“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92

 
107
hisoblanganlar. Ular islom davlatida musulmon hukmdorlarga tobe bo‘lib yashayotgan hamda o‘zlarining jon va mol-
mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari uchun har yili juz'ya solig‘i (jon solig‘i) to‘lab turmoqni o‘z zimmalariga 
olgan g‘ayridinlar hisoblanadi. Bu haqda Qur’oni karimning 10-pora 9-Tavba surasining 29-oyatida shunday deyiladi: 
«Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom sanamay-digan, haq din 
(Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishi-larga qarshi - to ular o‘zlarini past tutib, jiz'ya (soliq)ni   
naqd bermagun-laricha - jang qilingiz!». Juz'ya solig‘ini to‘lab turgan zimmiylar va musul-mon hukmdorlar o‘rtasidagi 
ahdga  qat’iy rioya qilmoqlari haqida Pay-g‘ambarimiz hadislarini Imom Al-Buxoriy ham o‘z kitobida ta’kidlab 
o‘tgan
92
. Zimmiylarga nisbatan shariat normalari faqat ular musulmonlar bilan bitimlar tuzganlarida yoki jinoyat sodir 
etganlarida qo‘llanilgan. Boshqa hollarda, ular o‘z fuqarolik-huquqiy aloqalariga amal qilganlar va o‘z oqsoqollari 
tomonidan idora etilganlar. Zimmiylarning musulmonlar bilan nikohga kirishi, musulmonlardan qullarga ega bo‘lishi 
taqiqlangan. Ular ot minib yura olmaganlar, faqat xachir va kichkina eshaklarda yurish-lari mumkin edi. Ular uchun 
yana boshqa bir qancha taqiq va cheklovlar mavjud edi. 
Erkinlikni qo‘lga kiritgan qullar mavalilar deb yuritilgan. Lekin ularning erkinligi to‘liq bo‘lmagan. Ularning 
ahvoli xuddi Rim imperiya-sidagi erkinlikka chiqarilgan qullarning ahvoliga o‘xshash edi. Mavalining mol-mulki u 
o‘lgandan so‘ng merosxo‘ri bo‘lmasa, xo‘jayiniga o‘tgan. Arablar tomonidan bosib olingan xalqlarning aholisi ham 
mavalilar deb atalgan. 
Arab xalifaligi rivojlanishining yuqoridagi uchta bos-qichida uning davlat tuzumi 
o‘zgarib borgan. Arab xalifa-ligining birinchi davrida hali davlat tuzumida harbiy demokratiya 
qoldiqlari saqlanib qolgan bo‘lsa, Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifalik despotik davlatga 
aylangan. 
Muhammad (SAV) tashkil etgan diniy-siyosiy jamoa ana shu g‘oya-ga asoslangan 
bo‘lib, unda Alloh davlat mustaqilligining timsoli, payg‘am-bar esa umrbod uning qonuniy noibi va yerdagi oliy rahbar 
edi. U ana shu tariqa o‘z qiyofasida yakka hokimga xos obro‘-e’tiborning barcha jihatlari-ni birlashtirgan edi. U 
Allohning qonun-qoidalarini dindorlarga uning so‘zlari bilan e’lon qilgan va ularni o‘zi va boshqalar oldida 
muvaffaqiyatli himoya qila olgan edi. Shu bilan birga Muhammad (SAV) qavmlari uchun mutlaq qonun chiqarish 
hokimiyatini o‘zida saqlab qoldi. 
Xalifa hokimiyatining manbai quyidagilar edi: 
birinchidan, uning musulmon jamoasi tomonidan saylanishi; 
ikkinchidan, xalifaning vasiyat tariqasidagi farmoyishi. 
Xalifa huzurida kengash (shuura) mavjud bo‘lib, muhim ishlarni hal etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi 
va o‘rinbosari, davlatda oliy man-sabdor shaxs buyuk ministr bo‘lgan. Ministr so‘zi arabcha «og‘irliklarni ko‘taruvchi» 
degan ma’noni bildiradi. Buyuk ministr juda katta vakolatlar-ga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va 
xarajatlarini nazorat qilardi, amirlar va sultonlarni tayinlardi. U xalifa devonxonasi boshlig‘i hisoblangan. 
Saroydagi muhim mansablar: xalifaning shaxsiy qo‘riqchilari boshli-g‘i; politsiya boshlig‘i; boshqa mansabdor 
shaxslarni nazorat qiluvchi maxsus chinovnik edi. 
Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar  deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagicha devonlar 
bo‘lgan: 
Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan; 
Al-Xatim – xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan
Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bo‘lgan. U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan. Yo‘llarni, 
karvon-saroylarni, quduqlarni quri-lishiga rahbarlik qilgan; 
Al-Mustaqilot - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish vazifasini bajargan. 
Ushbu ko‘rsatilgan to‘rtta devon Umaviylar davrida tashkil topgan bo‘lsa, Abbosiylar davrida devonlarning 
soni 10 taga yetadi. Devonlarning  boshida xalifa tomonidan tayinlanadigan ministr, ya’ni rais-ud-devon turardi. 
Yuqoridagilardan tashqari, davlat xazinasi - bayt-al-mol ham bo‘lib, u zakot solig‘ini undirish ishlarini yuritgan. 
Armiya. Dastlab armiya asosan arab qabilalaridan va ko‘ngillilardan iborat edi. Xalifa oliy bosh qo‘mondon 
hisoblangan. U armiyadagi oliy va o‘rta darajadagi zobitlar tarkibini tayinlagan va almashtirib turgan. Uma-viylar 
davrida har bir viloyatning o‘z qurolli kuchlari (otryadlari) mavjud edi. Ularga tegishlicha viloyat hukmdorlari 
boshchilik qilgan. Abbosiylar davrida ulkan harbiy dengiz floti tashkil etiladi. 
Sud.  Sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy hokimiyatlar sudyalarning qaroriga 
aralashish huquqiga ega bo‘lmaganlar.  
 
3. O‘rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari 
 
Xitoyda ko‘p ukladlilikning turg‘unligi, sinflarning tashkil topish jarayoni tugallanmaganligi, patriarxal-
urug‘chilik va quldorchilik munosa-batlari qoldiqlarining saqlanib qolganligi, juda katta hududdagi turli rayonlarning 
xo‘jalik va ijtimoiy rivojlanishi notekisligi va boshqalar natijasida o‘rta asrlarning boshlanish vaqtini aniq vaqt (sana) 
bilan belgilash ancha murakkab. Yuqorida ko‘rsatilganidek, Qadimgi Xitoy davlatidayoq o‘z erkinliklarini yo‘qotmagan 
kam yerli va yersiz dehqon-larni ekspluatatsiya qilishning turli shakllariga asoslangan yirik xususiy yer egaligi 
shakllangan edi. Soliqlar to‘laydigan dehqonlarning davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ham keng tarqalib borgan. 
Dehqon-lardan asosan davlat foydasiga renta-solig‘i olinardi. 
                                                      
92
 Qarang: Imom al-Buxoriy. «Hadis». 1997, 2-jild, 346-bet. 
Davlat 
tuzum


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə