“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92

 
109
imperatorning qarindoshlari muhim o‘rin tutardi. Boshqa-ruvning barcha jilovlari davlatda oliy mansabdor shaxslar-
ikkita kantslar qo‘lida edi. Birinchisi imperatorning chap qo‘l ministri - katta kantslar, ikkinchisi - o‘ng qo‘l ministr-
kichik kantslar hisoblangan. Ularning har biri o‘sha vaqtdagi 6 ta: 1) martabalar (mansablar, xizmatlar) bo‘yicha; 2) 
marosimlar bo‘yicha; 3) soliqlar (daromadlar) bo‘yicha; 4) harbiy ishlar bo‘yicha; 5) sud ishlari (jazolar) bo‘yicha; 6) 
ijtimoiy ishlar bo‘yicha mahkamalar (ministrliklar)dan uchtasini yuritardi. 
Tan sulolasi davlat apparatining bunday oliy boshqaruv organlari Xi-toyda asrlar mobaynida harakatda 
bo‘lgan. U ayniqsa mo‘g‘ullar hukmron-ligi (1368-1644 yillar) tugatilgandan keyin minlar sulolasi davrida har 
tomonlama yuzaga chiqadi. Bu apparatga imperator boshchilik qilardi. Davlatda butun oliy qonun chiqarish va sud 
hokimiyati imperator qo‘lida to‘plangan edi. Taxt imperatorning katta o‘g‘liga meros bo‘lib o‘tardi. Imperatorning 
boshqa o‘g‘illariga knyazliklar - udellar berilgan. Udellar ularning xususiy yer egaliklari bo‘lib qoladi. Imperator saroyi 
ko‘p sonli xizmatchilar, imperatorning xotinlari, bichilgan qullardan iborat bo‘lib, davlat boshqaruvida muhim rol 
o‘ynaydi. Ayni paytda pastdan yuqoriga bo‘ysunish (ierarxiya) asosida tashkil etilgan maxsus chinovniklar apparati 
rivojlanadi va takomillashadi. Bu apparatning tepasida, xuddi Tan sulolasi davridagidek, oltita mahkama (ministrlik) 
ning boshliqlari, shuningdek, senzorat,  oliy nazorat-tekshiruv organi, beshta komissarlar hamda oliy harbiy-
qo‘mondonlik organlari turardi. 
XV asrdan e’tiboran haram xodimlari (bichilgan qullar) ning siyosiy ta’siri kuchaya boshlagan.  
Minlar sulolasi davrida oltita markaziy mahkamalarning faoliyati dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali 
chinovniklar boshchiligidagi Katta kotibiyat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Kotibiyat 1380 yilgacha faoliyat 
ko‘rsatgan. Hokimiyatni bosh maslahatchi qo‘lida to‘pla-nishi xavfini oldini olish maqsadida imperator uning barcha 
vazifalarini bevosita o‘z qo‘liga olgan edi. 
Martabalar mahkamasi barcha fuqarolik amaldorlari va boshqaruv apparati xizmatchilarining mansabga 
tayinlanishi, boshqa lavozimlarga o‘tkazilishi va almashtirilishiga javob bergan. O‘rta asrlar Xitoyida amal-dorlik 
mansabi shunchalik buyuk ediki, aynan ushbu mahkama va uning boshlig‘i boshqalari orasida eng asosiysi 
hisoblanardi. 
Daromadlar mahkamasi aholini va qishloq xo‘jaligi yerlarini hi-sobga olish ishlarini yuritgan. U soliqlar 
miqdorini belgilagan, soliqlarning yig‘ilishiga javob bergan. Ushbu mahkamaning har bir bo‘limi 13 ta provinsiyalardan 
bittasi doirasida faoliyat ko‘rsatgan. 
Marosimlar (rasm-rusumlar) mahkamasi imperator hokimiyati-ning shon-shuhratini ko‘tarishga qaratilgan 
marosimlar va tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, diniy qurbonliklar keltirish bilan shug‘ullangan. U marosimlar 
o‘tkazish, qurbonliklar keltirish, qabul uyushtirish va diniy marosimlarni birxillashtirish maqsadlarida buyruq-
farmoyishlar berish bo‘limlaridan iborat bo‘lgan. 
Harbiy mahkama barcha harbiy amaldorlarni (mansabdorlarni) tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish va 
ishdan bo‘shatish, armiyani ta’minlash va pochta xizmati ishlarini yuritgan. Sud mahkamasi, yoki jazo mahkamasi 
butun imperiya bo‘yicha sud ishlari yuritilishini nazorat qilgan. U xuddi daromadlar mahkamasi singari 13 ta 
provinsiyaning har birida o‘z bo‘limlariga ega edi. Bu mahkamaning faoliyati taftish-tergov organi bo‘lmish poytaxt 
sudi faoliyati bilan kesib qo‘yilgan. 
Markazda ham, provinsiyalarda ham turli toifalardagi senzorlik, na-zorat organlari ma’muriyatdan mustaqil 
mavqega ega edi. Senzoratga  ikkita bosh (asosiy) senzor-birinchi darajali mansabdorlar boshchilik qilar-di. Uning 
apparatiga 100 ga yaqin nazorat qiluvchi senzorlar kirardi va ular provinsiyalar bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan edi. Min 
sulolasi davrida-gi davlat apparatida hech qaysi organ senzorat singari katta vakolatlarga ega bo‘lmagan. Senzorat 
barcha mansabdorlar va ularning faoliyatini o‘z nazorati ostida ushlab turgan. U faqat mansabdorlarning 
suiiste’molchilik-larini, xatolarini aniqlash huquqigagina emas, balki bevosita ularni tuza-tish, mansabdorlarga nisbatan 
jazo choralarini qo‘llash huquqiga ham ega edi. 
Tan imperiyasi o‘nta provinsiya (dao)ga, provin-siyalar esa viloyat (chjou)lar 
va 
uyezd (syan) larga bo‘lingan. Barcha ma’muriy birliklar soliqlar to‘lash miqdori 
bo‘yicha bir-biridan farq qilgan va tegishlicha toifalarga ajratil-gan. Bu ularning 
huquqiy maqomini va markazdan tayinlanadigan nazorat qiluvchi mansabdorlar 
miqdorini ham belgilanishiga ta’sir etardi. 
XV asrdan boshlab ular «buyuk muvofiqlashtiruvchilar» degan nom ol-gan va imperator tomonidan 
provinsiyalarga, shuningdek, alohida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalarga uzoq muddatlarga tayinlanadigan 
bo‘ldi. «Buyuk muvofiqlashtiruvchi» hisobot berish va kundalik ishlarni hal qilish uchun yiliga bir marta poytaxtga 
kelishi lozim edi. Bu vaqtda «Oliy qo‘mondonlar» instituti shakllana boshlagan. Ular «buyuk muvofiq-lashtiruvchilar» 
faoliyatini, ayniqsa, tashqi hujum yoki isyon xavfi tug‘il-ganda qator provinsiyalarning harbiy boshqarmalarini 
muvofiqlash-tirganlar. 
Har bir provinsiyada ma’muriy boshqaruv ikki - «chap» va «o‘ng» vakillarga yuklangan. Ularning o‘z 
yordamchilari bo‘lgan. «Chap» va «o‘ng» vakillar zimmasiga aholini va yerlarni hisobga olish, soliqlar yig‘ish, qurilish 
ishlarini va suvlarning taqsimlanishini kuzatib turish majburiyatlari yuklangan edi. 
O‘rta asrlar Xitoyida sud ishlari ham sud organlarida, ham sud funksiyalarini bajaruvchi 
ma’muriy organlarda ko‘rib hal qilingan. Min sulolasi davrida Jazolar mahkamasi (sin bu), Katta 
haqiqat ibodatxonasi (dalisa), Markaziy taftish-tergov jinoiy sud poytaxtning ana shunday sud-
tergov organlari hisoblanardi. Markaziy taftish-tergov jinoiy sud o‘ta murakkab ishlarni ko‘rib hal 
qilardi. Bu yerda qaror imperator nomidan chiqarilardi. O‘lim jazosi haqidagi barcha hukmlar imperatorga ma’lum 
qilinardi. Imperator amnistiya e’lon qilish, shuningdek, jazoni yumshatish huquqiga ega edi. 
Sud
 
Mahalliy 
boshqaru


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə