si ishlarini yurituvchi mansabdor shaxs 
ham bo‘ysungan. U dvoryanlarni hisobga olish, ularning xizmat o‘tashini hisobga olish, davlat mansablariga 
tayinlanishini hisobga olish va hokazo ishlar bilan shug‘ullangan. 
1731 yilda Senat huzurida Yashirin qidiruv ishlari devonxonasi tuziladi. U davlat jinoyatlarini tergov qilardi. 
1762 yilda bu organ tugatil-gan, lekin tez orada Senatning yashirin maxfiy ekspeditsiyasi ta’sis etilib, u muhim siyosiy 
jinoyatlarni, jumladan, Pugachov, Radishchev va bosh-qalarning ishlarini tergov qilish bilan shug‘ullangan. 
Oliy maxfiy kengash. Bu davlat organi 1726 yilda Petrning tul xotini Yekaterina I tomonidan ta’sis etildi. 
Uning tarkibiga imperatorning 7 ta eng yaqin kishilari kiritildi. Kengash juda muhim ichki va tashqi siyosat masalalarini 
hal qilardi. Hatto imperator barcha muhim qonunlarni Oliy maxfiy kengash roziligi bilan chiqarishi lozim edi. Bu 
Kengashga Senat va Sinod ham bo‘ysungan. Bosh prokuror mansabi tugatilgan. 
1731 yilda Anna Ivanovna uch ta ministrdan iborat Ministrlar Kabineti ta’sis etadi. Lekin 10 yil o‘tgach, uni 
Yelizaveta Petrovna tugatadi va Senatning ilgarigi ahamiyatini tiklaydi. Yelizaveta Petrovna 1756 yilda maslahatchi 
organ - Yuqori saroy konferensiyasi ta’sis etib, unga tashqi siyosat va qurolli kuchlarni tashkil etish masalalari bilan 
shug‘ullanishni topshiradi. Undan keyin ham imperatorlar huzurida turli maslahatchi organlar tashkil etilgan, lekin ular 
mustaqil bo‘lmagan. 
Kollegiyalar. Petr mahkama tizimini tugatib, uning o‘rniga kolle-giyalar ta’sis etgan. O‘sha vaqtda hammasi 
bo‘lib 12 ta kollegiya mavjud edi. Ulardan uchtasi: harbiy, flot va tashqi ishlar kollegiyalari asosiylari edi. 
Uchta kollegiya moliyaviy kollegiyalar bo‘lgan: 1) kamer-kollegiya davlat daromadlari bilan shug‘ullangan; 
2) shtats-kontor-kollegiya davlat harajatlarini hal qilgan; 3) revizion-kollegiya davlat mablag‘larini harajat qilish va 
daromadlarini kelib tushishi ustidan nazorat qilgan. 
Uchta kollegiya savdo-sanoat kollegiyalari hisoblangan:1) berg-kollegiya tog‘ va metallurgiya sanoatini 
yuritgan; 2) manifaktur-kollegiya yirik sanoatga rahbarlik qilgan;  3) kommerts-kollegiya savdo masalalari bilan 
(ko‘proq tashqi savdo bilan) shug‘ullangan. 
Bosh magistrat - shaharlarni boshqarib, kollegiya huquqlariga ega bo‘lgan. Sinod kollegiyalar ichida muhim 
o‘rin tutgan. Kollegiyalar mah-kamalardan farq qilib, bu yerda davlat boshqaruv masalalari aniq taqsim-lab qo‘yilgan 
edi. Bundan tashqari, kollegiyalar yagona tizimga ega edi. Ularning har birini prezidenti, vitse-prezidenti, to‘rttadan 
maslahatchisi, to‘rttadan asessori hamda devonxonasi mavjud edi. Bular har kuni yig‘ilib turardi. Barcha qarorlar 
ovozga qo‘yilib, ko‘pchilik ovoz bilan hal qili-nardi (mahkamalarda esa yakka boshliq hal qilardi). 
Davlat tuzumi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə