“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92

 
97
rivojlanish bosqichlari haqida olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar mav-jud. Ba’zilar Rossiyada mutlaq yakka hokim-lik 
podsho o‘zini hokimi mutlaq (samoderjets) deb e’lon qilishi bilan tashkil topgan deb ko‘rsatishsa, boshqalar esa buni 
Ivan Grozniyning nomi bilan bog‘laydi. Shuningdek, ayrim olimlar Romanovning hokimiyat tepasiga kelishidan 
Rossiyada absolut monarxiya boshlangan deb e’tirof etadilar. Yana bir guruh olimlar Rossiyada absolut monarxiya 
1649 yilgi Sobor qonunlari bilan o‘rnatilgan, deydilar. Va nihoyat, bir guruh olimlar XVIII asr boshlarida Petr I ning 
islohotlaridan so‘ng absolut monarxiya tashkil topgan deb ko‘rsatishadi. 
Bu davrda tabaqalar yopiq, berk xarakter kasb eta boshladi. Ayniqsa past 
tabaqadagilarning yuqori taba-qaga kirishi deyarli mumkin bo‘lmay qoldi. Petr I dav-
rida tabaqa tuzumida eng yirik islohotlar o‘tkazildi. Natijada butun aholi 4 tabaqa: 
shlyaxta (dvoryanlar), ruhoniylar, mesh-chanlar va dehqonlarga bo‘lindi Bular o‘lpon 
to‘laydiganlar va o‘lpon to‘lamaydiganlarga ajratilgan edi. 
Shlyaxta (dvoryanlik)ning tashkil topishi. Samoderjaviyani tashkil etish kuchli 
sinfiy kurash sharoitida yuz beradi. Bu hukmron sinflarning birlashib ommaga qarshi 
kurashini talab qilardi. Lekin feodallar uncha birlashmagandi va turli guruhlarga bo‘linib ketgan (boyarlar, okolnichiy-
lar, duma boyarlari va hakozo) hamda turlicha huquq va imtiyozlarga ega edi. 
1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon bo‘yicha pomeste huquqiy jihatdan votchinaga 
tenglashtiriladi. Hamma yerlar votchina hisoblanib, u nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tadigan, xizmat evaziga olin-gan 
va sotib olingan turlarga bo‘lindi. Dvoryanlarning barcha yerlari ko‘chmas mulk deb e’lon qilindi. 
1722 yilgi «Rutbalar jadvali» ham dvoryanlar tabaqasining jipslashi-shiga, shuningdek, dvoryanlar uchun 
xizmat o‘tashning yangi tartibini jo-riy etishga qaratilgan edi. Bunga ko‘ra, armiyada, flotda, fuqarolik va sa-roy 
xizmatidagi barcha mansablar pog‘ona yoki darajalarga bo‘lindi. «Rut-balar jadvali»ga binoan xizmat o‘tashda va 
mansabga o‘tirishda endi nasl-nasabga qarab emas, balki dvoryanlarning shaxsiy qobiliyatlari, bilimi va amaliy 
malakasiga qaraladigan bo‘ldi. Dvoryanlar xizmatni quyi mansab-lardan boshlab, xizmat zinapoyalaridan o‘tib, keyin 
yuqori mansablarga ega bo‘lishlari mumkin edi. Faqat maxsus o‘quv yurtlarini tugatganlar bundan istisno qilingan. 
1762 yilda Petr III «Butunrossiya dvoryanlariga erkinliklar berish haqida Manifest» chiqardi. Bunga ko‘ra, 
dvoryanlar majburiy harbiy xizmatdan ozod qilindilar. Shu bilan birga dvoryanlar davlatga majburiy xizmat qilishdan 
ham ozod etildilar. 
Yekaterina II ning 1785 yilgi «Dvoryanlarga in'om yorlig‘i» dvo-ryanlarning barcha huquq va imtiyozlarini 
bitta hujjatda rasmiylashtirdi. Shu vaqtdan boshlab dvoryanlar Rossiyaning imtiyozli tabaqasi bo‘lib qol-di. Bu qonunga 
ko‘ra, dvoryanlar davlatga majburiy xizmatlardan, soliq-lardan, turli majburiyatlardan, jumladan, rekrut yig‘imidan, tan 
jazolaridan ozod qilindilar. Dvoryanlik unvoni xotin va bolalarga o‘tadigan bo‘ldi. Dvoryanlar shaxsiy va mulkiy 
daxlsizlikdan foydalandilar. In'om yorlig‘i-ga asosan dvoryanlar podshoning tasdig‘idan o‘tgan sudlarning qarorisiz 
unvonidan, obro‘-e’tiboridan, hayotidan va mulkidan mahrum etilishi mumkin emasdi. Bunda faqat sudyalari 
dvoryanlardan bo‘lgan maxsus sudlargina dvoryanlarni sud qilishi mumkin edi. Dvoryanlar fabrika va za-vodlarga 
egalik qilishlari mumkin bo‘ldi, shuningdek, o‘zini o‘zi boshqa-rish huquqini qo‘lga kiritdilar. Uyezd va guberna 
dvoryanlari mansabdor shaxslarni saylash va o‘z tabaqa ishlarini hal etish uchun har uch yilda uyezd va guberna 
dvoryanlar yig‘ilishiga to‘planib, o‘zlari ichidan bosh-liqlarini saylardilar. 
Ruhoniylar imtiyozli tabaqa bo‘lib, soliq va majburiyatlardan ozod qilindilar. Cherkov XVIII asrda katta 
miqdordagi yerlarga egalik qilardi. Rossiyadagi butun dehqonlarning beshdan bir qismi cherkovlar ixtiyorida edi. 
Ruhoniylar kuchli siyosiy mavqega ega edilar. Podsho hukumati cherkovni davlatga bo‘ysundirish choralarini ko‘rdi, 
uning mulkini davlat mulkiga aylantirdi (1764 yil). 
Meshchanlar. XVIII asrning I yarmida shahar aholisining huquqiy holatini belgilovchi muhim qonunchilik 
hujjati 1721 yilda Petr I tomoni-dan chiqarilgan «Bosh magistratga reglament» edi. Unga ko‘ra, shahar aholisi ikki 
toifaga: shaharda doimiy va vaqtincha yashovchilarga bo‘lindi.  
1787 yilda shaharlarga in'om yorlig‘i chiqarilgan. Unda shahar aholisining huquqiy holati tartibga solingan. 
Unga ko‘ra, shahar aholisi oltita razryadga bo‘lingan: 
1. Haqiqiy shahar aholisi, (shaharda uyi, yashash joyi yoki mulki bo‘lganlar). 
2. Savdogarlar. 
3. Hunarmandlar. 
4. Boshqa shaharliklar va chet ellik mehmonlar. 
5. Faxriy grajdanlar, ya’ni 50 ming so‘mdan ko‘p kapitalga ega bo‘lganlar: bankirlar, ko‘tara savdogarlar, 
korabl egalari, olimlar. 
6. Posad kishilari: mayda mulkdorlar. 
Dehqonlar. Petr I jon solig‘i joriy etib, dehqonlarga ham, xoloplarga ham va boshqa turli daydi kishilarga ham 
bir xildagi soliq yukladi. Boshqa majburiyatlar ham mavjud edi. 
XVIII asrda dehqonlar bir necha razryadlarga bo‘lingan: 
1. Davlat dehqonlari. Bular podshoga tegishli edilar. 
2.  Saroy dehqonlari. Saroy xo‘jaligida ishlaydigan dehqonlar. 
3.  Iqtisodiy dehqonlar - sobiq cherkov va monastir dehqonlari. 
4. Posession dehqonlar - pomeshchiklardan sotib olinib, fabrika va zavodlarga yozilgan dehqonlar.  
5.  Mayda xizmatchi kishilarning avlodlari. Bular asosan Rossiyaning chekka o‘lkalarida yashab, Petr I 
islohoti natijasida shlyaxta tabaqasiga kirmay qolgan kishilar edi. Ular davlat dehqonlaridan kam farq qilardi.  
6. Pomeshchiklarning dehqonlari. XVIII asrda ular butun dehqonlar-ning yarmidan ko‘pini tashkil etgan. Bu 
Ijtimoiy 
tuzumdagi 
o`zgarishla


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə